O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti kurs ishi mavzu: yapon adabiyotida monogatri janri vujudga kelishi va uning o’rni bajardi xuramov og’abek ilmiy


Heyan davrida monogatari janri taraqqiyoti va turlari


Download 162.5 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1395873
1   2   3   4   5   6
1.2. Heyan davrida monogatari janri taraqqiyoti va turlari
Heyan davri Yaponiyada madaniyat, san’at va albatta, adabiyotning eng gullagan davri deya tan olingan va Yaponiya tarixida muhim o‘rin tutadi, milliy-adabiy janrlarning shakllanish va rivojlanish davri hisoblanadi.Bu davrda monogatari janrining taraqqiyoti kuzatiladi.
O‘rta asrlarda saroy adabiyotining gullab-yashnagan va epik janri (Monogatari biron narsa haqidagi hikoya, qissa degan manolarni bildirib, Heyan davri yapon zodagonlar adabiyotida yaratilgan epik (hikoyaviy) nasrning asosiy janridir .Yevropa adabiyotida bunday janrga xos asarlar-roman, qissa, hikoya, anekdot, epopeya deb yuritiladi.) rivoj topgan davri-Heyan davri hisoblanadi. Bu davrda yaponlar Xitoy milliy an’analaridan voz kechib, yangi davlat barpo qilganlar. Shuningdek, insonlarning manaviy ongi yanada sayqallasha borgan va bu adabiyotga ham oz ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Heyan davri ijodkorlari uchun narsaning qiymatini ochib beradigan eng muhim qurol so‘z hisoblangan4. Narsalarning o‘ziga xosligini, go‘zalligini ifodalovchi asosiy vosita so‘zlarning ko;p manoliligi hisoblangan. Bu orqali badiiy boyoqdor so‘zlarning hamda poetik obrazlarning vujudga kelishi, ularning hayotga tadbiq qilinishini ko‘rsatib berilgan.
Yana shuni alohida takidlab o‘tish joizki, Heyan davrida ijod qilish jarayonida asosiy janrlardan biri 31 bo‘g’inli tanka janri hisoblangan. Bunda asosiy etibor sozning manosiga qaratilgan. Tanka o‘zida osha davr muhitini ifodalagan. U roman, hikoya va qissalarning tarkibiy qismidan o‘rin olgan. Ushbu qisqa sher janri bilan Heyan davri kundaliklari va safar taassurotlari yoritilgan. Shuningdek, oshiqlarning oz mashuqalariga bildirilgan sevgi izhorlari, har bir qilgan xatti-harakatlari tanka orqali ifodalangan. Tanka nafaqat adabiyotda, balki real hayotda ham hukm surgan, oz orniga ega bolgan. Heyan davri oshiq yigiti sanatining cho‘qqisi tankalarda ham emas, garchi shakl va ma’no jihatdan benuqson tuzilgan bo‘lsa ham, uning biror harakatida ham emas, balki ular birga olinganda unisida ham, bunisida hamdir- shoirona tasvirlangan ishlar va she’riyatga aylantirilgan harakat mana shunda Heyanliklarga teng keladiganlar bo‘lmagan5.
Monogatari epik romanga o‘xshash hikoyaning bir turi. Quyidagi turlari mavjud|:
Setsuva-monogatari: anekdotli ertaklar
Tsukuri-monogatari: aristokratik saroy romantikalari
Denki-monogatari: hayoliy voqealar bilan bog'liq hikoyalar
Rekishi-monogatari: tarixiy ertaklar
Uta-monogatari: she'rdan olingan hikoyalar
Gunki-monogatari: harbiy yilnomalar va urush haqidagi hikoyalar
Giko-monogatari: oldingi ertaklarning soxta klassik taqlidlari
Monogatari-Heyan davrida sodir bo‘lgan voqealar, shuningdek, xayoliy
voqealar haqidagi hayot haqiqatlarini o‘z ichiga oladi:
“Badiiy adabiyot bilan hayot o‘rtasidagi chegarani aniqlash juda qiyin edi. Misol uchun Ise Monogatari “Ise haqidagi ertak” - bu "monogatari" deb nomlangan asar, chunki u dastlab shunday nomlangan va kutobxonlar bir vaqtlar bosh qahramon haqiqiy inson deb hisoblanmasa ham, asarni yoqtirishgan”-, Arivara Narixira.
Yapon adabiyotidagi janrlar tasnifi hali hanuz o‘zining aniq yechimiga ega emas. Yapon adabiyotshunoslari monogatarini bir necha turlarga bo‘ladilar. Bular tsukuri monogatari, uta monogatari, setsuva monogatari, rekishi monogatari, gunki monogatarilardir.
“Tsukuri monogatari” (作り物語) - bu janrda yozilgan asarlar real dunyodan tashqarida sodir bo‘ladigan voqealarni hikoya qiluvchi qahramonlar va xudolar xaqidagi qadimiy rivoyatlar asosiga qurilgan, ya’ni, “yaratilgan, to‘qima hikoyalar” hisoblanadi. Bunday asarlarda asosan qahramonlarning ajablanarli taqdirlari va misli ko‘rilmagan go‘zalliklari talqin qilinadi. Monogatarining bu ko‘rinishiga, “Taketori monogatari” (竹取物語), “Ochikubo monogatari” (落窪物語), “Usubo monogatari” (宇津簿物語), “Genji monogatari” (源氏物語) va bundan keyingi barcha paydo bo‘lgan monogatarilar kiradi.
“Uta monogatari” (歌物語) - yapon she’rlari asosiga qurilgan she’r atrofiga qurilgan – hikoya janridagi ko‘proq real voqealar bayon qilinadigan asardir. Bu turdagi asarlarning xususiyati shundaki, ular aslida hikoyaviy nasrdan iborat bo‘lmasdan, she’r nasr bilan aralashgan ko‘p sondagi miniaturalardan tashkil topgan, ularning har biri ikki qismdan – nasriy va she’rli qismdan iborat6. Odatda avval nasr keladi uzunmi-qisqami nasriy iboralarning to‘plami, keyin esa she’r, agar parcha qisqa bo‘lsa, shu bilan hammasi tugaydi va faqat rivojlanganroq epizodlarda she’r ketidan yana yangi nasriy unsur keladi. Bu monogatari turiga eng mashhurlaridan “Yamato-monogatari” (大和物語), “Ise monogatari” (伊勢物語) lar kiradi.
“Rekishi monogatari”(歴史物語)- bu tarixiy mavzularda yaratilgan monogatari turlari bo‘lib,ularning orasida alohida shuxrat qozongan asarlar “Eyga monogatari” (栄華物語) “Gullash haqida qissa” va “O-kagami” (大鏡) “Ulkan ko‘zgu” bo‘lib, ularda mualliflarning e’tibori markazida Fujivara sulolasi va imperator xonadoni turadi.
“Setsuva monogatari”(説話物語)- qissalar to‘plami bo‘lib asosan buddaviylik diniga taaluqli adabiyotlar yozilgan. Ilk sesuva to‘plamlari xitoy tilida, hikoya qilishning tarihiy ketma ketlik asosida yozilgan. Birinchi yaratilgan to‘plamlardan biri “Nixonryouki” (日本霊記) bo‘lib, u Yakusidzi Kyokay ibodatxona rohibi tomonidan yozilgan7.
XII asrda bir nechta sesuva to‘plami paydo bo‘ladi, alohida hikoyalar boshqa adabiy janrda yozilgan asarlar tarkibiga kiritiladi.
Setsuva asosan buddaviylik rohiblari ba’zida esa zodagonlar tomonidan yaratilgan. Setsuvani kelib chiqish ildizi bir tomondan Yaponiyaning folklor urf-odatlariga bular ertaklar, buddaviylik afsonalariga bog‘liq bo‘lsa, bir tomondan Xitoy adabiyotiga borib taqaladi. XII asrgacha yozilgan to‘plamlardan ,,Kondzyaku monogatari” (今昔物語集) xitoy tilida yozilgan asar.
XI asrning ikkinchi yarmidan Yaponiyada uzoq va qonli ichki kurashlar davri boshlanadi. Xokimiyat boshiga Heyan saroy zodagonlari o‘rniga harbiylar, yapon askarlari keladi. Bunday muhitda yangi xalq eposi yaraladi. Bu endi xudolar haqidagi afsonalarlar emas, qahramonlar xaqidagi hikoyalardir. XIII – XV asrlarda voqea – hodisalar xaqidagi afsonalar to‘plami va mashhur samuray jangchilari qahramonlaridan iborat bo‘lmish harbiy yilnomalar Gunki monogatari asarlari mashhurlik darajasiga yetadi.
Avval voqealar og‘zaki tarzda bayon qilingan bo‘lsa, Kamakura davrining boshlariga kelib maxsus og‘zaki hikoya janri – katarimono janri sifatida vujudga kelgan. “Gunki” – so‘zma - so‘z “jangnoma” degan ma’noni anglatib, Heyandavridan keyingi Kamakura davrining asosiy hikoyaviy-tasviriy janri hisoblanadi8.
XIII-XV asrning mashhur gunki monogatarisi – “Heyke monogatari” (“Tayra haqidagi hikoya”) hisoblanadi. Bu monogatari 1280- 1285 yillardagi Tayra va Minamonoto qabilalari o‘rtasidagi (“Gempey urushi” deb nomlanuvchi) urushga bag‘ishlangan.
Yuqorida aytib o‘tilgan hikoyaviy janr turlari - o‘rta asrning asosiy hikoyaviy monogatarilari bo‘lib, keyinchalik bu monogatarilar yapon adabiyotshunosligida romonchilikning rivojlanishiga makon yaratgan.
Heyan davri adabiyoti o‘z taraqqiyoti davomidagi to‘rt davrning har biri Heyan adabiyoti rivojida g‘oyatda muhim rol o‘ynadi, uning kelgusi asrlardagi rivojining asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi. Heyan davrida, ya’ni IX asrdan XII asrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida vujudga kelgan adabiy janrlarning deyarli barchasi XIX asrning oxiriga qadar, tugallanmagan burjua revolyusiyasi – Meydzi islohotlari natijasida (1868yil) Yaponiya g‘arb madaniyati tomon yuzlangunga qadar to‘laqonli yashab keldi.
Biroq, bunchalik uzoq adabiy umr ko‘rmagan boshqa janrlar ham yapon madaniyati va adabiyoti uchun izsiz yo‘qolib ketgani yo‘q, balki aynan ularning ta’siri ostida yapon adabiyoti o‘zining avvalgi betakror rang barangiliga ega bo‘ldi, inson his-tuyg‘ularidagi hissiy ko‘tarinkilik va tabiatga yaqinlikni sezish kabi tuyg‘ularni, butun mavjudot va olam o‘zgaruvchan, o‘tkinchi, foniy degan falsafani ajoyib tarzda o‘zida mujassam etdi.



Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling