O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Download 233.38 Kb.
bet28/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

16 – variant
Sohib miltiqni otgach, qayiq g‘arq bo‘lganda, Shoshibushon hodisa ro‘y bergan joyda bo‘lib, hamma hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. U ag‘darilgan qayiq oldiga darhol suzib borib, qayiqchi va eshkakchilarni halokatdan qutqardi. Faqat bir kishini qutqazib bo‘lmadi, u falokat yuz bergan chog‘da qayiq ayvonchasi ostida ziravor yanchib o‘tirgan ekan. (R.Thok.)
17 – variant
Shu yuqoridagi maktubga shoh Nu’mon imzo chekib, nomani olib boruvchi kishini yo‘lga soldi. Chopar ham yetib kelib, bitikni shoh Navdar qo‘liga topshirdi. Navdar xatni ochib ko‘z tashlar ekan, undagi barcha gaplarni o‘qidi, va’da qilingan soatdan xabardor bo‘ldi, xuddi o‘sha paytda askarni ham, qurol-yarog‘ni ham tayyorladi. («Sab’ai sayyor».)
18 – variant
Cho‘lpon
Hurlikni va haqiqatgo‘ylikni jonidan ortiq ko‘rgan shoir Cho‘lponning hayot va ijod yo‘li ibratga loyiqdir.
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanar edi. U o‘z zamonining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu tillardagi adabiyotlarni puxta biladigan o‘qimishli kishi bo‘lib yetishdi.

19 – variant
Vaqt tun yarmidan oshgan. Rasadxona teran sukutda.
Odatdagiday, kechasi samoviy holatlarni kuzatib o‘tirgan mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi bir payt vujudida xiyol noxushlik sezib, o‘rnidan turdi. Lekin qo‘lidagi olatlarni joyiga qo‘yib ulgurmagan ham ediki, qayerdadir yuqorida, birinchi oshyonada, oyoq tovushlari eshitildi. Bu tovushlar rasadxona tolibi ilmlarining sharpasiz odimlariga o‘xshamas, sipohlarning betakalluf qadamlarini eslatardi. Mavlono sergaklanib, yuqori oshyonaning darchaday kichik o‘ymakor eshigiga tikildi. Eshik sharaqlab ochilib, mash’al ko‘targan ikki navkar ko‘rindi, nimqorong‘i rasadxonada buyuk va o‘ktam ovoz yangradi:
-Mavlono Ali ibn Muhammad Qushchi hazratlari! Shahriyori falak - iqtidor Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy a’lo hazratlari Ko‘ksaroyga tashrif buyurmog‘ingizni amr qildilar! (O.Yoqub.)

Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling