O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Download 233.38 Kb.
bet35/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

Munira Baxtiyor

SO‘Z SIRI”


Bilasizmi?
So‘zlar ham odamlarga o‘xshaydi. Tug‘iladi, shakli va ma’nosi o‘zgarib, rivojlanadi, ya’ni o‘sib-ulg‘ayadi... Qolaversa, qarib, umrini yakunlaydi – jonli nutqda qo‘llanmay qo‘yadi, faqat lug‘atlardagina saqlanib qoladi.
Bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga odamlar kirib kelganligi kabi bir tilga boshqa tillardan ham so‘zlar kirib keladi. Biz uni o‘zlashma so‘zlar deb ataymiz. Shuningdek, boshqa tillarga ham so‘zlarimiz kirib boradi. Axir, bugungi kunda ona tilimizga mansub kurash, chala, yonbosh, g‘irrom, halol kabi so‘zlarimiz jahongashta so‘zlarga aylanib ketmadimi!
Davrlar o‘tishi bilan so‘zlarning ma’nosi ham goh kengayib, goh torayib boradi. Ba’zilarining asosiy ma’nosi unutilib, ikkinchi darajali ma’nosi faollashadi. Quyida ulardan biriga to‘xtalamiz.
QURALAY. Bu so‘zni eshitishingiz bilan gap ko‘z haqida ketayapti, deb o‘ylaysiz. Albatta, to‘g‘ri: chiroyli, go‘zal ko‘zlar haqida. Chunki xalqimizda quralay ko‘z, ko‘zlari quralayday degan ifodalar bor. Yoki mashhur:
Quralay ko‘z, quralay,
Derazangdan mo‘ralay
degan xalq qo‘shig‘ini eshitgandirsiz.
Quralay ko‘z deganda qizlarning chiroyli, katta-katta, ikki cheti biroz qiyilgandek ko‘zlari tushuniladi. Masalan, Mehribon ko‘zlari jigarga moyil, quralay. («Yoshlik» jurnali). Quralay ko‘z, bodomqovoq, sarv qomat (S.Siyoyev, “Avaz”).
Ammo aytib o‘tish lozimki, bu ma’no so‘zning bosh ma’nosi emas. Bunga amin bo‘lish uchun so‘zning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi izohiga e’tibor qaratamiz:
“QURALAY 1 Kiyik yoki ohularning yosh bolasi.” (5-tom)
Lug‘atda bosh ma’no arab raqami 1 bilan beriladi. Yuqoridagi 1 soni – shunga ishora.
Endi hozirgina tug‘ilib, chopqillab yurgan kiyik bolasini ko‘z oldingizga keltiring. Uni siz kitoblarda, televizorda yoki hayvonot bog‘ida uchratgansiz, albatta. Agar siz uning ko‘zlariga e’tibor bermagan bo‘lsangiz, keyingi safar, albatta, diqqat qiling. Beg‘ubor, mas’um va hayotga hayrat va tashnalik bilan boquvchi chanqoq bu ko‘zlar tasavvuringizda bir umr mixlanib qoladi.
Qizlarning chiroyli ko‘zlari ana shu murg‘ak ohuning ko‘zlariga o‘xshatiladi.
Ko‘rdingizmi, inson o‘xshatish asosida ham go‘zallikni baholaydi. Chunki biz borliqni tasavvurlarimiz asosida ko‘ramiz.
Demak, quralay so‘zining bosh ma’nosi ma’lum darajada kuchsizlanib, bugungi kunda ko‘chma ma’nosi faollashgan, xalq ongida asosiy ma’noga aylangan.
Baxtiyor Mengliyev

1. Маҳмудов Н. Маърифат манзиллари. –Тошкент: 1999.

2. Санақулов У. Қадимги туркий халқларнинг маънавияти (Академик лицей ва касб-ҳунар коллежларида маънавий-маърифий ишлар бўйича услубий қўлланма). -Самарқанд: СамДАҚИ, 2005, 14-бет.



Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling