O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi
Download 233.38 Kb.
|
нутқ маданияти Majjmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-ma ’ruza: Nutq madaniyati tarixidan. Qadimgi misr notiqlik san’ati 2 soat Reja
- Tayanch so‘z va iboralar
1.Nutq madaniyati tushunchasiga ta’rif bering.
2.“Nutq madaniyati” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3.Nutq madaniyati haqida bildirilgan fikrlarga munosobat bildiring. 4.Nutq madaniyatining jamiyatdagi o‘rni haqida fikr bildiring. 5.“Nutq madaniyati” fanining boshqa fanlar bilan aloqasini gapiring. 2-ma’ruza: Nutq madaniyati tarixidan. Qadimgi misr notiqlik san’ati 2 soat Reja: 1.Qadimgi Misrda notiqlik san’ati 2.Gerakleopol shohining o‘z o‘g‘liga yozib yuborgan pand-nasihatlari 3.Sofistlar haqida Tayanch so‘z va iboralar:O‘git, pand-nasihat, didaktik adabiyot, hatot, suxandonlik, tarixiy-nasriy asarlar, sofistlar, shaxsiy xususiyat, nutq texnikasi, siyosiy notiqlik, sud notiqligi, tantanali (maqtov) notiqligi. Qadimgi misrda so‘zning ta’sir kuchiga katta e’tibor berilgan. Bu mamlakatda bu davrlarda hali notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariy jihatlari maxsus o‘rganilmagan bo‘lsa ham, bizgacha etib kelmagan o‘git, pand-nasihat ruhida yozilgan qadimiy asarlarda so‘z qudrati, uning davlat va jamiyatni boshqarishdagi o‘rni haqida ko‘plab fikrlarni uchratamiz. Eng avval shuni aytish kerakki, Misr jamiyatida so‘z, matn bilan bevosita ish ko‘ruvchi hattotlar ancha imtiyozli o‘rin egallaganlar va mamlakatning butun ma’muriy-xo‘jalik hayotini boshqarganlar. Hatto taxtga o‘tirib butun bir mamlakatni boshqargan fir’avnlar ham o‘zlari uchun hattot mavqeini olishni or deb bilmaganlar. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda – “Qadimgi podsholik” davridayoq Misrda didaktik adabiyot yuksak rivojlanish darajasida bo‘lgan.bu davr misrliklar xotirasida donishmandlar davri, madaniyatlarning oltin davri sifatida iz qoldirgan. Qadim podsholik inqirozga yuz tutgach, qariyb ming yildan keyin Iester-Bitti IV ismli muallif Imxotep, Jedefxor, Ptaxxotep kabi donishmandlarni tilga olib, ularga teng keladigan yo‘q, deya e’tirof etadi. Ular yozib qoldirgan o‘gitlar yuksak nutq, fikr bayon etish va muloqot madaniyatidan dalolat beradi. Jumladan, “Ptaxxotep o‘gitlari”da ma’muriy muhitda muvaffaqiyat qozonish uchun kishi o‘zini qanday tutmog‘i kerakligi haqida pand-nasihatlar berilganini ko‘ramiz. Fikr dalili uchun qadimgi Misr donishmandlaridan biri aytgan quyidagi jumlalarga e’tibor beraylik: “Agar sen boshliq bo‘lsang, so‘rovchining so‘zlarini tinglayotganda, xotiringni jam qilgin. U senga aytmoqchi bo‘lgan gaplarni aytib, ichini bo‘shatib olmaguncha, uni oldingdan quvma”. Misrda o‘rta podsholik davri (er. avval. XXII-XVI asrlar) adabiyoti oldingi tarixiy davr adabiyoti an’analarini yanada rivojlantirildi. Ammo bu davrda mamlakatda tinimsiz o‘zaro nizolar ijtimoiy hayotni izdan chiqardi. SHohlik hokimiyati o‘z obro‘sini yo‘qotdi. XII sulola shohlari faqat qurol kuchigagina emas, balki so‘z qudratiga ham jiddiy e’tibor qaratdilar. Buning natijasida so‘zga, suxandonlikka e’tibor yanada ortdi. Xususan, bu davrda “Suxandon kishi haqida qissa” nomi bilan ma’lum bo‘lgan asarni suxandonlik san’atining namunasi deb atash mumkin. Qissa voqealari X sulola hukmdorligi davriga tegishli bo‘lib, u oddiy bir kishining qudratli amaldor oldida so‘zlagan 9 ta nutqidan iboratdir. Bu nutqlarda amaldor qo‘li ostida xizmat qiluvchi uning mulkini talaganligihaqida so‘z yuritiladi. Mazkur nutqlar yozib olinadi va fir’avnga jo‘natiladi. Fir’avn aralashgach, u odamga tortib olingan mulk qaytarib beriladi. Bu davrda yaratilgan asarlar ichida “Gerakleopol shohining o‘gitlari” alohida ahamiyat kasb etadi. Shohning o‘z o‘g‘li Merikarga qilgan pand-nasihatlarida Misr davlati rahbarlarining yuqori darajadagi ongidan dalolat beruvchi fikrlar kuzatiladi. Masalan: “boy xalq qo‘zg‘olon qilmaydi”, “seni o‘rab turg‘an odamlarning muhabbatidan o‘zingga haykal qo‘y”, “o‘z xalqingning turmushini farovon qilishga intil” va shu kabilar. XII sulola fir’avnlari xalq mehrini qozonish va o‘z obro‘sini mustahkamlashda “til shohning qilichidir”, “nutq har qanday quroldan kuchliroq” degan fikrlarga tayangan holda yurtni boshqardilar. “O‘gitlar” yangi shohlik davrida ham keng rivoj topdi. Bularning barchasi qadimgi Misrda so‘zning qudratiga, suxandonlikka katta e’tibor qaratilganidan va davlat boshqaruvida notiqlik muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Download 233.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling