O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi
Download 233.38 Kb.
|
нутқ маданияти Majjmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-m a ’ruza: Nutq ta’sirchanligini oshirishning nolingvistik vositalari Reja
- Tayanch so‘z va iboralar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari. – Toshkent, 1988. 2. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. – Toshkent, 1983. 3. Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992. Xorijiy manbalar Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of literary texts Poet 7, 1977. – C. 50-60. Bar-Hillel Y. Language and Information. Addison-Wesley. Reading.Mass.,1964. Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936. Coseriu E. Thesen zum Thema “Sprache und Dichtung”. – In: Beitrage zur Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971. Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978. Spitzer L. Linguistics and Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton. 1948. 236.p Stankiewicz E. Structural poetics and Linguistics. – Sm. Napravleniya.1974. Vossler K. Geist und Kultur in der Sprache/ Heidelberg, 1925. Wellek R. A History of Modern Criticism: 1750-1950. Vol.1-8. Vol.1. The Later Eighteenth Century. Cambridge Univ.Press, 1981. –p.189. 6-ma’ruza: Nutq ta’sirchanligini oshirishning nolingvistik vositalari Reja: Nutq ta’sirchanligi Xabar uzatishning nolingvistik shakllari Muloqotga kirishayotgan kishining imo-ishoralardan foydalanishi. Proksemika haqida. Kinestetika haqida. Tayanch so‘z va iboralar: “Tana tili”, tashqi taassurot, unsiz til, qo‘l harakati, nolingvistik vositalar, paralingvistika, knestetika, jestika, takesika, proksemika, imtim masofa, personal masofa, ijtimoiy masofa, ommaviy masofa. Notiqlik san’ati va nutq masdaniyati nafaqat so‘zdan, uning fikr-maqsadni ifodalash imkoniyatlari va qudratidan, balki “tana tili” deb atash mumkin bo‘lgan muhim vositani ishga sola olishni ham o‘z ichiga oladi. Inson omili har qanday muloqotning asosiy tarkibiy jihatini tashkil etadi. Ruhshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni tashqi taassurot asosida baholaydilar. Tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki muloqot jarayonida shakllanadi. Bu, ayniqsa, rahbarlik lavozimida ishlovchilar uchun muhimdir. Aristotel bu haqda gapirganida, so‘zlovchining xarakteri ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlagan edi. “Tashqi til”ni tushunish rahbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘g‘ri tutish uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish uchun zarur. Siz muloqot jarayonida ko‘zlangan maqsadingizga erishish uchun kasbdoshlarning, o‘zingizdan yuqori pog‘onada turgan rahbarning ko‘tarilgan masala mavzusiga munosabatini ham bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima haqda gapirayotganidan qat’i nazar, o‘z “unsiz tili”ga murojaat etishi muqarrardir. Taniqli rejissyor K.S.Stanislavskiyning “qo‘llar fikrini oxirigacha bayon etishga yordam beradi”, degan so‘zlari o‘rinlidir. Demosfen ham yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish kerak, degan savolga quyidagicha javob bergan edi: “qo‘l harakati, qo‘l harakati va yana qo‘l harakati”. Bunday mulohazani franstuz olimi Jel Delezda ham kuzatamiz: “So‘zlarning hokimlik qudrati o‘z kulminastiyasiga aytilgan gaplar tana bilan aytilganlarni takrorlaganda erishadi”. Shunday bo‘lgach, so‘zlovchi muloqot jarayonida nafaqat chiroyli so‘zlay bilishi, balki tana, qo‘l harakati, mimika va boshqa nolingvistik (paralingvistik) vositalardan foydalana bilishi hamda ularning ma’nolarini aniq idrok eta bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlashganlaridek, “tana тili” inson madaniyatini aks ettiradi. Bu haqda F.Laroshfuke shunday degan edi: “Har qanday harakatning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l harakati, ohang va mimikasi mavjud. Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon, yoqimli yoki yoqimsiz bo‘lishi odamlarning biz tomon intilishi yoki qochishiga sabab bo‘ladi”. Shuning uchun ham A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruhiyatidagi harakatlarni anglash mumkinligini uqtirib: “Inson yuzidan ko‘p narsani o‘qib yoki anglab olish mumkin” – degan edi. Xabar uzatishning boshqa nolingvistik shakllarida ham bunday holatni ko‘rish mumkin. Masalan, biron kishining (olaylik, rahbarning) xonasi eshigini ochib, “Keling!” degan so‘zni eshitsangiz, oddiy holatda “keling, o‘tiring”, javobini anglatganini tushunasiz. Ammo, bu murojaat qanday aytilganiga qarab, “Bu erda nima qilib yuribsiz?”, “Sizni kim chaqirdi?”, “Nega keldingiz?”, “Qaerlarda yuribsiz?” degan ma’nolarni anglatishi mumkin. Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p paytlarda ongli ravishda boshqarilmaydi va nutq bilan ziddiyatga kirishishi mumkin. Mashhur rus yozuvchisi M.Bulgakovning “Usta va Margarita” romanidagi bir voqea administrator bilan teatr direktorining muloqotiga bag‘ishlanadi. Bunda administrator direktorni yolg‘on gaplariga ishontirmoqchi bo‘ladi va buning uchun o‘zining “tana tili”ni mohirona ishga soladi. Muloqotga kirishayotgan kishi inson hatti-harakatlari, yuz ifodasi, imo-ishoralari bir qancha omillar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ularning ayrimlari hamma uchun umumiy va turg‘un ma’no kasb etgan va muayyan so‘z birikmalarida o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z birikmalari inson hatti-harakatlarini ifodalashda ular bilan qorishib ketadi. Masalan, boshini xam qilmoq, boshini chayqamoq, qaddini bukmoq, qaddini dol qilmoq, musht ko‘tarmoq va hokazo. Insonning ayrim harakatlari va imo-ishoralarining mazmuni uning millati, milliy madaniyati va urf-odatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, boshini yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat xalqlarda tasdiq ma’nosini anglatadi. Biroq vengerlarda, aksincha, u inkor ma’nosini ifodalaydi. Yoki o‘zbeklar musiqadan yaxshi taassurot olganlarida boshini tebratsalar, ruslar bunday holatda oyoq uchini sekin-sekin erga urib turishadi. Bunday hatti-harakatlar, imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikka ega. Ularni, ayniqsa, rahbar xodimlar yaxshi bilishlari zarur. Zotan, arzimagan bir harakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanishi millatlararo madaniyat me’yoriga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘nggi davrlarda ko‘pgina olimlar diqqatini globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari tortmoqda. Madaniyat tushunchasi ancha keng bo‘lib, ko‘plab masalalar qatorida tafakkur shakli, dunyoqarash, baholash mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Eduard Xoll shaxs tomonidan o‘zi va atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran “yuqori-past” shkalasi tushunchasini ilmiy iste’molga kiritib, madaniyatlarni yuqori va past kontekstlarga bo‘ladi hamda har bir madaniyat vakillarining axborot uzatish va qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, yuqori kontekstning madaniyatlari (O‘rta Sharq, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika) vakillarini aqldan ko‘ra ko‘proq hissiyot va intuistiya harakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning ohangi, yuz ifodasi, harakatlari, o‘zini tutishi muhimroq. Past kontekstning madaniyatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Ovrupo) vakillari esa muloqot paytida fikrlarning hujjat bilan dalillaganligiga, mantiqiy to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq ahamiyat beradilar. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-da, ular asossiz emas. Masalan, yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining muloqot usulini ovrupolik bir kishiga tushuntirib berib, shunday deydi: “Biz mohiyatan bir toifadagi odamlarmiz. Biz sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib, o‘ntasini nazarda tutamiz”. Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni e’tibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suhbatdoshini noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erisha olmaganidan dalolat beradigan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan, g‘arblik ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib turishlaridan maqsadga erishdik, degan xulosaga kelganlari, biroq shartnomalari imzolanmaganini ko‘rib hayron bo‘lishib qolganlari ma’lum. Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, har qanday rahbar o‘zgalar bilan muloqot paytida fikr ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi hamda ulardan nutq jarayonida foydalana olishi va tinglovchilarning hatti-harakatlari ma’nolarini o‘qiy bilishi lozim. Hozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganuvchi bir necha fan yo‘nalishlari shakllangan. Masalan, kinestetika inson hissiyotlari va tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining harakatlarini o‘rganuvchi mimika, tananing turli a’zolari harakatining ma’nolarini o‘rganuvchi jestika, butun tana harakatlarini o‘rganuvchi pantomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani muloqot paytida bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish, silash, elkaga qoqish, itarib yuborish va hokazo) o‘rganadi. Proksemika muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi. Masalan, bu soha mutaxassislari muloqotdagi odamlar o‘rtasidagi masofani quyidagilarga ajratadi: 1. Imtim masofa (15-45 sm). Bu masofaga kishi o‘ziga yaqin odamlarni yaqinlashtiradi. Mutaxassislarning aytishicha, imtim masofa buzilganda kishinig yurak urishi tezlashadi, miyaga qon quyiladi va hokazo. 2. Shaxsiy yoki personal masofa (45-120 sm). Bunday masofa odatda do‘stlar va kasbdoshlar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va ko‘z bilan aloqa o‘rnatish nazarda tutiladi. 3. Ijtimoiy masofa (120-400 sm.dan ortiq). Mazkur aloqa, odatda, rasmiy uchrashuv paytida unchalik tanish bo‘lmagan kishilar o‘rtasida o‘rnatiladi. 4. Ommaviy masofa (400 sm.dan ortiq). Miting, ma’ruza o‘qish kabi ko‘p sonli odamlar bilan muloqot paytida o‘rnatiladi. Insonning har bir harakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar, fikr va hissiyotlar aks etadi. Buni ruh va tananing dialogi deb atash mumkin. Ko‘rinadiki, nutq madaniyatining mukammal bo‘lishi nolingvistik omillar bilar ham bevosita aloqadordir. Zotan, so‘zlovchi muloqot jarayonida “tana tili”dan ham samarali foydalanadi. Notiqlik sanati nafaqat so‘zdan,uning fikr maqsadini ifodalash imkoniyatlari va qudratidan foydalanishni qo‘l harakati deb atash mumkin bo‘lgan muhim vositani ishga sola olishni ham o‘z ichiga oladi. Inson omili har qanday muloqotning asosiy tarkibiy jihatini tashkil etadi.Ruxshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni tashqi taassurot asosida baholaydilar, tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki tanishuv va muloqat jarayonida shakillanadi.shuning uchun hamma (tinglovchilar)ga o‘zini taqdim eata olish,maqsadga muofiq tasurot uyg‘otishi siyosiy yoki jamoat arbobining eng muhim kasbiy malakasi ko‘rsatkichidir. Kishining betakror idividualligini ifodalovchi erkin va qolibga tushmaydigan gapirish usuli,oddiy va manodor harakatlari,o‘zini erkin va faol tutish usuli o‘zgalarga uning samiymiligi va sofko‘gilligiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunday qilib,rahbar foaliyatining samaradorligida uning tashqi qiyofasi,ovoz xususiyatlar,gapirish,nutq so‘zlash,suhbat qurish,muloqat qilish usuli muhim rol o‘ynaydi.Kasb mahorati o‘z holicha muvaffaqiyat garovi bo‘la olmaydi.Buning uchun birga ishlaydigan va muloqatga kirishadigan odamlarni o‘ziga qarata olishni biladi,o‘zining betakror usulini yarata olish va uni saqlay olish shart.Aristotel bu haqida gapirganida, so‘zlovchining xarakteri ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida takidlagan edi. ,,Tana tilini tushinish rahbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘ri tutish uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish, o‘ziga qarata olish uchun zarur.Siz muloqat jarayonida ko‘zlangan maqsadingizga erishishingiz uchun qo‘l ostingizdagilarni, kasbdoshlarning, o‘zingizdan yuqori pog‘anada turgan rahbarning, hamkor yoki raqibingizning xohish – istagi , ruhiy holati, ko‘tarilgan masala yoki suhbat mavzuiga munosabatini ham bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima haqida gapirayotganidan qat’I nazar, o‘z unsiz ,,tili’’ga ega. Taniqli rus rejessyori K.S.Stanislavskiy: ,,Qo‘llar fikrni oxirigacha bayon etishga yordam beradi‘‘ , degan edi. Mashhur qadimgi notiq Demosfen ham yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish kerak, degan savolga shunday javob bergan edi:,,Qo‘l harakati,qo‘l harakati va yana qo‘l harakati‘‘. Bunday mulohaza fransuz olimi Jil Delezda ham kuzatiladi: ,,So‘zlarning hokimlik qudrati o‘z kulminatsiyasiga aytilgan gaplar tana bilan aytilganlarni takrorlaganda erishadi’’. Shunday ekan,notiq nutq so‘zlash jarayonida nafaqat chiroyli so‘zlay bilishi,balki tana, qo‘l harakati, mimika va boshqa nolingvistik vositalaridan foydalana bilishi hamda ularning manolarini aniq idrok eta bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri takidlashganlaridek ,,tana tili’’ inson madaniyatini aks ettiradi. Bu haqda F.Laroshfuko shunday degan edi:,,Har qanday hissiyotning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l harakati ohang va mimikasi mavjud. Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon,yoqimli yoki yoqimsiz-odamlarning biz tomon intilishi yoki bizdan qochishlariga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruhiyatidagi harakatlarni anglash mumkinligini uqtirib ‘‘inson yuzidan o‘qishni bilish kerak’’ligini takidlagan edi. Axborot uzatishning boshqa noligvistik shakillari xususida ham shunday xolatlarni kuzatish mumkin. Olaylik, biror kishining (masalan,rahbarning) xonasi eshigini ochib ,,Kelin murojatini eshitsangiz,oddiy xolatda ,,Keling o‘tiring‘‘manosini anglatadi. Ammo bu murojat qanday aytilganiga qarab ,,Bu erda nima qilib yuribsiz? ,,Sizni kim chaqirdi?, ,,Nega keldingiz?, ,,Qaerlarda yuribsiz? degan manolarni yoki yana boshqa manolarni anglatishi mumkin. Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p hollarda ongli ravishda boshqarilmaydi vanutq bilan ziddiyatga kirishi mumkin. Mashhur rus yozuvchisi M. …gakovning ,,Usta va Margarita’’ramanidagi bir lavhada mazkur holat juda yaxshi o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. SHatton Volandning varvetida ko‘rsatgan tomoshosidan keyin teator moliya direktori huzuriga administrator Varenuxa kirib keladi Stepan Lixodesivning ko‘rsatgan karomatlari haqida hikoya qilib beradi.,,Administratorning qissasidagi qabohatli tafsilotlar qanchalik hayojonli va yorqinroq bo‘lgan sari moliya direktori unga kamroq ishona boshlaydi. Varenuxa Stepanning itday qutirib,uni Maskvaga olib ketgani brogan odamlarga ham qarshilik qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida,moliya direktori yarim kechada qaytib kelgan adminstratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi. Ha,gaplarining hammasi boshidan oxirigacha g‘irt yolg‘on edi’’. Muloqotga kirishgan kishi inson hatti-harakatlari,yuz ifodasi,imo-ishoralari bir qator olimlar bilan bog‘liq tarzida namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ularning ayrimlari barcha uchun unumli va turg‘un mano kasb etgan va muayan so‘z birikmalarida o‘z ifodasini topgan. Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z birikmalari hatti-harakatlarni ifodalaydi. Masalan, ,,boshini ham qilmoq’’, ,,boshini chayqamoq’’ ,,qaddini bukmoq’’ ,,qaddini dol qilmoq’’ ,,musht ko‘rsatmoq’’va h.k. Insonning ayrim harakatlari va imo ishoralarining uning millati madaniyati va urf odatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan,boshni yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat dunyo xalqlarida,,Ha’’(tasdiq)manosini anglatadi. Biroq Vengerlarda aksincha yo‘q(inkor) manosini ifodalaydi. YOki o‘zbeklar musiqadan yaxshi tasirot olayotganda boshini tebratsalar,ruslarda bunday vaziyatda oyoq uchini erga sekin urib turiladi. Bunday hatti-harakat imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikga ega. Ularni, ayniqsa,rahbar hodimlar bilishlari lozim. Zotan,arzimagan bir hatti-harakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanilishi millatlararo madaniyat meyoriga salbiy tasir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘ngi davrda ko‘plab olimlar diqqatini glaballashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari _ortmoqda. Madaniyat tushunchasi ancha keng bo‘lib,ko‘plab unsurlar qatorida tafakkur shakli,dunyoqarash,baholash mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Edvord Xoll shaxs tomonidan o‘ziva atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran,,yuqori-past’’ shkalasi tushunchasini kiritib,madaniyatlarni yuqori va past konteksga bo‘ladi hamda anashu madaniyat vakillarining axborot uzatish hamda qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra yuqori kontekstining madaniyatlari (o‘rta sharq,Osiyo,Afrika,Janubiy Amerika) vakillarini aqildan ko‘ra ko‘proq hissiyot va into….ya harakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning ohangi,yuz ifodasi, harakatlari,o‘zini tutishi muhimroq. Past kontekstning madaniyatlari (Shimoliy Amerika,G‘arbiy ovropa) vakillari esa muloqot paytida fikirlarning hujjat bilan dalillanganligiga,mantiqiy hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq ahamiyat berishadilar. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-da,ular asossiz emas. Masalan,yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining muloqot usulini ovro‘palik bir kishiga tushuntirib beradi:,,Biz mohiyatan bir toifadagi odamlarmiz biz sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib,o‘ntasini nazarda tutamiz’’. Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni etibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suhbatdoshini noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erishmagandan dalolat beruvchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan,ko‘plab g‘arblik ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib turishidan maqsadga erishdik,degan xulosaga kelganlari,biroq shartnomalari imzolanmaganini eshitib hayron bo‘lganlari malum. Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki,Har qanday rahbar o‘zgalar bilan muloqot paytida fikrni ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi hamda maqsadga erishmoq uchun ulardan nutq so‘zlash jarayonida foydalana olishi va suhbatdosh yoki tinglovchilarning hatti-harakatlari manosini o‘qiy olishi lozim. Hozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganish bir necha fan yo‘nalishlari shakillangan. Masalan,kinestetika inson hissiyotlari va tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining harakatlarini o‘rganuvchi mimika,tananing turli azolarining harakatining manolarini o‘rganuvchi jestika,butun tana harakatlarini (yurish-turish,qadam bosish,tana holatlari va h.k)o‘rganuvchi Pontomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani muloqot paytida bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish,silash,elkaga qoqish,itarib yuborish va h.k)o‘rganadi. Prok…ka muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi. Masalan,bu soha mutaxasislari muloqotga kirishgan odamlar o‘rtasidagi masofani quydagi turlarga ajratadi: 1.Intim masofa (15-45sm). Bu masofaga kishi o‘ziga yaqin va yaxshi tanish odamlarni yaqinlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,intim masofani buzulishi paytida inson organizimida muayyan fizialogik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: yurak urishi tezlashadi,miyaga qon quyilishi ko‘payadi va h.k. 2.SHaxsiy yoki personal masofa (45-120sm.). bunday masofa,odatda,do‘stlar yoki kasbdoshlar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va ko‘z bilan aloqa o‘rnatish nazarda tutiladi. 3.Ijtimoiy masofa (120400sm.),odatda,rasmiy uchrashuv paytida unchalik tanish bo‘lmagan kishilar bilan auditoriya yoki xizmat xonalarida saqlanadi. 4. Ommoviy masofa (400sm dan ortiq). Miting,maruza o‘qish va sh.k.paytlarda,ko‘p sonly odamlar guruhi bilan muloqot paytida o‘rnatiladi. Insonning har bir harakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar,fikr va hissiyotlar aks etadi. Nems olimi S.Molcho buni ,,ruh va tananing dialogi’’deb ataydi. SHuning uchun nutqdagi nolingvistik unsurlar ifoda etgan asosiy manosini bilish foydadan holi bo‘lmaydi va quida ularning ayrimlari haqida qisqacha malumot beramiz. Mimika Mimika, yani yuz mushaklarining harakati kishining ruhiy holatini aks ettirib, u qanday hislarni boshdan kechirayotgani haqida to‘g‘ri axborot beradi. Mimika ifoda 700/0 dan ko‘proq axborotni tashiydi. Boshqacha aytganda,inson ko‘zlari,ko‘z qarashi,yuzi aytilgan so‘zlardan ko‘ra ancha ko‘p malumotni berishi mumkin. Zehni o‘tkir,hamda hushyor tinglovchi notiqning yuziga qarab,uning atrofdagi odamlarga munosabatini his etadi. Auditoriya avvalo notiqning mimikasiga etibor qaratadi. Xalqimizda ,,ko‘zga qarab gapirma’’iborasi bor. Suhbatdoshning asl niyati,so‘zlarining to‘g‘ri –noto‘g‘riligini bilish uchun,,ko‘zimga qarab gapir ‘‘ deymiz ,odatda Olimlarning fikriga ko‘ra,agar odam muloqat paytida suhbatdoshning ko‘ziga qarab gapirgan vaqti jami suhbatga ketgan vaqtini uchdan bir qismidan kamrog‘ini tashkil etsa,demak,u axborotni yashiryapti yoki yolg‘on gapiryapti. Ko‘z qarash orqali biz nafaqat axborot uzatamiz,balki uni qabul ham qilamiz. Hatti-harakat va imo-ishoralar Muloqot jarayonida inson hatti-harakatlari va imo-ishoralarining,,lug‘ati’’ ancha keng bo‘lib,ular orqali ham juda ko‘p axborotni uzatish mumkin. Bunda quydagi harakatlar tez-tez qo‘llanadi. 1.Baholash harakatlari(dahanini silab qo‘yish,ko‘rsatkich barmog‘ini yuziga qo‘yib turish,o‘rnidan turish va yurish va h.k) 2. O‘ziga ishonchni bildiruvchi harakatlar(o‘rindiqda chayqalib o‘tirish,qo‘llarni orqaga qilish,kaftlarni bir-biriga ishqalash va h.k). 3. Asabiylashish va o‘ziga ishonmaslikni bildiruvchi harakatlar (qo‘l barmoqlarini tugin qilib tutish,barmoqlar bilan stolni taqillatib turish,qo‘llarni musht qilib siqib-siqib ko‘rish va h.k). 4. Inkorni bildiruvchi harakatlar (gavdani orqaga tashlab o‘tirish,burinning uchini silab-silab qo‘yish,miyig‘ida kulib turish va h.k) va shular kabi yana turli harakatlarni misol keltirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Aristotel. Ritorika. M., 1978. 2. Saidov O‘. Nutq madaniyati va notiqlik. – Toshkent, 2007. 3. Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. – Toshkent, 1967. 4. Begmatov E., Jiyanova N. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent, 2006. 5. Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992. Xorijiy manbalar Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of literary texts Poet 7, 1977. – C. 50-60. Bar-Hillel Y. Language and Information. Addison-Wesley. Reading.Mass.,1964. Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936. Coseriu E. Thesen zum Thema “Sprache und Dichtung”. – In: Beitrage zur Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971. Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978. Spitzer L. Linguistics and Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton. 1948. 236.p Stankiewicz E. Structural poetics and Linguistics. – Sm. Napravleniya.1974. Vossler K. Geist und Kultur in der Sprache/ Heidelberg, 1925. Wellek R. A History of Modern Criticism: 1750-1950. Vol.1-8. Vol.1. The Later Eighteenth Century. Cambridge Univ.Press, 1981. –p.189. Download 233.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling