O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Asarda tilga olingan qahramonlarning qiyosiy tahlil qilish yo‘llari qaysilar 3. Asarda tilga olingan qahramon tili va uslubi haqida
169 Savol va topshiriqlar: 1. Badiiy matn tahlilida ijodkor nazarda tutgan qahramonlar haqida ma’lumot bering. 2. Asarda tilga olingan qahramonlarning qiyosiy tahlil qilish yo‘llari qaysilar? 3. Asarda tilga olingan qahramon tili va uslubi haqida ma’lumot bering. 4. Asar qahramonlarini baholashda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish yo‘llari nimalardan iborat? 8- mavzu: Nasriy va lirik asarlar ustida ishlash yo„llari Reja: 1. Sharqda she’riy va nasriy asarlarni o‘rganilish tarixi haqida ma’lumot. 2. Nasriy va she’riy asarlar va ularning janriy xususiyatlari. 3. Darsliklarga kiritilgan nasriy asarlar va ularning mavzu doirasi xususida ma’lumot. 4. Nasriy va she’riy asarlar va ularning tili va badiiy xususiyatlari tahliliga doir uslubiy tavsiyalar. 5. Asarlarni yaratishda muallifning maqsadi va oldiga qo‘ygan vazifasi. Nasriy asarlarni o„qish va o„rganishga bo„lgan qiziqish bugun paydo bo„lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb etib kelgan. Qur‟on va hadislardan tashqari, tariqat pirlari, tariqat pirlari haqidagi maqomatlarni, unda ifodalangan naqlu rivoyatlar, hikoyatlarni jamoa bo„lib tinglaganlar va ulardan ilhomlanganlar. Chunki maqomatlar muhim ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lib, xususan, asrlar davomida yoshlarga o„rgatilgan. Maqomatshunoslik Sharqda keng tarqalgan bo„lib, ilk namunalaridan biri Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga 170 mansub “Atvoq az-zahab” (Oltin shabadalar) deb nomlangan. Asar yuz maqoladan iborat bo„lib, unda pand-nasihatlar ibrotomuz hikmatlar, go„zal axloqiy o„gitlar jamlangan. Keyinchalik maqomatlarga bo„lgan qiziqish tufayli “Maqomati Hoja Ka‟b ul- Akbar”, “Maqomati SHayx Abdulqodir Giloniy”, “Maqomati SHayx YUsuf Hamadoniy”, “Maqomati Mir Kulol”, “Maqomati shohi Naqshbandiya” kabi asarlar yaratildi. Nasriy asarlarning mazmun mohiyatining o„zgarishi bois, xalq orasida “Kalila va Dimna”, “Nasihatnoma”, “Ming bir kecha” kabi asarlar majmuasi ham maydonga keldi. Mazkur asarlar axloqiy- didaktik va ma‟naviy ruhdagi bu asarlar, mazmunan rang-barang, turli davrlar sinovidan o„tgan ibratli xazinalardir. Ma‟lumki, nasriy asarlarda voqealar tasviri, yozuvchining shaxsiyati bilan bog„liq hodisalar o„z aksini topadi. Nasriy asarlarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni yozuvchi batafsil yoritib berishi bilan bir qatorda asarda ishtirok etgan qahramonlar ruhiyatini ham yoritisha muhim ahamiyatga egadir. SHu sababli nasriy asarlar o„zining to„laqonli va haqqoniy tasvir usuli bilan boshqa janrlardan keskin farq qiladi. Nasriy asar bir butunlikni tashkil qilishi bilan, turli-tuman va jiddiy masalalarni o„z ichiga qamrab oladi. O„quvchilarga asar haqida umumlashtirib ma‟lumot berish jarayonida, ularni asar ruhiyatiga, ular uchun notanish bo„lgan tarixiy voqealar haqidagi ma‟lumotlarga o„z munosabatlarini ifodalash darajasiga olib chiqish talab qilinadi. SHu o„rinda ilk nasriy asarlar namunasi hisoblangan “O„rxun- Enasoy obidalari” O„rta Osiyoda yashagan qadimgi qabila va elatlarning ijtimoiy-madaniy hayoti haqida ma‟lumot beruvchi qadimiy manbalardan biridir. Bu manba xorazmiylar, so„g„diylar, massagetlar, saklar, turkiy qabilalar haqida ma‟lumot berish bilan bir qatorda ularning xo„jalik hayoti, madaniyati va san‟ati haqidagi masalalarni ham qamrab olgan. 171 SHu o„rinda o„qituvchi 10-sinf darsligiga kiritilgan bu murakkab manbani o„quvchilarga yetkazishda, eng avvalo adabiyot o„qitish metodikasining tarix fani bilan uzviy bog„liq ekanligini inobatga olmog„i lozim. Bu qadimiy yodgorlikning topilishi va nomlanishi bilan bog„liq tarixiy ma‟lumotlar, manbaning saqlanish tarzi bilan bog„liq ma‟lumotlar o„quvchilarni xabardor qilish uchun o„qituvchidan atroflicha bilim talab qilinadi. 129-betdan takror????? Ma‟lumki, qadimiy turkiy obida “toshbitiklar” deb ham yuritilgan. Buning sababi ko„pgina yodgorliklarning qabrtoshlariga o„yib yozilgan. Ularning eng yirigi “To„nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorigidir. Bu asar matni murakkab bo„lib, unda o„quvchilar uchun tushinilishi qiyin bo„lgan so„z, so„z birikmalari anchagina. Yoki asar tuzilishi bir necha qismdan iborat bo„lib, ularning har biri ma‟lum fikr va ma‟nolarga ega. Ularni izohlash, har binr qismni sharhlash muhim ahamiyatga egadir. Mazkur qadimiy yodgorlikda ilk adabiy atamalar, adabiy janrlar haqida ma‟lumot beruvchi manba sifatida ham katta ahamiyatga egadir. Eng muhimi, bu mavzuga bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilarga yodgorlikning tarixiy, ma‟rifiy hamda adabiy ahamiyati haqida ma‟lumot berish darsning asosiy maqsadi hisoblanadi. Murakkab nasriy asarlarni o„rganish bilan bog„liq mavzular 11- sinf darsligida ham ko„zda tutilgan. Bu mavzu bevosita Mahmud Qashg„ariy va uning “Devonu lug„otit turk” asari bilan bog„liqdir. Bu asar uzining mazmun-mohiyati, tuzilishi bilan boshqa nasriy asarlardan alohida ajralib turadi. Bu asar XI asrda yozilgan bo„lib, unda jamlangan badiiy-adabiy namunalar turkiy xalqlarning qadimiy ijod mahsulidir. Bu asarda tarixiy-adabiy janrlarga tegishli ma‟lumotlar, adabiyotshunoslik, tilshunoslikka doir atamalar uchraydi. “Devonu lug„otit turk” sodda va ravon to„rtliklar, qahramonlik haqidagi qo„shiqlar, munozara janriga oid to„rtliklar (Qish va 172 Bahor), xalq og„zaki ijodi namunalarini tashkil etgan she‟riy parchalar va maqollar uchraydi. Tabiiyki, “Devonu lug„otit turk” keltirilgan she‟riy parchalar turli mavzularni qamrab oldgan, Tabiat manzaralari, ilm-fan, odob- axloq kabi mavzular shular jumlasidandir. Asarda shuningdek, turklarning qadimiy qahramoni Alp Er To„nga haqidagi marsiya ham o„rin olgan. Bu qahramon tarixiy shaxs bo„lib, muallif u haqida bir necha to„rtliklarni kiritgan. Alp Er To„nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha etib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir. YOki, devonga kiritilgan qadimiy xalq maqollari ham turli mavzularga bag„ishlangan bo„lib, hozir ham milliy-ma‟rifiy va badiiy ahamiyatga egadir. O„qituvchi mazkur mavzularni o„quvchilarga etkazar ekan, darslikda namuna sifatida kiritilgan qo„shiqlarning mazmunini, ularda tasvirlangan voqealar, tabiat manzarasi, tasviriy vositalar, vazn va qofiya xususiyatlari haqida ma‟lumot berishi muhim ahai\miyatga egadir.11-sinf darsligiga kiritilgan yana nasriy asarlardan biri Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy” asaridir. Bu asar payg„ambarlar haqidagi qissalardan iborat bo„lib, ular o„z ildizlari bilan “Qur‟on” va “Hadis”larga borib taqaladi. SHu bois, bu asar xalq orasida keng tarqalgan. O„qituvchi bu asar haqida o„quvchilarga ma‟lumot berishi uchun, islom dini tarixi, Qur‟on va hadislardan xabardor bo„lishi talab qilinadi. Aslida, iste‟dodli yozuvchilar o„z asarlarida o„quvchini kitobga qiziqtiruvchi lavhalarni, voqealarni tasvirlashga xarakat qiladi. Ayrim tarixiy asarlarni o„ranish jarayonida, o„qituvchidan maxsus kirish mashg„uloti talab qiladi. Tarixiy –nasriy asarlar tahliliga kirishilganida, voqealar tasvirida, qahramonlarningishtirokida asar tabiatidan kelib chiqib, o„ziga xos usullar tanlanishi lozim. Tahlil va talqinning muvaffaqiyatli chiqishida, o„quvchilarning asar matnidan qay darajada muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir. 173 Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asariga bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilar asarni talab darajasida o„zlashtirishlari uchun bir muncha vaqt talab qilinadi. Asar voqealaridagi uzviylik, davomiylikning uzilmasligi o„quvchilar diqqat e‟tiborini muntazam ushlab turish uchun o„qituvchidan mustahkam bilim va katta tajriba talab qilinadi. Umumta‟lim maktablarining yuqori sinflari uchun adabiyot darsliklarida bir muncha murakkab bo„lgan Qadimgi turkiy adabiyot namunalaridan O„rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Qoshg„ariyning “Devoni lug„otit turk”, Nosiriddin Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Anbar Otinning “Risolayi falsafiyi siyoxon”kabi asarlardan namunalar kiritilgan. SHu o„rinda ilk nasriy asarlar YUqorida nomlari tilga olingan asarlarni o„quvchilarga etkazish uchun har bir mavzu ma‟lum uslubiy yo„llarni, turli-tuman mashg„ulot turlarini talab qiladi. O„qituvchi mavzuni o„quvchilarga etkazishda xar bir mavzuning talabidan kelib chiqib asr bobi yoki qismi uchun alohida reja asosida mashg„ulotni tashkil qilishi lozim bo„ladi. CHunki, tuzilgan reja yozuvchining fikri, maqsadi, tili va uslubi, badiiy yo„nalishi va boshqa masalalar haqida tushuncha beradi. Masalan, “Boburnoma” asarida muallif voqealarni yillar oralig„ida tasvirlaydi, har bir yil voqealarida muhim ma‟lumotlar, tarixiy shaxslar, tabiat hodisalari ketma ketlikda yozib borilgan. Eng muhimi voqealar sanaviy tartibda bayon etilgan. “Boburnoma”da muallifning Farg„ona viloyati hokimi bo„lib, Qobulda o„zini podshoh deb e‟lon qilgani va nihoyat Hindistonda o„z saltanatiga asos solgani bilan bog„liq voqealar tizmasi o„z aksini topgan. Asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi tarixiy, madaniy, jarayonlar, urf-odat va an‟analar, san‟at va adabiyot, o„simlik va hayvonot dunyosi, shahar va qishloqlar, meva va gullarning boy manzarasini chizuvchi nodir asar hisoblanadi. 174 Darslikda asarning to„liq matni berilmagan bo„lsada, unda tasvirlangan ko„pgina shaharlar me‟moriy yodgorliklar, bog„lar, hayvonot va o„simliklar olamining nomlari hozirgi kunda o„zgargan yoki aynan saqlanib qolganligiga amin bo„lamiz. Tabiiyki, hozirgi o„quvchi ularning izohi bilan qiziqadi. SHu bois, o„qituvchi o„z o„quvchilarini asar boqealari olamiga olib kirishi bir muncha qiyinlashadi. O„qituvchi muallif tasvirlagan voqealar tafsiloti haqida gapirib, o„quvchini e‟tiborini jalb qila olmaydi, yozuvchi sayohat qilgan joylarda o„z o„quvchisini sayohat qildira olmaydi. Eng muhimi- Zahiriddin Muhammad Boburning his-tuyg„ularini, sarguzashtlari, uning shaxsiyatini, iztirobu-hayajonlarini o„quvchilarga yetkazish uchun, asar matni ma‟lum reja asosida chuqur ishlash muhim ahamiyatga egadir. Har bir mashg„ulot uchun reja tuzish, o„quvchilarni faollashtirish. matnni ovoz chiqarib o„qish, o„qituvchi bilan suhbat qurish, rejaga mos sarlavha tuzish mumkin. Keyinchalik o„quvchilar ishtrokida tuzilgan rejadan mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. Nasriy asarlarni o„rganish mashg„ulotlarida matnni ovoz chiqarib o„quvchilarga o„qitish. Birinchidan, ifodali o„qish ko„nikmasini hosil qiladi, ikkinchidan, asar matnining uslubiga, yozuvchining o„ziga xos nutqiga moslashadi, uchinchidan, asar qahramonining holatini ifodalovchi ohangga e‟tibor beradi, to„rtinchidan, o„qilgan matn asosida qayta hikoya qilib berishda og„zaki nutqi shakllana boradi. O„zbek adabiyoti tarixi namunalaridan darslik uchun tanlangan nasriy asarlarni o„rganishda quyidagicha uslubiy tavsiyalvrga e‟tibor berish maqsadga muvofiqdir: 2. Avvalombor, o„rganilayotgan nasriy asarlarning nomlanishi haqida ma‟lumot berish lozim. (“O„rxun-Enasoy” obidalari, “Devonu lug„otit-turk”, “Qissasi Rabg„uziy”, “Boburnoma”, “Risolayi falsafayi siyohon” va boshqa asarlar) 175 2.Nasriy matndagi tushunilishi qiyin bo„lgan iboralar, maqollar, imo-ishora bilan bog„liq so„zlarni sharhlab, izohlab berish. 3.Nasriy matnda tushunilishi qiyin bo„lgan so„zlarda muallif nazarda tutgan urg„u, talaffuziga e‟tibor berish va izohlash. 4.Ayrim nasriy asorlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalari asosida berilgan lavhalardagi muallif mahoratiga ta‟rif berish. 5.Nasriy matnlarda tilga olingan Qur‟oni Karim suralaaridagi afsonalar, hikoyatlar, rivoyatlar, Payg„ambar hadislari, diniy- tasavvufiy ma‟lumotlar berish. 6.Nasriy asarlarda voqealar tasvirlangan tarixiy sanalar, tarixiy shaxslar nomlariga izoh berish. Bu ma‟lumotlar voqea-hodisalar qaysi davrda ro„y berganligiga oydinlik kiritish. 7.Nasriy asarlarda asar yaratilgan davrning etnografiyasiga sharh berish. (Nasriy asarlarda uchrovchi urf-odat, narsa buyum, kiyim- kechak nomlari, tarixiy shaxslar, ular mansub bo„lgan tabaqaga mansubligi izohlanadi.) 8.Nasriy asarlarda uchraydigan joy nomlari yoki toponimikasi asar yaratilgan davr tilida nomlangan bo„lib, ulurning nomlarini izohlashda, xozirgi davrdagi nomlari bilan qiyoslash orqali ma‟lumot berish, o„quvchilarda o„sha davr tarixiy joy nomlari haqida tushuncha hosil qilish. 9.Nasriy asarlar yaratgan mualliflar, tabiiyki, faqat adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix kabi fanlardan xabardor bo„libgina qolmay balki, o„z davrining dunyoviy ilmlaridanxabardor bo„lganlar. Asarlarida boshqa fanlar bilan bog„liq ishtibohlardan foydalanishga intilganlar. Bunday ma‟lumotlar deyarli barcha asriy asarlarda uchraydi. Dunyoviy ilmlarga oid ma‟lumotlar izohlanganda muallifning boshqa fanlar haqidagi ilmlariga aniqlik kritish lozim bo„ladi.135,betlardan takror??????????? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling