O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Download 233.38 Kb.
bet33/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

Munira Baxtiyor
TAJRIBA – NUQSON – MUVAFFAQIYAT
O‘z xatolarini bartaraf etishni xohlovchilar, umuman olganda, o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘ladigan kishilar oramizda juda ko‘p. Ilon po‘st tashlagani kabi, nuqsonlaridan peshma-pesh xalos bo‘lib borishni maqsad qilib, bunga qat’iyat bilan, rejali tartibda intiladigan yoshlar esa kelajakda buyuk insonlar bo‘lishga qodir kishilar. Men kishilarni o‘z nuqsonlariga munosabati nuqtai nazaridan quyidagi toifalarga ajratgan bo‘lar edim:

  1. O‘z nuqsonlarini tan olmaydiganlar.

  2. O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni istamaydiganlar.

  3. O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni istaydiganlar.

  4. O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni maqsad qilganlar.

  5. O‘z nuqsonlarini bartaraf etishga harakat qiladiganlar.

Har bir o‘rin, bir vaqtning o‘zida, o‘sha kishilarga men tomonidan qo‘yilgan bahoni ham anglatadi. Masalan, o‘z nuqsonlarini bartaraf etishni maqsad qilganlarning bahosi – “4”, nuqsonlarini bartaraf etish yo‘lida harakat qiladiganning bahosi esa – “5”.
Men quyida tengdoshlarimga biror maqsadga erishish uchun harakat qilish davomida qanday saboqlar olish mumkinligi haqida to‘xtalmoqchiman.
Biror ishni bexato bajarishni o‘rganishning eng yaxshi usuli, ya’ni muvaffaqiyatning birinchi garovi, avvalambor, o‘sha ishni noto‘g‘ri bo‘lsa-da, bajarib ko‘rishdir. Zero, eng ulkan saboq – mag‘lubiyatdan chiqarilgan zarur xulosa, mag‘lubiyatni his etish tajribasidir. Bunda o‘zimizni shaxs sifatida chuqurroq anglab etamiz. Qolaversa, kelgusi muvaffaqiyatlarga zamin hozirlaymiz.
Ikkinchi saboq – muvaffaqiyatga erishgan, har tomonlama etuk insonlarning hayotini kuzatib borish. Ularning so‘zlari va amallarini o‘zimizga namuna qilib olaylik. Zero, atrofimizdagi har qanday inson biz uchun bebaho USTOZ bo‘lishi mumkin. Masalan, birovdan qanday bo‘lish va nima qilish kerakligini o‘rgansang, boshqa birovdan qanday bo‘lmaslik va nima qilmaslik kerakligi bo‘yicha saboq olasan. Faqat ulardan nimani o‘rganish, nimasidan saboq olishni aniqlab olish kerak.
Hayotning har kuni bir dars, har lahza bir saboq va, ta’kidlash joizki, faqat hech kim mukammal emas, boshqalar esa mukammal bo‘la oladi. Axir, biz HECH KIM emasmiz-ku! Bizni kamolotga shunchaki tajribalar emas, balki mukammal tajribalar etkazadi. Mukammal tajriba esa chuqur anglangan, tahlil qilingan tajribadir. Masalan, qo‘lingizga tikan kirdi va og‘riq sezdingiz. Bu – oddiy tajriba. Lekin bu hodisaning sabablarini aniqlab, oqibati nima bo‘lishini ceza olsangiz, tajribangiz mukammalik kasb etadi.
Kundalik hayotimiz tajribalarga to‘lib-toshgan. Modomiki, biz ularni anglamas va tahlil qilmas ekanmiz, ular oddiyligicha qolib ketaveradi.



Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling