O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
maf‟ulu mafoilun mafoiylu faal
El- an-ga/ sha-fi-qu- meh- /ri-bon- bo„l-ma-/ se-mish. - - v v - - v v - - v v - Ol-tin –qa-/ fa-sich- ra- gar/ qi- zil -gul –bit/sa, - - v v - v - v - - - v Bul-bul-g„a/ ti- kon- de-ko / sh- yon –bo„l-ma/ se-mish. - - v v - - v v - - v v - axrab maqbuz makfuf ajaab shaklida bo„ladi. Demak, ruboiy cho„ziq va qisqa hijolardan iborat bo„lib, ular ochiq bo„g„inlar qisqa (v) , yopiq bo„g„inlar cho„ziq (-) hijo hisoblanadi. Ruknlar (ustun) esa cho„ziq va qisqa hijolar birikuvidan hosil bo„ladi. Aslida, she‟rdagi bayt(uy)lar ana shu rukn (ustun)lardan iboratdir. Aruzda sakkizta rukn mavjud. Ular quyidagilardan iborat. 1. Foilun- fo-i-lun - v – 2. Faulun- fa-u-lun - v - 3. Mafoiylun- ma-fo-iy-lun v - - - 4. Foilotun- fo-i-lo-tun 126 - v - - 5. Mustaf‟ilun- mus-taf‟-i-lun - - v - 6. Mafoilatun- ma-fo-i-la-tun V - v - - 7. Mutafoilun- mu-ta-fo-i- lun V v - v - 8. Maf‟ulotu- maf‟- u-lo-tu - v - - Ruklar takrori va tarmoqlanishidan bahrlar vujudga keladi. Bahrlar ikkiga bo„linadi: asliy va far‟iy bahrlar. Bir ruknning aynan takroridan hosil bo„lgan bahrlar asliy bahrlardir. Ikki yoki kndan ortiq ruknlar takrori yoki tarmoqlanishidan fa‟riy bahrlar hosil bo„ladi. Alisher Navoiy “Mezon ul avzon” asarida 19 ta bahrni ko„rsatadi, shoxchalari (zihof) bilan yuzdan ortadi, deb ta‟kidlaydi. Boburning “Muxtasar” (“Risolai aruz”) asarida esa 21 ta bahr haqida ma‟lumot berilgan. Bobur qo„shimcha yana ikkita (aqiyq va amiyq) bahrni o„lchovga solgan. Yuqoridagi nazariy ma‟lumotlarni yanada aniqroq bayon qilish uchun Boburning “Har kimki vafo qilsa” ruboiysini namuna sifatida keltiramiz. Har- kim-ki/ va-fo-qil-sa/ va-fo top-qu/si-dur, - - v v - - v v - - v v - Har- kim-ki/ ja-fo- qil-sa/ ja-fo-top-qu/si-dur. - - v v - - v v - - v v - Yax-shi-ki/shi-ko„r-ma-gay/ya-mon-liq-har/giz, - - v v - v - v - - - - Har- kim-ki/ ya-mon-bo„l-sa/ ja-zo top-qu/si-dur. - - v v - - v v - - v v - 127 Ruboiyning 1,2,4- misrvalari hazaji musammani axrabi makfkfi solimi ajabb, 3-misra hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi abtar vaznida yozilgan. Umuman, Sharq lirikasi, uning rang-barang turlari haqida yozilgan tadqiqotlar anchagina. Aslida, mumtoz adabiyot tarixi tom ma‟noda lirik asarlar tarixidir. Bu meros, adabiyotimiz butun kuch va qudratini, tilimizning nazokat va tarovatini ko„rsatadigan belgi, ko„rsatkich bo„lib kelganligi ayni haqiqatdir. Uning asosiy ilmiy qonuniyatlari aruz vazni ilmi bilan, ohangdorligi bilan uzviy bog„liqdir. Sharq she‟riyati haqida so„z borar ekan, iste‟dodli shoir Jamol Kamolning quyidagi e‟tirofi diqqatga sazovordir: “Qadim Yunonistonda lirika musiqa va raqs san‟atlari bilan uzviy, chambarchas hayot kechirgan ekan. Sharqda ham shunday bir holni kuzatish mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy ham o„zining so„fiyona g„azallarini rubob jo„rligida raqsga tushib aytgan. O„zbek xalqining sevimli klassik shoiri Boborahim Mashrab she‟rlarini tanbur ohanglari bilan orastalab kuylab yurgani el orasida ma‟lum” 33 . Bu holga asosiy sabab aruz ilmidagi ohangdorlik ekanligini anglab olish mumkin. Diqqat qilsak, aruz vazni ruknlari, bahrlarida Sharq she‟riyati matnlarini tushinish bilan birga, ularni o„z vazni va ohangi bilan o„qish va to„g„ri talaffuz qilish masalasi ham muhim vositalardan biridir. Aslida, aruz vazni ohangi musiqa bilan vobastadir. Shu bois, undagi so„z va iboralar ham nozik, nafis bo„lib, bitta so„zgina emas, balki bitta tovush yoki qo„shimcha noto„g„ri talaffuz etilsa, ohangga tushmasa qo„shiq yoki maqom talab darajasida chiqmaydi. Ya‟ni matndagi qo„shiqqa moslangan nafislik, go„zallik kuy maqomida o„z jozibasini yo„qotadi. Sharq she‟riyati latif va nozik ma‟noli janr bo„lib, u kuyga qo„shiqqa tez moslashadi. 33 Жамол Камол Лирика. Адабиѐт назарияси. Икки томлик, 2-том, Адабий-тарихий жараѐн. – Т.: Фан, 1979. 237-238-бетлар. 128 Taniqli musiqashunos olim Otaniyoz Matyoqubov o„zining “Maqolat” nomli risolasida: “Badiiy adabiyot bilan musiqa san‟ati o„rtasidagi aloqa yanada qadimiyroq va chuqurroqdir. Musiqa adabiyotga ohang beradi, kuylar baxsh etadi, she‟rning ohangdorligini ta‟minlaydi, uning ta‟sirchangligini kuchaytirib, inson ruhini qamrab olishga ko„maklashadi” 34 ,-deydi. Shunday ekan, bugungi yoshlarimizga mumtoz she‟riyatni anglatish, ularda ruhiy lazzatlanish tuyg„usini tarbiyalash uchun har bir matnni o„z vazni ohangida ifodali o„qishga o„rgatishimiz lozim. Bu o„rinda radio va telivedinie kanallarida, teatr sahnalarida chiqish qiladigan suhandonlarning nutqiga diqqat qilish ham ijobiy natija beradi. Sharq she‟riyati vazni musiqa bilan hamnafas dedik. Demak, mumtoz qo„shiqlarni ijro etuvchi xonandalar bilan uchrashuvlar tashkil etib, muzokara, mulohazalar asosida davra suhbatlarini tashkil etish ham mumtoz she‟riyatning sir-asrorlarini yoritishda ko„mak beradi. Shuningdek, aruz vaznini o„rganishga doir mashg„ulotlarda ko„rgazmalilikning xilma-xil turlaridan foydalanish mumkin. Ayniqsa, jadvallar, AKT, videoroliklar yaxshi natijalar beradi. Bu vositalar o„zbek aruzining o„ziga xos jihatlarini, aruz vaznidagi she‟rlarni ifodali o„qish usullarini puxta o„rganishga yordam beradi. Xulosa o„rnida shuni aytish mumkinki, mumtoz adabiyotimizdagi badiiyat muammolarini aruz vaznisiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Shunday ekan, ming yillardan buyon she‟riyatga ixlosmand avlodlarimizning diqqat-markazida bo„lgan badiiyatning asosini tashkil qilgan aruz ilmini o„rganish bugungi kun o„quvchisi uchun zarur bo„lgan nazariy-amaliy ilmlardan biridir. Badiiy san‟atlar yoki she‟riy san‟atlar haqida so„z ketar ekan, avvalo badiiylik nim degan savolga javob berishga to„g„ri keladi. Avvalo badiiylik bu go„zallikning nutqiy ko„rinishidir. Go„zallikni til vositasida aks ettirish vositasida barobarida tilning o„zi ham 34 Матѐқубов О. Мақолат . –Т.: Фан, 2004, 178 бет. 129 go„zallikni vujudga keltiradi. Shoir va yozuvchilar oddiy xalq tiliga go„zal sayqal berib ulardan foydalanadilar va shu bilan o„z o„quvchisiga ma‟naviy lazzat bag„ishlaydilar. Ma‟lumki, har bir tilda yuz minglab, millionlab so„zlar mavjuddir. Shu bilan bir qatorda ma‟lum bir tushunchani turlicha atash, betakror xalq sheva va lahjalaridan foydalanish imkoniyatlari ham bor. Shu o„rinda xalq orasida keng tarqalgan “o„n sakkiz ming olam” iborasini olib ko„raylik. Bu ibora bo„rttirish, mubolag„ali shaklda qo„llaniladi. Alisher Navoiy esa bu iboraga badiiy tus beradi va g„azalda shoir tilga olgan sarvinozi o„n sakkiz yoshda bo„lganligi uchun ham iborani unga nisbat bergan deb taxmin qilish mumkin. O„n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur. Ne ajab, chun sarvinozim o„n sakiz yoshindadur. Desa bo„lg„aykim, yana ham o„n sakiz yil husni bor, O„n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur. O„n sakiz yil dema, yuz sakson yil o„lsa, o„ldurur Husn shohi, ul balolarkim, ko„zu qoshindadur. Ko„p asrlik mumtoz adabiyotimiz xazinasini yaratgan shoirlarimizning san‟atkorlik sehrini bilishga bo„lgan qiziqish ixlosmandlarni o„ziga jalb etgan. Ayniqsa, ular ijodidagi badiiyat keyinchalik maxsus ilm asoslariga aylandi. Chunki ilmi, ilmi bade‟, she‟riy san‟atlardan bexabar muxlis yoki madrasada tahsil olayotgan talabalar mumtoz she‟riyatga xos yuksak badiiy salohiyatning mohiyatini anglab olishlari amri mahol edi. Natijada, mumtoz adabiyotni, xususan, she‟riyatni chuqur o„rganishga bo„lgan ehtiyoj tufayli maktab, madrasalar o„quv dasturlariga maxsus ilmning bir sohasi sifatida kiritila boshladi. Tabiiyki, bu ilmni talabalarga yetkazish uchun maxsus tayyorgarlik, xususan, she‟riyatni chuqur biladigan zukko mudarrislar faoliyat olib bora boshladilar. Mashg„ulotlar faqat amaliy bo„libgina 130 qolmay, balki ilmiy-nazariy ma‟lumotlar ham zarur bo„lganligini anglagan mudarris olimlar darslik va qo„llanmalar ham yarata boshladilar. Eng e‟tiborli jihati shundaki, talabalarga aynan bir shoirning tarjimai holi yoki ijodiy merosini o„rganish tavsiya etilmagan. Badiiy san‟atlarni chuqur bilgan talaba o„z hoxish istagiga binoan, she‟riy san‟atlarni mahorat bilan qo„llagan, badiyati yuksak, Sharq she‟riyatida yuksak nom qozongan yoki mo„jiza yaratgan tanlab o„rganish va tahlil qilish huquqiga ega bo„lgan. Muhimi, ilmiy-nazariy bilimlar chuqur o„rganilgan. Yuqoridagi fikrlarni madrasalar uchun mo„ljallab yozilgan darsliklar, uslibiy qo„llanmalar tasdiqlaydi. Yuqorida tilga olingan badiiy san‟at turlarining ayrimlarini aniqlash maqsadida 10-sinf darsligiga kiritilgan Alisher Navoiyning “Jahon ganjiga shoh erur nomli” qit‟asini namuna sifatida tahlil qilib ko„raylik: Jahon ganjiga shoh erur ajdaho, Ki o„tlar sochar qahri hangomida. Aning komi birla tirilmak erur, Maosh aylamak ajdaho komida 35 . Ushbu qit‟ada, xalq orasida ma‟lum bo„lgan afsonalardan birining guvohlik berishicha, bebaho xazinalar yashiringan joylarda ilon va ajdarlar paydo bo„lib, o„sha xazinalarni qo„riqlab yotishar ekan. Shoir qit‟ada fikrini rivoyatda keltirilgan afsona bilan boshlar ekan “Jahon ganji”ni qo„riqlovchi, adolatsiz shohni nazarda tutadi. Shoh g„azablangan chog„ida uning og„zidan chiqqan so„zlar ajdaho o„tidek har tarafni kuydiradi. Ajdaho og„zidan tiriklik istash imkoni bo„lmaganidek, zolim shohdan yaxshilik kutish ham chorasizdir. Qit‟adagi shoir tomonidan keltirilgan jasoratli o„xshatish shoh va ajdaho qiyosi asarning mag„zini tashkil etadi. Darslikda berilgan qit‟a tahlilida garchi afsona tahlili berilsada, shoirning qit‟ada aytmovchi bo„lgan fikri, maqsadi haqida so„z yuritilmaydi. Aslida, shoir badiiy san‟atlarning ichida eng keng 35 Адабиѐт 10 синф. Дарслик-мажмуа. 1 қисм. – Тошкент, 2017, 102-103 бетлар. 131 qo„llaniladigan iqtibos, ya‟ni “ilm o„zlashtirmoq” turidan mahorat bilan foydalangan bo„lsa, istiora san‟atidan esa, afsonaga majoziy ishora qilish orqali ikki ma‟noning o„zaro o„xshatadi, fikrni asoslash san‟atini qo„llaydi. Ruju‟ san‟ati esa qit‟ada yanada yorqinroq ko„zga tashlanadi. Ya‟ni shoir asl aytmoqchi bo„lgan fikrini rivoyatda aytilmoqchi bo„lgan fikrga qiyoslaydi. Qit‟a diqqat bilan tahlil qilinsa, Alisher Navoiy tamsil badiiy san‟atini ham qo„llaganligini ko„rishimiz mumkin. Tamsil so„zi misol keltirish degan ma‟noni bildirib, shoir aytmoqchi bo„lgan fikriga dalil sifatida hayotiy bir hodisani yoki voqeani misol qilib keltirish san‟atidir. Bu san‟at fikr bilan misol o„rtasidagi munosabat mantiqiy aloqa ko„pincha qiyosiy yo„nalishdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan qit‟aning tahlili Alisher Navoiyning zukko ijodkor sifatida uning badiiy tafakkuridan darak beradi. Demak, mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilishda muhim ilmiy- nazariy vositalar ilmi aruz, ilmi bade‟ qadim ta‟lim tizimida keng qo„llanilgan. Bu ilmlar talabalarga shoir aytmoqchi bo„lgan g„oyalarni, his-tuyg„ularni, til jihatidan matning jozibadorligini, ohangdorligini anglab olishlariga katta imkon bergan. Bu ilmning XI-XII asrlarda Samarqandda Ibrohim Tabg„achxon tomonidan chuqur o„rganilganligini Ahmad an Nasafiy o„zining “Matla an-nujum va majma‟ al-ulum” nomli madrasalar uchun yozgan darsligida alohida ta‟kidlab o„tadi. Darslikka jami 23 ta ilmlar kiritilgan bo„lib, ular 54 fasldan iboratdir. Ilmlarning o„n oltinchisi “She‟r san‟atlari ilmi” deb nomlanadi. U o„z navbatida ikki faslga ajratilgan. Muallif ushbu bobda badiiy san‟atlarning turlari va xususiyatlari haqida so„z yuritadi. Birinchi fasl asosan tajnis, mutashohib, mutabaqa, radd al- ajz ilal sadr, husn tanzim, tazmin, tanzim, ig„roq, tansiq as-sifat, kinoya, savol-javob kabi o„ttiz to„rtdan ortiq she‟riy san‟at turlarini sanab o„tadi. Ayni paytda mazkur san‟at turlariga oid qator 132 misollarni ham keltirib o„tgan. Asosan o„sha davrda mashhur bo„lgan shoirlarning she‟rlaridan namunalar keltirib o„tgan. Eng e‟tiborli tomoni shundaki, muallif, Qur‟oni Karim oyatlarida va hadislarda qo„llanilgan she‟riy san‟atlarga alohida e‟tibor bergan va misollar keltirgan. Faslda fors-tojik tilidagi she‟rlarda qo„llanilgan badiiy san‟at turlardan ham namunalar uchraydi. Negadir Ahmad an-Nasafiy aruz vazni qoidalarini ham she‟riy san‟atlar bobiga kiritgan. Bu bilan aruz vazni haqidagi ilm bevosita she‟r san‟atlari bilan uzviy bog„liq ekanligini inobatga olgan bo„lsa kerak. Madrasalarda she‟riy san‟atlarning chuqur o„rganilgani bois, talabalar uchun darslik vazifasini bajaruvchi asarlar yaratilganligiga guvoh bo„lamiz. Ana shunday darsliklardan biri Ataulloh Husayniyning “Badoyi‟u-s-sanoyi‟” asaridir. Asarning nomidan kelib chiqib, “Ilmi sanoe‟” yoki “Ilmi bade‟”- bevosita mumtoz adabiyotda qo„llanilgan badiiy tasvir, ifodalilik va hushohanglik vositalari badiiy san‟atlar ekanligini anglab olish mumkin. Badiiy san‟atlar haqida ma‟lumot beruvchi manbalardan yana biri, yuqorida nomi tilga olingan Ahmad Nasafiyning “Al- qand fi zikri ulomai Samarqand” 36 (Samarqand ulomalari xotirasiga qanddek shirin kitob) asaridir. Unda 423 shayx, imom, qori, fiqhshunos, zohid, sahih, mudarrislar ismlari, ular rivoyat qilgan hadislar, aruz ilmi, ilmi bade‟ va boshqa ilmlarga oid asarlari bo„yicha mudarris sifatida madrasalarda, jome‟ masjidlarda tolibi ilmlarga ta‟lim berganliklari haqidagi ma‟lumotlar ham uchraydi. Badiiy san‟atlarning madrasalarda o„qitilganligini taniqli qomusiy alloma mudarris Mavlono Sa‟diddin Taftazoniy ham o„zining “Miftoh al-ulum” (Ilmlar kaliti), “Al-muxtasar al-ma‟niy” (Maoniy ilmning muxtasar bayoni) nomli asarida tilga olib o„tadi. U Samarqanddagi mashhur Idugi Temur madrasasida mudarris sifatida faoliyat olib borish jarayonida badiiy san‟atga oid mashg„ulotlarni 36 Нажмиддин ан- Насафий Самарқандия (Ал- қанд фи зикри уломаи Самарқанд). – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2001. 133 olib borganligi ehtimoldan holi emas. Madrasalar ta‟limi uchun yaratilgan qomusiy darsliklar sirasiga Bohbuvandiyon Sohib Oqilning “Matla‟ al-ulum” (Ilmlarning boshi) va “Majma al-funun” (Fanlar majmui), Yusuf Sakkokiyning “Miftoh al-ulum” (Ilmlarning kaliti), Said Sharif Juzjoniyning “Sharhi miftoh al-ulum” kabi asarlarni tilga olishimiz mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan qomusiy darsliklar mazmun-mohiyati bilan bir-biriga o„xshaydi. Deyarli barchasida ilmlar tasnifi boblarga, fasllarga ajratilgan. Adabiyotshunoslik, tilshunoslik ilmiga oid ilmlar tasnifiga e‟tibor berar ekanmiz, mualliflar ularni pedagogika, notiqlik san‟ati, xat yozish odobi, so„zlashuv odobi, mantiq, o„qitish usullariga oid fasllarga ajratganlar. O„z navbatida adabiyotshunoslik ilmini esa badiyat, she‟riyat, aruz, ilmi bade‟ kabi qismlarga bo„lib tasnif qilingan. Muhimi, o„rganilgan ilmlar dastlab sodda ko„rinishda boshlanib, keyinchalik murakkab usulda o„rganilgan. Ya‟ni, bosqichma-bosqich uzchillikka amal qilingan. Akademik I.Yu.Krachkovkiy “Ilmlar kaliti” kabi darslik- qo„llanmalar haqida fikr yuritar ekan, ular “... bilimlarning barcha sohalarini o„z ichiga qamrab oluvchi izohli terminologik lug„at vazifasini ham o„tagan deya baho beradi” 37 . Yuqorida tilga olingan manbalarning izohlashicha, badiiy san‟atlar birmuncha adabiyotshunoslikning murakkab sohalardan biri ekanligi ta‟kidlanadi. Shu bois, madrasa talabalariga badiiy san‟atlar haqidagi ilmni o„rgatishda, izchil me‟yorga amal qilganlar. Shuningdek, badiiy san‟atlarning har biri muayyan g„oyaviy-badiiy maqsadga xizmat qilganligi inobatga olingan. Shuningdek, she‟riyatda bu san‟atning qimmati, yangiligi, betakrorligi belgilangan. Sharq she‟riyati namunalarini tahlil qilar ekanlar, talabalarga matndagi mantiqiy izchilikka, san‟at, hayot mantiqiga mos kelishi, unga zid bormasligi, nafosat qoidasiga ham muvofiq kelishi o„qittirilgan. 37 Крачковский И.Ю. Избранние сочинения. –Т. М.-Л. АМ СССР, 1957, 247 бет. 134 Badiiy, she‟riy san‟atlarni chuqur o„rganish bugungi o„quvchilarning, o„qituvchilarning ham oldiga turgan muhim ta‟limiy masalasidir. Chunki umumta‟lim maktablari, akademik litsey, ayniqsa, oliy o„quv yurti filologiya fakultetlari o„quv dasturlarida mumtoz adabiyot namunalarini o„rganish uchun alohida soatlar ajratilgan. Ularni aruz vazni, she‟riy san‟at ilmlarisiz o„rganib bo„lmaydi. Bu muammoni teran anglagan adabiyotshunos olimlardan prof. A. Hojiahmedov “Mumtoz badiiyat malohati”, (Toshkent: Sharq, 1999), “She‟riy san‟atlarni bilasizmi?” (Toshkent: Sharq, 1999), V.Rahmonov “She‟riy san‟atlar” (1962) uslibiy qo„llanmalarni yaratdilar. Ayniqsa, aruz vazni bilan bog„liq, she‟riy sanatlarga oid atamalar asosan arab tilidan olingan bo„lib, ularning turkiy, forsiy tildagi mazmuniga oid qo„llanma lug„atlar deyarli yaratilmagan edi. Shu o„rinda, A.Hojiahmedovning “O„zbek aruzi lug„ati” 38 ni chop ettirib o„quvchilarga taqdim etilganligi savobli ishlardan biri bo„ldi. Gap badiiy san‟atlar yoki she‟riy san‟atlar haqida borar ekan, adabiyotshunos olimlarning aniqlashicha, ularning soni ikki yuzdan ortiq ekan. Tabiiyki ularning qaysidir sohasini chuqur bilgan mudarrislar imkoniyat darajasida talabalarga saboq bergan. Bu hol, ayniqsa, mumtoz adabiyot sohasini chuqur bilgan, tabiatan shoirsifat bo„lgan, yanada aniqrog„i adabiyotshunoslikka oid darslik, risolalar yaratgan olimlar to„plangan madrasalarda yuqorida tilga olingan ilmlar talab darajasida o„rganilgan. Shu o„rinda, XVII asrda madrasai Shayboniyxonda mudarris sifatida faoliyat olib borgan taniqli shoir va adabiyotshunos olim Muhammad Bade‟ Maleho Samarqandiyni olishimiz mumkin. U mudarris bo„lish barobarida “Muzakkiru ul ashob” (Suhbatdoshlar zikri) nomli tazkirasini yaratgan. Bu asar o„sha vaqtda Samarqand adabiy-ilmiy muhiti haqida, she‟riyat nazariyasi, aruz ilmi haqida qimmatli ma‟lumotlar beradi. Shuningdek, ayrim iste‟dodli 38 Қаранг: Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: Шарқ, 1998. 135 shoirlarning she‟rlaridan namunalar keltiradi. Tabiiyki bu tazkira Samarqand madrasalarida adabiyotshunoslik ilmi chuqur o„rganilganligidan darak beradi. Yuqorida tilga olingan manbalar faqatgina she‟riy san‟atlargagina oid bo„lib qolmay, balki tilning go„zal latofati, ularning serjilo ko„rinishlarini namoyon etuvchi ilm turidir. Shuningdek, ilmi bade‟, ya‟ni she‟riy san‟atlar til orqali, she‟riyat nafosati orqali inson uchun zarur bo„lgan ma‟naviy tafakkurning boyishiga xizmat qiladi. O„z-o„zini anglashni o„rgatadi. Mumtoz she‟rlarni yaratgan iste‟dodli shoirlar so„z vositasida fikrga ta‟rif beradi, fikr yordamida esa insonning murakkab ruhiy dunyosini chuqur tadqiq etadi. Bu esa sirtdan qaraganda osondek tuyuladi. Aslida esa shoirlar inson ruhiy dunyosini bidiiy ifodalashning hayratlanarli usullarini kashf qilmog„i lozim. Kashf qilingan usullardan biri badiiy san‟atlardir. Badiiy san‟at turlarini qo„llagan shoir birgina til zahirasidan foydalanibgina qolmay, balki o„zga tillardan foydalanish orqali qiyosiy usullardan foydalanadi: Sarig„ qog„ozmudurkim so„zi hajrim ayladi tahrir, Va yohud shu‟la tushdi sahvaga ul so„z etib ta‟sir. Alisher Navoiy qalamiga mansub bir yo„la husni ta‟lil, iyhom, tajohuli orif san‟atidan mahorat bilan foydalangan. Ya‟ni: tajohuli orif- o„zini bilib bilmaslikka solish san‟atini “hajrim haqidagi so„zlar yozilgan qog„oz o„zi sarig„midi yo bu so„zlar ta‟sir qilgach, u sahifa (qog„oz)ga shu‟la tushib sarg„ayib ketdimi? Degan hayratomuz mazmunni ifoda qiladi. “So„z” har ikkala misrada ikki ma‟noda: so„z va o„t (cho„g„) ma‟nolarida qo„llanilganki, buni iyhom san‟ati namunasi deb bilamiz” 39 . Ilmi qofiya ham badiiyatning asosiy qirralaridan biri sanaladi. Qofiya uchun tanlangan so„zlarning mazmuni bilan bir qatorda ularning ohangdorligi, jilosi, jozibadorligi she‟riy asarning o„quvchilar e‟tiborini tortishida katta ahamiyat kasb etgan. Shu 39 Қаранг: Ҳожиаҳмедов A. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т.: Шарқ, 1999. 32-бет. 136 sababli, har bir ijodkor, uni o„rganuvchi talaba ham qofiya ilmini diqqat-e‟tibor bilan o„rgangan, shu sohani chuqur biluvchi san‟atkorlardan ta‟lim olganlar. Qofiya san‟ati badiiy so„z vositasida fikrni ta‟sirchan aks ettirishning muhim vositasidir. Shoirning qofiya borasidagi hassosligi o„z muxlisining diqqatini she‟rda ifodalangan fikrlarga jalb etadi, qofiyadosh so„zlar majmuasi esa lirik qahramonning ichki tuyg„ularini, orzu-armonlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Ilmi qofiyani chuqur egallashni maqsad qilgan talaba qofiyaning tuzilishi va turlarini, she‟riy janrlarning qofiya xususiyatlarini, vazn va qofiya, radif va qofiya munosabatlari mazmuni va mohiyatini atroflicha bilishi zarur hisoblangan. Madrasalarda she‟riy san‟atlar, aruz ilmi va qofiya haqida nazariy ma‟lumot berishda ayrim murakkab matnlarni yod olinishining talab etilishi talaba sevib o„qiydigan matn mazmunini chuqur o„zlashtirish imkoniyatini berganligi shubhasizdir. Adabiyotshunos olim A.Hojiahmedov «Qofiyalar she‟riy asar musiqiyligi, jozibadorligini ta‟minlashning asosiy omillaridan sanaladi. Qofiyadosh so„zlar tarkibidagi har qaysi tovush, misra, bayt, bandga alohida jilo, ta‟sirchanlik bag„ishlaydi. Qofiyaning she‟riy asarda tutgan o„rni va ahamiyatini to„laroq, mufassalroq anglab etish uchun qofiya ilmi asoslari: qofiyaning tuzilishi va turlari, she‟riy janrlarning qofiya xususiyatlari, qofiya san‟atlari va xatolari, vazn va qofiya, radif va qofiya munosabatlari mazmuni va mohiyatini atroflicha bilish zarur» 1 , - deb yozadi. Tabiiyki, madrasa mudarrislari ham mazkur nazariy talabni she‟riyat bilan bog„liq mashg„ulotlarda inobatga olganlar va talabalarga nazariya va amaliyotni chambar-chas bog„lagan holda yetkazganlar. Qofiya ilmi bevosita badiiy san‟atlar bilan bog„liq bo„lib, she‟riyatdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglilik, badiiy san‟atlar vositalarida ifodalanadi. 1 Ҳожиаҳмадов A. Шеър санъатларини биласизми? –Тошкент, 2001, 31-бет. 137 Talabadan u yoki bu baytdagi birgina san‟atni emas, balki ikki, uch va undan ortiq san‟atni aniqlash, ularni bir-biridan farqlash, birgina bayt, g„azalnigina emas, balki bir nechta she‟riy asar vaznini yoki qofiya xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishga oid topshiriqlarni bajarish talab qilingan. Bu topshiriqlar orqali talaba o„qigan g„azalida vazn va qofiyaning o„rni, o„ziga xosligi, ulardagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilishga o„rgangan. Ma‟lumki, she‟riy asarda qofiya va vaznning bekamu ko„stligidan tashqari, har bir baytning o„z nuqtasi, o„qiganni qoyil qoldiradigan san‟ati bo„lishi kerak, har bir badiiy-ifoda vositasi o„z o„rnida qo„llanishi kerak. Shunday asargina o„quvchilar qalbidan joy oladi. Bir so„z bilan aytganda, shoirlar ijodida qo„llangan badiiy san‟atlar, qofiya tahlilida talaba quyidagilarni ajrata olishi va baho berishi lozim bo„lgan: «ilmi sanoe‟» kitobxonning diqqat-e‟tiborini harfga, tovushga, so„zga, so„z ma‟nosiga, so„zning baytda joylashuviga, so„zlar takroriga, so„zning asl va ko„chma ma‟nosiga, jinsdoshlik (omonimlik) xususiyatlariga, birikmaga, birikmaning ma‟no jilosiga, misraga, misra mazmuniga, baytga, baytdagi so„zlar munosabatiga, badiiy san‟atlarga jalb etadi. Demak, talabadan har bir bayt ustida qunt bilan ishlash, undagi san‟at turlarini aniqlash va ularga baho berish talab qilingan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling