O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi
Download 233.38 Kb.
|
нутқ маданияти Majjmu
O‘gitlardan namunalar
“Tuhmat gapni takrorlama, hatto uni eshitma ham. Gapirsang eshitganingni emas, ko‘rganingni gapir”. “Agar sen ko‘p odamlarga ko‘rsatma beradigan boshliq bo‘lsang, har qanday ezgulikka intilginkim, sening ko‘rsatmalaringda yomonlik bo‘lmasin. Adolat qudratli va har qanday ezgulik abadiydir. U (adolat) Osiris (ma’bud) davridan buyon o‘zgarmasdir va qonunlarni buzganlarni jazolaganlar”. Notiqlik san’atiga qadimgi YUnonistonda ham katta e’tibor qaratilgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda YUnonistonda tarixiy-nasriy asarlar, notiqlik va falsafiy dialog rivoj topadi. “Nasr asri”ning kelishi YUnonistonda demokratik tartiblarning o‘rnatilishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi, zero, bunday boshqaruv tizimida notiqning ommaga ta’sir o‘tkazish mahorati xalq yig‘inlarida qonunlar qabul qilinishida va sudda hukm chiqarishda hal qiluvchi rol o‘ynay boshladi. Bu jarayon yangicha o‘qitish usullarining joriy etilishiga olib keldi. Unga asos solganlar sofistlar (“donishmandlik muallimlari”) bo‘ldi. Ular shaharma-shahar kezishib ma’ruzalar o‘qishar va, asosan, tinglovchilarga notiqlik sir-asrorlaridan saboq berishar edi. Antik demokratiyaning beshigi bo‘lgan Afina shahrida notiqlik san’ati yuksak cho‘qqiga chmqqan edi. Ilk sofistlar haqida bizga juda kam ma’lumot etib kelgan. Ularning yozganlaridan ayrim parchalargina saqlanib qolgan. V asrning eng mashhur sofistlaridan Protator, Prodik, Gippiy va Gorgiylarning nomlarini tilga olish mumkin. Ular bir-birlaridan mustaqil holda faoliyat ko‘rsatishgan. Ammo sofistlarning asosiy maqsadlari mushtarak bo‘lgan.uni yangi insonni tarbiyalash, ulrdan siyosiy hayotga ishtirok etishga qodir kishilarni etishtirish yo‘lidagi harakatlarida ko‘ramiz. Sofistlar tilshunoslikning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Ularning ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslik fanining ikki sohasi – orfoepiya va ritorika shakllandi. Orfoepiya masalalari bilan, asosan, Protator va Prodik shug‘ullangan bo‘lsalar, ritorikaga Gorkiy va Frisimaxlar e’tibor qaratdilar. Qadimgi tarixchilarning fikricha, notiqlik san’atini o‘rganish va tegishli qo‘llanmalarni ishlab chiqish Sitsiyaliyada tiraniyaning ag‘darilishiga olib kelgan. Ayni shu davrda sitsiyaliklik ritorlar Korak va Tisiylar ritorika bo‘yicha maxsus qo‘llanma yozganlar. Bunda notiqlik san’ati masalalari ilk bor umumlashtirib borildi. Mazkur qo‘llanmada notiq nutqi uchun zarur bo‘lgan quyidagi talablar o‘z ifodasini topdi: nutq yaxlit va tugal bo‘lishi kerak, bu kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘lmog‘i lozim. Asosiy qismda ikki bo‘lim – voqealar bayon etilgan hikoya va o‘z fikri hamda muxolif fikrini inkor etishga qaratilgan bahs. Bunday usulda bayon etilgan nutq tinglovchilar qalbiga ta’sir etishi, ularni ishontirishi, ergashtirishi mumkin edi. Bu o‘sha davr sudlarining muhit-sharoitiga mos edi, chunki ularda prokuror va advakatlar bo‘lmagan, hukm esa da’vogar va javobgarning sud’yalar oldida qay tarzda mahorat bilan gapira olishiga bog‘liq edi. Sud’yalar bir dnecha yuz kishidan iborat bo‘lgani (ya’ni auditoriya katta bo‘lgani) notiqdan o‘z nutqini nihoyatda ta’sirchang qilishni talab etar edi. Buning uchun, albatta, izlanish kerak edi. Yunon notiqlari badiiy so‘z imkoniyatlaridan keng foydalanganlar. Hikoya qilishlaricha, Gorgiy Afinada katta xalq yig‘inida so‘zga chiqqanida turli badiiy vositalarni qo‘llab, nutq so‘zlab, tinglovchilarni mutlaqo hayratga solib qo‘ygan ekan. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’ati nihoyatda ulug‘lanar edi. Bunda siyosiy notiqlik bilan bir qatorda, sud ishlari bilan bog‘liq hamda maqtov notiqligi ham keng rivojlangan. Afinalik har bir fuqaro sudda o‘zini-o‘zi himoya qila olishi kerak edi. Bu esa kishilarning taqdiri notiqlik bilan bog‘lab qo‘yilganlini ko‘rsatadi. Maqtov notiqligi esa ayrim kishilarni madh etish uchun xizmat qilgan. Yunonistonda nutqning chiroyli bo‘lishi uchungina emas, balki ularning mazmundor bo‘lishi uchun ham intilishgan. SHuning uchun bunda maxsus notiqlik maktablari ochilgan. Ularda notiqlik san’atining nazariy jihatlarini o‘rgatuvchi ritorika nomli ilm o‘qitilgan. Gorgiy notiqning vazifasi tinglovchilarni o‘z gaplariga ishontirishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Notiq, uning fikriga ko‘ra, turli notiqlik usullari bilan auditoriyani rom eta bilishi kerak. Gorgiy usullari deb atalgan bunday usullar jumlasiga metaforalar, tuvush takrori, antiteza shaklida tuzilgan gaplar kiradi. Gorgiyning notiqlik san’ati nazariyasi siyosiy, tantanali notiqliklar hamda sud notiqligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Sud notiqligi bo‘yicha Lisiy shuhrat qozongan. Ammo u afinalik bo‘lmagani uchun Afina fuqarosi huquqlariga ega emas edi. SHuning uchun u o‘zgalar uchun buyurtma asosida nutq tuzar edi. Tantanali notiqlikning eng taniqli vakillaridan biri Gorgiyning shogirdi Isokrat bo‘lib, u Afinada ritorika maktabiga asos solgan. Ammo Isokratning o‘zi nutq so‘zlamagan. U faqat notiqlikdan saboq bergan va YUnoniston bo‘ylab tarqatilgan nutqlarning aksarini o‘zi yozgan. Siyosiy notiqlikning eng yirik va mashhur vakili Demosfen bo‘lgan (er.av. 384-322 yil). Uning nutqlarida chiroyli shakl o‘rnini ehtirosli pafos egallaydi. Demosfen Makedoniya bilan Yunoniston shaharlari o‘rtasida boshlangan kurashning boshida turgan. Bu kurash Yunoniston mustaqilligi uchun olib borilgan edi. Demosfenning aslida talaffuzi o‘ta yomon, ovozi past, nafasi qisq bo‘lgan. So‘zlash paytida elkasini uchirib turishi tinglovchilar diqqatini chalg‘itgan. Ammo tinimsiz mehnat, astoydia harakat orqali u mazkur illatlarning barchasidan xalos bo‘ladi. U aniq talaffuzga erishishi uchun og‘ziga mayda toshchalarni solib, nutch so‘zlashni mashq qilgan, bir nafasda uzun jumlalarni talaffuz qilishni o‘rganish uchun yugura turib shoirlarning asarlaridan parchalar o‘qigan, shipga osilgan qilichning uchini elkasiga to‘g‘rilab nutq so‘zlashni mashq qilgan va jarohat olmaslik uchun iroda kuchini ishga solib, elka uchishidan xalos bo‘lgan. Demosfenning eng kuchli nutqlari Makedoniya hukmdori Filippga qaratilgan. Bu esa makedoniyaliklar uchun dahshatli quroldan ham yomonroq edi. Filippning o‘limidan keyin Demosfen uning o‘g‘li Ikandarga qarshi kurashadi. U 322 yili Afinaning Makedoniyaga qarshi isyonida qatnashadi va afinaliklar mag‘lubiyatga uchragach, mashhur notiqni tirklayin qo‘lga tushirishni orzu qilgan dushman qo‘liga tushmaslik uchun zahar ichib o‘ldi. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atining taraqqiyoti uchun Aristotelning ham xizmati katta. U, xususan, notiqlik san’atining nazariy masalalari bilan shug‘ullangan. Uning notiqlik nazariyasida quyidagi tamoyillar olg‘a surilgan: 1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan tamoyillarni tahlil etish. 2. Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va mahorat. 3. Nutq texnikasi, notiqlik usullari. 4. Materil tanlash. 5. Plan, forma, materialni joylashtirish. Shunday qilib, qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atining yuqori cho‘qqiga ko‘tarilganini ko‘ramiz. Mavzuga doir savollar Qadimgi Misrda notiqlik san’ati nazariy masalalari o‘rganilganmi? Qadimgi Misrda hattotlar mavqei haqida ma’lumt bering. Iester-Bitti IV ismli muallif qaysi donishmandlar haqida fikr bildirgan? Qaysi sulola vakillari so‘z qudratiga katta e’tibor berishgan? Gerakleopol shohining o‘z o‘g‘liga yozib yuborgan pand-nasihatlari nimalardan iborat? Qadimgi Yunonistonda er.avvalgi V-IV asrlarda nimalar yuqori taraqqiyoi darajasiga ko‘tarilgan? Sofistlar kimlar bo‘lgan? Orfoepiya va ritorika masalalari bilan kimlar shug‘ullanganlar? Ritorika masalalari bo‘yicha kimlar maxsus qo‘llanma yozganlar? Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atining qanday turlri bo‘lgan? Demosfen va uning notiqlik faoliyati bo‘yicha ma’lumot bering. Aristotel notiqlik san’ati nazariyasida qanday tamyillarni olg‘a surgan? Foydalanilgan adabiyotlar Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. – Toshkent, 1967. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2007. Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M., 1990. Aristotel. Ritorika. – M., 1978. Rustamov A. So‘z xususida so‘z. – Toshkent, 1987. Download 233.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling