O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
ilmi sanoyi‟ yoki ilmi badi‟ deb yuritilib, madrasalarda maxsus fan
sifatida o„tilgan. Ilmi badi‟ badiiy tasvir vositalarining ifodaliligi va xushohangliligini ta‟minlovchi san‟at turi sifatida o„rganilgan. Bularga qofiya, radif, hojib, ta‟did, ishtiqoq, qaytariq, tasbe, tasdir, iltifot, tarse‟, nido, saj‟ kabi bir qator so„z san‟atlari kiradi. 189 Masalan: tarse‟ so„zining lug„aviy ma‟nosi: “biron narsaga ziynat berish uchun qimmatbaho toshlar o„rnatish, bezash”. Bu san‟atni qo„llashi lozim bo„lgan shoir, so„z zargari bo„lmog„i lozim. Tarse‟ san‟atida she‟rda birinchi misra so„zlari ikkinchi misra so„zlari bilan bir-biriga ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo„lib keladi. Qamar yuzingdin bo„lur munavvar. Shakar so„zungdin kelur mukarrar. Sayfi Saroiy. Mumtoz she‟riyatda tardi aks san‟ati ham keng qo„llangan. Bunda “tard” – qaytarib berish, qochirish, uzoqlashtirish ma‟nolarini bildirsa, “aks” teskari, chappa degan ma‟nolarni ifodalaydi. Tardi aksda birikma yoki gap teskari tartibda qaytariladi. Ko„zing ne balo qaro bo„lubtur. Kim jonga qaro balo bo„lubtur. 1 Bu o„rinda baytning ikkinchi misrasida teskari takrorlangan so„zlar ma‟nosini sharhlash orqali matnning asl g„oyasi oydinlashadi. 6. Harfiy san‟atlar bir necha turga bo„linadi: kitobat, istixroj, muammo, muvashshax, tavzi‟, qalb kabi ko„rinishlardan iborat 2 . Xususan, kitobat san‟ati arab yozuvi harflarining shaklidan foydalanib badiiy obraz yaratishga asoslangan. Jonimdag„i “jim” ikki dolingg„a fido. Ondin so„ng “alif” toza niholingg„a fido. “Nun”i dog„i anbarin hilolingg„a fid., Qolg„on ikki nukta ikki holingg„a fido 3 . Alisher Navoiy bu ruboiyda «jon» so„zidagi «jim» ni ma‟shuqaning ikki zulfiga, «alif» ni qaddiga, «nun» ni qoshiga, 1 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 3-том. Ғаройиб ус-сиғар. – Т.: Фан, 1988, 145-бет. 2 Қаранг: Асаллаев A., Рахмонов В., Мусурмонқулов Ф. Бадиий санъат жозибаси. – Т.: Янги аср авлоди, 2005, 21-23-бетлар. 3 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 3-том. Ғаройиб ус-сиғар. – Т.: Фан, 1988, 563-бет. 190 «jim» bilan «nun»dagi ikki nuqtani esa xollariga qiyoslaydi. Shoir bu san‟at orqali, jonini jononga fido qilishini va o„zining sevgisini, sadoqatini namoyish qilgan. Kitobat san‟atining yana bir keng tarqalgan turi muammodir. Bu mumtoz adabiyotning alohida janri bo„lib, unda kishi ismi yoki joy nomi yashiringan bo„ladi. Bu janrda qo„llangan san‟at turi ham muammo deb ataladi. Mumtoz adabiyotda muammo janri shoirlarning iqtidori, o„quvchilarning esa faqmini o„tkirlaydigan she‟r turi sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Adabiyot tarixida bu janrga bag„ishlangan ilmiy risolalarning ko„pligi ham shu bilan bog„liq. Bu gulshan ichra gar yo„qtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur yaxshilik birla chiqsa ot. Alisher Navoiy. Shoir bu bayt so„zlari zaminida chuqur falsafiy ma‟noni jamlash bilan birga, “Sa‟d” (baxt, tole‟) ismini ham yashirgan. Bu ism baytning ikkinchi misrasida ochiladi. Shoir ishorasiga ko„ra “sa‟d” so„zini hosil qilish uchun “saodat” so„zidan “ot” so„zini (ya‟ni “o” va “t” harflarini) chiqarib tashlash kerak. Muvashshax ham muammoga o„xshash bo„lib, misra boshidagi birinchi harflar yig„indisidan biror so„z yoki ism chiqariladi. Qalb san‟ati ham, kam bo„lsa-da, uchrab turadigan san‟at turidir. Bunda so„zni o„ng va teskari o„qilganda ham ma‟noga ega so„z kelib chiqadi: xok – tuproq, kox – muhtasham saroy. 7. Diniy asarlardan Qur‟oni Karim, Payg„ambar hadislari, diniy hikoyatlar mazmunini sharhlash. Payg„ambar hadislarini she‟riy shaklda sharhlash mumtoz adabiyot tarixida juda ko„p uchraydi. Masalan, Alisher Navoiyning «Arbain»idagi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling