O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


-ma’ruza: Qadimgi Rim va Yunon notiqligi


Download 233.38 Kb.
bet5/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

3-ma’ruza: Qadimgi Rim va Yunon notiqligi


2 soat
Reja:

  1. Rim davlatining ilk davrlari bilan bog‘liq holda notiqlik san’ati

  2. Fuqarolar urushi boshlanishi arafasida rim notiqligi

  3. Siyosiy va sud notiqliklari

  4. Sitseronning “Brut” risolasi

  5. Sitseronning “Davlat” risolasida



Tayanch so‘z va iboralar: Senat, respublika davri, lashkarboshi, mohiyat, senat partiyasi, xalq partiyasi, oppozitsiya, siyosiy muxolif, invektiv usul, Osiyocha usul, attika usuli, patetika, traktatsiya, argument, amplifikatsiya, lotin nasrchiligi.
Qadimgi rimda ham notiqlik sa’natining shakllanishi va taratsqqiyoti Yunonistondagi kabi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda kechdi. Rim davlatining ilk davrlaridayoq senat, xalq yig‘indilari, sudda so‘zlanadigan ommaviy nutq san’ati shakllanadi. Bunda, shuningdek, dafn marosimlarida so‘zlanadigan nutq keng tarqalgan edi.
Dastlab nutqlar yozma ravishda e’lon qilinmasdi. Shu bois notiqlik haqida aniq fikr yuritish qiyin. Biroq respublika davrida(er.av.III asr - II asrning boshlanishi) yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan notiqlik sa’nati uning ta’sirida rivojlangan.
Rim notiqligining asoschilaridan biri Mark Porkiy Katon ham lashkar boshi, ham rim siyosiy arbobi sifatida mashxur bo‘lgan. U birinchi rim “Ritorika”sini yaratgan olimdir.
Rim notiqlik sa’natining an’analarining tayanchi notiq iste’dodi va tajribasi bo‘lib kelgan. Uning asosiy tamoyilini Katon shunday ifodalagan edi: “Mohiyatini nazardan qochirma, so‘zlar esa o‘zi keladi”.
Aka-uka Grakxlar ilk bor yunon ritorikasining ta’sirchan usullarini qo‘llab rim notiqligiga yangi yo‘nalish berdilar. Avvalo, ritorika qonun-qoidalarini bilgan notiq, ular bilmagan notiqdan qanchalar ustun bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchidan, notiqlik sirlarini faqat otalardan o‘zlashtirmay o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lgach, siyosat maydoniga qadam qo‘ymoq istagida bo‘lgan yangi odamlar o‘zlarining muxoliflari – aslzoda senator – notiqlar bilan bir hil, hatto qulayroq vaziyatda bo‘ladilar.
Eramizdan avvalgi II asrning o‘rtalaridan boshlab Rimda ijtimoiy ziddiyatlar o‘sishi; senat partiyasi bilan xalq partiyasi shakllanib, siyosiy kurash kuchayishi bilan fuqarolik urushi boshlanayotgan bir paytda Rim ritorikasi birinchi navbatda senat partiyasiga oppozitsiyada turgan xalq partiyasiga (populyarlarga) xizmat qila boshladi. Bu davrda siyosiy kurash avj olishi bilan siyosiy va sud notiqligi tez suratlar bilan rivojlana boshladi. Siyosiy notiqlik senat va xalq yig‘iniga ta’sir o‘tkazishning asosiy vositasiga, sud notiqligi esa siyosiy muxolifni qoralash quroliga aylanadi. Ozmi-ko‘pmi tanilgan siyosiy arbob, albatta, yaxshi notiq bo‘lgan. Lashkarboshi o‘z jangchilari oldida nutq so‘zlashni bilishi kerak edi. Sitseron 46 yili “Brut” risolasida Rim notiqligi tarixiga qisqacha to‘xtalib, 200 dan ortiq notiqlikni sanab o‘tadi va ularning asosiy ko‘pchiligi fuqarolar urushi davri vakllari bo‘lganligini qayd etadi.
Rim notiqlari notiqlik sa’nati nazariyasi bo‘yicha jiddiy yangilik yaratmagan bo‘lsalar-da, yunon notiqligida shakllangan tamoyillarni chuqurroq ishlab chiqadilar va ularga taqlid qilgan holda, lotin tilida notiqlik san’atining yuksak namunalarini yaratdilar.
Notiqlik usullari vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy voqelik Rim notiqligiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. “Adolat, agar u tabiatga asoslashmagan bo‘lsa, yo‘qlikka muhkum, foydani o‘ylab o‘rnatilgan adolat esa boshqa foyda nuqtai nazaridan yo‘q qilinadi”, - deb yozgan edi. Sitseron “Davlat” risolasida. Biroq vaqt o‘tishi bilan haqiqat, adolat, samimiyat mezonlari notiqlik san’atida ortga chekinadi: masalan, sud notiqligida yuridik haqiqat muhim bo‘lmay qoladi. Sitseron boshqa erda shunday yozadi: “Biz sudlarda so‘zlagan nutqlarimizda bizning etiqodimiz ifodasini izlagan kishi qattiq yanglishadi”. Bu nutqlar sud jarayoni va shart-sharoitlaridan kelib chiqib so‘zlagan va odamlarning asl qarashlarini ifodalamaydi”.
Notiq o‘z fikr va dallilarining haqqoniyligi haqida emas, haqiqatga uxshashi haqida qayg‘urgan. Siyosiy nutqlarda invektiv usuli keng qo‘llanilgan, ya’ni siyosiy muxoliflar yomon qilib ko‘rsatilgan va buning uchun notiqlar turli mish-mish vak g‘iybatlarni ishga solishgan.
Umuman olganda, Rim ijtimoiy-siyosiy hayotida notiqlik muhim rol o‘ynagan. Sitseron shunday yozgan edi: “Insonni hurmat-ehtirom va shuhratining eng yuksak cho‘qqilariga ikki tur san’at olib chiqishi mumkin: biri lashkarboshichilik bo‘lsa, boshqasi yaxshi rotiqlik san’ati. Keyingisiga tinch hayot ne’matlarining saqlanishi bog‘liq bo‘lsa, birinchisiga urush xavfini bartaraf etish bog‘liq”.
Rim notiqlik sa’natida ikki yo‘nalish shakllanadi: Osiyocha usul (azianizm) va attika usuli. Osiyocha usul Iskandarning o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay Kichik Osiyoda paydo bo‘ldi. Unga hashamdorlik, patetika (ehtiroslilik), tashqi effektlarga moyillik xos edi. Attika uslubi tarafdorlari esa afinalik notiqlarga xos sodda, qisqa, aniq nutq mezonlariga rioya qilishni tartib etganlar. Osiyocha usul vakillaridan eng mashhuri Kvint Gortenziy Gortal bo‘lsa, Gay YUkiy Sezar va Mark YUniy Brut attika uslubi notiqlri jumlasiga kiradi.
Rim notiqlik san’ati nazariyasiga muvofiq nutq quyidagi shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: 1) kirish (exorido) ; 2) ko‘riladigan masalaning bayoni (narratio); 3) himoya yoki aybnomaning asosiy moddasini ko‘rib chiqish (tractratio) 4) xulosa (peroratio). Himoyalovchi va qoralovchi nutqining eng muhim qismi, ya’ni traktatsiya yana, o‘z navbatida, quyidagi qismlarga bo‘lingan: a) traktatsiya predmeti va rejasini ajratib ko‘rsatish; b) notiq qarashlari to‘g‘riligining isboti va v) muxolifning fikr va dalillarini inkor etish.
Notiq ikki turdagi dalillardan foydalangan: sudlarning aqliga ta’sir etuvchi, ya’ni argumentlar va ularning hislariga ta’sir etuvchi, ya’ni amplifikatsiyalar.
Rim respublikasining so‘nggi davrlarida eng yirik siyosiy arbob – Mark Tuliy Sitseron mamlakat taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan. Uning nutq, risola va xatlari hayotligi davridayoq lotin nasrchiligining tan olingan namunalari hisoblangan.
Sitseron o‘z faoliyatining boshida Osiyo uslubi ta’sirida nutqlar yozgan. Biroq keyinchalik u ikki usulni muvofiqlashtirishga harakat qiladi. YUliy Sezar unga juda yuqori baho beradi. Zotan, uning har bir nutqi omma orasida shuhrat qozonadi. Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:

  1. Notiq juda dadil va amin bo‘lishi kerak.

  2. Notiq to‘la isbotlanishi lozim.

  3. Notiqda ahamiyatsiz narsa bo‘lmasligi kerak.

  4. Nutq materialini sitqidil to‘plash va idrok etish kerak.

  5. Materialni joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini ta’minlash.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, Rim notiqlik san’ati o‘rta asr va keyingi davr notiqligiga ko‘p jihatdan o‘rnak bo‘ldi. Hatto hzirgi kunda ham unga tanqidiy yondashib, bahramand bo‘lishimiz mumkin.
G‘arb mutafakkirlarining o‘gitlaridan

  1. Har qanday narsa haqida ikki bir-biriga zid fikrini aytish mumkin.

Protator

  1. So‘z – jismi kichik va ko‘z ilg‘amas, ammo buyuk hukmdor, u ma’budvash ishlarga qodir, zero, u ham qo‘rquvni chekintirishi, ham dardni yumshatishi, ham kayfiyatni ko‘tarishi, ham hamdard bo‘lishi mumkin. Men buni amalda ko‘rsataman. Tinglovchilarni faqat tuyg‘u inontirishga qodir.she’riyatni butunicha chorlayman va uni me’yoriy nutq deb bilaman. Uni tinglagan kishining qalbini dahshatli titroq, ko‘zlariga yosh keltiruvchi mehr egallaydi, o‘zgalarning yutug‘i va baxtsizligini so‘z vositasida qalbimiz o‘zinikidek qabul qiladi. So‘z vositasida ilohiy nafas qo‘shiqlar – afsungar rohat chaqirib, qayg‘u-nadomatni haydaydi. Afsun kuchi fikr bilan qo‘shilib, qalblarni rom etadi, sehri esa ularni yangilaydi.

Mavzuga doir savollar





  1. Rim notiqligi nimalar bilan bog‘liq holda taraqqiy etdi?

  2. Rim davlatining ilk davrlari bilan bog‘liq holda notiqlik san’atining qanday turlari shakllanadi?

  3. Mark Porsiy Katon haqida nimalarni bilasiz?

  4. Rim notiqligiga kimlar yangi yo‘nalish berdi?

  5. Fuqarolar urushi boshlanishi arafasida rim notiqligi yoki ritorikasi qaysi partiya manfaatlari uchun xizmat qildi?

  6. Siyosiy va sud notiqliklari faoliyati haqida ma’lumot bering.

  7. Sitseronning “Brut” risolasi haqida nimalarni bilasiz?

  8. Sitseronning “Davlat” risolasida nimalar haqida so‘z yuritiladi?

  9. Rim notiqligida qanday yo‘nalishlar shakllanadi?

  10. Rim notiqlik san’ati nazariyasiga muvofiq nutq qanday shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lmog‘i kerak?

  11. Notiqlar sud jarayonida qanday dalillardan foydalanishgan?

  12. Sitseronning fikriga ko‘ra, notiq qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Aristotel. Ritorika. – M., 1978.

  2. Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. – Toshkent, 1967.

  3. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2007.

  4. Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2002.


Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling