O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- mavzu: Adabiyot darslarida o„quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning metod va usullari Reja: 5. Mumtoz
Farhod timsoliga tavsif
Farhodning dunyoga kelishi bilan bog„liq tafsilotlar Shabistonida tug„di bir yangi oy, Yangi oy yo„qki, mehri olamoroy. Shabiston – tungi yotoq, xona. Tug„di – tug„ildi. Olamoroy – olamni yaratuvchi quyosh. Farhodning kamol topishi, o„sib ulg„ayishi bilan bog„liq tafsilotlar Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm. Tahqiq – biror narsaning haqiqatini izlash. Farhodning fe‟l- Demonkim, ko„ngli pok- Demonkim – 51 Йўлдошев Қ. Адабиѐт. 9-синф учун дарслик-мажмуа. –Т.: Янгийўл полиграф сервис, 2010. –90 б. 185 atvori, xarakteri tavsifi u ham ko„zi pok, Tili pok-u, so„zi pok-u, o„zi pok. deymanki, aytaman. Farhodning ota- onasiga bo„lgan munosabati tavsifi Ato yuzlanmasin deb dard-u ranje, Etib har kun boshig„a sadqa ganje. Ganje – xazina, boylik. Farhodning mehnatkashligi, samimiyligi, bag„rikengligi tavsifi Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir. Asrabon – asrab, saqlamoq. Farhodning Shiringa bo„lgan muhabbati tavsifi Ne anglaykim, qayu mahro„ ekansen, Ichim qon aylagan senmu ekansen. Mahro„ – oy yuzli. Farhodning vafoti paytidagi holati tavsifi Tugangan fahm etib umri baqosin, Sovug„ oh urdi yod aylab atosin. Fahm etib – bilib, anglab. Shu tariqa Farhod timsoliga xos bo„lgan jihatlar ajratib olinadi va insho yozishga kirishiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, 5-9–sinflar misolida taqdim etilgan dars namunalari o„quvchilarni adabiy mavzudagi har xil shakl, maqsad, janr va bajarilishi uslub yo„nalishiga ko„ra ijodiy insho yozishga o„rgatishning bir ko„rinishidir. Bunda mazkur ishlarning asosiy shakllari va ular ustida ishlashga yordam beradigan usullar hisobga olinadi. 186 10- mavzu: Adabiyot darslarida o„quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning metod va usullari Reja: 5. Mumtoz adabiyot namunalairini o‘quvchilarga o‘rganishda beriladigan mustaqil ishlarining o‘rni va ahamiyati. 6. O‘quvchilarning darslikdan tashqari mustaqil asarlar asosida fikrlarini baholash tamoyillari. 7. O‘quvchilarning mustaqil o‘qish turlari va ularning xususiyatlarini bajarishlarida o‘qituvchining nazorati va baholashdagi pedagogik mahorati haqida. 8. O‘quvchilarning matnni mustaqil tahlil qila olish, xulosa chiqarish ko‘nikmasini shakllantirishda uy vazifasining ahamiyati. Mumtoz adabiyot namunalarini o„rganish bilan bog„liq beriladigan uy vazifalari o„quvchilarning tafakkur doirasini kengaytirishga xizmat qilishi lozim. Mumtoz adabiyot namunalarini o„rganishga doir quyidagi topshiriqlar namunasini tavsiya etdik. 1.Avvalambor o„rganilayotgan asarning sarlavhasi yoki radifini sharhlang Javob: a) Zahiriddin Muhammad Bobur hozirda «Boburnoma» nomi bilan mashhur bo„lgan tarixiy-memuar asarini “Vaqoyi‟” deb atagan. Bu olam aro ajab alamlar ko„rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko„rdum. Har kim bu «Vaqoyi‟»ni o„qur, bilgaykim, Ne ranju mehnatu ne g„amlar ko„rdum. Asarning nomi sharhida u muallif xotirotlari, esdaliklaridan tashkil topganligi anglashiladi. Keyinchalik bu asar turli davrlarda 187 boshqa manbalarda «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya», keyinchalik «Boburnoma» deb atalgan. Bu hol asar nomini sharhlash orqali uning mazmunini yanada aniqlashtirib, o„quvchilarda u haqda nomidanoq tasavvur hosil qilish va ularni qiziqtirish maqsadini ko„zlaydi. b) Mumtoz she‟riyatda sarlavha vazifasini qofiya va radif bajaradi. Xususan, radif «izma-iz keluvchi» ma‟noni ifodalaydi va qofiyadan so„ng kelib aynan takrorlanuvchi so„z yoki so„zlar birikmasidan iborat bo„ladi. Radiflar she‟rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta‟kidlash, o„quvchi e‟tiborini asosiy g„oyaga jalb etib, shoir g„oyaviy niyatini o„quvchi qalbiga to„laroq, chuqurroq yetkazish maqsadida xizmat qiladi 1 . Yuqoridagi radif va qofiyaga doir misol keltiring. Javob: Maktab darsligiga kiritilgan Boburning “Yaxshilik” radifli g„azali misol bo„la oladi. Kim ko„ribdur, ey ko„ngul, ahli jahondin yaxshilig„. Kimki ondin yaxshi yo„q, ko„z tutma andin yaxshilig„. Matla‟i bilan boshlanadigan g„azalida «yaxshilig„» radifi matla‟ va har qaysi bayt oxirida takrorlanar ekan, o„quvchining diqqatini shoirning ruhiy kechinmalariga tortadi. Tushunilishi qiyin bo„lgan, yashirin fikrni ifodalovchi so„zlar va iboralar haqida qanday tushunchaga egasiz. Javob: Masalan, Bobur she‟riyatiga murojaat qilaylik. Shoir qalamiga mansub bir ruboiyning to„rtinchi misrasini uning mazmunidan, shoirning hayot yo„lidan kelib chiqib turlicha talqin qilish mumkin. Hijronda, sabo, yetti falakka ohim, Gar ul sari borsang, budurur dilhohim Kim, arzi duo niyoz ila qilg„oyin, Gar so„rsa men xastani gulruh mohim. 1 Ҳожиаҳмедов A. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ, 1999, 236-бет. 188 Hayoti vatanidan, farzandlari va oilasidan uzoqda kechgan Bobur bu ruboiysida ham mana shu tufayli chekayotgan almalaridan shikoyat qiladi. Hindistonda bo„lgan paytida sabodan uzoqda qolgan yoriga o„zining ruhiy kechinmalarini yetkazishni iltijo qiladi. Ruboiyning to„rtinchi baytida keltirilgan “gulruh mohim” so„zlarini izohlaydigan bo„lsak, bu yerda shoir hayoliy bir go„zalnigina emas, balki aniq shaxslarni nazarda tutgan va bu shaxslar uning rafiqalari Mohim begim ham, Gulruh begim bo„lishi kerak, degan fikrga kelish mumkin. 3. Matndagi urg„u va uning ko„chishiga, matn vazniga, ohangiga, to„g„ri talaffuziga e‟tibor berish sharh usulining muhim talablaridan bo„lgan. Masalan, urg„u ko„chishi yoki noto„g„ri qo„yilishi matn vaznini, hatto ma‟nosini o„zgartirib yuborishi mumkin. Urg„u o„z vazifasiga ko„ra asosan ikki turga bo„linadi: tilning grammatik qonun-qoidalariga ko„ra qo„yiladigan urg„u va intonatsion urg„u. Intonatsion urg„u jumla yoki gapdagi ayrim so„zni alohida ajratib ko„rsatish maqsadida qo„llanadi. Ayrim hollarda vazn talabiga ko„ra grammatik urg„uning ko„chish hollari ham kuzatiladi. Tun kunungga aylagali nur fosh, Birisin oy angla birúsin quyosh. Alisher Navoiy 4. Mumtoz matnlardagi so„zlarda til qoidalariga mos qo„shimchalardagi tovush almashinuviga ham e‟tibor berilgan. Masalan, -gil, -g„il, -qil, -kil; -gali, -g„ali, -kali, -qali kabi qo„shimchalarda g/k/q tovushlarining almashinuvi sodir bo„ladi. 5. Mumtoz adabiyotda badiiy tasvir ifodaliligi va xushohangligi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling