O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Insho yozishga tayyorgarlik jarayoni jadvali


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Insho yozishga tayyorgarlik jarayoni jadvali 
I. Dalillar to„plash. 
1. Matnni o„qish. 
2. 
Matndagi 
muhim 
jihatlarni 
49
Мадаев О. Иншо қандай ѐзилади: Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун 
методик қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1991. –88 б. 


182 
ajratish. 
3. Qo„shimcha ma‟lumot to„plash. 
II. Dalillarni 
tasniflash. 
1. Munosabatni aniqlash. 
2. Dalillarni tasniflash.
3. Umumlashmalar qilish. 
III. Materiallarni 
umumlashtirish. 
1. Olingan natijalarni qiyoslash. 
2. Dalillarni bir tartibda joylashtirish. 
3. Xulosalarni umumlashtirish. 
O„quvchilarning yozma ishlarini tashkil etish bo„yicha 
metodist olimlarning qarashlari o„quvchilarning asta-sekin mantiqiy 
va obrazli tipdagi yangi, borgan sayin murakkablashadigan ish 
turlari bilan tanishishlarida; vaqti-vaqti bilan ularga avval uchragan 
insholar mashq uchun taklif etilishida; ammo ular oldingi ishlarga 
qaraganda bir muncha murakkabroq bo„lishida o„zaro mutanosib 
kelgan. Insho yozishga o„rgatish yo„lidagi asosiy ko„rsatkichlar 
qayta hikoya, tavsifning murakkab shakllari, asarning g„oyaviy 
mazmuni tahlili, muammolar tahlili va qiyoslanishi kabilardan 
iboratdir. 
9-sinf adabiyot darslari uchun mo„ljallangan o„quv rejada 
Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsa”ni o„rganish uchun 10 
soat ajratilgan. Shuningdek, beshta doston o„tib bo„lingandan so„ng 
2 soat “Farhod va Shirin obrazlariga tavsif” mavzusida nazorat 
inshosi o„tkazish rejalashtirilgan
50

O„qituvchi dastlab o„quvchilarga “Xamsa” dostoni yuzasidan 
o„tilganlar bo„yicha qisqagina suhbat o„tkazib olsa, so„ng insho 
50
Турдиев Б. Ёзма нутқни ўстириш юзасидан практикум. Педагогика институтларининг 
филология факультетлари студентлари учун ўқув қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1980. –128 б. 


183 
mavzusini tanlashda ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanib ish yuritsa, 
maqsadga muvofiq bo„ladi. Bunda Farhod yoki Shirin timsoli bilan 
cheklanib qolmasdan “Xamsa”dagi boshqa qahramonlar Majnun, 
Layli, Dilorom, Bahrom va boshqa shu kabi obrazlardan biriga 
tavsif yozish imkoniyati berilishi ham “Xamsa”ning keng qamrovli 
o„rganilishini ta‟minlaydi. Buning uchun o„quvchilarga ikki daqiqa 
ichida, tezkorlik bilan dostonda uchraydigan va esda saqlanib 
qolgan so„z va jumlalardan imkoni boricha ko„proq yozish 
topshiriladi. Vaqt tugagach, namuna sifatida bir ikki o„quvchining 
daftariga tushirgan so„zlari tahlil qilinib, ular “Xamsa”dagi qaysi 
doston va qaysi qahramonga tegishli ekanligi aniqlanadi. Ikki 
daqiqa ichida o„quvchilarning qog„ozga tushirgan so„zlari ko„proq 
qaysi qahramonga tegishli bo„lsa, o„quvchi o„sha qahramon haqida 
ko„proq fikr bildirish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi. Bu usul 
o„quvchilarning munosabat bildirish imkoniyatini kengaytirish bilan 
birga insho yozish samaradorligiga ham ijobiy ta‟sir qiladi. 
“Xamsa” dostonlaridagi qahramonlardan biri timsoli yuzasidan 
tashkil etiladigan insho uchun umumiy rejani doskaga yozib 
qo„yishlik 
ham 
maqsadga 
muvofiq 
sanalmaydi, 
rejani 
o„quvchilarning o„zlari tuzgani ma‟qul. Doskaga yozib qo„yilgan 
aynan bir mavzudagi tayyor reja o„quvchilarning fikr-munosabatini 
bir xillik tomon tortadi, bu esa, o„z-o„zidan, o„quvchilarning 
mushohada 
maydonini 
toraytiradi. 
Quyidagi 
savollar 
o„quvchilarning asar qahramoni tavsifi yuzasidan yozadigan 
insholari uchun muhim ochqich vazifasini bajarishi mimkin: 
1. Doston qahramonining menga yoqqan jihatlari nimada? 
2. Men yoqtirgan qahramon dostonda qanday tavsiflangan? 
3. Qahramon tushib qolgan murakkab vaziyatga qanday baho 
berish mumkin? 
4. Shu qahramon o„rnida men bo„lganimda qanday yo„l 
tutardim? 


184 
5. Asar qahramon haqida mening xulosam. 
Yuqoridagi savollar borasida qisman tushuncha va javobga ega 
bo„lgan o„quvchi nafaqat Farhod yoki Shirin obrazlariga, balki 
Layli, Dilorom, Majnun, Hotami Toyi, Shoh G„oziy obrazlariga 
ham qiynalmasdan o„z munosabatlarini to„la-to„kis bildira olish 
imkoniyatiga ega bo„ladi.
O„qituvchi o„quvchilarni insho yozish muhitiga olib kirish, 
ularda fikriy mushohadani faollashtirish maqsadida qisqa suhbat 
o„tkazishi mumkin. Biroq suhbat bir xillik kasb etib qolmasligi 
kerak. Aks holda o„quvchilarning o„z mustaqil fikrlarini 
ifodalashlariga to„sqinlik qilishi mumkin. Suhbat natijasida hosil 
bo„lgan ko„rsatma va materiallar o„quvchiga yordam sifatida 
doskaga yozib qo„yilishi ham mumkin. Masalan, Farhod obraziga 
xos insoniy fazilatlarni aks ettiruvchi misralar o„z-o„zidan qahramon 
xarakterini ochish uchun ham xizmat qiladi
51
. Buni quyidagi jadval 
asosida ham ko„rsatib berish mumkin:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling