O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


mazmunni o‘quvchilarga yetkazishda sharqona o‘qitishning


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

mazmunni o‘quvchilarga yetkazishda sharqona o‘qitishning 
muqobil usullaridan foydalanish. 
 
 
O„quvchilarni maktab dasturiga kiritilgan mumtoz adabiyot 
namunalarini haqqoniy baholashga o„rgatish, ularni tahlil va talqin 
qilishning yangi mezonlari, usullarini ishlab chiqish muhim ta‟limiy 
ahamiyatga egadir.
Zero, ko„p asrlik adabiy merosimiz tafakkur durdonalari bo„lib 
zamonlar osha boqiy yashab kelmoqda. Eng muhimi, bu boqiy 
adabiy merosimiz ibrat va saboqlar xazinasi sifatida ham nihoyatda 
qadrli manbalardir. Aslida esa, mumtoz adabiyotni o„rganish, 
to„g„rirog„i murakkab matndagi asarlarni to„g„ri va xolisona talqin 
qilish masalasining ildizlari olis tarixga borib taqaladi.
Matnni chuqur o„rganishga bo„lgan qiziqishlar natijasida tafsir, 
sharh, ta‟vil, zufaro, urafo, talqin, ilmi xilofiya, ilmi bayon, ilmi 
g„ariba, ilmi ma‟ni, ilmi muzohirot, ilmi kalom kabi 


139 
adabiyotshunoslik va uslubshunoslikka oid tushunchalar maydonga 
kelgan. Bu tushunchalar asosan Sharq adabiyotining o„ziga xos 
jihatlarini, har bir ijodkorning mahorat sirlarini o„rganishga 
qaratilgan. Shuningdek, badiiy matnni o„qish, uni anglash va 
mushohada qilishdan iborat. 
“Malakali badiiy tahlil bo„lmagan joyda mo„jizaviy asarning 
sehri, siri, jozibasi yo„qqa chiqadi. Chunki uning badiiy va hayotiy 
ma‟nosi payqalmay qolaveradi. 
Adabiyot o„qitishda badiiy tahlilga e‟tibor g„oyat sust 
bo„lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, 
Bobur, Mashrab va Qodiriy asarlarini o„qigani holda ularsiz yashab 
kelmoqda”
40

Taniqli metodist olim Qozoqboy Yo„ldosh va Muhayyo 
Yo„ldoshning “Badiiy tahlil asoslari” kitobida keltirilgan 
mulohazalari adabiyot o„qitish usullariga doir bo„lib, fanni 
o„qitishning samaradorligini oshirish borasida qimmatlidir. 
Ma‟lumki, har bir ijodkor o„zi yaratgan asarida ko„zda tutgan 
maqsadini, niyatini, qarashlarini, o„y-xayoli, o„z intilishlarini asar 
ruhiga singdirishga harakat qiladi. Ana shu yozuvchiga tegishli sir-
asrorlarni anglash juda murakkab jarayon bo„lib, buning uchun 
zukko, sinchkov kitobxon bo„lmog„i lozim. Qachonki, kitobxon 
matnni mohiyatini anglasagina, iljodkorning asarni yaratishdan 
maqsadini tushunsagina matnni tahlil qilishda qiynalmaydi. 
Badiiy matndan zavq olish, lazzatlanish tuyg„usini sezgan 
o„quvchi bora-bora Abdulhamid Cho„lpon ta‟biri bilan aytganda: 
“…adabiyotdan bir lazzat olub oxir umriga qadar adabiyot o„qub 
eshitmakni vazifayi milliyadan hisob qilur”ga erishadi. Ammo, bu 
masalani amalga oshirmoq uchun, kuchli targ„ibotchi o„qituvchining 
sa‟y-harakati muhim ahamiyatga egadir. Chunki, mumtoz adabiyot 
namunalari, xususan, she‟riyat shoir ruhiyati bilan bog„liq hodisadir. 
40
Қозоқбой Йўлдош, Муҳайѐ Йўлдош. Бадиий таҳлил асослари. –Т.: “Камалак”, 2016, 20-
21 бетлар. 


140 
Bu ruhiyatni anglash va his qilish uchun yana ham aniqroq qilib 
aytganda, shoir yaratgan matnning tabiatiga kirib borishni talab 
qiladi. Shoir yaratgan matn muallif haqida, asar yaratilgan davr 
haqida, shoirni o„rab turgan muhit xususida ma‟lumot beruvchi 
asosiy manbadir. Masalan, Boborahim Mashrab she‟riyati o„zining 
badiiy yuksakligi, his-tuyg„ularni jo„shqin ifodalashi bilan alohida 
ajralib turadi. Uning mashhur “O„rtar” radifli g„azali shoir qalbini, 
iztiroblarini bayon qiluvchi g„azallardan biridir. G„azalni o„qigan 
har bir o„quvchi “Mashrabni o„rtagan ishqning” sababini bilishga 
intiladi. Chunki, shoirning ishqi, uning dardi nihoyatda iztirobli. U 
g„azalning birinchi baytidayoq o„z ishqiy dardini bayon etishdan 
boshlaydi va g„azalning keyingi baytlarida shoir shaxsiyatiga 
tegishli so„z va birikmalarni mahorat bilan qo„llaydi: (men) nechun 
toqat qilay,- “mening” g„amim, (mening) yuragimni, “meni” 
bexonumon, “men” Nigoro deb noming aytsam, “men” bayon aylay, 
“mening” tilim lol, ko„zim giryon, “mening” ohim, “menda” 
qolmadi toqat, “men” bu dard bilan xarob bo„ldim, “mening” unim 
chiqsa, “men” oh ursam kabi jumlalarda shoir shaxsiyati namoyon 
bo„ladi. Yuqorida keltirilgan shoir shaxsiyati bilan bog„liq ishoralar 
faqat shoir shaxsiyati bilan cheklanib qolmay, balki u yashagan 
davrning ham ma‟naviy-ruhiy holatini ko„rsatib bergan. Demak, 
shoir hayoti va ijodiga oid ma‟lumotlar u yaratgan badiiy matn 
ruhini, mohiyatini ochib berishda muhim manba hisoblanadi. Badiiy 
matn ruhini ochish esa kam so„z bilan katta, keng ma‟nolarni aks 
ettiruvchi so„zlarning ma‟nosini yuzaga chiqarish orqali erishiladi. 
Adabiyotshunos olim Abdug„afur Rasulov o„zining “Ilmi 
g„azribani qo„msab” nomli risolasida – ilmi g„aribani 
adabiyotshunoslikning bir qismi, alohida fan deb hisoblaydi. 
“G„arib (g„ariba)- ajoyib, taajublanarli, hayron qoladigan narsa. Ilmi 
g„ariba talqin fani bilan bevosita bog„liq. Ilmi g„ariba fanning teran 
nuqtalarini ich-ichidagi ma‟nolarini anglash san‟atidir. G„ariba ilmi 
mavjud fanlarni sinchiklab o„rganish orqali kashfiyot darajasida 


141 
xulosa chiqarishgacha etish, ajoyibot nuqtasi qadar ko„tarilishdir”
41

- deya ta‟riflaydi. Olim bu ta‟rif orqali asosiy e‟tiborni ho„zirgi 
o„zbek tanqidchiligida tahlil va talqin masalalariga qaratadi va 
muammolarida qo„llanilishi nuqtai nazaridan e‟tirof etadi. Aslida 
esa bu ilm mumtoz adabiyotga badiiylik, latofat va ta‟sirchanlik 
kuchini beradigan, ayni paytda o„quvchini ham shunga 
o„rgatadigan, uni idrok etishga yo„naltiradigan alohida fandir. Ilmi 
g„aribani iste‟dodli ijodkor mahorat bilan qo„llaydi. Bu ilmdan 
unumli foydalangan ijodkor o„z ijodida xoh nazm bo„lsin, xoh nasr 
go„zallik, ma‟noning teranligini asosiy mezon qilib oladi. Bu esa o„z 
o„quvchisida go„zallik tuyg„usini tarbiyalasa, ma‟nodagi teranlik esa 
fikr doirasi kengligiga undaydi. O„zbek mumtoz adabiyotining 
iste‟dodli shoirlari ijodida har bir ishora, har bir ifoda zamirida katta 
ma‟no-mazmun yashiringan bo„ladi. “Shoir she‟rida tasvirlangan 
g„oya, tuyg„u, obraz, ruhiy manzaralarni o„z nomi bilan aytishga 
erishish ular bag„ridagi yashirin ma‟no va badiiy sirlarini tahlil tilida 
ifodalash haqiqatning bosh mezoni mana shudir”
42
, - deb yozadi 
adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul.
Munaqqid e‟tirof etganidek, o„quvchi matndagi chuqur 
ma‟noni anglagani sayin go„zallik olamiga kirib borayotganligini 
his qiladi. Eng muhimi adabiyot tarixi din tarixi bilan, ma‟rifat, 
ma‟naviyat tarixi bilan uzviy bog„liqdir. Bu nazariyani qalb bilan 
ko„rish, anglash lozim. Buning uchun asarni evristik usul bilan, 
ya‟ni matnni boshdan oyoq qunt bilan o„qish, reproduktiv usul bilan 
asarni xotirada tiklash va asosiy mazmunini idrok qilish uchun 
kitobxondan muayyan tayyorgarlik talab qilinadi. 
Murakkab diniy, adabiy va ilmiy irfoniy asarlarni sharhlash 
sharqda qadimiy an‟anadir. Ilmi sharh usulining ilk namunalarini 
islom dinining muqaddas kitobi Qur‟oni karim oyatlarini, suralarini 
o„rganish yo„llarida ko„ramiz. Ma‟lumki, arab bo„lmagan (ajam) 
41
Расулов А. Илми ғарибани қўмсаб. – Т.: Ўқитувчи, 1991, 14 б

42
Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Ўқитувчи, 2000, 35 б. 


142 
xalqlarning islom dinini qabul qilishi bilan bog„liq holda islomiy 
aqidalarni, qarashlarni singdirilishida muqaddas kitob va hadisi 
shariflarning uyg„un holda o„rganilishi katta ahamiyatga ega edi. 
Islom dinini qabul qilgan xalqlar uchun muqaddas yozma 
yodgorlikni o„qish va o„rganish oson hodisa emasligi ma‟lum edi. 
Dastlab bu vazifani mufassirlar amalga oshirganlar. Din ilmidan 
yaxshi xabardor ulamolar, mufassirlar juda kamchilikni tashkil 
etgan bo„lib, ular asosan payg„ambarlar avlodlaridan bo„lgan. 
Keyinchalik, islom dinining keng tarqalishi bilan bog„liq holda yirik 
olimu ulamolar ham Qur‟on tafsiri bilan shug„ullanganlar. Ular ilmi 
sharh, ilmi badi‟, ilmi fasohat, ilmi g„aribadan xabardor bo„lib, 
bunday kishilarni tafsirchi, mufassirlar, ta‟vilchilar, shorihlar deb 
ataganlar. Davr o„tishi bilan bu vazifa maktab va madrasa 
mudarrislarining zimmasiga ham yuklatilgan.
Dastlabki savod maktablari machitlarda, xususiy xonadonlarda, 
daloyixonalarda, qorixonalarda ochila boshladi. Bolalar arab 
alifbosini o„zlashtirganlaridan so„ng, birinchi o„quv qo„llanma 
«Haftiyak»ni o„qiganlar va yod olganlar. «Haftiyak» fors-tojik 
tilidan olingan so„z bo„lib, «yettidan biri» degan ma‟noni anglatadi. 
Unda Qur‟ondan olingan ayrim kichik suralar (13-14ta) jamlangan 
bo„lib, bu qo„llanma bir-ikki yil o„qitilgan. 
«Haftiyak»dan so„ng «Qur‟on» o„qitilgan, madrasa va madrasai 
oliyalarning o„quv dasturiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Bu 
ilmlarni o„rganish uchun esa ilmi sharh va tafsir qilish, qiroat bilan 
o„qish, ilmi insho kabi o„qitish usullari ham uyg„unlikda qo„shib 
olib borilgan.
Qur‟on tili o„ta murakkab bo„lib, har bir ibora zamirida chuqur 
diniy-tarixiy, filologik, falsafiy tushunchalar o„rin olgan. Shuning 
uchun uning mazmunini sharh va izohlarsiz anglab etish qiyin 
bo„lgan. Diniy ilmlarning ta‟lim dasturiga asosiy fan sifatida 
kiritilishidan maqsad islom dini, uning asosiy qonun-qoidalarini bu 
dinni keyinchalik qabul qilgan xalqlar vakillariga chuqurroq 


143 
singdirishdan iborat edi. Ammo, bu jarayon oson kechmagan, 
chunki «...diniy matn va jumladan, Qur‟on birinchi o„qishdayoq o„z 
sir-asrorlarini ochmaydi. Faqat qayta-qayta o„qish va har bir 
iboraning ma‟nosini chuqur o„rganish asosida diniy-falsafiy 
haqiqatlar jilolanishi muqarrar. Bu borada tafsirning ahamiyati katta 
bo„lib, uning o„zi ham islom adabiyotining yorqin sahifalaridan 
hisoblanadi»
1

Bu o„rinda, butun musulmon dunyosida tan olingan mufassirlar 
Zamaxshariy, 
At-Termiziy, 
Al-Buxoriylarning 
xizmatlari 
beqiyosdir. O„zbek adabiyoti tarixida ham tasavvufiy ma‟noga 
yo„g„rilgan nodir asarlar yaratila boshladi. Turkiy xalqlar 
adabiyotlarida diniy va dunyoviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy 
bog„liqligi Qur‟on oyatlari yordamida ifodalangan. Yusuf Xos Hojib 
o„zining «Qutadg„u bilig» asari bilan, Ahmad Yassaviy o„z 
hikmatlari bilan, Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostoni bilan 
islom aqidalarini turkiy tilda sharhlash orqali islom tariqatini targ„ib 
qildilar. 
Qur‟onni sharhlash usuli keyinchalik Sharq allomalaridan Ibn 
Sino, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Sa‟diy 
Sheroziy, Alisher Navoiy, Nasimiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil, Mashrab 
va boshqa shoirlarning mumtoz merosida ham keng qo„llangan. Shu 
o„rinda ta‟kidlash lozimki, mazkur shoirlar xoh nasrda, xoh nazmda 
ijod qilishmasin, o„z asarlarini qur‟oniy mavzu va iboralar bilan 
boyitib borganlar. Shunday ekan, ularni diniy-islomiy jihatlarini 
sharhlashda muddarisdan katta ilm talab qilingan. 
Umumta‟lim maktablarining yuqori sinflari uchun yaratilgan 
Adabiyot darslik-majmuasiga adabiyot tarixiga oid ko„plab janr 
namunalari kiritilgan. Asosan, bu janrlarni undagi mutarodif 
(omonim), mutashobik (sinonim), ko„p ma‟noli, ko„chma ma‟noli 
so„zlar tahlilisiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Tanlangan matnlar aynan 
shu mantiqqa asoslangan. 
1
Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиѐти. – Т.: Фан, 1993, 16-бет. 


144 
Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo„shjonov asar matnini tahlil 
qilishning 
muqobil 
usulidan 
foydalanganligini 
quyidagicha 
izohlaydi: “…matn ustida ishlashni o„zimga shart qilib qo„ydim. 
Shu maqsadda asarni o„qib “asar” yaratishga urindim. Aksariyat 
hollarda biror hikoyani 1,2 marta o„qiymanda, kitobni yopib o„sha 
asarni qayta yozaman. Keyin asli bilan solishtiraman va yo„l 
qo„ygan kamchiliklarimni anglab olaman. Kamchiliklarimni hisobga 
olib ikkinchi marta yozishga o„tiraman va yana solishtiraman. 
Ko„nglim to„lguncha bu jarayon davom etadi. Shu yo„sinda matnga 
nisbatan muhabbat tuyg„usi shakllandi menda”
43
.
Olim matnga munaqqid sifatida diqqat qilgan bo„lsa-da, ammo 
uning matn ustida ishlash usuli umumta‟lim maktablarining o„quv 
dasturlariga kiritilgan adabiy matnlarni tahlil qilishda ham 
foydalanilganda ijobiy natijalar berganiga guvoh bo„ldik. Shu 
o„rinda 11-sinf Adabiyot darslik-majmuasiga kiritilgan Boborahim 
Mashrabning “Na g„urbatlar chektim charxi bebunyod dastingdan” 
misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi tahlilini ko„rib chiqamiz. 
Dastlab o„quvchilarga muxammasning ikkinchi besh misrasini 
murakkab so„zlarga izoh berilgan holda taqdim etiladi. 
Chamanning bulbuli bebol-u parman oshyonim yo„q. 
Misoli chug„zdek vayronalarda ham makonim yo„q. 
Azizimdan judodirman, boshimda soyabonim yo„q, 
Hama obod bo„ldi, bo„lmadim obod dastingdan, 
Ki man har qayga borsam dod etarman dastingdan. 
1.Bebol-u par – qanotsiz, parvozsiz. 
2.Chug„zdek – boyqush, boyo„g„li 
Ko„rinib turibdiki matn u darajada murakkab bo„lmasa-da, 
o„quvchi uni o„qiganda Mashrabning taqdiri bilan bog„liq bir kichik 
lavhani tasavvur qiladi. Shu bois, matnning ilk ta‟sir kuchi 
o„quvchilarning ruhiyatiga ta‟sir qilganligi ko„zga tashlanadi. 
Chunki, o„quvchilar shoir tasvirlagan o„tmishdagi xalq hayotining 
43
Қўшжонов М. Армон. – Т.: Ўқитувчи, 2005, 45 б. 


145 
kechmishini tasavvur qilishganini, shoir esa o„sha turmushning bir 
vakili ekanligini qalban his qilishdi. Mashrabning bu satrlari 
fojeaviy voqealardan iborat bo„lib, qalbi pok, beg„ubor, nozik, 
ta‟sirchan bolalarda shoir taqdiriga achinish tuyg„usini paydo qiladi.
O„quvchilar matnni qayta-qayta o„qir ekan, satrlardagi 
mazmunni anglagan sayin shoirning o„ziga xos uslubini, so„zlardagi 
ma‟nolarni o„xshatish (chamanning qanotsiz bulbuliga), (misoli 
boyqush, boyqushdek), ko„chma ma‟nodagi so„zlarni (boshimda 
soyabonim yo„q), (vayronalarda makonim yo„q) kabi tashbehlarni 
tahlil qilishga urindilar. Muxammasdagi sinonim so„zlarning 
(oshyon, makon, soyabon) mohiyatini anglab oldilar. Eng muhimi, 
muxammasdagi asosiy bosh g„oya – shoirga ozor bergan shaxsga 
nisbatan bo„lgan nafrat tuyg„usini fikrning siqiq, qisqa ta‟rifi 
hisoblanadi. Matnni tahlil qilish jarayonida sarlavhadagi sirli 
jumboq yechila boradi. 
Mashrabning “Dastingdan” radifli muxammasida shoir ichki 
tuyg„ulariga, orzu-o„ylariga to„siq bo„lgan “allaqanday kimsaning” 
dastidan ozor chekkanligi satrma-satr ochila boradi. Mashrab 
muxammasda o„z shaxsiyati, hasbi holi xulosani adabiy taxallusini 
keltirish bilan ollohga iltijo tarzida tugatadi: 
Ilohiy, sen etur himmat yo„lig„a xasta Mashrabni, 
Sharq she‟riyatiga xos an‟anaviy taxallus qo„llash usulini 
Mashrab ham mahorat bilan qo„llaydi. Mashg„ulot jarayonida, 
adabiy taxallusga doir nazariy ma‟lumot Mashrab ijodi misolida 
tahlil qilindi. Shoir muxammasi tahliliga doir ma‟lumotlar esa 
o„quvchilarga shoir ijodining o„zbek adabiyoti tarixida betakror, 
o„ziga xos tutgan o„rnini va ahamiyatini belgilab berdi. 
Nasriy asarlarni o„qish va o„rganishga bo„lgan qiziqish bugun 
paydo bo„lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb 
etib kelgan. Qur‟on va hadislardan tashqari, tariqat pirlaridan 
tashqari, tariqat pirlari haqidagi maqomatlarni, unda ifodalangan 
naqlu rivoyatlar, hikoyatlarni jamoa bo„lib tinglaganlar va ulardan 


146 
ilhomlanganlar. Chunki maqomatlar muhim ta‟limiy va tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo„lib, xususan asrlar davomida yoshlarga 
o„rgatilgan. 
Maqomatshunoslik Sharqda keng tarqalgan bo„lib, ilk 
namunalaridan biri Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga 
mansub bo„lib, “Atvoq az-zahab” (Oltin shabadalar) deb 
nomlangan. Asar yuz maqoladan iborat bo„lib, unda pand-nasihatlar 
ibrotomuz hikmatlar, go„zal axloqiy o„gitlar jamlangan. Keyinchalik 
maqomatlarga bo„lgan qiziqish tufayli “Maqomati Hoja Ka‟b ul-
Akbar”, “Maqomati Shayx Abdulqodir Giloniy”, “Maqomati Shayx 
Yusuf Hamadoniy”, “Maqomati Mir Kulol”, “Maqomati shohi 
Naqshbandiya” kabi asarlar yaratildi. 
Nasriy asarlarning mazmun-mohiyatining o„zgarishi bois, xalq 
orasida “Kalila va Dimna”, “Nasihatnoma”, “Ming bir kecha” kabi 
asarlar majmuasi ham maydonga keldi. Axloqiy-didaktik va 
ma‟naviy ruhdagi bu asarlar, mazmunan rang-barang, turli davrlar 
sinovidan o„tgan ibratli xazinalardir. 150 betda ham aynan 
takror???? 
Ma‟lumki, nasriy asarlarda voqealar tasviri, yozuvchining 
shaxsiyati bilan bog„liq hodisalar o„z aksini topadi. Nasriy asarlarda 
tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni yozuvchi batafsil yoritib 
berishi bilan bir qatorda asarda ishtirok etgan qahramonlar 
ruhiyatini ham yoritisha muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli 
nasriy asarlar o„zining to„laqonli va haqqoniy tasvir usuli bilan 
boshqa janrlardan keskin farq qiladi. 
Nasriy asar bir butunlikni tashkil qilishi bilan, turli-tuman va 
jiddiy masalalarni o„z ichiga qamrab oladi. O„quvchilarga asar 
haqida umumlashtirib ma‟lumot berish jarayonida, ularni asar 
ruhiyatiga, ular uchun notanish bo„lgan tarixiy voqealar haqidagi 
ma‟lumotlarga o„z munosabatlarini ifodalash darajasiga olib chiqish 
talab qilinadi. 


147 
Shu o„rinda ilk nasriy asarlar namunasi hisoblangan “O„rxun-
Enasoy obidalari” O„rta Osiyoda yashagan qadimgi qabila va 
elatlar, ularning ijtimoiy-madaniy hayoti haqida ma‟lumot beruvchi 
qadimiy manbalardan biridir. Bu manba xorazmiylar, so„g„diylar, 
massagetlar, shaklar, turkiy qabilalar haqida ma‟lumot berish bilan 
bir qatorda ularning xo„jalik hayoti, madaniyati va san‟ati haqidagi 
masalalarni ham qamrab olgan. 
Shu o„rinda o„qituvchi 10-sinf darsligiga kiritilgan bu 
murakkab manbani o„quvchilarga yetkazishda, eng avvalo adabiyot 
o„qitish metodikasining tarix fani bilan uzviy bog„liq ekanligini 
inobatga olmog„i lozim. Bu qadimiy yodgorlikning topilishi va 
nomlanishi bilan bog„liq tarixiy ma‟lumotlar, manbaning saqlanish 
tarzi bilan bog„liq ma‟lumotlar o„quvchilarni xabardor qilish uchun 
o„qituvchidan atroflicha bilim talab qilinadi. 
Ma‟lumki, qadimiy turkiy obida “toshbitiklar” deb ham 
yuritilgan. Buning sababi ko„pgina yodgorliklarning qabrtoshlariga 
o„yib yozilgan. Ularning eng yirigi “To„nyuquq” hamda “Kul 
Tegin” yodgorigidir. Bu asar matni murakkab bo„lib, unda 
o„quvchilar uchun tushinilishi qiyin bo„lgan so„z, so„z birikmalari 
anchagina. Yoki asar tuzilishi bir necha qismdan iborat bo„lib, 
ularning har biri ma‟lum fikr va ma‟nolarga ega. Ularni izohlash, 
har binr qismni sharhlash muhim ahamiyatga egadir. Mazkur 
qadimiy yodgorlikda ilk adabiy atamalar, adabiy janrlar haqida 
ma‟lumot beruvchi manba sifatida ham katta ahamiyatga egadir. 
Eng 
muhimi, 
bu 
mavzuga 
bag„ishlangan 
mashg„ulotda 
o„quvchilarga yodgorlikning tarixiy, ma‟rifiy hamda adabiy 
ahamiyati haqida ma‟lumot berish darsning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Murakkab nasriy asarlarni o„rganish bilan bog„liq mavzular 
11-sinf darsligida ham ko„zda tutilgan. Bu mavzu bevosita Mahmud 
Qashg„ariy va uning “Devoni lug„otit turk” asari bilan bog„liqdir. 
Bu asar uzining mazmun-mohiyati, tuzilishi bilan boshqa nasriy 


148 
asarlardan alohida ajralib turadi. Bu asar XI asrda yozilgan bo„lib, 
unda jamlangan badiiy-adabiy namunalar turkiy xalqlarning 
qadimiy ijod mahsulidir. Bu asarda tarixiy-adabiy janrlarga tegishli 
ma‟lumotlar, adabiyotshunoslik, tilshunoslikka doir atamalar 
uchraydi. 
“Devoni lug„otit turk” sodda va ravon to„rtliklar, qahramonlik 
haqidagi qo„shiqlar, munozara janriga oid to„rtliklar (Qish va 
Bahor)dan iborat bo„lib, xalq og„zaki ijodi namunalarini tashkil 
etgan she‟riy parchalar va maqollar uchraydi. 
Tabiiyki, “Devoni lug„otit turk”da keltirilgan she‟riy parchalar 
turli mavzularni qamrab oldgan, Tabiat manzaralari, ilm-fan, odob-
axloq kabi mavzular shular jumlasidandir. Asarda, shuningdek, 
turklarning qadimiy qahramoni Alp Er To„nga haqidagi marsiya 
ham o„rin olgan. Bu qahramon tarixiy shaxs bo„lib, muallif u haqida 
bir necha to„rtliklarni kiritgan. Alp Er To„nga haqidagi marsiya shu 
janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.
Devonga kiritilgan qadimiy xalq maqollari ham turli 
mavzularga bag„ishlangan bo„lib, hozir ham milliy-ma‟rifiy va 
badiiy 
ahamiyatga 
egadir. 
O„qituvchi mazkur mavzularni 
o„quvchilarga yetkazar ekan, darslikda namuna sifatida kiritilgan 
qo„shiqlarning mazmunini, ularda tasvirlangan voqealar, tabiat 
manzarasi, tasviriy vositalar, vazn va qofiya xususiyatlari haqida 
ma‟lumot berishi muhim ahamiyatga egadir.11-sinf darsligiga 
kiritilgan yana nasriy asarlardan biri Rabg„uziyning “Qissasi 
Rabg„uziy” asaridir. Bu asar payg„ambarlar haqidagi qissalardan 
iborat bo„lib, ular o„z ildizlari bilan “Qur‟on” va “Hadis”larga borib 
taqaladi. Shu bois, bu asar xalq orasida keng tarqalgan. O„qituvchi 
bu asar haqida o„quvchilarga ma‟lumot berishi uchun, islom dini 
tarixi, Qur‟on va hadislardan xabardor bo„lishi talab qilinadi. 
Aslida, iste‟dodli yozuvchilar o„z asarlarida o„quvchini kitobga 
qiziqtiruvchi lavhalarni, voqealarni tasvirlashga harakat qiladi. 
Ayrim tarixiy asarlarni o„ranish jarayonida, o„qituvchidan maxsus 


149 
kirish mashg„uloti talab qiladi. Tarixiy-nasriy asarlar tahliliga 
kirishilganida, voqealar tasvirida, qahramonlarningishtirokida asar 
tabiatidan kelib chiqib, o„ziga xos usullar tanlanishi lozim. Tahlil va 
talqinning muvaffaqiyatli chiqishida, o„quvchilarning asar matnidan
qay darajada muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, 
Zahiriddin 
Muhammad 
Boburning 
“Boburnoma” 
asariga 
bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilar asarni talab darajasida 
o„zlashtirishlari uchun bir muncha vaqt talab qilinadi. Asar 
voqealaridagi uzviylik, davomiylikning uzilmasligi o„quvchilar 
diqqat e‟tiborini muntazam ushlab turish uchun o„qituvchidan 
mustahkam bilim va katta tajriba talab qilinadi. Umumta‟lim 
maktablarining yuqori sinflari uchun adabiyot darsliklarida 
birmuncha 
murakkab 
bo„lgan 
Qadimgi 
turkiy 
adabiyot 
namunalaridan O„rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Qoshg„ariyning 
“Devoni lug„otit turk”, Nosiriddin Rabg„uziyning “Qissasi 
Rabg„uziy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, 
Anbar Otinning “Risolayi falsafiyi siyoxon” kabi asarlardan 
namunalar kiritilgan.
Yuqorida nomlari tilga olingan asarlarni o„quvchilarga 
yetkazish uchun har bir mavzu ma‟lum uslubiy yo„llarni, turli-
tuman mashg„ulot turlarini talab qiladi. O„qituvchi mavzuni 
o„quvchilarga yetkazishda har bir mavzuning talabidan kelib chiqib 
asr bobi yoki qismi uchun alohida reja asosida mashg„ulotni tashkil 
qilishi lozim bo„ladi. Chunki, tuzilgan reja yozuvchining fikri, 
maqsadi, tili va uslubi, badiiy yo„nalishi va boshqa masalalar haqida 
tushuncha beradi. 
Masalan, “Boburnoma” asarida muallif voqealarni yillar 
oralig„ida tasvirlaydi, har bir yil voqealarida muhim ma‟lumotlar, 
tarixiy shaxslar, tabiat hodisalari ketma-ketlikda yozib borilgan. Eng 
muhimi voqealar sanaviy tartibda bayon etilgan. “Boburnoma”da 
muallifning Farg„ona viloyati hokimi bo„lib, Qobulda o„zini 
podshoh deb e‟lon qilgani va nihoyat Hindistonda o„z saltanatiga 


150 
asos solgani bilan bog„liq voqealar tizmasi o„z aksini topgan. 
Asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi tarixiy, madaniy, 
jarayonlar, urf-odat va an‟analar, san‟at va adabiyot, o„simlik va 
hayvonot dunyosi, shahar va qishloqlar, meva va gullarning boy 
manzarasi ham chizilgan.
Darslikda asarning to„liq matni berilmagan bo„lsada, unda 
tasvirlangan ko„pgina shaharlar me‟moriy yodgorliklar, bog„lar, 
hayvonot va o„simliklar olamining nomlari hozirgi kunda o„zgargan 
yoki aynan saqlanib qolganligiga amin bo„lamiz. Tabiiyki, hozirgi 
o„quvchi ularning izohi bilan qiziqadi. Shu bois, o„qituvchi o„z 
o„quvchilarini asar boqealari olamiga olib kirishi bir muncha 
qiyinlashadi. 
O„qituvchi muallif tasvirlagan voqealar tafsiloti haqida gapirib, 
o„quvchini e‟tiborini jalb qila olmaydi, yozuvchi sayohat qilgan 
joylarda o„z o„quvchisini sayohat qildira olmaydi. Eng muhimi 
Zahiriddin Muhammad Boburning his-tuyg„ularini, sarguzashtlari, 
uning shaxsiyatini, iztirob-u, hayajonlarini o„quvchilarga yetkazish 
uchun, asar matni ma‟lum reja asosida chuqur ishlash muhim 
ahamiyatga egadir. 
Har bir mashg„ulot uchun reja tuzish, o„quvchilarni
faollashtirish, matnni ovoz chiqarib o„qish, o„qituvchi bilan suhbat 
qurish, rejaga mos sarlavha tuzish mumkin. Keyinchalik o„quvchilar 
ishtrokida tuzilgan rejadan mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. 
Nasriy asarlarni o„rganish mashg„ulotlarida matnni ovoz 
chiqarib o„quvchilarga o„qitish. Birinchidan, ifodali o„qish 
ko„nikmasini hosil qiladi, ikkinchidan, asar matnining uslubiga, 
yozuvchining o„ziga xos nutqiga moslashadi, uchinchidan, asar 
qahramonining holatini ifodalovchi ohangga e‟tibor beradi, 
to„rtinchidan, o„qilgan matn asosida qayta hikoya qilib berishda 
og„zaki nutqi shakllana boradi. 


151 
O„zbek adabiyoti tarixi namunalaridan darslik uchun tanlangan
nasriy asarlarni o„rganishda quyidagicha uslubiy tavsiyalvrga e‟tibor 
berish maqsadga muvofiqdir: 
1. 
Avvalombor, o„rganilayotgan nasriy asarlarning nomlanishi 
haqida ma‟lumot berish lozim. (“O„rxun-Enasoy” obidalari, 
“Devonu lug„atit-turk”, “Qissasi Rabg„uziy”, “Boburnoma”, 
“Risolayi falsafayi siyohon” va boshqa asarlar) 
2.Nasriy matndagi tushunilishi qiyin bo„lgan iboralar, maqollar, 
imo-ishora bilan bog„liq so„zlarni sharhlab, izohlab berish. 
3.Nasriy matnda tushunilishi qiyin bo„lgan so„zlarda muallif 
nazarda tutgan urg„u, talaffuziga e‟tibor berish va izohlash. 
4.Ayrim nasriy asarlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalari 
asosida berilgan lavhalardagi muallif mahoratiga ta‟rif berish. 
5.Nasriy matnlarda tilga olingan Qur‟oni Karim suralaaridagi 
afsonalar, hikoyatlar, rivoyatlar, Payg„ambar hadislari, diniy-
tasavvufiy ma‟lumotlar berish. 
6.Nasriy asarlarda voqealar tasvirlangan tarixiy sanalar, tarixiy 
shaxslar nomlariga izoh berish. Bu ma‟lumotlar voqea-hodisalar 
qaysi davrda ro„y berganligiga oydinlik kiritish. 
7.Nasriy asarlarda asar yaratilgan davrning etnografiyasiga sharh 
berish. (Nasriy asarlarda uchrovchi urf-odat, narsa buyum, kiyim-
kechak nomlari, tarixiy shaxslar, ular mansub bo„lgan tabaqaga 
mansubligi izohlanadi) 
8.Nasriy asarlarda uchraydigan joy nomlari yoki toponimikasi asar 
yaratilgan davr tilida nomlangan bo„lib, ulurning nomlarini 
izohlashda, hozirgi davrdagi nomlari bilan qiyoslash orqali 
ma‟lumot berish, o„quvchilarda o„sha davr tarixiy joy nomlari 
haqida tushuncha hosil qilish. 
9.Nasriy 
asarlar 
yaratgan 
mualliflar, 
tabiiyki, 
faqat 
adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix kabi fanlardan xabardor 
bo„libgina qolmay balki, o„z davrining dunyoviy ilmlaridan 
xabardor bo„lganlar. Asarlarida boshqa fanlar bilan bog„liq 


152 
ishtibohlardan foydalanishga intilganlar. Bunday ma‟lumotlar 
deyarli barcha nasriy asarlarda uchraydi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling