O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Savol va topshiriqlar: 
1. SHarqda nasriy asarlarni o‘rganilish tarixi haqida ma’lumot 
bering 
2. Nasriy asarlar va ularning janriy xususiyatlari nimalardan 
iborat 
3. Darsliklarga kiritilgan nasriy asarlar va ularning mavzu 
doirasi xususida ma’lumot bering 
4. Nasriy asarlar va ularning tili va badiiy xususiyatlari 
tahliliga doir uslubiy tavsiyalar haqida so‘zlab bering 
5. Asarlarni yaratishda muallifning maqsadi va oldiga qo‘ygan 
vazifasi qanday ahamiyatga ega 
9- mavzu: Adabiyot darslarida inshoning o„rni hamda uni 
tashkil etish yo„llari 
Reja: 
1. 
Inshoning yozma nutq madaniyatini oshirishda tutgan 
o‘rni va roli. 
2. 
Insho – asarning mazmunini yozma suratda qayta 
hikoyalash imkonini beruvchi yozma ish turi. 
3. 
Insho va uning turlari haqida ma’lumot. 
4. 
Insho yozishga tayyorgarlik jarayoni va ularning 
bosqichlari haqida ma’lumot. 
O„quvchilarning fikr bayon qilishlarida og„zaki nutq qay 
darajada ahamiyatli hisoblansa, yozma nutq ham shu darajada 
muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir. E‟tiborli tomoni shundaki, 
o„quvchilarning mustaqil ravishda o„z fikrlarini yozma tarzda bayon 
qilish ko„nikmasisining qay dararajada rivojlanganligiga qarab turli 
shakldagi yozma ish turlari vujudga keladi. Insho faqatgina yozma 
nutq namunasi bo„libgina qolmay, balki o„quvchining ma‟lum 
mavzudagi bilimiga oid dalil hujjat hamdir. 


177 
“Insho” atamasiga ilmiy adabiyotlarda shunday ta‟rif berilgan: 
“Insho – mavzuni mustaqil yoritishga yo„naltirilgan yozma ish 
turlaridan biridir. Ona tili va adabiyot darslarida, ta‟limiy hamda 
nazorat maqsadlarida umumiy o„rta ta‟lim maktablari, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlarining barcha bosqichlarida o„tkaziladi. 
Bajarilish o„rniga ko„ra sinf va uy insholariga bo„linadi. 
Insholarning o„quvchilar guruhi bilan yozadigan va har bir o„quvchi 
mustaqil bajaradigan turlari bor. Insho o„qituvchi tomonidan tavsiya 
etiladigan yoki biror bir erkin mavzuda bo„lishi mumkin. Insho 
o„quvchilar badiiy adabiyotni to„g„ri idrok etishlariga, fikrni 
ixcham, mantiqiy ifodalashlariga, ularning yozuv savodi o„sishiga 
yordam beradi”
44

O„zbek tilining izohli lug„atida “insho” atamasi shunday 
izohlanadi: “Insho – (tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish
ijod, bayon, tahrir) o„quv yurtlarida ona tili va adabiyotdan yozma 
ish”
45
.
O.Madaevning fikricha, o„quvchilarga insho yozishdan oldin 
nazariy ma‟lumot berilganda “insho” so„zining ma‟nosini sharhlash 
yaxshi natija beradi. Bundan tashqari: “Insho yozish ma‟lum mavzu 
yuzasidan mustaqil fikrni yozma tarzda ifodalash ekani 
tushuntiriladi. Bunday sharhning muhim ahamiyati shundaki, 
o„quvchi insho yozish ijod qilish ekanini anglab oladi. Ishning 
dastlabki bosqichidanoq insho birovning fikrini yoki darslikdagi 
ma‟lumotni ko„chirish emas, balki mavzu haqida mustaqil fikr 
yuritish mahsuli ekanligiga urg„u beriladi. “Insho” so„zining avvalgi 
ma‟nosi hozirgi kunda toraygani qayd etiladi. Avvallari biron shaxs 
tomonidan yozilgan har bir tekst insho deb tushunilgan. Maktublar, 
ilmiy asarlar, shaxsiy arxivda saqlanuvchi kundaliklar “insho” 
termini bilan yuritilgan. Hozirda esa, asosan, o„zbek tili va adabiyoti 
44
Ўзбекистон Миллий энцеклопедияси. 2-жилд. –T.: “Ўзбекистон миллий 
энцеклопедияси” Давлат илмий нашриѐти, 2000. –340 б 
45
Долимов С. Таълимий баѐн ва иншо. –Т.: Ўқитувчи, 1968. –13б. 


178 
yuzasidan ma‟lum mavzuga bag„ishlangan yozma ishlar mazkur 
atama bilan yuritiladi. Demak, insho terminining ma‟nosi hozirgi 
paytda toraygan”ligini aytib o„tish muhim ahamiyatga ega
46
.
Insho bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan metodist 
N.Sattorova quyidagi mulohazalarni keltiradi: “...insho tom 
ma‟noda o„quvchining mustaqil bajaradigan ijodiy ishi bo„lib, u 
og„zaki va yozma shakllarda bo„lishi mumkin. Insho o„zgalarning 
fikrini yoki ma‟lum bir manbadagi ma‟lumotlarni ko„chirish emas, 
balki berilgan mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritish mahsuli. 
Shuning uchun bir mavzuda sinfdagi 25-30 o„quvchi 25-30 xil 
fikrlashi va yoritilgan masalaga turli xilda yondashish talab etiladi. 
Masalan, gugurtga o„quvchilardan biri uy-ro„zg„or buyumi sifatida 
qarasa, ikkinchisi o„t, alanga manbai, uchinchisi issiqlik manbai, 
to„rtinchisi yorug„lik, beshinchisi muhabbat manbai sifatida qarashi 
mumkin. Xuddi shu xususiyatlari bilan insho o„quvchilardan bir 
qator zaruriy kommunikativ malakalarni talab qiladigan, shaxsning 
ruhiy fiziologik holatlariga bog„liq bo„lgan faoliyatdir”
47

Insho ta‟lim tizimidagi boshqa didaktik ishlarga qaraganda, 
o„quvchining o„zini o„rab turgan tevarak-atrofga, boshqa 
kishilarning xatti-harakatlariga va o„z xulq-atvoriga munosabatini 
aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. O„quvchi o„ziga berilgan 
insho mavzulari ustida o„ylanadi, izlanadi, ishlaydi, fikrlaydi. Bu 
jarayon uning shaxs sifatida shakllanishida, ma‟nan barkamol bo„lib 
etishishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
O„quvchilar insho ustida ishlar ekan, o„z hayotiy tajribasi, 
maktab ta‟limi, mustaqil kitob o„qishi davomida to„plagan “bilimlar 
ombori”dan berilgan mavzuga mos ma‟lumotlarni saralaydi va 
mavzuga tegishli bo„lmaganlariga e‟tibor qilmay, insho mavzusini 
ishonch bilan ochishga harakat qiladilar. Ular saralab olingan 
46
Долимов С. Таълимий баѐн ва иншо. –Т.: Ўқитувчи, 1968. –103 б. 


179 
materiallarni mantiqiy izchillikda joylashtirish, insho mazmuniga 
mos keladigan so„z va iboralarni tanlash ko„nikmasiga ega bo„lib 
boradilar. Biroq bu ko„nikmalar o„quvchiga tayyor holda, yaxlit 
tarzda berilmaydi, ular o„z-o„zidan paydo bo„lmaydi. O„qituvchi 
ularni tizimli ta‟lim va davomli mashqlar natijasida o„quvchilar 
ongida shakllantira boradi. 
S.Dolimovning “Ta‟limiy bayon va insho” nomli risolasida 
o„quvchilarda mavzuga mos material to„plash bilan birga, qiziqarli, 
haqiqiy borliqni aniq aks ettiradigan voqealar rivojida ketma-
ketlikni belgilash – reja tuzish ko„nikma va malakalarini 
shakllantirib borish lozimligi uqtiriladi. Shu bilan birga, insho 
nutqni to„g„ri qurish hamda fikrni aniq ifodalashga o„rgatib borishi 
ta‟kidlanadi: “Adabiy o„qish ta‟limiy bayon va insho o„tkazish 
uchun zamin yaratib beradi, chunki dars davomida o„quvchilar 
asarning rejasini tuzishni, asar yuzasidan qayta hikoya qilib 
berishning turli formalarini, asarning g„oyaviy mazmunini, asardagi 
obrazlar va ularning sistemasini, asarning kompozitsion tuzilishini
uning tili va badiiy xususiyatlarini batafsil o„rganib boradilar. 
Bularning hammasi o„quvchilarning mazmunli yozma ish 
yozishlarini ta‟minlaydi”
48

Olim ilgari surgan bu qarashlarning barchasi ham bugungi 
adabiy ta‟limning maqsadiga monand kelavermaydi. Gap shundaki, 
badiiy asarlarning g„oyasi, timsollar tizimi, uning kompozitsion 
tuzilishini aniqlash kabi ish turlari bevosita adabiyot va 
adabiyotshunoslik bilan shug„ullanishni maqsad qilib olgan filolog 
mutaxassislar uchun muhim sanaladi. Lekin hayotning har xil 
jabhasida faoliyat yuritishga tayyorlanayotgan, ayni zamonda 
ma‟naviy kamolotga erishishi muhim bo„lgan yosh avlod uchun bu 
48
Узвийлаштирилган Давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. –Т.: Янгийўл полиграф 
сервиc, 2010. – 196 б0. 


180 
tushunchalarning ahamiyati uncha katta emas. Shu ma‟noda, 
mazkur qarashlarga ijodiy yondashish maqsadga muvofiq bo„ladi.
O.Madaev “Insho qanday yoziladi?” nomli risolasida shunday 
deydi: “O„quvchini ijodiy ishga o„rgatish har bir fan 
o„qituvchisining burchi hisoblandi. Yozma ish esa mustaqil ishlash 
ko„nikmasini hosil qilishda asosiy o„rin tutadi”. Darhaqiqat, har 
qanday o„qituvchi, xususan, adabiyot muallimi o„quvchilarni insho 
mavzusini yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarga mos keladigan, 
ifoda aniqligi, jonliligi, tasviriyligini ta‟minlaydigan so„z va 
iboralarni diqqat bilan tanlay bilishga yo„naltirishi, bolalarda so„z va 
iboralarni to„g„ri ishlatishish, u yoki bu so„zni takror qo„llamaslik 
ko„nikmasini shakllantirishni ko„zda tutish maqsadga muvofiqdir.
O„quvchi nutqida so„zlarning grammatik shakllaridan to„g„ri 
foydalanish, so„zlarni bo„g„inlarga to„g„ri ajratish, ularni tegishli 
kelishik shaklida to„g„ri ifodalash, ko„makchi va bog„lovchilardan 
o„z o„rnida foydalanish ko„nikmasini amalga oshirish ham insho 
yozishda muhim ahamiyat kasb etadi. O„quvchilarda tanish 
so„zlardan foydalanib gap qurilishini farqlash ko„nikmasini 
shakllantirib, rivojlantirib borish maqsadga muvofiq bo„ladi. Shu 
bilan birga, o„quvchilarga o„rganilgan grammatik qoidalar asosida 
inshoni orfografik va punktuatsion qoidalarga muvofiq yozilishiga 
erishish ham zarur. 
B.Turdiev “Yozma nutqni rivojlantirish yuzasidan praktikum” 
kitobida o„quvchilarning yozma ishga tayyorgarligi jarayoni haqida 
gapirib shunday yozadi: “Inson fikrining ravonligi, mazmundorligi, 
nutqining nechog„li mantiqiyligi, umuman, fikrlash qobiliyati uning 
badiiy adabiyotga bo„lgan munosabati bilan belgilanadi” [8; 88-b.]. 
O„quvchilar yozma nutqining boyishi va rivojlanishi insholarning 
tashkil etilishi bilan bevosita bog„liqdir. 


181 
Olimning o„quvchi tomonidan yozilgan inshoni “tahlil qilish 
va agar bor bo„lsa, fazilatlarini e‟tirof etish zarurligi” borasidagi 
qanoati adabiyot darslarida tashkil etilgan insholar uchun ham 
bevosita daxldordir. 
Prof. A.Zunnunovning fikricha esa: “Insho maktabda 
o„tkaziladigan yozma ishlarning eng muhim va murakkab turidir. 
Insho o„quvchilarda nutq, kitob ustida mustaqil ishlash, hayotni 
kuzatish asosida 
o„zlarida 
paydo 
bo„lgan 
taassurotlarni 
umumlashtirish malakasini, ijodiy qobiliyatini o„stirishda, umuman, 
bilimlarni puxta egallashlarida muhim rol o„ynaydi”
49
.
A.Zunnunov yuqori sinflarda inshoning puxta mazmunga ega 
bo„lishi uchun o„qituvchidan quyidagilarni talab etadi: 
1. Temani to„g„ri tanlash, yoziladigan inshoning mazmuni va 
hajmini aniqlab olish. 
2. Temaga taalluqli materiallarni puxta o„rganib olishlik. 
3. Temaning mazmuniga mos epigraf tanlash. 
4. Temani to„liq yoritishga yordam beradigan ma‟lumotlarni 
to„plash. 
5. Inshoda yoritilishi lozim bo„lgan asosiy fikrlarning 
sistemasi va izchilligini ta‟minlashga yordam beradigan reja tuzish. 
Insho yozishga tayyorgarlik jarayonining bu besh bosqichiga 
ijodiy yondashgan hamda tezkor zamon talablarini ko„zda tutgan 
holda bugungi adabiy ta‟limga ham tatbiq etish mumkin. Buni 
jadval shaklida quyidagicha ko„rsatish mumkin:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling