O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti kurs ishi mavzu: yapon adabiyotida monogatri janri vujudga kelishi va uning o’rni bajardi xuramov og’abek ilmiy


II BOB. Heyan davri adabiyotida “Ochikubo monogatari”


Download 162.5 Kb.
bet4/6
Sana24.04.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1395873
1   2   3   4   5   6
II BOB. Heyan davri adabiyotida “Ochikubo monogatari”
asarining o‘rni

2.1. “Ochikubo monogatari” asarining mazmuni.


Ochikubo Monogatari (落窪物語) shuningdek, «Go‘zal Ochikubo haqidagi ertak» sifatida tanilgan, Heyan davridagi mashhur asarlaridan biri hisoblanadi.
Ochikubo Monogatari X asrning boshida yozilgan. Asarning muallifi aniqlanmagan. Lekin bu haqida turlicha tahminlar mavjud. Tahmin qilinishicha, asar 990-998-yillar oralig’ida yozuvchi Minamotono Shitago tomonidan yozilgan. Lekin bu adabiyotshunos 983-yilda vafot etganligi sababli asarni tugatishga ulgurmaydi.Shu sababli asarni boshqa yozuvchi ayol Sey Shonagon oxirigacha yetkazgan degan tahminlar bor.Asar 1993-yilda Saeko Himuro tomonidan zamonaviy yapon tiliga tarjima qilingan.
Bu yapon adabiyotida o‘gay ona tomonidan ko‘rsatilgan tazyiq va bezorilikni o‘z ichiga olgan eng qadimiy ertak sifatida tanilgan. Ochikubo Monogatarining yaxshi shakllangan syujeti va obrazlarni aniq tasvirlanganligi Gendji haqidagi ertak muallifi Murasaki Shikibu kabi ko‘plab yozuvchilarga ta'sir ko‘rsatdi. “Go‘zal Ochikubo haqidagi ertak” kundalik hayotga voqealar rivoji aks etgan, ko‘plab rang-barang detallarda tasvirlangan va undagi ertaknamo sehrli tasvirlar muhabbatning “oddiy mo‘jizasi” ga yo‘l ochib beradi.
Asar haqida yapon olimlaridan biri Matsumoto Yuiko shunday deydi:
この物語は、現代風に要約すると、継母にコキ使われてボロを着ていたお嬢さんが、白馬の王子のような貫公子に救いだされ、豪邸にうつりすんで妻となり、きらびやかな着物をまとい、召使いにかしずかれるというシンデレラストーリーだ。
“Bu monogatari hozirgi kunga tarjima qilinganda, o‘gay ona tomonidan eski kiyimlar kiydirib qo‘yilgan qizchani tez kunda oq otdagi shaxzodasi kelib qutqarishini, u ham malikalardek bo‘lib, chiroyli bezatilgan hashamatli kiyimini kiyib, bahtli hayotga erishishi bayon etilgan Sindrella haqidagi hikoyadir”.
Otikubo Monogatari asari qahramonlari:
Chnagon
O‘rta darajadagi zadogon, davlat maslahatchilaridan biri bo‘lgan. Uning haqiqiy ismi noma’lum va faqat Chnagon nomi bilan tanilgan. U Ochikuboning otasi va Kita no Kata ya’ni xotining nazorati ostida bo‘lgan. U hech qachon Ochikuboga mehrli munosabatda bo‘lmagan.
Kita no Kata.
Hikoyadagi haqiqiy ism noma'lum, faqat unga ko‘ra Kita no Kata nomi bilan tanilgan. U Ochikuboning o‘gay onasi va Chnagonning rafiqasi. U o‘gay qiziga doimiy ravishda yomonlik va xo‘rlik beradigan, shafqatsiz o‘gay ona sifatida tasvirlangan. U Ochikuboni yoqtirmaydi va barcha baxtli va hashamatli narsalarni undan tortib oladi. Kita no Kata o‘gay qiziga "malika" yoki "xonim" deb murojaat qilmasdi, iloji bo‘lsa, unga xizmatkor sifatida murojaat qilardi. Ammo Xotin Ochikuboni xizmatkor deb chaqirgani uchun Chnagon uni yoqtirmasligi mumkinligi sababli, u qasrda bo‘lganlarning barchasiga "Ochikubo no Kimi" deb nom berishni aytadi.
Ochikubo
U Chnagonning qizi va Kita no Kata ning o‘gay qizi. Uning qasrda mavjudligi odamlar uchun noma'lum va u Ushiromi deb ham tanilgan Akogi ismli maxsus xizmatchisidan boshqa hech kim unga g'amxo‘rlik va mehr ko‘rsatmaydi. U keyinchalik Michiyorini sevib qoladi va o‘gay onasining qo‘lidan va qiynoqlaridan xalos bo‘ladi. U mehribon, juda kamtar va o‘zini yaxshi tuta oladiga,aslzodalarga xos xarakterga ega.
Akogi (Ushiromi)
U Ochikuboning sodiq xizmatkori va qasrda maxsus xizmatchi lavozimiga ega. U Ochikubo qo‘l ostida xizmat qilishni xohlaydi. Akogi dastlab Ushiromi ismini olgan. U bu xonadonda xonim Ochibukoga eng ko‘p hamdard va uni tushunadigan yolg’iz ayol bo‘lgan. Keyinchalik uning ismi o‘gay onaning buyrug'i bilan Akogiga o‘zgartirildi, chunki o‘gay ona Xonim Ochikubo va Akogini ajratib qo‘ygan bo‘lsa-da, u har doim Ochikuboga sadoqatli qoladi va undan ajralmaydi. Shuningdek, "Ushiromi" nomi "qo‘riqchi" degan ma'noni anglatadi, bu esa Akogi xonim Ochibukoning qo‘riqchisi farishtasi ekanligi haqidagi ramziy ma'noga ega. O‘gay ona bu haqiqatni yoqtirmaydi va bu nomni munosib emas deb o‘ylaydi, shuning uchun uning ismini Akogi deb o‘zgartiradi.
Asar muallifi o‘z oldiga badiiy masalalarni qo‘ymagan, lekin uni qiziqarli ravishda yaratgan. Asar omma e’tiborida qadrlanib kelganligi uchun ham shu kungacha yetib kelgan. Ertakda 3 raqami ko‘p qo‘llaniladi. Chunki Ochikuboni bir nechta opa-singillari bor. Lekin asarda faqatgina 2 ta opa talqin qilingan. O‘gay opa-singillar bir-birlariga befarq bo‘lganliklari sababli jazolanadi. Asarda judayam qiziqarli holatlar deyarli yo‘q. Lekin qahramonimiz o‘zining ajoyib qobiliyatlari bilan tasvirlangan. Ya’ni u sitrada yaxshi o‘ynaydi, raqsga tushadi, she’rlar yozadi, qolaversa qo‘ligul chevar. Eng katta ahamiyati shuki, u juda mehnatkash, mehribon Xeyan davrining go‘zalidir. U ertakda mehnatga bo‘lgan muhabbati, mehribonligi uchun ham mukofatlangan.
Ochikuboning opalari salbiy obraz sifatida tasvirlanmagan bo‘lsada, juda qo‘pol, ishyoqmas, dangasa, mehrsiz bo‘lgan. Ochikuboning sevgilisi – Michiyori ertakning qonunlariga bo‘ysungan holda, u uchun qasos oladi. Shuning uchun ertak qahramoni shaxzoda Michiyori o‘quvchilar qalblaridan chuqur iz qoldirgan. Bu ertak oilaviy hikoyaga aylangan. Shuning uchun ertakning yakunlanishi cho‘zilib qahramon apofeolizini keltirib chiqargan. U o‘zining xayrli ishlari bilan, mehribon, qalbi keng ekanligini isbotlashi kerek edi. Ochikubo asarda juda oqko‘ngil qilib talqin etilgani bilan u juda ehtiyotkor va hammaga ishonuvchan emas. U Michiyorini sevgisiga ishonmaydi va otasi bilan uchrashishini talab qiladi. Shundagina u shaxzodasiga ishonadi. O‘gay ona obrazi juda yaxshi tasvirlangan. U hayotning quyuq joyidan olingan va o‘zining harakteriga ega va hech qachon o‘z harakteriga qarshi borolmaydi, bormaydi ham. Xizmatkorlar eng mehribon qahramonlardir. Muallif ularni yumor bilan yaratgan va asarning ohirida ularni ham mukofatlaydi. Asar muallifi o‘z oldiga badiiy masalalarni qo‘ymagan, lekin uni qiziqarli ravishda yaratgan.. Ya’ni u sitrada yaxshi o‘ynaydi, raqsga tushadi, she’rlar yozadi qolaversa qo‘li gul chevar. Eng katta ahamiyati shuki, u juda mehnatkash, mehribon Xeyan davrining go‘zalidir.
Ochikuboning yaqin dugonasi, o‘sha uydagi hizmatkorlardan biri Akogi fransuz ayoli bo‘lsada, hikoyaning bosh qahramoniga bo‘ysunadi. Biz asarda hizmatkorlarga oson bo‘lmaganligini yorqin ravishda ko‘rishimiz mumkin, garchi ular zodagon oilalardan bo‘lsalar ham. Shuning uchun ham Akogini munosabati Kita no kata (o‘gay ona) ga ijobiy emas.
Heyan davrida boy va zodagon bilimli kishilar orasida ko‘p xotinlilik bo‘lgan. Qonuniy zavjasi Kita no kata “shimol oroli aslzodasi” mavqeini olgan. Uning bunday nom olishi sababi - imperatorning yuqori qismida katta zavjalarning xonalari joylashgan bo‘lib, bu bino ko‘p xonalardan iborat bo‘lgan. Boshqa xotinlar asosan bo‘lak yashab, er ular bilan vaqti-vaqti bilan muloqat qilgan. Boshqa xonada yashagan xotinlar, kundosh bolalarini sevmay yoqtirmasdan chiqishtirmaganlar. Bolalar o‘z onalari qaramog‘ida bo‘lganlar. Asarda onalar vafot etsa, bolaning onasi tomonidan buvi va buvasi qaramog‘iga olingan. Ochikubo onasi tomonidan avlodidagi barcha qarindosh-urug‘lar vafot etganligi sababli, o‘gay ona qo‘lida himoyasiz edi. Heyan davrida xotin o‘z uyida yashagan. “Ochikubo monogatari”asarida shuni ko‘rish mumkinki, yosh er-xotingina birga yashashgan. To‘y marosimi ham o‘zgacha bo‘lgan. Kuyov kelin oldiga kechqurun yoki tong otmasdan saharda kelgan. O‘z uyiga qaytgach, kelinga she’rlar bilan xat yozib yuborgan. Uchinchi kuni kechqurun oilaviy yig‘in tashkil qilishgan. Shundan keyingina kuyov o‘z xotini yonidan kunduzi ochiq holda ketgan. Boshqa avlodlarda ham kuyovlar bo‘lajak xotinlari oldiga shu tariqa kelganlar.
Asar hamma ertaklardagi kabi mashhur bo‘lgan syujetga ega. Ya’ni o‘gay ona va o‘gay qizcha haqida. Bu syujet yapon folklorlari orasida mashxur bo‘lib, bunday ertaklarni ko‘p uchratishimiz mumkin. “Ochikubo” ertagi salbiy qahramonlarga boy bo‘lgani uchun ko‘p hollarda o‘quvchiga ertak yakunini bilish qiziqishini orttiradi. “Ochikubo” – yaponcha so‘z bolib, “yerto‘la” degan ma’nosini anglatadi. Bu ism ortida biz albatta hayotda qiynalgan, o‘gay ona tomonidan xo‘rlangan qizni tasavvurimizga keltiramiz. Ochikubo monogatari sehrli ertaklar sarasiga kirib ertakning boshlanishidan asarning bosh qahramoni bo‘lgan o‘gay qiz ochikubo turli qiyinchiliklarga duch keladi. O‘gay ona, o‘gay opa-singillar qiynoqlari-yu, ho‘rlashlarga chidab hayot kechiradi. Lekin qachondir shu qiyinchiliklarni yengishiga, uni himoya qiladidigan shu qiynoqlardan qutqaradigan “shaxzoda”sini kelishiga ishonib yashaydi. Va albatta, ertakning yakunida orzusiga erishadi.
Bunday syujetli ertaklar bizga rus ertaklaridan “Zolushka”, ingliz ertaklaridan “Sindrella”, o‘zbek xalq ertaklaridan “Kuloyim”, “Zumrad va Qimmat” larda ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan ertaklar ham sehrli ertaklar turiga kiradi. Bu ertaklarda ham o‘gay ona obrazi bosh qahramonlardan biri bo‘lib u har doim o‘gay qizga zulm o‘tkazib keladi. Faqatgina voqealar rivojida turli farqlarni ko‘rishimiz mumkin. Ochikubo monogatarida o‘sha davrning barcha urf odatlarini, bayramlarini ko‘rishimiz mumkin. Hattoki o‘sha davrda turli “ball”larni guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bunday syujetlar rus ertagi “Zolushka” da ko‘rishimiz mumkin. Asarda biz mo‘jizaviy sevgini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Asarning bosh qahramonlarida reallik bo‘lmasada, asarning ikkinchi darajali qahramonlari real qahramonlar sarasiga kiradi. Asar muallifi Heyan davrining muhitini yorqin tarzda yoritib berishga muvaffaq bo‘lgan. O‘sha davrdagi marosimlar, kechki yig‘ilishlar, imperator saroyidagi muhit, imperator saroyida bo‘lib o‘tadigan tantanalar va hokazolar.
Asarda biz juda mahorat bilan aytilgan she’rlarni, turli dialoglarni o‘qishimiz mumkin. Asarning yana bir ko‘zga ko‘rinadigan tomonlaridan biri odamlarning bir biri bilan xat orqali gaplashishlari, turli so‘z o‘yinlaridir.
Asar ohirida bahtli oila ko‘rsatilgan. Yozuvchi o‘zining asaridagi qahramaonlarni unvonlar bilan mukofatlaydi. Bu marosim xizmatkorlar uchun berilgan sovg‘alarni barchasini mukammal tarzda sanab o‘tgan. Ko‘rinib turibdiki, u ham boy bo‘lmagan yuqori mansabdagi kishi bo‘lgan.
Asarning syujeti haqida yapon olimi Matsumoto Yuiko shunday deydi.
落窪物語は継子いじめの話とされているが、それだけでなく、姫さま階級にとっては幸福実現ストーリーである。そして働く女(あこぎ)にとってはキャリアアップ物語である。タイプの違う女たち(継母、姫、あこぎ)の生き方が対照的に描かれていて、面白い。
“Ochikubo Monogatari asari o‘gay onadan jabrlangan o‘gay qiz haqida bo‘lsa ham,asar malikaning baxtli hayoti bilan yakunlanadi.Shuningdek xizmatkor ayolning ishlari yurishadi. Asarda turli tabaqadagi ayollarning(o‘gay ona,malika,Akogi) turli hayot yo‘llari tafovutlari tasvirlangan,bu juda qiziq”.



Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling