O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
Na qattig„ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo„lmoq,
Mening ohim o„tig„a bul zaminu osmon o„rtar. Shoir bu baytda mubolag„a san‟atini mahorat bilan qo„llaydi, ya‟ni lirik qahramon ohu-fig„onlarining o„tidan yeru-osmon o„rtanishini bo„rttirib tasvirlaydi. Bu hol badiiy qahramonning ichki iztiroblarini yaqqolroq namoyon etishda muhim vosita vazifasini bajargan. Mashrab yana bir necha o„rinda g„azalning tashqi radifi bilan birgalikda jahon o„rtar, xonumon o„rtar, so„ngaklarni nihon o„rtar, osmon o„rtar, ustixon o„rtar kabi birikmalarni ham keltiradi. Shoir «o„rtanmoq» so„zini insonga xos xususiyat sifatida qo„llasa-da, ammo ma‟noni kuchaytirish maqsadida, jonsiz narsalarga (jahon, xonumon, so„ngak, osmon, ustixon) inson xususiyatlarini ko„chirib tashxis san‟atini qo„llaydi. Ya‟ni narsalarni shaxslantiradi, odamga aylantiradi. G„azalning 6-baytida esa, tazod san‟atini qo„llaydi: zaminu osmon so„zi qarama-qarshi ma‟noni ifodalaydi. 7. Aslida g„azal shoh bayt bilan boshlangan bo„lib, shoir ishq mavzusini ochib berishga intiladi. Qolgan baytlarda esa mazkur mavzuni yanada yorqinroq, teranroq yoritishga intiladi. 157 8. G„azalda shoir shaxsiyati ya‟ni «men»i birinchi baytdayoq o„quvchi ko„zi oldida namoyon bo„ladi. Chunki, g„azaldagi oshiq, shoirning o„zidir. U o„z oshiqlig„ini bayon etish bilan g„azalni boshlaydi. Oshiqlikning sabablarini, oqibatlarini boshqalarga ham tushuntiradi. Bu hol ikkinchi baytda juda chiroyli ifodalangan. Shoirning shaxsiyati mazkur birikmalarda: (men) nechuk toqat qilay - (mening) g„amim, (mening) yuragimni, (meni) bexonumon, (men) «Nigora!» oting aytsam, (men) bayon aylay, (mening) tilim lol, ko„zim giryon, (mening) ohim, (menda) qolmadi toqat, (men) bu dard ila xarob bo„ldim, (mening) unum chiqsa, (men) oh ursam, yaqqol namoyon bo„ladi. 9. G„azalda ma‟shuqa timsoli quyidagi birikmalar orqali namoyon bo„ladi: (sening) - firoqingda, (sening) shavqingdin, (sen) ey jono, sening vasfing bayon aylay, (sen) dilbar, (sening visolingdin judo bo„lmoq), (sen) kelib holimni so„rmassan. G„azalda ma‟shuqa timsoli, shoirning ishqiy iztiroblarini yorqin namoyon etadi. Shu o„rinda Mashrab tarjima holida qayd qilingan Ofoq Xoja kanizagi bilan bo„lib o„tgan ishqiy mojarolarga ishoralarni yuqoridagi birikmalardan anglab olish mumkin. 10. Ishtiqoq san‟ati («so„zdan so„zni ajratmoq») degan ma‟noni ifodalaydi. Ya‟ni she‟r baytlarida o„zakdosh so„zlarni qo„llash Mashrabning «O„rtar» g„azalida ham uchraydi. Masalan, oshiq – ishq, g„am – alam, dard – firoq – judo kabi so„zlarni olishimiz mumkin. 11. Shoir taxallusi uning xarakter xususiyati, taqdiri, mayli, ruhiy holati, kayfiyati hisobga olingan holda tanlangan. Mashrab – arab tilidan olingan so„z bo„lib, tabiat, xarakter, odat, xulq, ravish, bahra, nasiba, g„oya, maslak, suv ichish, suv olish joyi, suv, sharob, sharob ichish joyi kabi ma‟nolarini anglatadi. Ayrim o„rinlarda shoirning tasavvufiy g„azallari mazmunidan kelib chiqib «ilohiy sharobga etishmoq» kabi ma‟noga ham nisbat berilgan. 158 Bundan tashqari, u Rindiy, Uman, Mahdiy, Zinda kabi taxalluslari bilan she‟rlar yozgan. Shoir «Mashrab» taxallusini qo„llaganligini quyidagicha izohlaydi: «Har kishi manga rafiq bo„lsa, man anga rafoqat qilurman. Har qozonga tushsam qaynaydurman, aning uchun otim Mashrab qo„ydum». «Qissai Mashrab» (32-bet). G„azal matnidagi asosiy izohtalab so„zlar, adabiy-ilmiy ishtibohlar aniqlangandan so„ng g„azalning nasriy bayonini izohlashga kirishiladi. Mashrab g„azalining shoh baytida o„z oshiqlig„ining sabablarini ifodalashni maqsad qilgan. Uning ishq dardi nihoyatda iztirobli, azobli, uni tinglaganning jonu-jahoni o„rtanib ketadi. Chunki, uning ishqi shu qadar sir-asrorga to„laki, uning xonumonini, borlig„ini, vujudini o„rtaydi. Shoir ishqni olovga, otashga qiyoslaydi. Agar otash ishqning kichik bir zarrasi kishi qalbiga etsa, u o„zini qo„yarga joy topmay, har tomonga o„zini uradi, ya‟ni giryon bo„ladi. Besabr- betoqat bo„lib, uning yurak bag„ri azobda qolib o„rtanadi. Bu og„ir dardga qanday toqat qilishga bardoshi etmayotganligini do„stlariga bayon qiladi. Shoir keyingi misrada g„amni alohida alamni alohida ta‟riflar ekan, fig„on chekmoq, faryod chekmoq eng azob ekanligini alohida ta‟kidlaydi. G„azalning keyingi bayti yanada iztirobli bo„lib, o„zining yolg„izligini, uy-joysiz qalandar ekanligini, bu ham etmaganday ayriliq azobi uni qiynayotganligini bayon etadi. Shoir ma‟shuqasining nomini «Nigoro» deya aytsa, shu so„zning otashi tilini o„rtaydi, nido chekadi. Keyingi baytda shoir o„z ma‟shuqasidan iltijo qilib, qaysi til bilan uning visoli vasfini (ta‟rifini) bayon qilishni so„raydi. Chunki, oshiqning bayon qiluvchi tili lol, ko„zi namli, vujudida sirli azob yashirin. Lirik qahramon uchun ma‟shuqasidan ayrilgan kun, og„ir kun sanaladi. U fig„on qilsa, oh ursa uning tutuniga yeru-osmon larzaga keladi. Oshiqning dardi, g„ami shu darajada qatma-qatki, natijada sabr-toqati qolmaydi. Shu o„rinda lirik qahramon o„z ma‟shuqasidan gina qiladi, bu ishq dardi uni xarob qilayotganini, 159 uning ahvolidan xabar olmaganligi tufayli o„rtanayotganligini iltijoli tarzda bayon etadi. G„azalning so„nggi baytida shoir Ollohga murojaat qilib, uning qalbidagi dardni hech kimning boshiga solmasligini iltijo qiladi. Oshiq qiyomatda, qayta tiriladigan joyda oh ursa, jannat ham abadiy o„rtanadi, deya g„azal tugallanadi. G„azalning nasriy bayonini yaratish jarayonida talabalar Mashrab shaxsini ruhiy manzaralarining eng yuksak cho„qqisi ifodalanganligini angladilar. U tasavvuf g„oyalarini targ„ib qiluvchi yetuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bo„lishi bilan birga, oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon bo„ladi. U o„z ma‟shuqasi oldida iztiroblanish kabi kechinmalarni mahorat bilan samimiy ifodalay olgan g„azaldagi badiiy tasvir vositalari ham o„ziga xosdir. Unda kutilmagan xalqona ifodalar ko„zga tashlanadi. Shoir o„z badiiy mahorati bilan muxlisi oldida qalb sirlarini oshkor etadi va uning yaqin suhbatdoshiga aylanadi. Bir so„z bilan aytganda, Mashrabning «O„rtar» radifli g„azalining badiiy tahlili talabalarga shoir shaxsini, dunyoqarashini, falsafasini, she‟riyatining mohiyatini qisman bo„lsa-da ochib berishga asos bo„ldi. Baytma-bayt qilingan g„azal tahlilidan so„ng talabalar umumiy xulosalarini quyidagicha ifodaladilar. 1) Boborahim Mashrabning «O„rtar» g„azali tasavvufiy yo„nalishida bo„lib, bunda Ollohga bo„lgan ishq kuylangan. 2) Oshiq ishqi nainki jon, balki jahonni o„rtaydigan darajada kuchlidir. 3) Agar Olloh ishqidan loaqal bir zarrasigina inson ko„ngliga tushsa, shu zarraning o„ziyoq ollohga yetishmoq yo„lida uni besabr, betoqat qilib qo„yadi. 4) Lirik qahramon, ya‟ni shoirning o„rtanayotganligi sababi, uning yuragiga jo bo„lgan nihon-yashirin kuch-qudratdan ibratdir. Bu kuch va qudrat esa Olloh ishqidir. 160 G„azal tahlili jarayonida o„quvchilar g„azalning biror baytida ham tasavvufiy so„zlar uchramaganligi sababli oshiq shoirning ma‟shuqaga aytilgan dunyoviy muhabbati madh etilyapti, degan mulohazalarni ham bildirdilar. Yoki oshiq yigitning ma‟shuqa qizga bo„lgan sevgisi haqidagi g„azal deya baholagan talabalar ham bo„ldi. Muhimi, g„azal matni asosida olib borilgan mashg„ulotda qizg„in muhokama va munozaralardan so„ng, talabalar Mashrabning yirik san‟atkor, iste‟dodli shoir ekanligini his qildilar. «O„rtar» g„azali misolida shoir ma‟naviyatidan, maqsadidan, mahoratidan xabardor bo„ldilar. Aslida tasavvuf nazariyasi va tarixi masalasi, xususan, istiqlol davridan boshlab e‟tiborga olinmoqda. Lekin, bu ulkan ruhiy, falsafiy va adabiy jarayon Mashrab ijodi misolida to„liq aks ettirilgan deb bo„lmaydi. Umuman, badiiy ijodning murakkab sohasi bo„lmish tasavvuf masalasini talabalardan talab etish uchun maxsus manbalarni nashr ettirish, lug„atlar tuzish, uslubiy qo„llanmalar yaratish lozim ekanligi ko„zga tashlandi. Tasavvuf ta‟limoti haqida berilgan ma‟lumotlar qisman bo„lsa-da g„azal tahlili jarayonida o„z natijasini berganligining guvohi bo„ldik. Talabalarning shoir merosiga bo„lgan munosabatini aniqlashtirdi, uning g„azallarini jiddiy o„rganish lozimligini angladilar. Lekin Mashrabning o„tli satrlarini bugungi kun talabalariga tushuntirish, uning ruhiy olamiga olib kirish juda qiyinchilik bilan amalga oshirildi. Chunki, mumtoz adabiy merosimizni o„rganish uchun turli o„qitish usullariga ehtiyoj sezildi. Ayniqsa, matn tahlili ustida ishlash jarayonida, mashg„ulotning har bir bosqichida o„ziga xos o„qitish usulini qo„llash kerak bo„ldi. Murakkab matndagi asarlarni o„rganishga mo„ljallab kashf qilingan o„qitish usullari madrasalarda keng qo„llanilgan. Bu o„qitish usullarini, xususan, tajribali mudarrislar tomonidan ixtiro qilingan bo„lib, ular talabalarning o„zlashtirishlarini yengillashtirish, mashg„ulotda ko„zlangan maqsadga erishish nazarda tutilgan. 161 Ana shu o„lmas, umri boqiy uslubiy tajribalar tiklansa, bugungi yoshlarimiz ham bobokalonlari singari ahloqiy fazilatlarga ega bo„ladilar. Ular komil inson bo„lib voyaga yetishishlarida avlodlarimizning boy tajribalari muhim manba bo„lib xizmat qilishiga amin bo„lamiz. Mashg„ulotning kirish qismini bu tarzda boshlashdan asosiy maqsad, talabalarni g„azal matniga yaqinlashtirish, bajarilishi lozim bo„lgan topshiriqqa ruhan tayyorlashdan iborat edi. Shundan so„ng, o„qituvchi tomonidan Mashrab lirikasi, uning mavzu doirasi xususida so„z yuritildi. Ma‟lumki, Mashrab she‟riyati o„zining badiiy yuksakligi, his-tuyg„ularni jo„shqin ifodalashi bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, uning g„azallarining go„zal fazilati asosan ikki nuqtada ko„zga tashlanadi: bir tomondan, ma‟no va mazmun barkamolligi farovonligi, ikkinchi tomondan ifoda musiqiyligi tog„ jilg„alari kabi sharqiroq oqimida o„zligini ko„rsatib turadi. SHoir har misrada nozik nuqtapardozligi, xalq ijodiga xos bo„lgan ma‟no va manzaralarga boyligi, jozibali samimiyati bilan ming qirrali olmosday tovlanib o„z muxlisini sehrlaydi. Uning g„azallarida isyonkorlik ruhi ko„zga tashlanib turadi. Uning she‟rlaridagi tafakkur durdonalari, odam va olam haqidagi mushohadalari, hayotiy xulosalari o„ziga xosdir. Talabalar tomonidan tanlangan «O„rtar» radifli g„azal ham shoir qalbini, iztiroblarini, yorqin mahoratini to„la namoyon etadigan g„azallardan biridir. SHu bois ushbu g„azal asrlar davomida o„z muxlislarini rom etib kelmoqda. Hozirgi kunda ham shoirning bu g„azali umumta‟lim maktablari, akademik litsey, kollej va oliy o„quv yurtlarining o„quv dasturlariga kiritilgan. Mazkur g„azal matni asosida xonandalar va bastakorlar tomonidan qo„shiq ijro etilib kelinmoqda. Mashg„ulotning qisqa kirish qismidan so„ng, har ikki talabaga bir baytdan g„azal matni tarqatildi. Ma‟lumki, adabiy o„qitish bilan 162 bog„liq mashg„ulotlarda talabalarning og„zaki nutq madaniyati muhim ahamiyatga egadir. Bu sohaga bo„lgan e‟tibor madrasalar ta‟limida ham alohida inobatga olingan va bu ilmi fasohat yoki balohat fani sifatida alohida o„rganilgan. SHu bois tajriba-sinov mashg„uloti jarayonida talabalarning og„zaki nutq madaniyatini, fikrni izchil, ravon, g„azal matnidagi so„zlar vositasida ifodalash jihatlariga alohida e‟tibor berildi. Maxsus ajratilgan tajriba-sinov guruhidan 2 ta iqtidorli talaba tanlab olindi. Ulardan biriga talabalar qo„llagan so„zlar sonining umumiy miqdorini aniqlash topshirildi. Ikkinchisiga esa talabalarning mavzuga dahlsiz tuzilgan mazmunini buzadigan, parazit (zarakunanda) so„zlarning miqdorini aniqlash vazifasi topshirildi. Mashg„ulotning keyingi bosqichida talabalar matn, har bir bayt ustida ishlab quyidagi topshiriqni bajarishga kirishdilar. 17. G„azalning tuzilish tartibi haqida ma‟lumot bering. 18. G„azal radifini aniqlang va izohlang. 19. G„azaldagi ichki va tashqi qofiyadosh so„zlarni aniqlang. 20. G„azal aruzning qaysi bahr vaznida yozilgan. CHizmada izohlab bering. 21. Tushunilishi qiyin so„zlar lug„atini tuzing va sharhlab bering. 22. G„azalda qo„llanilgan badiiy san‟at turlarini aniqlang va izohlab bering. 23. G„azalning shoh baytini aniqlang va izohlab bering. 24. G„azaldagi boshqa tillardan olingan so„zlarni o„zbek tiliga tarjima qiling. 25. G„azaldagi shoir shaxsiyatiga ishora berilgan so„z, ibora, baytni aniqlang. 26. Sizningcha, g„azalda bir o„zakdan yasalgan so„zlar (ishtiqoq) bormi? 27. G„azalda iboraga, maqolga, hikmatli so„zlarga duch keldingizmi? 163 28. G„azaldagi lirik qahramonni aniqlang (oshiq, ma‟shuqa, Olloh, aniq bir shaxs, shoir va h. k.) va izohlab bering. 29. Ma‟shuqa timsoli qaysi baytlarda tasvirlangan? 30. G„azal matnini tahlil qiling. Nasriy bayonini bering. 31. SHoirning adabiy taxallusi haqidagi fikringizni izohlang. 32. G„azal haqida yakuniy xulosangizni bering. Tajriba-sinovning birinchi bosqichida talabalar savollarga dastlab yozma tarzda javob qaytardilar. Ikkinchi bosqichida esa, guruh bilan birgalikda og„zaki tarzda tahlil qilindi va munozara o„tkazilib borildi. 7. G„azal «O„rtar» radifli bo„lib, unda jami 139 ta so„z qo„llanilgan bo„lib, 9 baytdan iboratdir. 8. G„azaldagi qofiyadosh so„zlar aniqlandi: jahon, xonumon, giryon, chunon, fig„on, zabon, nihon, osmon, bayon, ustixon, jovidon … 9. G„azaldagi ichki qofiya: xonumon, chunon, fig„on, zabon, nihon, osmon, bayon, ustixon, jovidon, tashqi qofiya esa «o„rtar» so„zlaridan iboratdir. 10. G„azal aruzning hazaj bahrining (hazaji musammani solim) bahrida yozilgan. CHizmada quyidagicha izohlandi: A-/gar/o-/shiq/-li/-/g„im/ayt/sam, ku/yub jo/nu ja/hon o„r/tar Bu/ishq sir/rin ba/yon et/sam, ta/qi ul xo/nu/mon o„r/tar. 11. Tushunilishi qiyin bo„lgan va boshqa tillardan olingan so„zlar izohi: 1) taqi – tag„in, yana. 2) xonumon – uy-joy, bexonumon – uy-joysiz (fors- tojikcha). 3) giryon – yig„lovchi, yig„lab turuvchi, yig„ichi. 4) so„ngak – suyak. 5) zabon – til (fors-tojikcha). 6) jovidin – abadiy, doimiy, mangu. 7) nihon – yashirin (fors-tojikcha). 164 8) bihisht – jannat. 9) ustixon – suyak (fors-tojikcha). 10) mashhar – qiyomatda qayta tiriladigan joy. 12. G„azalda qo„llanilgan badiiy san‟at namunalari: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling