O‘zbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


XULOSA…………………………………………………………………………...…27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI


Download 109.01 Kb.
bet2/8
Sana08.05.2023
Hajmi109.01 Kb.
#1443836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NILUFAR ASOSIY

XULOSA…………………………………………………………………………...…27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………………....29


K I R I SH
Soʻnggi yillarda fan va ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tadqiqotchilar oldiga qator nazariy va amaliy sohalarda mas’uliyatli vazifalarni qoʻydi. Bunday vazifalardan biri, shubhasiz, chet tillarni oʻrganish va oʻrgatish masalasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Bugun jahon hamjamiyatidan oʻziga munosib oʻrin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda oʻz buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yoʻqdir” Darhaqiqat, xorijiy tillarni, jumladan, koreys tilini har tomonlama chuqur tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlmog’i lozim. Shuni hisobga olgan holda, biz ham ushbu kurs ishimizda oʻzbek–koreys tillari frazeologiyasidagi oʻziga xos xususiyatlarni oʻrganishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik. Mavzuning dolzarbligi. Tillar har xil boʻlsa ham ularning sistemasidagi muayyan kategoriyalarni ifodalovchi birliklarlarda umumiy jihatlarni kuzatish mumkin.
Har bir mamlakatning oʻzining tili, tarixi shuningdek oʻziga xos sifatlarlari mavjuddir. Qolaversa, oʻsha mamlakat oʻz tilining muhim shakllari hamda oʻz tizimiga ega boʻlgan turli xil grammatik til hodisalarni koʻrib oʻtishimiz mumkin. Misol qilib oladigan boʻlsak, nafaqat oʻzbek tilida bunday koʻp til tizimida soʻz turkumlar borligi balki ularni turli xil yoʻllar orqali oʻrganish usullari mavjud. Shuning bilan bir qatorda quyida keltirilgan sifat tushunchasini quydagicha ifodalashimiz mumkin; Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangturi, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va shakliga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va boshqa. Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; maza-tam bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa. Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida xosil qilinadi.
Oʻzbek va koreys tillarida sifat soʻz turkumining sintaktik funksiyalarini turli til sathlari asosida semantik, grammatik jihatdan qiyoslash shu kategoriyalarning ifodalanishidagi mushtaraklik hamda farqlanishlarning toʻg’ri talqin etilishiga zamin yaratadi. Zotan, bu jarayonga aloqador masalalarni chuqur tadqiq etish tilning morfologik-sintaktik sathigagina daxldor boʻlmay, uning boshqa sathlarida lingvistik, ekstralingvistik omillar ta’siri asosida yuz beradigan oʻzgarishlarini atroflicha tavsiflashni talab qiladi. Bu esa til tizimining muhim uzvi boʻlgan sifat soʻz turkumiga aloqador koʻplab masalalar xususida ikki til nuqtai nazaridan aniq xulosalar chiqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, sifat soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlari, koreys va oʻzbek tillaridagi sifat soʻz turkumi orasidagi tafovut hamda oʻxshashliklar, ularni vujudga keltiruvchi omillar, sifat soʻz turkumining semantik, grammatik tabiati kabi masalalarni oʻzbek-koreys tillarining ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash zarurati, mazkur ish va ish uchun tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Zero, «Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi boʻlgan xulosalargina bizga toʻg’ri yoʻl koʻrsatadi» Chunki, har qanday «fan – jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vositadir» Tanlangan mavzuning dolzarbligi bog’lovchilarni oʻzbek va koreys tili materiallari asosida tavsiflashdan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Tilning grammatik qatlamiga mansub birliklarni ikki til misolida koʻrib chiqish koreys hamda oʻzbek tilidagi sifat soʻz turkumini chuqur oʻzlashtirishga, unga xos lingvistik mohiyatni tavsiflashga, qolaversa, ularni turli matnlarda oʻqib ma’no nozikliklarini tushunish jarayonida ham katta ahamiyat kasb etadi. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Umumxalq tilining zaruriy, mazmunli, ta’sirchan birliklaridan biri sifat soʻz turkumi boʻlib, ular tilning uslubiy boʻyoqdorlik xususiyatlarini oshirishga ham xizmat qiluvchi boy manbadir. Fikrimizcha, sifat soʻz turkumi vositalarni ikki til materiallari asosida qiyosiy tadqiq etish tillarning oʻziga xos jilosini namoyish qilish, til va nutq madaniyatini yuqori koʻtarishda muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.Ta’kidlash joizki, tilning eng muhim vositalaridan biri boʻlgan sifat vositalar, ularning oʻziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan keng miqyos da tadqiq etish borasidagi ishlar tarixi ancha oldinga borib taqaladi.
Bu borada umumiy tilshunoslikda, shuningdek, oʻzbek va koreys tilshunosligida ham qator e’tiborga molik ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratildi. Ayniqsa, bog’lovchilarning oʻziga xos grammatik va uslubiy xususiyatlari batafsil ishlab chiqilgan. Biroq, hozirgi kunga qadar sifat soʻz turkumining oʻzbek va koreys tili materiallari asosidagi qiyosiy talqini berilgan yirik tadqiqot ishini uchratmadik. Ushbu dalilning oʻziyoq biz tanlagan mavzuni tadqiq etish zaruriyati borligini tasdiqlaydi. Bizning tadqiqot bu xususdagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ularni sodda misollar va tushuntirishlar orqali sifat soʻz turkumiga xos xususiyatlarni amaliy tarzda izohlashi bilan ajralib turadi. Kurs ishida sifat soʻz turkumini ikki til materiallari asosida tadqiqot ob’yekti sifatida oʻrganish va uning oʻziga xos xususiyatlarini tahlil etish maqsad qilib qoʻyildi.

Download 109.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling