O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
195 Xulosa O„zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida ijtimoiy- gumanitar fan sohalarida sifat jihatidan teran ilmiy tadqiqotlar yuzaga kelishi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bu esa o„z navbatida, yoshlarimiz uchun ma‟naviy-ma‟rifiy xazina hisoblangan o„zbek mumtoz adabiyotini o„qitishning sharqona yo„llarini birlamchi manbalar asosida chuqur o„rganishni talab qiladi. Ulardan yangicha mezonlar asosida amaliyotda foydalanish har qachongidan ham muhim va dolzarb ta‟limiy masalalardan biridir. O„zbek adabiyoti tarixining durdona namunalarini yaratgan ijodkorlarning asarlari asrlar osha yashab kelayotgan ekan, bu ulug„ merosdan yoshlarimizni qanchalik ko„p bahramand etsak, ularning ma‟naviyatini o„stirishda, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda kuchli ma‟naviy qurolga ega bo„lamiz. Ular merosini teranroq o„rganishga erishsak, ular yaratgan asarlar zamirida yoshlarimiz uchun zarur bo„lgan ibrat va saboqlar xazinasi namoyon bo„lib boradi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yana bir o„rinda, “Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar, avvalo, ijtimoiy qadriyatlar va ta‟lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo„lgan islom olamining mutafakkirlarining asarlarini ularni butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo„shgan bebaho hissasini chuqur o„rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. Shunga ko„ra mamlakatimizda “... ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o„rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish” 52 muhim strategik ahamiyat kasb etadi”, degan edilar. Bu vazifalarning belgilanishi o„quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan bevosita bog„liqdir. 52 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // Халқ сўзи, 2017 йил, 8 феврал. 196 O„zbek adabiyoti tarixini, xususan, mumtoz she‟riyat sir- asrorlarini o„rganish masalalari har doim metodist olimlarning diqqat-markazida turgan muammo sanaladi. Mumtoz adabiyot tarixini o„rganish bevosita ko„p qirrali bo„lib, xalqning tarixi, urf- odati, an‟analari, o„y-kechinmalari, orzu-armonlarini ilmiy talqin qilish demakdir. Adabiyot o„qitish usullarini kashf qilish va uni amaliyotda qo„llash dastlabki tashkil etilgan ta‟lim maskanlari maktab, madrasa mudarrislari faoliyatidan boshlangan desak xato bo„lmaydi. Hozirgi paytda yoshlarimiz dunyoviy bilimlarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni o„rganishayapti. Shuning barobarida, ma‟naviyat sarchashmasini tashkil etgan mumtoz she‟riy merosimizni ham chuqur o„rganish bugungi kun yoshlarining ma‟naviy barkamolligiga xizmat qilishi shubhasizdir. Ma‟lumki, hozirda bu yo„lda turli metodik usullardan foydalaib kelinmoqda, mumtoz adabiyot namunalarini turli yoshdagi o„quvchilarga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o„rgatishning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilmoqda. Ammo bu ma‟nilar xazinasining durdonalarini chuqur o„rganish uchun qadimiy milliy o„qitish usullarini ham qo„llashga ehtiyoj sezitlmoqda. Ayniqsa, matn tahlili ustida ishlash jarayonida, mashg„ulotning har bir bosqichida o„ziga xos o„qitish usulini qo„llash kerak bo„ldi. Ma‟lumki, murakkab matnlarni o„rganishga mo„ljallab kashf qilingan o„qitish usullari madrasalarda keng qo„llangan. Bu o„qitish usullari tajribali mudarrislar tomonidan ixtiro qilingan bo„lib, ular talabalarning o„zlashtirishlarini yengillashtirish, mashg„ulotda ko„zlangan maqsadga erishishga qaratilgan. Ana shu o„lmas, umri boqiy uslubiy tajribalar tiklansa, bugungi kun ta‟limi talablariga moslashtirilsa, o„quvchilarga mumtoz adabiyot namunalarini o„zlashtirish ko„nikmalarini singdirish osonlashgan bo„lar edi. Ularning komil inson bo„lib voyaga 197 yetishishlarida avlodlarimizning boy tajribalari muhim manba bo„lib xizmat qilishiga amin bo„lamiz. Bu yo„lda tarixiy hujjatlar va yozma manbalar asosida o„rta asr madrasalari ta‟lim tizimida qo„llangan o„qitish usullari borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. “O„zbek adabiyotini o„qitish metodikasi” darsligida ko„zda tutilgan asosiy maqsad madaniy, ma‟naviy merosimizni chuqur anglashlari uchun muhim bo„lgan sharqona o„qitish usullari ulardan yangicha o„qitish mezonlari asosida amaliyotda qo„llash va foydalanish masalalarini yoritishga qaratildi. Shuningdek, o„zbek adabiyoti tarixi namunalariga oid olib boriladigan mashg„ulotlarda o„quvchilarning yozma nutqiga e‟tibor berish maqsadida inshoning o„rni va ahamiyati haqida uslubiy tavsiyalar va slarning turlari haqida ma‟lumotlar berildi. Mazkur darslik adabiyot o„qituvchilari, oliy o„quv yurtlari o„zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalari, magistrlari uchun mo„ljallangan. Darslikning yutuqlari bilan bir qatorda ayrim masalalarni yoritishda kamchiliklarga yo„l qo„yilgan bo„lishi mumkin. Shuning uchun mutaxassis, amaliyotchilarning, hamkasblarning xolis mulohazalarini kutib qolamiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling