O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Benavodurman bu bog„ ichra onamdan ayrilib
Men etim bo„ldim netay, qoldi qanotim qayrilib. 
 
Shu voqeadan keyin hech kimi qolmagan Mashrabning 
qo„nimsiz hayoti boshlanadi. Uning keyingi deyarli qirq yillik umri 
doimiy safarda, darbadarlikda, turli o„lkalarda musofirlikda o„tadi. 
Mana baytlar ham shoir hasbu holidan xabar beruvchi lavhalarni
tasvirlaydi:
Bu musofir shahrida har dam tutashib yonaman,
Har qayon borsam bu kun yo„ldan adabiyot boraman. 
Na otam bor, na onam bor-hech kishim yo„qdur meni. 
Har tegi devorlarda zoru sargardonman… 
Dog„lar kuydi yurakka bu falakning gardishi, 
Qismatim andog„ ekan, men jumladin begonaman. 
Mashrab ana shunday qo„nimsiz, darbadarlik hayotiga 
qaramay, o„z davrining xalqona buyuk shoiri sifatida nom qozondi. 
Uning jo„shqin va sodda g„azallari, hayotiy mazmundor she‟rlari el-
yurt orasida keng tarqaldi va ularning bebaho mulkiga aylandi. 
Shoir safarining oxirgi nuqtasi bo„lgan Balx shahri yaqinidagi 
Qunduz shahrida Balx shahri hokimining hukmi bilan dorga osiladi. 
Otashin shoir, jasur qalb sohibi Mashrab, haq so„z uchun Mansur 
Halloj, Nasimiy singari shahid qilindi. 


96 
Yuqorida tilga olingan ijodkorlarning tarjimai holi, o„zlari 
tomonidan keltirilgan hasbu hollar tabiiyki, o„quvchilarning 
xotirasida saqlanib qoladi. Ayni paytda muhim tarbiyaviy ahamiyat 
kasb etadi. Ular ijodkorning tarjimai holidan o„zlari uchun kerakli 
xulosalarni chiqarishda muhim manba hisoblanadi. Bobur hayoti 
o„quvchilarni Vatanga muhabbat, tug„ilib o„sgan yurtini qadrlash 
tuyg„usini o„yg„otsa. Alisher Navoiy haqidagi ma‟lumotlar inson 
o„z 
qobiliyati, 
mehnati, 
e‟tiqodi 
orqali 
hayotda 
ko„p 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini anglaydilar. 
Mashrabning tarjimai holi esa, o„quvchilarning xayoliga
kelmagan, o„tmish tariximizning achchiq, ziddiyatlarga to„la, 
adolatsiz jamiyat haqida, o„sha jamiyatga qarshi kurashgan 
shoirning ichki iztiroblarini tasavvur qiladi. Ijodkorlar tarjimai holi 
bolalar uchun fikrlar va tuyg„ularga boy xazina hisoblanish 
barobarida. Hayot haqidagi tushunchalar namunasi hisoblanadi. 
Ijodkor tarjimai holiga bag„ishlangan mashg„ulotda o„qituvchi 
uning shaxsiyati bilan bog„liq, davrning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
ijodkorning o„rni boshqa ko„plab ma‟lumotlarni atroflicha qamrab 
olish imkoniyatiga ega bo„lmaydi. Shu bois, u ayrim yozuvchi bilan 
bog„liq bo„lgan ma‟lumotlarda o„quv dasturiga kiritilgan asarlaridan 
parchalar orqali to„ldirib boradi. Bular asosan, ijodkorning bolalik 
davrida o„qishga bo„lgan havasi, ijod bosqichlari, ijodining eng 
samarali va kashfiyot darajasiga ko„tarilgan davri bilan bog„liqdir. 
O„qituvchi ijodkor tarjimai holi haqidagi mashg„ulot 
so„nggida, o„quvchilardan ijodkor haqida xulosalarini aniqlashda 
savol va javob tashkil etishi mumkin. Masalan,
 
1.Ijodkorning shaxsiyati va ijodiy qarashlari haqida qanday 
tasavvurga ega bo„ldingiz? 
 
2.Ijodkorning boshqa shoir va yozuvchilardan farqli va 
betakror jihatlari qaysi asarlarida ko„zga tashlanadi? 
3.Qaysi ijodkor o„z asarlari orqali kitobxonni qanday lisoniy 
fazilatlarga o„rgata oladi? 


97 
Yozuvchi tarjimai holini o„tishda ko„rgazmalilik asosida olib 
borish mashg„ulotning samaradorligini oshirishda katta xizmat 
qiladi. Chunki, turli mavzulardagi asarlar yozgan ijodkor haqida 
taassurot o„yg„otish keyingi o„tiladigan mashg„ulotning mazmunli 
chiqishida uzviylikni ta‟minlaydi. 
Ko„rgazmalikning eng asosiy ko„rinishi eng avvalo, 
o„qituvchining ta‟sirli nutqi, uning matn o„qishdagi ifodali mahorati, 
zarur o„rinlarda musiqiy asbobni chalish, qo„shiq aytishi kabi 
jihatlari hisoblanadi. 
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan o„z o„rnida qo„llanilgan 
ko„rgazmali qurollar u yoki bu ijodkorning yashagan davri, hayoti 
va ijodiy yo„lini atroflicha, jonli va aniq yoritib berishga, 
o„quvchilarda u haqda atroflicha tasavvur hosil qilishlariga xizmat 
qiladi. 
Ijodkor hayoti va ijodi haqidagi mashg„ulotlarni muzeylarda, 
adabiyot kabinetlarida, hozirda tashkil etilgan ijod maktablari 
qoshida o„tkazilsa, mashg„ulot yanada qiziqarli bo„ladi. 
Bugungi kunda texnik vositalar yordamida mashg„ulot olib 
borishning turli usullari mavjud bo„lib, ulardan unumli foydalanish 
imkoniyatlari ham mavjuddir. Mumtoz adabiyot shoir va 
yozuvchilari tarjimai holini o„tishda ijodkor o„zi yozib qoldirgan 
hasbu hol tarzidagi lavhalari, zamondoshlarining u haqidagi 
xotiralari, ularning qo„lyozma asarlarining nusxalarini o„quvchilarga 
ko„rsatish ular yashagan davr haqida bir muncha keng tushuncha 
beradi. Masalan, Alisher Navoiyning Samarqanddagi hayoti ustozi 
Xoja Fazlulloh Abullaysiy va boshqa olimlardan bilim olgani haqida 
fikr yuritilayotganda tarixchi Xondamirning «Makorim ul-axloq» 
kitobida keltirilgan xotiralaridan misollar keltirish mumkin. 
Xondamir shunday yozadi: «Xoja (Abulays) janoblari har vaqt u 
ustozning tab‟idagi o„tkirlikni maqtar va uni boshqa talabalardan 
ortiq ko„rar edi». Tabiiyki, bu lavha o„quvchilarda Alisher 


98 
Navoiyning qayerda bo„lmasin ilmga chanqoq, qobiliyatli talaba 
bo„lganligini anglaydilar. 
Yoki, Alisher Navoiyning tarjimai holida yorqin iz qoldirgan 
davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida so„z borar ekan, uning 
adolatli xalqqa nisbatan shafqatli ekanligini tasdiqlovchi quyidagi
ma‟lumot ham muhim ahamiyatga egadir.
Bu lavha ham Xondamir qalamiga mansub bo„lib, shunday 
yozadi: «Bir soatlik adolat, oltmish yillik ibodatdan afzal» degan 
so„zlarga amal qilib, amirlik taxtini va hukumat masjidini o„zining 
muborak qadami bilan ziynatladi va jabru-jafo raqamlarini davron 
sahifasidan mahv qilib, adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga 
ochib qo„ydi. Yaralangan davr jarohatlariga malham quyub, nur 
alam dahr kasallariga adolat sharbati bilan shifo bahsi etdi». 
Tabiiyki, bu xotira, faqat Alisher Navoiy shaxsiyatiga tegishli 
bo„lib qolmay, balki u yashagan davr hayotiga ham tegishlidir. 
Ijodkor tarjimai holiga bag„ishlangan mashg„ulotda shoir yoki 
yozuvchi yashagan yoki borgan shahar va qishloqlarini o„sha 
davrdagi ko„rinishini tasavvur qilishlari uchun xayoliy, adabiy 
sayohat (ekskursiya) ham tashkil etish mumkin. 
Masalan: «Hirot – Alisher Navoiy tug„ilgan shahar», «Alisher 
Navoiy – Samarqand», «Alisher Navoiy – Astrabod hokimi», 
«Mashhad – Alisher Navoiyga madrasa ta‟limini bergan shahar», 
«Bobur – Andijon farzandi», «Bobur va Samarqand», «Bobur – 
Hindistonda», «Mashrab – Balx va Qunduz shahrida» kabi yo„l 
xaritalari shular jumlasidandir. 
Ijodkor tarjimai holi haqidagi ma‟lumot va shaxsan o„zi 
ma‟lumot bergan hasbu holi haqida ma‟ruza qilgan o„qituvchining 
nutqi, ijodkorning yozma nutqiga oid asardan olingan parchalar
xalq maqollari va hikmatli so„zlar o„quvchilarga noma‟lum atamalar 
ham o„quvchilar dunyoqarashini shakllantiradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling