O‘zbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar


Download 109.01 Kb.
bet7/8
Sana08.05.2023
Hajmi109.01 Kb.
#1443836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NILUFAR ASOSIY

2.2. Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar
Bunday sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko‘rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi: dumaloq, yassi, o‘zunchoq, qiyshiq, to‘garak, do‘ng. Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, ozg’in, pachoq, bukir kabi. Koreys tilida esa

크다

katta

작다

kichkina

높다

baland

낮다

past

아름답다

chiroyli

섬세하다

nafis

아늑하다

shinam

마르다

ozg‘in

Ushbu koreys tilidagi sifat soʻz turkumi ham oʻzbek tilidagi sifatdagidek ishlatiladi. Bundan boshqa masalan ingliz tilida ham shunday ishlatilishiga guvoh boʻlamiz. Oʻzbek tilida sifat soʻz turkumi oddiy "sifat" deyilsa, koreys tilida bu soʻz turkumi “형용사|” ingliz tilida esa "adjective" kabi ishlatiladi. Biz yuqorida sifatning morfologik xususiyatlari ularning tuzilishi va grammatik belgilarini aniqlab oldik.


Quyida esa inglizcha sifatning morfologik tuzilishi uning grammatik hodisalarini kuzatishimiz mumkin: Tilshunoslikda sifatdosh (qisqartirilgan adj) ot yoki ot soʻz birikmasini oʻzgartiruvchi yoki uning koʻrsatuvchisini tavsiflovchi soʻzdir. Uning semantik roli ot tomonidan berilgan ma'lumotni o'zgartirishdir. An'anaga ko'ra, sifatlar ingliz tili nutqining asosiy qismlaridan biri hisoblangan, garchi tarixan ular otlar bilan birga tasniflangan. 9Masalan: yellow(sariq), good(yaxshi), ugly(hunuk), funny (kulgili) kabi maʼnolarda ishlatiladi. Bu ham oʻzbek tilidagidek yasaladi hamda bularning yasalish usullari ham bir xildir.
1. Qoʻshma
2. Yasama.
Bularga misollar keltiradigan boʻlsak, comfortable (shinam,qulay)—yasama sifat, wooden spoon(yogʻoch qoshiq)—qoʻshma sifat kabilarni koʻrishimiz mumkin.
Oddiy darajadagi sifatga -roq affiksini qo‘shish yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog‘ishtirish, qiyoslash ma'nosi anglashilib turadi. Misol: SHu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko‘rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so‘z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O‘shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o‘rtadan ko‘ra pastroq. xo‘jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq belgini kamligi bildiryapti, qiyoslash ma'nosini o‘rtadan ko‘ra so‘zlari ifodalayapti. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so‘zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol achchiqroq. Sifatlar quyidagicha yasaladi:10
1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan.
2. So‘zlarni qo‘shish bilan.
3. So‘zlarni takrorlash bilan.
Bunday sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko’rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi: dumaloq, yassi, o‘zunchoq, qiyshiq, to’garak, do’ng va b. Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, ozg’in, pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo’lsa ham qo’li, boldirlari tiqmachoq, uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, «8» rakamiga o’xshab ke-tadigan lablari ham etuk qizlarga xos bo’liq tirsillama (A. Muxtor). O‘quvchilarga nazariy ma’lumot tushuntirilgach sinov tariqasida bir necha savol beriladi. Qoniqarli javob olingach, ularning buni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash hamda uni mustahkamlash maqsadida mashq bajartiramiz. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, ularni izohlang. Ushbu mashqni bajarishda 6 x 6 x 6 metodidan foydalaniladi. Bu guruhning har bir a’zosini faollik, o‘z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrini tinglash va tanlay olish, o‘rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Ushbu metodda 5,6,7,8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan stulga o‘quvchilar joylashib olib, bo‘linadi. Mashqdagi gap o‘qiladi. Shakl-ko’rinish sifatlarni topib, ular izohlanadi guruh a’zolari maslahatlashib javoblarini guruh sardori yozib, javobini eshittiradi. Birinchi va to‘g‘ri, chiroyli yozib bo‘lgan guruh har bir a’zosi rag‘batlantirilib, baholanadi. 1. Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. (M.Oripova). Katta-kichik zid ma’noli, ma’no umumlashgan. 2. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat. 1 Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.: Noshir, 2009.- B.-258-260. 3. G‘ir-g‘ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keldi. (Oybek). Turlituman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat. 4. Baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan. 29 Yuqoridagi mashqda shakl-ko’rinish sifat topib izohlash bilimlari tekshirilib ko‘rilsa quyidagi mashqda esa nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘yib juft sifat yasash bilimi tekshiriladi. Dastlab orqa partada o‘tirgan o‘quvchilar bittabitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib bajariladi. Uchta qatorda joylashgan partalarga qarab o‘quvchilarni 3-guruhga bo‘lib olamiz. Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun tamoyiliga amal qilib, qaysi qator to‘lib mashq topshiriq asosida jamoada hamjihatlik o‘quvchilarda inoqlik bilganlarini tortinmasdan aytish ko‘nikmasi shakllana boradi. Bexato va to‘g‘ri, tez bajargan guruh a’zosi taqdirlanad

XULOSA
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin: turli tizimli tillar sistemasini qiyosiy o‘rganish bir tomonlama sof nazariy lingvistik sohani qamrab olsa ikkinchi tomondan amaliy-uslubiy maqsadni ham o‘z ichiga oladi, hamda tadqiqot jarayoni nazariya bilan amaliyot o‘rtasida yaqin bog‘lanishni vujudga keltiradi. Shu maqsadda , biz oltoy tillar oilasi sirasiga kiruvchi ikki tilda , ya’ni koreys va o‘zbek tillarida aniqlovchi birikmalarni ham amaliy , ham nazariy jihatdan tahlil qilib chiqdik va quyidagi o‘xshashlik va no o‘xshashliklarga duch keldik. Koreys va o‘zbek tilida ham aniqlovchi predmetning belgisini, xususiyatini bildiruvchi bo‘lak hisoblanadi. Sifat asosan otni izohlab keladi. Sifat gapda o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga “yashaydi”.Sifat bilan aniqlanmish aniqlovchili birikmani hosil qiladi.Bir oilaga mansub bo‘lgan o‘zbek va koreys tillari misolida aniqlovchi birikmasi tipologik jihatdan tadqiq etildi. Bunda koreys va o‘zbek tillaridagi sifat birikmasining grammatik xususiyatlarining umumiy va farqli jihatlari aniqlandi. Chunonchi, sifatlovchi sifatlarning har ikkala tilda ham o‘xshashligi, faqat koreys tilida asliy so‘zlar yo‘q (ular sanoqli yoki xitoy tilidan o‘zlashgan atributivlardir) ligi, aniqlovchi vazifasidagi so‘z atributiv yasovchi qo‘shimchalar orqali yasalishi, koreys tilida atributiv so‘zlarning sifatni izohlashi o‘zbek tilida esa asosan sifat aniqlovchining izohlashi tahlil qilindi.
Boshlang'ich sinflarda “Sifat” mavzusini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o‘xshashi, bu orqali o‘quvchilar qalbiga sezilarli ta’sir o‘tkaza olishi kerak. Toki, o‘quvchi dars tugasa ham, shu o‘qituchining darsini intiqib kutadigan bo'lsin. Umuman, boshlang'ich sinflarda “Sifat” mavzusini o‘rgatish jarayonida shu darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga bo‘lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo‘lgan holda ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo'lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e’tiborga olgan holda qo'llay bilishi lozim bo‘ladi.
Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangturi, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va shakliga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va boshqa. Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; maza-tam bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa. Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida xosil qilinadi.
Sifat + ot. So‘z birikmalari sistemasida eng keng tarqalgan tur sifat va otning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanishidir: yaxshi odam- 좋은 사람 , uzoq yo‘l- 먼 곳, moviy dengiz - 풀은 바다, go‘zal tabiat- 아름다운 자연 kabi. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol). Sifat + ot. Bitishuv yo‘li bilan birikadigan qo‘shilmalarning ikkinchi gruppasini sifat + ot tipidagi bog‘lanishlar tashkil qiladi. Bu tipdagi bog‘lanish hozirgi tilimizda aniqlovchili konstruksiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi: a) birikmaning birinchi komponenti (ergash muchasi) asliy sifatlardan, ikkinchi bo‘lagi esa ot yoki otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: yangi kitob, azim daryo, xom ashyo, moviy bayroq, baland bino, qora bulut kabi; b) nisbiy sifat + ot: uquvli yigit, g‘ayratli bola, chiroyli surat, kechagi studentlar, kechki payt, nuroniy keksa, oilaviy kecha, farosatsiz kishi kabi.

Download 109.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling