O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
Tun-kununga aylagali nurfosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu baytda vazn talabiga ko„ra dastlabki «birisin» so„zidagi urg„u birinchi bo„g„inga tushsa, ikkinchi «birisin» so„zining urg„usini ikkinchi bo„g„inga qo„yib o„qish kerak. G„azal o„qilganda, mazkur urg„ularga e‟tibor berilsa, ushbu misralar yaratilgan rajaz baxrining ko„rinishlaridan biriga 2 Ўша асар, 46-бет. 119 to„g„ri tushadi. Demak, qaysi so„zni qanday talaffuz qilishni aruz nazariyasida vazn boshqaradi. Madrasa o„quv dasturida aruz vaznining o„rganilishidan asosiy maqsad, matnni bexato o„qishga o„rgatish, misralar qatoridagi sir- sinoatlardan xabardor qilish, matn mazmunidan shoirning asl maqsadini tushunishga erishishdan iborat bo„lgan. Buning uchun talaba yuzdan ortiq she‟riy o„lchovning tuzilishini bilishi, yod olishi lozim bo„lgan. Tabiiyki, bu sohaning siru sinoatlarini mustaqil o„rganish har kimning qo„lidan kelavermagan, shu sababli ilmi aruz madrasalarda maxsus fan sifatida o„rganilgan va bunga alohida e‟tibor berilgan. Shu nuqtai nazardan Alisher Navoiyning XV-XVI asr boshida temuriylar hukmronlik qilgan hududlarda yashab o„tgan o„z davrining taniqli va havaskor shoirlari haqida ko„plab nodir ma‟lumotlarni jamlagan “Majolis un-nafois” tazkirasida turli ilm sohiblari qatorida aruzshunoslarning alohida hurmat bilan tilga olinishi bejiz emas. Masalan, ulug„ shoirning otasi G„iyosiddin Kichkina Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur tomonidan 1453- yilda Sabzavorga hokim etib tayinlanadi va oila bu shaharga ko„chib keladi. Bu yerda yosh Navoiy o„qishni davom ettiradi, bir qancha taniqli olimlar, shoirlar, fuzalolar bilan tanishadi. Bu o„rinda biz uning sabzavorlik ikkita olim haqidagi esdaliklariga to„xtalamiz. Darvish Mansur haqida qisqacha ma‟lumot berar ekan, uning aruz ilmidan ikkita risola yozganligi haqida xabar beradi. Bu borada uning Yax‟yo Sebak xaqidagi ma‟lumotlari, ayniqsa, diqqatga sazovor: «Mavlono Yah‟yo Sebak Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko„p ulum va fununda mohir erdi. Sanoe‟ va aruz fanida barcha el ani musallam tutarlar erdi… . Bu faqir aruz fanida vosita bilan Mavlononing shogirdimen» 25 . Nima uchun Alisher Navoiy aruz ilmida o„zini “vosita bila” Yax‟yo Sebakning shogirdi deb 25 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 13-том. Мажолис ун-нафоис. – Т.: Фан, 1997, 17-18-бетлар. 120 hisoblashini biz tazkiradagi Darvesh Mansur haqidagi lavhadan bilib olishimiz mumkin. Bu yerda ulug„ shoir uning “aruz va sano‟eda Mavlono Yax‟yo Sebak shogirdi” bo„lganini, “ikki aruz (ya‟ni aruz ilmidan ikkita risola) tasnif qilgani”ni ma‟lum qilish bilan birga, “faqir (ya‟ni Navoiy) aruzni Darvesh qoshida o„qubman”, - deydi 26 . Demak, u o„zini Darvesh Mansur vositasida Yax‟yo Sebakning ham shogirdi deb biladi. Alisher Navoiyning bu xotirasidan ko„rinadiki, talabalar ilm olishda faqat o„quv dargohiga bog„lanib qolmay, balki fanning ma‟lum sohalarida taniqli olimlardan, alohida ustozlardan ham saboq olib, o„z bilim doiralarini kengaytirishga intilganlar. Madrasalar ta‟limida ilmi aruz vazning o„rganilishidan asosiy maqsad, birinchidan, Sharq adabiyotining durdona asarlarini, ulurdagi har bir bayt, misra, har qaysi so„zni o„z vazniga, shoir nazarda tutgan she‟riy o„lchovga muvofiq o„qilishini nazarda tutgan. Ikkinchidan, Sharq she‟riyatini ifodali o„qish orqali undagi latofatni anglash, asarga qiziqish uyg„otishdan iborat bo„lgan. Shu narsa ayonki, talabalarni aruz she‟riy o„lchov tizimi nazariyasi bilan tanishtirish, matnni tahlil qilish, ijodkorning vazn ustida ishlash mahoratini aniqlash uchun muayyan usul va puxta nazariy bilim talab etilgan. Shuni nazarda tutgan holda, shu sohada saboq beradigan mudarrislar avvalo o„zlari shu ilmga oid uslubiy qo„llanmalar yaratganlar. Yoki adabiyotshunos, aruzshunos olimlarning yaratgan ilmiy asarlaridan foydalanganlar. Tabiiyki, madrasalarda bu ilmning o„rganilishi bois, har bir davrning ko„plab adabiyotshunos olimlari qator ilmiy risolalarni yaratib, ko„p nusxada ko„chirtirganlar. Olimlarning aruz ilmiga oid yaratilgan ilmiy- nazariy asarlari faqat talabalarga mo„ljallanibgina qolmay, balki bo„lajak shoirlar uchun, shu sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo„ljallangan. 26 Юқоридаги асар, 41-бет. 121 Dastlab yaratilgan ilmiy tadqiqot va risolalar arab olimlari tomonidan yaratilgan. Xususan, Halil ibn Ahmad, Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmad ibn Abdurabbih, Ibn Tabriziy kabi olimlar shular jumlasidandir. Ma‟lumki, deyarli hamma madrasalarda Qur‟oni Karim matnini chuqur o„rganish maqsadida arab tili grammatikasi o„rganilgan. Shu bois, yuqorida nomlari tilga olingan aruz ilmiga oid asarlarni ham o„zlashtirishning imkoniyatlari mavjud bo„lgan. Aruz ilmi haqida, ayniqsa, fors-tojik adabiyotshunosligida ko„plab asarlar yaratilgan. Mavlono Yusuf Nishoburiy (X asr), Rashiddin Votvot (XIII asr)ning “Hadoyiq us-sehr”, Shams Qays (XIII asr)ning “Al-mo„jam fi meyor ash‟or al-ajam”, Nasriddin Tusiy (XIV asr)ning “Meyor ul-ash‟or“ Salmon Sovajiy (XIV asr)ning “Qasidatun masnuot al-aruz” , Abdurahmon Jomiy (XV asr)ning “Risolsyi aruz”, asarlari fors-tojik aruzining nazariy va amaliy rivojida alohida ahamiyatga ega bo„ldi. Manbalarda yuqoridi nomlari tilga olingan fors-tojik adabiyotshunos olimlarning aksariyati madrasalarda ta‟lim bergan mudarrislardir. Masalan, taniqli shoir Abdurahmon Jomiy dastlab talaba sifatida Samarqanddagi Mirzo Ulug„bek madrasasida tahsil olgan bo„lsa, keyinchalik mazkur madrasada mudarris sifatida faoliyat olib borganligi manbalarda qayd etilgan. Aruz ilmi rivojiga turkiy xalqlar orasidan etishib chiqqan adabiyotshunos va qomusiy olimlar munosib hissa qo„shganlar. Mashhur faylasuf Abu Nasr Farobiy (X asr), Abu Ali Ibn Sino (X-XI asr), Abulqosim Zamahshariy (XI-XII asrlar) Abu Ya‟qub Yusuf Ibn Abubakr Sakkokiy (XII-XIII asrlar)lar arab va forsiy aruzlarga emas, balki turkiy aruz taraqqiyotiga ham sezilarli ta‟sir ko„rsatlar. Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishi va ilmiy jihatdan shakllanishi va izchil rivojlanishida Alisher Navoiyning ilk turkiy tilda yaratilgan “Mezon ul-avzon” (Vaznlar o„lchovi) asari alohida ahamiyatga ega bo„ldi. 122 Keyinchalik o„zbek aruzining nazariy va amaliy jihatdan yanada kamol topishida Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” deb nomlangan yirik asarining ahamiyati beqiysdir. Aruz ilmiga bo„lgan qiziqish XIX asr oxirlarida Zokirjon Furqat qalamiga mansubdir. Asar kichik, mo„jaz bo„lishiga qaramay, shoir aruzning she‟riyatda keng qo„llanilgan vaznlari haqida ma‟lumot bergan. Sho„rolar davrida ham o„zbek aruziga bo„lgan qiziqish davom etdi. 1936-yilda Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Aruz haqida” risolasi, Alibek Rustamovning “Aruz haqida suhbatlar” 27 risolalari yaratildi. Unda muallif o„zbek aruzidagi badiiy mahorat muammolarini hal etishga intilgan. Shuningdek, olimlardan Saidbek Hasanov 28 , Ummat To„ychiev “O„zbek poeziyasida aruz sistemasi” nomli yirik ilmiy asarlar yaratildi 29 . Ayniqsa, adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” 30 risolasi, “Maktabda aruz vaznini o„rganish” 31 nomli uslubiy qo„llanmasida aruz ilmining ilmiy- amaliy qimmatini atroflicha yoritishga bag„ishlangan. Olimning eng xayrli ishlaridan biri aruz vazninga doir atamalar lug„atini 32 e‟lon qilgani bo„ldi. Chunki, aruz atamalari asosan arab tilidan olingan bo„lib, aruz ilmining o„zi naqadar murakkab bo„lsa, uning atamalari ham shu qadar murakkabdir. Nazarimizda atamalar lug„atisiz, aruz ilmni o„rganish juda katta iqtidor va sinchkovlikni talab qiladi. Mustaqillikdan so„ng umumta‟lim maktablari, akademik litseylarda o„zbek adabiyoti tarixini o„rganishga bo„lgan e‟tibor kuchaydi. Ular ushun ajratilgan soatlar miqdori ko„paytirildi. 27 Рустамов A. Аруз ҳақида суҳбатлар. –Т.: “Фан”, 1972. 28 Ҳасанов C. Бобурнинг “Аруз рисоласи” асари. –Т.: Фан, 1981. 29 Тўйчиев У . Ўзбек поэзиясида аруз системаси. – Т.: Фан, 1981. 30 Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ, 1999. 31 Ҳожиаҳмедов А. Мактабда аруз вазнини ўрганиш. – Т.: Ўқитувчи, 1977. 32 Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: Шарқ, 1998. 123 Ayniqsa, umumta‟lim maktablarining deyarli barcha sinflarida o„zbek adabiyoti tarixi namunalari o„quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o„quv dasturiga kiritildi. Ammo o„zbek adabiyoti tarixini o„rganishda qator muammolar ko„ndalang bo„lib turmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun esa avvalo, iqtidorli aruzshunos mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish lozim. Shubhasiz, bu sohadagi eng katta mas‟uliyat maktabdardagi til va adabiyot o„qituvchilarning zimmasiga tushmoqda. Ularning aruz nazariyasi va amaliyoti sohasidagi bilim va malakalari ushbu she‟riy o„lchov tizimini chuqur bilmasliklari tufayli, mashg„ulotlar biryoqlama, chuqur tahlilsiz o„tkazilmoqda. Madrasalar ta‟lim tizimida aruz vaznini o„rganish tajribasiga e‟tibor bersak, Sharq klassik adabiyotida juda muhim o„rin egallagan she‟riy misralarda mavjud bo„lgan qisqa va cho„ziq bo„g„inlarning muayyan tartibda takrorlanib kelishiga diqqat qilingan. Shuningdek, she‟riy matnlardagi qisqa va cho„ziq bo„g„inlarning ohang xususiyatlariga diqqat qilgan holda ifodali o„qishga e‟tibor berilgan. Shu asnoda, qaysi bir mumtoz shoirlarning she‟riy o„lchovdan san‟atkorona foydalanganligi, ularning mahoratlarini aniqlaganlar. Natijada, nihoyatda iste‟dodli shoirlar ijodi saralangan va she‟riyat muxlislarining muhabbatiga sazavor bo„lganlar. Tabiiyki, katta iste‟dod egalari sanoqli bo„lib xususan ularning ijodiy merosi asnosida aruz vazni ilmi chuqur o„rganilgan. Jumladan, Sharq allomalaridan Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Sa‟diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Nasimiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil, Mashrab kabi sanoqli shoirlar she‟riyati va ijodi tan olingan. Malumki, ruboiy Sharq adabiyotining keng tarqalgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Umar Hayyom, Jaloliddin Rumiy, Boborahim Mashrab ruboiylari xalq orasida keng tarqalgan bo„lib, ma‟lum va mashhur bo„lgan. Ayniqsa, Umar Hayyom ruboiynavislikda piru ustod darajasiga ko„tarilgan. 124 Muhammad Fuzuliy devon tuzar ekan, har bir g„azali va ruboiysini ilmiy mushohada bilan boyitishni asosiy maqsad deb biladi. Sa‟diy Sheroziy she‟riyati Eron sarhadlaridan oshib Xurosonu Movarounnahrdan to Hindistonu Rumga qadar yetib boradi. U Sharq she‟riyatini olamga tanitgan noyob iste‟tod sohibidir. Yoki Hofiz Sheroziyning so„zga sayqal berish san‟ati, o„ziga xos uslubi, g„azalda ohang yaratishi, mazmunga muofiq vazn tanlashi, badiiy san‟atlarni ishlatishda favqulotda mahoratga erishgan shoir sifatida mashhur bo„lgan. Shu bois, Hofiz Sheroziy o„z g„azallari bilan sohir nafas shoir sifatida o„z muxlislarining qalbidan joy olgan. Abdulqodir Bedil esa fors-tojik adabiyotida falsafiy muhim mulohazalarni ahorat bilan ifodalashda o„ziga xos uslubga ega. Ayniqsa, aruz vaznlaridan g„oyatda ustalik bilan foydalangan. Bir so„z bilan aytganda, mumtoz adabiyotimiz namunalarining tahliliga vazn nuqtayi nazaridan, ya‟ni aruz tomondan yondashuv muhim o„rin tutadi. Zero, bayt (uy) aruz (kelinchak bezaklari) birla go„zaldir. “Aruz fani sharif (muqaddas fandur)” deydi Alisher Navoiy o„zining “Mezon ul-avzon” asarida. Shunday ekan, aruzni bilmay turib, ajdodlarimizning muqaddas she‟riyatidan bahra olmog„imiz qiyin. Lekin, ming afsuski, she‟riyatimizning sir-sinoati aruz vazniga bog„liqligiga e‟tibor bermaymiz. Umumta‟lim maktablarining deyarli barcha sinflari uchun yaratilgan “Adabiyot” darslik-majmualari tarkibida mumtoz adabiyotimiz namunalari kiritilgan. Ayniqsa, mumtoz she‟riyatga oid ayrim uslubiy tavsiya, tahlillar qisman bo„lsa-da berilgan. Biroq aruz vazni xususida hech qanday ma‟lumotlar keltirilmagan. Shu o„rinda, maktab darsligiga kiritilgan ruboiy, g„azallardan olingan namunalarning qanday vaznda yozilganligini aniqlash uchun namunalar berishni lozim topdik. 125 Buning uchun avvalo tahlil uchun olingan baytni hijolarga ajratib chiqamiz. So„ng bu hijolarni guruhlarga bo„lamiz va ularning ruknlarini belgilab olamiz. Buning uchun Alisher Navoiyning “G„urbatda g„arib” ruboiysini misol qilib oddik. G„urbatda g„arib shodmon bo„lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo„lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg„a tikondek oshiyon bo„lmas emish. G„ur-bat-da / g„a-ri-b sho /d-mon- bo„l-ma /se-mish, - - v v - - v v - - v v - Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling