O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti kurs ishi mavzu: yapon adabiyotida monogatri janri vujudga kelishi va uning o’rni bajardi xuramov og’abek ilmiy


Download 162.5 Kb.
bet2/6
Sana24.04.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1395873
1   2   3   4   5   6
Tadqiqot maqsad va vazifalari. Ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi yapon adabiyoti xalq og‘izaki ijodining durdona asari bo‘lmish “Ochikubo monogatari” asarining yaratilishi va mazmuni masalalarini yoritishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, dissertatsiyaning vazifalari sifatida, Heyan davri adabiy muhitini yoritish bilan bir qatorda monogatari janrining vujudga kelishi va rivojini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Yapon adabiyoti xalq og‘izaki ijodidagi ertagi asosida qayta ishlangan “Ochikubo monogatari” tanlandi. Shuningdek, mavzuga doir yapon, rus, ingliz tillaridagi maqolalar, turli ilmiy ishlardan ham keng foydalanilgan. Yuqorida keltirilgan asarni badiiy jihatdan yoritib berish asosiy vazifa etib belgilangan.
Ilmiy yangiligi va ahamiyati. Yuqorida aytilganidek, mamlakatimizda yapon adabiyoti merosi “Ochikubo monogatari”ga bag‘ishlangan ilmiy ishlar qilingan emas. Shu bilan birga, ishning ahamiyati sifatida, o‘zbek adabiyotshunosligining boyishi bilan birga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yanada mustahkamlashuvi hizmat qilishi mumkin.
Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, jami 26 sahifani tashkil qiladi.
I BOB. Heyan davrida monogatari janri

1.1. “Monogatari” janri haqida.


Yaponiya adabiy an’analari boy va uzoq tarixga ega. Yapon adabiyoti uzoq vaqt Xitoy adabiyoti ta’siri ostida bo‘lgan va ko‘p asarlar aynan eski xitoy yozuvida yozilgan. IX asr o‘rtalarida bo‘g‘inli yozuv- kananing kashf qilinishi xitoy tili o‘rniga yapon tilida ijod qilish imkonini berdi. Aynan shu davr yapon adabiyotida ona tilida yozilgan monogatari (物語, biror narsa haqidagi hikoya, qissa) termini bilan belgilanuvchi - ilk hikoyaviy asarlar yaratildi. Keyinchalik bu adabiyotda “monogatari adabiyoti”dek dunyoga tanilgan hodisa shakllandi.
(Heyan davri “kundalik” asarlar to‘plami)
“Monogatari” - Heyan davri yapon zodagon adabiyotida yaratilgan hikoyaviy nasrning asosiy janri bo‘lib, yapon hikoyaviy nasrining ko‘rinishi hisoblanadi.2.
Monogatari - Heyan davrida sodir bo‘lgan voqealar, shuningdek, xayoliy voqealar haqidagi haqiqiy hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Monogatari keng qamrovli janr bo‘lib, uni novella, qissa, ertak, afsona, roman, epos yoki epopeya deb atash mumkin. Monogatari adabiyoti an’anasiga ko‘ra IX-XV asrlarda yapon tilida yaratilgan nasrlarga tegishlidir. Yevropa janrlar nomenklaturasi bo‘yicha bunday asarlar - roman yoki qissa, hikoya, novella, anekdot, epopeya deb yuritiladi. Monogatari - yapon mumtoz qissasi, an’anaviy yapon nasriy to‘plamlari yoki bo‘lmasam o‘zida she’rlarni ham jamlagan asar deyish mumkin. Keng ma’noda aytganda monogatarini dunyodagi biron-bir janr yoki atama bilan izohlab bo‘lmaydi. Yapon adabiyotida monogatari o‘z o‘rniga egadir. XI-XV asrlarda asosan bu janrga oid ko‘pgina asarlar yaratilgan. Shu davr ichida, ya’ni, X-XI asrlarda o‘zining eng cho‘qqisiga erishib, dunyoga mashhur asarlar yaratilgan. XIII asrga kelib monogatariga oid 198 ta asarlar yozilgan bo‘lsa, shulardan faqatgina 40 tasi bizgacha yetib kelgan.
Monogatari nomini olgan birinchi asar «Taketori-monogatari» (竹取物語) (IX asr) bo‘lib, u novellalar iborat. Bu novellalarning ko‘pchiligi buddaviylik va xitoy manbalaridan kelib chiqqan bo‘lib, ular oy qizi haqidagi qadimiy yapon afsonasi syujetiga qurilgan bir novella tarkibiga kiritilib bayon etiladi. Ikkinchi ilk monogatari «Ise monogatari» (IX asr) bo‘lib, qisqa novellalardan iborat.
Har bir novella u yoki bu darajada mufassal bayon etilgan holat ko‘rinishidagi lirik epizodni taqdim etadi. Har bir holat markazida she’r turadi. Ushbu epizodlarni bir qahramonga bog‘lash bilan bir butun yaxlitlikka erishiladi.
Ushbu ikki ildizdan keyingi monogatarilar rivojlanib chiqqan. “Taketori monogatari”dan so‘ng avval dastlabki ertakona fantastika ta’sirini o‘zida aks ettirgan, dengiz ortiga (Xitoyga) sayohatlar bilan yo‘g‘rilgan sarguzasht qissa – «Usubo-monogatari» (打保物語) chiqdi, keyinroq esa oldingisidan farqli sof maishiy qissa – «Otikubo-monogatari» ( 落窪物語) (X asr) dunyoga keldi. «Ise monogatari»dan keyin asosiy qismi ishqiy syujetdan iborat maishiy novella yozildi. «Yamato-monogatari» (大和物語) (X asr) ana shunday novellalar to‘plamidir. Sekin asta, zodagonlik o‘z rivojining eng yuksak nuqtasiga erishishi bilan (X—XI asrlar) shu zodagonlikning haqiqiy hayoti roman janrining asosiy mavzusiga aylandi.
Oqibatda urf-odat va rasm-rusumlarni tasvirlovchi romanlar yozila boshlandi. Bunday romanlarning mumtoz namunasi ma’lum va mashhur «Gendzi-monogatari»dir (源氏物語) (X—XI asrlar oralig‘ida). Keyinchalik, Heyan idora usulining sekin-asta tanazzulga yuz tuta borishi bilan romanning maqsad va yo‘nalishi ham o‘zgarib bordi. Bunday asarlarga misol: «Sogoromo-monogatari»(XI asr), «Hamamasu-Tyunagon-monogatari» ( 浜松中納言) (XI asr), «Torikaebaya-monogatari» (XI asr).
Keyinchalik mavzu ham o‘zgardi: atrofdagi hozirgi hayot o‘rnini o‘tmish egalladi; hikoya qilishning va romanlarning mazmun-mohiyati zodagonlik tizimi gullab yashnagan davrdan, asosan Fujivara kanslerlaridan biri – Michinaga hukmdorlik qilgan zamonni eslab, o‘tmishdan zavqlanishdan iborat bo‘lib qoldi. Shu yo‘sinda tarixiy roman –«Eyga-monogatari» (栄華物語) (XII asr) chiqdi. Tarixiy romanlar bora-bora tarixiy xronika – «Okagami» (お鏡) (XII asr) darajasigach yetib boradi.
Buning oqibatida ertak mavzusiga, konfutsiylik ruhidagi ibratli, tarbiyaviy novellalar bilan kengaytirilgan buddaviylik va daosizm mavzusiga qaytish sodir bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq yirik shakl – roman parchalanib, yana novellaga qaytildi. Shunday hikoyalar to‘plami – «Kondzyaku-monogatari» (XII asr). Kichik shaklda yozishga intilish ham kuzatila boshlandi. Bunga misol qilib «Susumi-tyunagon-monogatari» (XIII asr) novellalar to‘plamini olishimiz mumkin. Heyan tizimining barbod bo‘lishi va feodalizmga o‘tilishi (XII asr oxiri) oqibatida zodagonlar adabiyoti imperator saroyining tor doirasida qolib ketadi va o‘z o‘rnini yangi tabaqa adabiyotiga – feodal adabiyotga bo‘shatib beradi.
Eng so‘nggi monogatarilar orasidan eng e’tiborli asar «Koke-goromo»dir (XIII asr). Hozirgi kunda monogatarilarga «mumtoz adabiy meros» sifatida qaraladi.
Yapon mumtoz adabiyoti va adabiyotshunosligining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, an’anaviy adabiyotda qat’iy belgilangan va chegaraga solingan janrlar strukturasi mavjud emas va odatda janrning aniqlovchisi sifatida asar nomining o‘zi xizmat qiladi, ya’ni asr nomining so‘nggida “monogatari“ (物語) yoki “nikki” (日記) kabi so‘zlar uchrashi mumkin.
IX asr oxirlarida afsonaviy mongatarilar bilan bir qatorda nasr va nazm uygunlashgan monogatarilar paydo bolgan. Shunga o‘xshash asarlarning katta qismlari saroy aslzodalar adabiyoti bilan bog’liq. Ushbu yo‘nalishdagi “Ise monogatari”- Ise haqidagi qissa (IX asr oxiri X asr boshlanishi) debocha boldi. Ushbu asar bazida “she’rlar haqidagi qissa” deyiladi, uning 125 ta mayda boblarining har biri bir yoki bir nechta tankadan iborat bo‘lib, nazmiy matnga ega. Mashhur shoir, shahzoda Arivara Narixaraning ishqiy sarguzashtlar tarixi qissada ochiladi (825-880). Ise monogatari sahifalarida o‘zining davrida estetik lazzat olib, musiqa bilan band, tabiatining chiroyiga maftunkor, she’rlar yozadigan insonlar qiyofasi gavdalangan. Erkak va ayol munosabatida nafislik, madaniylashgan betakror go‘zalligiga intilishgan. Arivara Narixara ishqiy roman qahramoni, shoir va mashhurlashgan balki muhabbat sanatida sinalgan oshiq. XVII asr klassigi Ixara Saykaku uni o‘zining hikoyalarida “Qadimgi davrning mashhur xushtori” deb nomlagan. Ta’kidlab o‘tish joizki, Heyan davrida ijod qilish jarayonida asosiy janrlardan biri 31 bo‘g‘inli tanka janri hisoblangan. Bunda asosiy e’tibor so‘zning ma’nosiga qaratilgan. Tanka o‘zida o‘sha davr muhitini ifodalagan. U roman, hikoya va qissalarning tarkibiy qismidan o‘rin olgan. Ushbu qisqa she’r janri bilan Heyan davri kundaliklari va safar taassurotlari yoritilgan. Shuningdek, oshiqlarning o‘z mashuqalariga bildirilgan sevgi izhorlari, har bir qilgan xatti-harakatlari tanka orqali ifodalangan. Tanka nafaqat adabiyotda, balki real hayotda ham hukm surgan, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Heyan davri oshiq yigiti san’atining cho‘qqisi “tanka”larda ham emas, garchi shakl va ma’no jihatdan benuqson tuzilgan bo‘lsa ham, uning biror harakatida ham emas, balki ular birga olinganda unisida ham, bunisida hamdir: shoirona tasvirlangan ishlar va she’riyatga aylantirilgan harakat – mana shunda Heyanliklarga teng keladiganlar bo‘lmagan3.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir davrda ham nasriy janrlar adabiyot taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan va adabiy jarayon gullab-yashnagan.



Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling