O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi
Download 233.38 Kb.
|
нутқ маданияти Majjmu
Munira Baxtiyor
ILM Er sharini ulkan bir qurilish maydoni deya tasavvur qilaylik. Unda har birimizning o‘z vazifamiz bor. Masalan, g‘isht bilan bog‘liq jarayonni olaylik. Birov g‘isht quyadi. Boshqa bir kishi esa shu g‘ishtdan ajoyib binolar quradi. Uchinchi toifa odamlar esa na yaratadi, na quradi. Ular faqat kuzatuvchilar va tahlilchilardir. Odamlarning ilmga munosabati ham xuddi shunday. SHu asosda olimlarni uch toifaga bo‘lish mumkin: 1.Ilmni yaratuvchilar (g‘isht quyuvchilar kabi). 2.Ilmni tatbiq etuvchilar (g‘ishtdan bino quruvchilar kabi). 3.Ilmni kuzatuvchilar (g‘ishtni kuzatuvchilar kabi). Birinchi toifa olimlar tafakkur va tasavvur mahsulini ma’lum bir shaklga soladi. Ilmni yaratadi. Ikkinchi toifa olimlar esa ilmni tatbiq etuvchilar bo‘lib, mavjud ilmlar asosida yangi qarashlarni shakllantiradilar. Egallagan har bir ilmini amalda qo‘llab ko‘rishadi. Ular uchun amaliyot eng dolzarb ahamiyatga ega. Tajriba natijasida kashfiyotlar yaratadilar, o‘z qobiliyatlarining yangi ufqlarini ochishadi. SHu bilan birga, bu toifa kishilar har qanday sohada mustaqil fikrlaydigan, mavjud narsadan yangidan-yangi narsalar yasay oladigan, o‘zlarida buyuk yaratuvchilik qobiliyatini tarbiyalab boradigan kishilardir. Ilmda bu toifa katta rol o‘ynaydi. Uchinchi toifa olimlar kimlardir tomonidan yaratilgan ilmlarni tinmay kuzatadi va tahlil qiladi. Obrazli qilib aytganda, oftobda quriyotgan g‘ishtlarni kuzatadi, aytarli hech ish qilmasa-da, g‘ishtlarga termulib, unga mo‘ltirab, belgi-xususiyatlarini tavsiflab o‘tiraveradi. Ko‘p bo‘lsa, ahyon-ahyonda o‘sha g‘ishtlarni u erdan bu erga olib taxlaydi, xolos. Ammo g‘isht quya bilmasligi va undan biror narsa qura olmasligiga qaramasdan, u haqda ko‘p narsani biladi. Demak, bunday kishilar yangi ilm ham yaratmaydi, uni amaliyotga tatbiq ham qila olmaydi, balki tegishli ilm haqida “ilm”ga ega bo‘ladilar, xolos. Biz ilm hosil qilar va egallar ekanmiz, o‘zimizga quyidagi savollar bilan murojaat qilishimiz lozim. YAratgan va egallagan ilmimiz menga va jamiyatga qanday naf beradi? Egallangan ilmdan qanday yangi ilm yaratish mumkin? Ilmni amaliyotga bilan qanday bog‘lash mumkin? Bu savollar ilm egallash jarayonining asosiy yo‘ldoshi bo‘lishi lozim. SHu tariqa barchamiz ilmi yo‘lida foydali va maqsadli harakat qila boshlaymiz. Natijada ilmda jamiyat uchun hech qanday foydasiz, befarq kuzatuvchiga aylanib qolishdan xalos bo‘lamiz. Download 233.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling