O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- She’riy va nasriy asarlarni o‘rganishda muammoli ta’limning o‘rni va ahamiyati qanday
- 1. Adabiyot o‘qituvchisining faoliyati bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar tahlili. 2. Adabiyot o‘qituvchisini oldiga qo‘yiladigan talablar.
- 4. O‘quvchi shaxsiga, pedagogik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar.
Savol va topshiriqlar:
1. Innovatsion texnologiyalar haqida tushunchangizni bayon qiling. 2. Muammoli ta’lim va muammoli vaziyatni tashkil etish usullarida nimalarga e’tibor berish lozim? 3. She’riy va nasriy asarlarni o‘rganishda muammoli ta’limning o‘rni va ahamiyati qanday? 4.1- Mavzu:Adabiyot o„qituvchisining faoliyati, darsga tayyorlanishi va uning shaxsiga qo„yiladigan talablar Reja: 1. Adabiyot o‘qituvchisining faoliyati bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar tahlili. 2. Adabiyot o‘qituvchisini oldiga qo‘yiladigan talablar. 3. Adabiyot o‘qituvchisi va o‘quvchilar bilan hamkorlik jarayonida o‘tiladigan mavzularning ta’siri va tarbiyaviy ahamiyati. 70 4. O‘quvchi shaxsiga, pedagogik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar. O„zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida ijtimoiy- gumanitar fan sohalarida sifat jihatidan ko„tarish bilan bog„liq qator me‟yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda va amaliyotda qo„llanilmoqda. Bu esa o„z navbatida adabiyot o„qituvchisining oldiga qator talablar qo„yilishiga olib keladi. Shu o„rinda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy Majlisga Murojaatnoma”sidagi (2020-yil 24- yanvar) quyidagi mulohazalarida,- “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari nomli g„oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o„ta sharafli vazifa”, - ekanligini alohida uqtirib o„tgan. Yuqorida e‟tirof etilgan insoniy fazilatlarni tajribada amalga oshirishda, asosan adabiyot o„qituvchisining o„rni va pedagogik faoliyatining o„rni kattadir. Bu vazifalarni belgilash va amalga oshirishda shubhasiz o„qituvchilar zimmasiga ma‟lum talablarni qo„yadi. Ayniqsa, shu o„rinda adabiyot o„qituvchisi o„z o„quvchilariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan alloma shoir va yozuvchilarning asarlarini talab darajasida yetkazish masalasi kun tartibiga qo„yilmoqda. Bundan kutilgan maqsad boy va sermazmun bo„lgan o„zbek adabiyoti tarixi namunalarini chuqur o„rganish orqali ularda tasvirlangan ma‟naviy qadriyatlarni e‟zozlash, har bir asar mohiyatini chuqur his qilishdan iboratdir. Bu mas‟uliyatli vazifani amalga oshirish uchun adabiyot o„qituvchisi har bir mavzuga doir o„qitish usullarini kashf etmog„i va amaliyotda qo„llamog„i lozim. Buning uchun o„qituvchi adabiyot o„qitish metodikasiga doir uslubiy qo„llanmalar bilan tanishib chiqmoqlari, turli ko„rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanishlari kerak bo„ladi. 71 O„rni kelganda, o„qituvchi murakkab matndagi asarlarni o„quvchilarga tanishtirishda amaliyotda qo„llanilgan ijobiy natijalar beradigan o„qitish usullaridan foydalanishi lozim bo„ladi. Adabiyot o„qituvchilari uchun yordam beradigan sharqona o„qitish usullaridan ayrimlari darslikka kiritildi. Umuman olganda ilg„or tajribaga ega o„qituvchining faoliyatini o„rganish va uni targ„ib qilish katta ahamiyatga ega. O„zbek adabiyoti tarixiga doir mashg„ulotlarda sinov darslarini tashkil etish jiddiy tayyorgarlik va e‟tiborni talab etadi. Eng avvalo, sinov darslari uchun tanlangan mavzular til va yozilish uslubining murakkabligini hal qilish uchun asosiy omillarni yaratish va amalda qo„llash lozim. Tabiiyki, mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilish matndagi so„zlar qatlamini izohlashni va sharhlashni lug„atlarsiz amalga oshirib bo„lmaydi. Ma‟lumki, lug„atlar keng iste‟moldagi so„zlardan tashqari, iste‟moldan chiqqan yoki nihoyatda kam iste‟mol qilinadigan umumturkiy, arab va fors-tojik so„zlarini ham qamrab oladi. Matn ma‟nosini tushunishga bo„lgan qiziqish qadimdan davom etib keladi. Bu ehtiyoj turli davrlarda turli ko„rinishdagi lug„atlarning yaratilishiga sabab bo„lgan. Lug„at, xususan, ma‟lum ma‟noda ochqich-kalit vazifasini ham o„tagan. Chunki lug„at har qanday murakkab matnni sodda, eski matnni yangilaydigan sehrli qudratga egadir. Ma‟lumki, jamiyat tarixi – so„z tarixi, so„z tarixi esa jamiyat tarixidir. Muayyan davr so„zlarining surati, siyrati va sinoatini o„zida mujassamlashtiruvchi, albatta, lug„atlardir. Mashhur fransuz adibi Anatol Fransning “...lug„at alifbo tarkibidagi butun olamdir” degan gapi bejiz aytilmagan. O„zbek lug„atshunosligining tarixi Xl asrda yaratilgan Mahmud Koshg„ariyning «Devonu lug„otut-turk» nomli asariga borib taqaladi. Keyinchalik turli davrlarda turli sohalarni yorituvchi lug„atlar birin-ketin yaratila boshlagan. Ayrim lug„atlar hozirda Hamid Sulaymon nomidagi 72 qo„lyozmalar instituti fondida, Sharqshunoslik instituti fondida, Samarqand davlat universiteti kutubxonasi fondida saqlanmoqda. Adabiyotshunos Botirbek Hasanov Hamid Sulaymon nomidagi qo„lyozmalar institutida saqlanayotgan 45 ta lug„atlar tasnifini keltiradi. Jumladan, Mahmud Zamaxshariyning “Asos ul-balog„a” asari va to„rt tilli “Muqaddimat ul-adab” lug„ati (XII asr), muallifi noma‟lum “Attuhtuz-zakiyati fil” lug„ati (XIII asr), Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma”si (XVII asr), Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaqab ul-lug„ot”i (XVIII asr), Mirzo Mahdiyxonning “Sangloh”i (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning “Lug„ati chig„atoyi va turki usmoniy” asari (XIX asr) va boshqalar shular jumlasidandir. Bu qo„lyozma lug„atlar tasnifi xususida so„z borar ekan, ularning mualliflari, tuzilishi, hajmi, lug„at tuzilishiga sabab bo„lgan omillar, homiylar haqida ilmiy to„plamlarda ma‟lumot berilgan. Ayniqsa, Xlll-XlV asrlar mobaynida turkcha-arabcha, turkcha- forscha tarjima lug„atlari ko„plab tuzilgan. Bunday lug„atlar qatorida «Tarjimoni turki va arabi» (1245 yil), «Kitobul idrak melisanul atrak» (Abu Hayyan) lug„atlarini keltirish mumkin. Alisher Navoiydan so„ng uning asarlarini izohlashga bag„ishlangan turli lug„atlar yuzaga keldi. Tali Xeraviyning «Badoyi‟ ul-lug„at”i (XV asr oxiri), «Abushqa» nomi bilan tanilgan (XVI asr) lug„at shular jumlasidandir. Mavlono shayx Ilohdod Fayziy ibn Asad al-ulamo Alisher Sirihindiyning «Mador al-afozil» (1593-yil) lug„ati arabcha, forscha va turkcha so„zlar izohini o„z ichiga olgan. Eng muhimi, muallif forsiy so„zlarning ma‟nolarini sharhlashda Salmon, Sa‟diy, Xo„ja Hofiz, Kamol Isfahoniy, Nosir Sheroziy, Mansur Sheroziy, Ustod kabi yuzlab shoirlardan yoki muallifi ko„rsatilmagan asarlardan 73 misollar keltiradi. Shu bois olim bu lug„atni eng yaxshi qo„llanma deb ham ataydi 1 . Tilga olingan lug„atlar, ularning yaratilishi tarixiga nazar solar ekanmiz, arab, fors-tojik tilini chuqur o„rganishga bo„lgan e‟tibor va ehtiyoj ko„zga yaqqol tashlanadi. Chunki, VIII asrdan boshlab arab tilining nufuzi oshganligi, diniy-tasavvufiy asarlarning shu tilda yaratilishi, yoki fors-tojik tili rasmiy til tarzida keng qo„llanilganligi bois, boshqa tillarda so„zlashuvchi, ilm oluvchi xalqlar uchun lug„atlar zarur ekanligi tabiiy hol edi. Tuzilgan lug„atlar, xususan, ilmli, savodli kishilar uchun, madrasa mudarrislari va talabalari uchun eng zaruriy qo„llanma vazifasini ham bajargan. Chunki lug„atlarsiz, ularda keltirilgan izohlarsiz matn sir-asrorini bilib bo„lmagan. XVII asrda yashab ijod etgan olim Muhammad Husayniy Burhon “Burhoni qote‟” lug„atini yaratgan. Bu lug„atda 20 mingdan ortiq so„zlarga tasnif-sharh berilgan bo„lib, asosan vazndosh, ohangdosh so„zlarni yonma-yon qo„yib to„g„ri o„qish va talaffuz qilish qoidalari inobatga olingan 1 . Lug„atlar orasida badiiy adabiyot sohasida muhim manba va namuna sifatida e‟tirof etiladigan Muhammad Xoksorning “Muntaxab ul-lug„at” asarini olishimiz mumkin. Muallif bu asarda, boshqa lug„atlardan farqli o„laroq, o„zidan oldin yaratilgan lug„atlardan keng foydalangan 2 . Shuningdek, Taftazoniy, Husayn Voiz asarlaridan, Sharqda mashhur shoirlarning she‟rlaridan namunalar keltirgan. Bu o„rinda M.G„iyosiddinning «G„iyos ul- lug„at»ini ham qayd etish lozim. 1 Ҳасанов Б. Қўлѐзмалар институтининг қўлѐзма луғатлари таснифи // Адабий мерос. Илмий тўплам. 2-3 (14-15-сонлари). –Т.:Ҳамид Сулаймон номидаги Қўлѐзмалар институти нашриѐти., 1980, 70-бет. 1 Муҳаммад Хусайн Бурхон. Бурхони қотеъ. Луғат. II жилдлик. – Душанбе: Адаб, 1993. 2 Ҳасанов Б. Қўлѐзмалар институтининг қўлѐзма луғатлари таснифи // Адабий мерос. Илмий тўплам. 2-3 (14-15-сонлари). –Т.:Ҳамид Сулаймон номидаги Қўлѐзмалар институти нашриѐти, 1980, 70-бет. 74 Munaqqid Ibrohim Haqqulov so„zga ta‟rif berar ekan, «so„z - kalit, so„z - mahak tosh, so„z - iste‟dod darajasini belgilovchi mezon …Muhammad Fuzuliy devoni debochasi»da «ilmsiz she‟r asosi yo„q devor o„lur va asossiz devor g„oyatda bee‟tibor o„lur» deydi. Biz «asosi yo„q devorga o„xshash «zamonaviy» she‟rlarni o„qiyverib, she‟rni ilm bilan emas, ilmsizlik bilan qabul aylash va o„rganishga odatlanib qolganmiz. Bu ko„nikma mumtoz she‟riyatimizning zavq, ruhiyat va san‟at dunyosidan shu darajada yiroqlashtirdiki, oxir-oqibatda ko„pchiligimiz u yoki bu she‟rning mazmunini quruq chaynash, yo„q sifat va fazilatlarni to„qib, uni maqtashdan ilgarilay olmaydigan bo„ldik» 3 deb yozadi. Yuqoridagi fikrlardan ko„rinadiki, sinov darslarining samarali natija berishi matndagi g„oyani ochib berish bilan belgilanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling