O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


  Алишер Навоий ҳаѐти ва ижодини ҳасбу ҳол ва тарихий


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

 


99 
Алишер Навоий ҳаѐти ва ижодини ҳасбу ҳол ва тарихий 
манбалар асосида ўрганиш жадвали 
№ Йилла
р
Тарихий манбалар 
Шоирнинг ўз тилидан 
олинган ҳасби ҳоли 
1. 
1441 
йил

феврал
ь 
«Ҳақони олий мақом 
Шоҳруҳ 
Султоннинг 
халифалик 
даврида 
«иззат 
ва 
иқбол 
гулшанида омонлик ва 
умид мевалари берадиган 
бир 
дарахт 
кўкарди. 
Мартаба 
ва 
улуғлик
осмонида давлат ва бахт 
саодат кўзини ѐритувчи 
бир юлдуз порлади. 17 - 
рамозон ойи сана 844 
товуқ 
йилида 
йўқлик 
дунѐсидан борлиқ оламига 
қадам 
босиб, 
ўзининг 
гўзаллиги 
ва 
порлоқ 
чеҳраси билан ер юзини
ѐритди». 
Хондамир 
«Макорим ул- ахлоқ» 
асари 21-бет. 
2. 
1444-
1445 
йиллар 
Алишер Навоий 3-4 ѐшида 
Амир Қосим Анворнинг 
байти шеърини ўқиб 
беради. 
Риндему ошеқему жаҳон 
сўзи жома чок. 
Бо давлати ғами тузи 


100 
фикри жаҳон чи бок. 
(Таржимаси: Риндмиз, 
ошиқмиз, жаҳон ўртовчилар 
ѐқавайронлармиз. Сенинг 
ҳаминг бор экан, дунѐ 
ғамидан қўрқмаймиз). 
Бу воқеани Алишер Навоий 
шундай хотирлайди: «Бу 
фақир аввал назмеким, 
ўрганибмен бу…матлаъдур, 
ҳамоно уч ѐш била тўрт 
ѐшнинг орасида эрдим, 
азизлар ўқимоқ таклифи 
қилиб, баъзи ҳайрат изҳор 
қилурлар эрди». Алишер 
Навоий «Мажолис ун-
нафоис» биринчи 
мажлис.(МАТ,13 т. 11 бет).
3. 
1445 
йил 
«Алишер ва Ҳусайн 
Байқаро кичикликда 
ҳаммактаб экондурлар». 
(«Бобурнома», 233-бет»). 
4. 
1446 
йил 
Алишер Навоий 
Фаридиддин Атторнинг 
4600 байтдан иборат 
«Мантиқ ут-тайр» номли 
асарини бошдан охиригача 
ѐдлаб олганини қуйидагича 
хотирлайди: 
Ёдима бундоғ келур бу 
мажоро, 


101 
Ким туфулият чоғи 
мактаб аро… 
Манга ул ҳолатда табъи 
булл ҳавас, 
«Мантиқ ут-тайр» айлаб 
эрди мултамас… 
Ўйлаким, элдин узулди 
улфатим… 
Ул китоб эрди аниси 
хилватим… 
Онглоғоч атфол, айлаб 
шўру шайн,
Истимо этти бу сўзни 
волидайн… 
Манъи кули қилдилар ул 
ҳолдин,
«Мантиқ ут-тайр» узра 
қилу қолдин… 
Лек чун ѐдимда эрди ул 
калом,
Ёшурун такрор этар эрдим 
мудом…
Алишер Навоий «Лисон ут-
тайр» МАТ, 12 т. 293-295 б.
5. 
1453-
1454 
йиллар 
Алишер Навоий ўз 
даврининг етук 
олимларидан хусусий 
таълим олган устозларини 
хотирлаб шундай ѐзади: 


102 
«Дарвеш Мансур…аруз ва 
саноеъда Мавлоно Яҳѐ 
Себак шогирди эрди. Икки 
аруз тасниф 
қилади…фақир (яъни 
Алишер Навоий) арузни 
Дарвеш қошида ўқубмен». 
Мажолис ун-нафоис» МАТ, 
13 т. 41 б. 
«Хожа Юсуф Бурхон – 
мусиқий илмини ҳам яхши
билур эрди ва фақир 
(Алишер Навоий) мусиқий
фанидан анинг 
шогирдиман». «Мажолис-
ун-нафоис» МАТ, 13 т. 51 б.
6. 
1457 
йил 
Мирхонд Алишер 
Навоийнинг Машҳадда 
мадрасада таълим олган 
йиллари ҳақида шундай 
ѐзади: «Алишер Навоий 
Машҳадда туриб қолиб, 
камолот ва фозилликни
эгаллаш ва илм 
масалалари бобида 
мукаммалликка эришув 
билан машғул бўлган».  
7. 
1465 
йил 
Бобур эса, Алишер 
Навоийни Самарқандга 
кетиш сабабини аниқ 
ифодаламасада, бу 
«ихрож» Султон Абу 
Алишер Навоий Самарқанд 
(ихрож) қилинганинг 
сабабини: «Фақир таҳсил 
учун Самарқандга 
борғонлигини айтади». 


103 
Саид Мирзо фармони 
билан амалга 
оширилганлигини 
таъкидлайди: «Билмон, не 
жарима била Султон 
Абу Саид Мирзо Хиридин 
ихрож қилади. 
Самарқандга борди, неча 
йилким, Самарқандда 
эди…» («Бобурнома…»). 
Алиишер Навоий 
«Мажолис ун-нафоис» 
МАТ, 13 т. 60 б. 
8. 
1470-
1472 
йиллар 
Алишер Навоий – муҳрдор, 
амир лавозимларида 
ишлайди. 
9. 
1476 
йил 
«Алишернинг бир кунлик 
даромади 18 минг 
шоҳруҳий динор эди ва бу 
даромаднинг ҳаммасини 
хайрли ишларга сарф 
этар эди». 
Мирзо Ҳайдар «Тарихи 
Рашидий» асари ѐки 
Бобур Мирзонинг 
«Бобурнома» асарида ҳам 
Алишер Навоийнинг 
шахсий мулки ҳақида 
шундай ѐзади: 
«Алишербек…Мирзо 
(Султон Ҳусайн Бойқаро) 
дин нима олмас, балки 
йилда Мирзоға кулмий 
(катта) маблағлар 
пешкаш қилур эрди». 
Мансабдорликдан расман 
истеъфо беради. Бу ҳақида 
Алишер Навоий 
қуйидагиларни ѐзади: 
«Ушбу тарихда (1476 
йилда) эрдиким, фақир 
(Алишер Навоий) 
сипоҳиийликдин 
мутанаффир бўлиб, 
маносибни тарк қилиб, 
мулозаматни ўксутиб 
эрдим». 
«Хамсат ул-мутаҳаййирин» 
(МАТ, 15 т. 20-21 бетлар). 


104 
Алишер Навоий ўз 
даромади ҳисобидан 360 
дан ортиқ иншоатлар 
қурдирган. 
10

1501 3 
январ 
906 
йил 
ражаб 
ойинин
г 23 
куни 
Алишер Навоий оғир 
хасталикдан сўнг, 
Ҳиротда вафот этади.
Касаллиги оғирлиги ва 
табиблар унга даво топа 
олмаслигини сезган 
Алишер Навоий ўз шахсий 
ҳолини қуйидаги байтда 
баѐн этган:
«Бу дард илаки ўлармон. 
Мараз чу зоҳир эмас,
Табиблар бу балоға не чора 
қилғойлар». 
Savol va topshiriqlar: 
1. Ijodkor tarjima holi va uni o‘rganish tarixi haqida ma’lumot 
bering.
2. X1X oxiri XX asr boshlarida yaratilgan darsliklarda yozuvchi 
tarjimai holini o‘rganish usullari xususida ma’lumot bering. 
3. Sho‘rolar davrida o‘zbek adabiyoti va rus adabiyoti 
vakillarining tarjimai holini o‘rganishga bo‘lgan munosabat 
qanday bo‘lgan? 
4. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda uslubiy nazar va 
ta’limiy-tarbiyaviy maqsadning ifodalanishi haqida gapirib 
bering.
5. Yozuvchining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga bo‘lgan 
munosabati xususida ma’lumot bering 
6. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda hasbu hol va tarixiy 
ma’lumotlarning o‘rni qanday? 
 


105 
5.2 – mavzu:Adabiyot darslarida ko„rgazmalilik 
Reja: 
1. 
Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishda lug‘at 
ustida ishlashning o‘rni. 
2. 
O‘zbek adabiyoti tarixining ijtimoiy-siyosiy, madaniy 
hayotini o‘rganishda ko‘rgazmalilik. 
3. 
O‘zbek adabiyoti tarixi va san’at turlarining o‘zaro 
aloqalariga oid ko‘rgazmalilik. 
4. 
Mumtoz adabiyot namunalarida tilga olingan joy 
nomlarining izohiga oid xarita va jadvallardan foydalanish. 
5. 
Texnik vositalar va ko‘rgazmalilik. 
Adabiyot tarixini o„rganish borasida adabiyotshunoslik fan 
sifatida shakllangan bo„lsa-da, ammo bu qadar boy merosni ta‟lim 
tizimining turli bosqichlarida o„rganish ularni o„qitish usullarining 
talab darajasida emasligi bugun ko„zga tashlanmoqda. Adabiyot 
mashg„ulotlari o„quvchilarga nazariy ma‟lumot berish bilan bir 
qatorda ularning so„z boyligini ta‟minlovchi, nutqini mazmunli, 
aniq, ravshan, ta‟sirli bo„lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, mumtoz 
adabiyot namunalarida uchrovchi o„quvchilarga ma‟nosi noma‟lum 
so„zlar qatlami, xususan, adabiyot tarixi namunalarida uchraydigan 
so„zlar tilimizning naqadar boy, nafis ekanligini ko„rsatadi. 
Ma‟naviy qadriyatlarni shakllantirishda maktab adabiy 
ta‟limining imkoniyatlari katta bo„lganligi uchun ham istiqlolga 
erishilgan kundan boshlab asosiy e‟tibor uning samara beradigan 
usullarini 
ishga 
solishga 
qaratildi. 
Birinchi 
Prezidentimiz 
I.A.Karimov o„zbek xalqi bilan jahondagi boshqa xalqlarning 
ma‟naviy-madaniy qadriyatlari o„rtasidagi uyg„unlik, ularni bir-
biriga zid qo„yish mumkin emasligi haqida gapirib, shunday degan 
edi: “Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o„rganib, o„z zaminimizga 
tatbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o„ziga xosligimizni, asrlar 
sinovidan o„tgan an‟analarimizni, hamisha iymon-e‟tiqod bilan 


106 
yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, yuksaltirib 
borishimiz zarur”. Jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga mislsiz 
hissa qo„shgan bobokalonlarimizning ma‟naviy merosini mustaqil 
O„zbekistonning kelajagi bo„lmish o„quvchi yoshlarga adabiyot 
mashg„ulotlarda singdirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
biri hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirish ko„proq adabiyotning 
zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham “adabiyot o„qitishning bosh 
maqsadi sog„lom, e‟tiqodli, o„zga insonning tuyg„ularini 
anglaydigan, o„tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan 
yetuk, o„z xatti-harakatlariga mas‟ul bo„la oladigan komil insonning 
ma‟naviy dunyosini shakllantirishdan iboratdir”,- deb alohida 
ta‟kidlanadi. "Umumiy o„rta ta‟limning "Adabiyot" o„quv 
dasturi"da. Komil shaxsning ma‟naviy dunyosini shakllantirishda 
ota-bobolarimizning ulkan madaniy-ma‟rifiy meroslari insonning 
o„zligini anglashi, o„z-o„zini tarbiyalashini taqoza etadi. Asrlar 
davomida millatimizning faxri bo„lgan shoir va yozuvchilarimizning 
asarlari axloq-odob, ta‟lim-tarbiya sohasidagi beqiyos meroslarini 
targ„ib qilishda ko„rgazmalilikdan samarali foydalanish bugun 
amalga oshirilishi zarur bo„lgan dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. Bashariyat axloqiy tafakkur xazinasiga ulkan hissa 
qo„shgan bu adiblarimiz asarlarini o„rganib, ulardan o„quvchilar 
ma‟naviyatini shakllantirish va takomillashtirishda unumli 
foydalanish zarur. Chunki yozuvchi asarlarida mehr-oqibat, axloq-
odob, halollik, poklik, do„stlik, ota-ona va farzandlarning burch 
hamda huquqlari o„z ifodasini topgan. Bu insoniy tuyg„ular yosh 
avlod qalbiga yetarli darajada singdirilgan taqdirdagina uning 
ma‟naviy kamolotini ta‟minlash mumkin. O„quvchilarda bunday 
e‟tiqodni yuzaga keltirish uchun esa "Adabiyot" darslarida hamda 
sinfdan tashqari, mustaqil o„qish va to„garak mashg„ulotlarida 
yozuvchi hayoti va ijodini ko„rgazmalilik asosida o„rgatish katta 
samara beradi.


107 
Adabiyot darslarida ko„rgazmalilikning vazifalari, turlari va 
foydalanish metodikasi. 
Badiiy adabiyot borliqni jonli manzaralarni, obrazlar orqali aks 
ettiradi. Tabiatiga ko„ra adabiyotning o„zi borliqning ko„rgazmali 
tasviridan iborat. Ammo adabiyot darslarida san‟atning boshqa 
turlari: Texnika vositalaridan kompyuter, videoproyektor, kino, 
televideniya, musiqa, tasviriy san‟at ham yordamga kelishi mumkin. 
Bular adabiyot darslariga qo„shimcha axborot manbaasi bo„lib 
xizmat qiladi, o„quvchilarda estetik tuyg„ularning shakllaniishi va 
rivojiga imkon beradi. Shuningdek, adib yaratgan obrazlarning 
o„quvchi ongida yanada puxtaroq muhrlanishiga yordam beradi. 
Hozirgi paytda turli kinoapparatlar, televizor, kompyuter va.b. har 
bir maktabda ham, har bir xonadonda ham deyarli mavjud. 
Bularnnng hisobiga ko„rgazmali qurollar doirasi yanada kengayadi. 
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ko„rgazmalilikdan darsda va sinfdan 
tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan o„z xarakteriga ko„ra jiddiy 
farq qiladi hamda boshqa-boshqa maqsadlarni ko„zda tutadi. 
To„garak ishlarda, fakultativ mashg„ulotlarda olib borish mumkin. 
O„qituvchi masalan, o„quvchilarning san‟atning muayyan turi 
haqidagi tasavvurlarini kengaytirish yoki o„quvchilarni biror tasviriy 
san‟at, musiqa asari, tele yoki kino film bilan tanishtirish vazifasini 
qo„yishi mumkin. Bu albatta, o„quvchilarning adabiy asarlarni 
o„zlashtirishga muayyan darajada ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Adabiyotning boshqa san‟at turlari bilan o„zaro ta‟siri bir xil 
bo„lmasa-da, o„quvchilarning kino, teatr, musiqa, tasviriy san‟at 
haqidagi tajribalari ularning adabiy jihatdan kamolotlarida jiddiy 
ta‟sir ko„rsatadi. Darsda esa ko„rgazmalilik o„quvchilarning aksari 
o„zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo„llanishi 
mumkin. Aks holda u birinchi rejaga chiqib, asosiy mavzu orqa 
rejada qolishi mumkin. Adabiyot darslaridagi ko„rgazmalilikning 
bosh vazifasi o„quvchilarga adabiy asarni idrok etishda 


108 
ko„maklashish, yozuvchi ijodini to„laroq tasavvur etishga 
yordamlashish 
adabiy-nazariy 
tushunchalarni 
egallashga 
qo„shimcha imkon yaratish, o„quvchilar nutqini o„stirishni 
ta‟minlashdan, bir so„z bilan aytganda, adabiyot o„qituvchisi oldida 
turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat. Bu 
xususiyat har bir aniq holatda turli xususiyatlarga ega bo„lishi 
mumkin. Ko„rgazmalilikdan foydalangandagina darslarda shartli 
ravishda o„quvchining passiv yoki faol ishtiroki haqida gapirish 
mumkin. Agar ko„rgazmali qurol o„quvchi faolligiga ijobiy ta‟sir 
ko„rsatmasa undan foydalanmagan ma‟qul. Gap mutoz adabiyot, 
yohud chet el hayoti bilan bog„liq asarlar ustida boradigan bo„lsa, 
ko„rgazmalilikning ahamiyati yanada ortadi. Zero, o„quvchi xira 
tasavvur qilgan yoki mutlaqo tasavvurga ega bo„lmagan voqea va 
hodisalar haqida ko„rgazmalilik tufayli yorqinroq va aniqroq bilim 
va tasavvurlarga ega bo„ladi. Unday paytda o„qituvchining izohi 
kamlik qiladi. Ana shu ko„rgazmalilik to„ldiradi. Ko„rgazmalilik 
o„qituvchi nigohida ham mavjud. Garchi bunday holatlarda 
o„quvchida passivlik sezilsa-da, ammo bu ko„rgazmalilikning rolini 
mutlaqo pasaytirmaydi. Ammo shunisi muhimki, ko„rgazmalilik 
vositasida o„quvchi faol muloqotga, suhbatga, faol fikrlash 
darajasiga yetadi. Ko„rgazmalilik adabiy jarayon, hodisa yoki 
obrazning muayyan qirralarini ochishga yordam bersagina shunday 
bo„ladi. Bir asarga turli rassomlar chizgan suratlar vositasida 
o„quvchi faolligini ta‟minlash mumkin. Bunday ishlar qahramonlar 
xarakterini chuqurroq anglashda, asarda tilga olingan davr 
hodisalarini yorqinroq tasavvur qilishda yordam beradi. Masalan, 
Alisher Navoiy "Xamsa" sini o„tishda dostonlarga ishlangan 
qadimiy miniatyuralar hamda hozirgi zamon rassomlari asarlaridan 
foydalanish mumkin. Ular asosida, masalan "Layli va Majnun» yoki 
"Farhod va Shirin" dostonini sujet yo„nalishi, qahramonlar 
xarakteridagi murakkabligini o„quvchilar yorqinroq tasavvur etishi 
mumkin. O„quvchilar bilim faoliyatini oshirish va faollashtirishda 


109 
ularni o„zlarini ko„rgazmali qurollar yasashga jalb etish ham 
samarali bo„ladi. Xususan, she‟riy vaznlarni belgilashda, adabiy tur 
va janrlarni ajratishda o„quvchilarning o„zini ham bunga jalb etish 
mumkin. Bu o„quvchilardagi muayyan bilimlarni mustahkamlashda 
ham qo„l keladi. Demak, ko„rgazmalilikning vazifalari nihoyatda 
xilma-xil bo„lishi mumkin. Hozirgi paytda ko„rgazmalilikning 
turlari nihoyatda xilma-xildir: illyustrativ-badiiy hamda grafik 
(chizma) materiallar, gramofon yozuvi va radioeshittirishlar, 
kinofilm va o„quv filmlar, televizion darslar, slaydlar v.h. Bunga 
yozuvchi va shoirlarning portretlari, asarlarga illyustrastiyalar, 
yozuvchi (adib) hayoti va ijodiga aloqador bo„lgan joylar 
fotografiyasi, yoki yozuvchiinng hayoti bilan bog„liq fotosuratlar, 
v.b. kirishi mumkin. Har holda eng kamida darslik va darslik 
majmualardagii rasm namunalari shu vazifani bajarishi mumkin. 
Ishda albatta hajmi qo„shimcha texnik vositalardan foydalalish ham 
qulaylik tug„diradi. Tasviriy san‟at asarlaridan namunalargina emas, 
yozuvchining o„zi va zamondoshlari aytgan fikrlar, xatlardan 
namunalar bo„lishi mumkin. Tasviriy va hujjatli materialning bir 
xildagi birlashuvi albomlardan darsda ham, sinfdan tashqari ishlarda 
ham, yakka mashg„ulotlarda ham foydalanish imkonini beradi. 
Diafilm va diapozitivlar ham asosan va shunga yaqin pedagogik 
vazifalarni bajaradi. Har xil jadval va sxemalar ham o„quvchilar 
bilimini mustahkamlash bilan birga ularning adabiy-estetik 
rivojlanishlarida omil bo„lishi, shubhasizdir. Tinglash bilan aloqador 
ko„rgazmalilik ham alohida mavqega ega. Asarni, xususan she‟riy 
asarlarni to„liq tushunish va hazm qilish uchun adib yaratgan 
tovushni obrazlarni eshitish, his qilish va baholash ham nihoyatda 
beqiyos ahamiyatga molik. A.Navoiy, Bobur, Ogahiy, Muqimiy, 
Furqat she‟rlari bilan aytiladigan ko„shiqlar plastinka va disklar 
butun o„rgatuvchilarimiz ko„p qiyinchiliksiz topishi mumkin 
bo„lgan va amaliyotga ko„p qo„llaydigan manbalardir. Musiqa va 
badiiy-ifodali o„qish adabiyot o„qitish jarayonida o„qituvchilar 


110 
faolligini oshirishda katta ijobiy rol o„ynaydi. Disklarning adabiyot 
darslaridagi zaruriyati ba‟zan nihoyatda ochiq seziladi. Masalan, 
quyi sinflarda ertak va dostonlarni, xalq qo„shiqlarini faqat eshitish 
emas, balki xalq baxshilari, laparchilari, qo„shiqchilarining ijrosini 
kuzatish 
ham 
maroqli 
va 
ta‟sirliroq 
bo„ladi. 
Ammo 
ko„rgazmalilikning asosiy narsa emas, balki "ikkinchi darajasi" 
material ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Gap shundaki, 
har qanday sifatli va zamonaviy texnik vositalar ham bevosita 
muloqot nuqtai nazaridan o„qituvchi nutqining o„rniga teng 
kelolmaydi. O„qituvchi o„zi matnni o„qishida istagan vaqtda uni 
o„ziga, tegishli zaruriy izoh va tushuntirishlar berishi, 
o„quvchilardan so„rashi mumkin. Bugina emas o„qituvchi va 
o„quvchilarning ifodali o„qishi mutlaqo boshqacha samara beradiki, 
buni aktyor yoki profissional ijrochi tomonidan amalga oshirilgan 
harakat natijasida erishishi mumkin emas. Aktyor ijrosi ko„pgina 
ustunliklarga ega, ammo u o„qituvchi va o„quvchi o„qishini siqib 
qo„yadigan yoki chegaralaydigan bo„lsa, buning oqibatida 
o„quvchining ijodiy-ijrochilik qobiliyati susayib ketishi mumkin. 
Demak, har qanday ko„rgazmalilikda bo„lgani singari, eshitish bilan 
bog„liq ko„rgazmalilikda ham o„qituvchi tegishli pedagogik va 
metodik 
talab 
va 
me‟yorlarga 
amal 
qilishi 
shartdir. 
Ko„rgazmalilikning sintetik vositalari. Kompyuter, kino va 
televideniyening imkoniyatlari nihoyatda katta. Uni maxsus 
izohlashga zarurat yo„q. Unda ham ko„rish ham eshitishi 
ko„rgazmaliligi mavjudki, ular obrazlarning makon va zamonda 
qayta gavdalantirishi bilan adabiy voqealikning asl holiga ancha 
yaqin manzarali yarata oladi. Shuning uchun ham ulardan o„quv 
maqsadlarida foydalanish imkonlari ham kelajagi ham katta. Ammo 
ulardan foydalanishning murakkabliklari ham kam emas. Xususan, 
teleko„rsatuvlar muddati va davomiyligi tabiiyki o„qituvchiga 
mutlaqo bog„liq emas. Til va kino ssenariylar orasida yozuvchi 
tarjimai holi v.b. mavjud. Tabiiyki ularning ko„pi bir necha 


111 
qismlardan iborat. O„qituvchi ularning hammasidan emas, balki, 
bevosita dars maqsadi va vazifasiga bog„liq qismlargagina 
foydalangani maqsadga muvofiq bo„ladi. Adiblar yashagan joylar 
bilan 
bog„liq 
(A.Yassaviy, 
A.Navoiy, 
Boburni) 
kinoekskursiyalardan ham shu xilda foydalanish o„rinli bo„ladi. 
Ularning ayrimlaridan sinfdan tashquri ishlarda foydalanish ham 
samarali bo„ladi. Hozirgi paytda doimo yangilanib turidigan 
teledarslar ham qo„shimcha imkoniyat sifatida nazarda tutilishi 
mumkin. Adabiyot o„qituvchisi ko„rgazmalilikning qaysi turidan va 
qanday holatda, shuningdek, qay miqdorda foydalanishini o„zi 
belgilab olishi shart. U darslar tizimi, yoki bir darsning muayyan 
qismi 
bo„lishi 
mumkin. 
Garchi 
metodik 
adabiyotlarda 
ko„rgazmalilikdan yakunlovchi darslarda mahoratli o„qituvchi 
undan istalgan dars tipi va darsning istagan qismida foydalanishi 
mumkin. Masalan, Navoiy lirikasini o„tishdan oldin sinfga 
"Kelmadi" yoki "Guluzor" qo„shiqlarini disk orqali tinglash sinfda 
Navoiy poeziyasi ruhini hosil qilishda muhim o„rin tutishi mumkin. 
Asarni o„rganishning yakunlovchi bosqichida qiyosiy yo„nalishdagi 
topshiriqlardan berish ko„proq tarqalgan. Zero, bu usul asar 
mohiyatini obrazlar xarakterini, so„z san‟atini o„ziga xos 
xususiyatlarini yorqinroq va chuqurroq anglashda eng sermahsul 
hisoblanadi. Shunga ko„ra Ma‟murjon Uzoqov ishtirokida 
«Ayrilmasun» qo„shig„ini eshitish Furqat ijodiga xos bo„lgan 
ayriliq, Furqat, hijron motivlarining ehtirosli talqining imkon beradi. 
Agar ko„rgazmalilikning didaktik funksiyasi oldindan puxta o„ylab, 
ko„rilmasa, dars samaradorligi bir qadar susayishi, ayrim holatlarda 
esa unga mutlaqo salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. U 
o„quvchilardan faol aqliy faoliyatini talab qilmaydi, darsdagi faollik 
pasayadi. Bugina emas, badiiy-adabiy obraznnng kinoobraz bilan 
bir xil baholanishi kabi xavf ham paydo bo„lishi mumkin. Biroq bu 
xavfni bartaraf qilish imkoni ham bor. Buning uchun kinoobraz 
bilan badiiy tasvirni qiyoslashga undash kifoya qiladi. Jumladan, 


112 
Otabekning iztirob chekish lavhasini kino va kitobda kuzatish orqali 
kinodan ifoda vositalari bilan adabiyotdagi tasvir vositalarini 
qiyoslash orqali so„z san‟ati imkonlari aniqroq va yorqiroq 
ifodalanadi. Asarni to„laroq idrok etish adabiyotga yaqin bo„lgan 
san‟at asarlaridan foydalanishdan oldin o„quvchilar dastlab asar 
haqida elementar bo„lsa-da tasavvurga ega bo„lishi lozim. Adabiyot 
darslaridagi ko„rgazmalilik oxirgi maqsad emas, balki vositadir. 
Shunga ko„ra o„quvchi filmni yoki rasmni ko„rib, kuy yoki 
qo„shiqni tinglab bo„lganidan keyin unga shunday savollar berilishi 
lozimki, bu topshiriq va savollar o„quvchini badiiy asar ichiga olib 
kirishga, badiiy obraz yoki tasvir mohiyatini chuqurroq anglashga, 
so„zning ta‟sir kuchini yaqqolroq his etishga yordam bersin. Yana 
bir muhim holat shundaki ko„rgazmali qurollarni yaratishga 
o„quvchilarning o„zlarini jalb etish ham muhimdir. Bunda faqat 
nusxa ko„chirish emas, balki jiddiy ijodiy mehnatni talab qiladigan 
ko„rgazmalar yasash o„quvchining umumiy badiiy estetik 
tayyorgarligiga ham jiddiy ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Yangilangan pedagogik tafakkur va adabiy ta‟limning ilmiy-
nazariy asoslarining o„zbek olimlari tomonidan maxsus tadqiqot 
obyektti sifatida o„rganilishi natijasida adabiy ta‟limning yangi 
yo„nalishdagi ravnaqi ta‟minlandi. Yozuvchi tarjimai holi, hayoti va 
ijodini o„rgatish jarayoniga ko„rgazmalilikdan samarali foydalanish, 
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etilsa, estetik tahlil usullari tatbiq 
etilsa, ijodkor yaratgan badiiy olamning o„ziga xosliklarini 
o„quvchilar to„laroq o„rganishlariga erishish mumkinligi o„z isbotini 
topdi. Demak, yozuvchi tarjimai holi hayoti va ijodini o„rgatishda 
pedagogik 
va 
innovastion 
texnologiyalardan 
foydalanish 
muammosining ilmiy-nazariy va metodik asoslarini adabiy ta‟lim 
ravnaqini ta‟minlagan ilg„or pedagogik qarashlar, estetik tamoyillar 
hamda fan yutuqlari tayin etadi. O„quvchida ijodkor nuqtai nazari 
haqida aniq tasavvur va fikr hosil qilish uchun jonli ko„rgazma va 


113 
asar tahlilida uning markazidagi g„oyaga, yaratilgan badiiy 
umumlashmaga alohida e‟tibor qaratish ta‟lim samaradorligini 
oshiradi. Adabiy ta‟limining yetakchi maqsadlaridan birini o„quvchi 
ma‟naviyatini yuksaltirish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etganligi 
uchun ham ijodkor hayoti haqidagi ma‟lumotlarni o„rgatish 
vositasida yoshlarda yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib 
toptirish; ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta‟sirida 
o„quvchilarning ilmga, san‟at va adabiyotga mehrini o„stirish; 
muayyan ijodkor asarlarini o„rganish orqali uning qalb haroratini, 
tuyg„ulari va ruhiyatini his qilishga o„rgatish vositasida o„quvchilar 
ma‟naviyatini yuksaltirishga erishiladi, degan xulosaga keldik. 
O„quvchilarni kitob o„qishga qiziqtirishda ko„rgazmali qurollar 
muhim didaktik vosita sanaladi. Yozuvchi hayoti va ijodiy faoliyati 
haqqida o„qituvchi-o„quvchilarda keng tasavvur hosil kilish, shu 
orqali ularni milliy ma‟naviyat, milliy istiqlol g„oyalari ruhida 
tarbiyalash ishlarida oldindan puxta tuzib olingan sstenariy 
asosidagi darsdan, maktabdan tashkari tashkil etiladigan tadbirlar, 
xususan, adabiy kecha, sayohatlar, ko„rgazmalar muhim o„rin tutadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling