O‘zbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


I BOB. SIFAT SO‘Z TURKUMI VA UNING TAVSIFI


Download 109.01 Kb.
bet4/8
Sana08.05.2023
Hajmi109.01 Kb.
#1443836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NILUFAR ASOSIY

I BOB. SIFAT SO‘Z TURKUMI VA UNING TAVSIFI
1.1. Sifatni oʻrganish metodikasi
Soʻz turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi soʻzlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga koʻra turli gruppalarga ajratilishi soʻz turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. Soʻzlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari),
2) morfologik ( soʻzning turli formalar sistemasi)
3) sintaktik (turli morfologik formalarning snntaktik funktsiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, soʻz turkumlari ustida ishlash oʻquvchilarning muayyan guruhdagi soʻzlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang’ich sinf oʻquvchilari soʻz turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan soʻng har bir leksik-grammatik gruppa alohida oʻrganiladi. Bu soʻz turkumlarini oʻrganishning boshlang’ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang’ich sinf oʻquvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) soʻz nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog’i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati),
2) qanday soʻroqlarga javob boʻlishi,
3) oʻzgarishoʻzgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi,
4) gapda, asosan, qanday boʻlak vazifasida kelishi.1 Oʻquvchilar mana shu oʻrgangan belgilari asosida soʻz turkumlarini taqqoslaydilar.I Sifatni oʻrganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni koʻzda tutadi. Oʻrganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda qip-qiz.il, yam- yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi oʻrgatiladi. Ona tili va oʻqish darslarida oʻquvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum boʻlgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni oʻrganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va koʻrinishi, maza-ta’mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, oʻrin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda oʻrganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq oʻquvchilar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Oʻquvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda soʻroq yordamida gapda soʻzlarning bog’lanishini aniqlash koʻnikmasi oʻstiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan soʻz birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). 2Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yoʻnalishda olib borishni talab etadi. Boshlang’ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda oʻrganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini oʻzlashtirish (4-sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va soʻroqlari ustida kuzatish oʻtkazishdan boshla-nadi. Predmetning belgilari xilma-xil boʻlib, uni rangi, mazasi, shakli; xilxususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. Oʻqituvchi predmetni yoki uning rasmini koʻrsatadi, oʻquvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, koʻk ip.3 Albatta, suhbat asosida oʻquvchilar olma, ip soʻzlari nima? soʻrog’iga javob boʻlib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi soʻzlar qanday? soʻrog’iga javob boʻlib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. Oʻqituvchi atrofimizni oʻrab olgan pred-metlarning oʻz belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana birikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko ‘m-ko ‘k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar predmet belgisini bildiradi.
Oʻquvchilar belgi bildirgan bunday soʻzlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat koʻp uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, soʻngra sifatlari bilan oʻqib beriladi va mazmuni taqqoslab koʻrsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan soʻzlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda koʻrgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. Oʻquvchilar qanday?, qanaqa?soʻroqlariga javob boʻlgan (predmet belgisini bildirgan) soʻzlarni oʻzlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) soʻroq yordamida predmetning belgisini bildirgan soʻzlarni tanlash; 2) aralash berilgan soʻzlardan gap tuzish; 3) matndan kim?yoki nima?soʻrog’iga javob boʻlgan soʻzni va unga bog’langan qanday? va qanaqa? soʻrog’iga javob boʻlgan soʻzni tanlab (soʻz birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch soʻzlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda oʻquvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda oʻrinli foydalanish koʻnikmasini oʻstirish hal qilinadi. ,,Sifat" tushunchasini shakllantirish oʻquvchilarning ,,predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani oʻzlashtirish darajasiga bevosita bog’liq. Shu maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan soʻzlar guruhlanadi va shu soʻzlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umuinlashtirish asosida oʻquvchilar uning soʻz turkumi sifatidagi ° 2 iga xos koʻrsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? soʻrog’iga javob boʻladi, d) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan soʻz birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajaii boʻlak vazifasida keladi. 4Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta oʻrin beriladi. Oʻquvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini oʻstirish uchun: 1. berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob; 2. berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3. predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi oʻrnini puxta oʻzlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, oʻqish darslarida sifatning oʻz va koʻchma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni oʻrganish jarayonida soʻz yasashga oid mashqlarni muntazam oʻtkazib borish oʻquvchilarda u yoki bu soʻz turkumini yasash uchun soʻz yasovchi qoʻshimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og’zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, oʻrinli foydalanish koʻnik-masini oʻstirish bilan bog’liq holda -roq qoʻshimchasi bilan qoʻllangan sifatlarni va koʻmkoʻk, yam-yashil kabi sifatlarni toʻg’ri yozish malakasi shakllantiriladi. mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va oʻquvchilar nutqini oʻstirishga qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qoʻyish, gapda sifat bog’langan otni (soʻz birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki soʻz birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate-rialini tanlashda -roq qoʻshimchasi bilan qoʻllangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-liniq, sap-sariq kabi sifatlar koʻproq boʻlishiga e’tibor beriladi. Oʻquvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni oʻzlashtirishda uni ot bilan oʻzaro holda oʻrganishga asoslaniladi. Predmetning doimiy, oʻzgarmas belgisini ifodalaydigan soʻzlar sifat deyiladi. Sifat mustaqil soʻz turkumi sifatida uch xil belgiga ega:
1. Leksik-semantik belgi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi.
2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? soʻroqlaridan biriga javob boʻladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng boʻlib, ma’nosiga koʻra bir necha guruhga ajratiladi: a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil, zangori; b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda; v) shakl va koʻrinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, doʻng; g) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, shoʻr, taxir, chuchmal, bemaza; d) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinsoʻz, chaqqon, shoʻx, yalqov, dangasa, chechan, qoʻrs, qaysar. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni ifodalaydi; e) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qoʻlansa, badboʻy, xushboʻy, muattar; j) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil boʻladi: 1) psixik holatni ifodalaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq; 2) tabiiy holatni ifodalaydi: yosh, qari, keksa. Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodalaydi.5
Predmetning doimiy belgisini bildiradigan belgini bevosita ifodalaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi. Sifatning yuqoridagi ma’no turlari sifatni bevosita ifodalaydi. Asliy sifatlar belgini darajalab koʻrsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi. Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon kabi. Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, oʻxshatish orqali ifodalaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi. Nisbiy sifatlar boshqa soʻz turkumlaridan yasaladi va xoslik, oʻxshashlik, oʻrin yoki paytga munosabat, moʻljal ma’nolarini bildiradi: a) xoslik ma’nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi soʻzga -iy, - viy qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy; b) oʻxshashlik ma’nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi soʻzga - simon, -sifat affikslarini qoʻshish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat; v) oʻrin va payt ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi soʻzlarga - gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qoʻshish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki, kechki; g) moʻljallanganlik, xoslik, oʻlchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi soʻzlarga -lik affiksini qoʻshish bilan yasaladi: koʻrpalik, koʻrpachalik, toshkentlik, koʻylaklik. Sifat ba’zan ravish oʻrnida qoʻllanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi oʻqimoq kabi. Sifatning belgisini darajalab koʻrsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi. 3. Sifatning sintaktik belgisi. 6
Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli orqali bog’lanadi va oʻzi bog’lanib kelayotgan soʻzga tobelanadi. Sifat otga bog’lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz doʻstlarning eng yaxshi doʻsti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin. (Y.Shukurov). Sifat fe’lga bog’lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: Yulduzlar odatdagidan koʻra toza, kattaroq, yorqinroq koʻrinardi. (P.Qodirov). Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga koʻra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me’yorida ekanini koʻrsatadi va u maxsus koʻrsatkichga ega boʻlmaydi: goʻzal tabiat, shirin qovun, keng hovli. 2) qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi. Qiyosiy daraja leksik-morfologik usul bilan hosil qilinadi. Oddiy darajadagi sifatga -roq affiksini qoʻshish yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog’ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: Shu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq koʻrinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi soʻz (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. Oʻshandan buyon halol dehqonchilik qiladi; oʻrtadan koʻra pastroq. xoʻjaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq belgini kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini oʻrtadan koʻra soʻzlari ifodalayapti. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli soʻzlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol achchiqroq. Sifatlar quyidagicha yasaladi:
1. Sifat yasovchi qoʻshimchalar bilan.
2. Soʻzlarni qoʻshish bilan.
3. Soʻzlarni takrorlash bilan.
Sifat yasovchi qoʻshimchalar quyidagilardir: 1) otdan sifat yasovchi qoʻshimchalar: -li: rasmli kitob, kuchli shamol -dor: aybdor, vafodor ba-: badavlat, baquvvat ser-: serhosil olma. -mand: kasalmand, davlatmand Yuqoridagi qoʻshimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi. -siz: tuzsiz ovqat. beg ‘ubor, bexabar Bu qoʻshimchalar esa (no- qoʻshimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi. -lik: toshkentlik (bola) -iy,-viy: tarbiyaviy soat, devoriy soat. -gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim (paytga xos belgini bildiradi). -aki, -oqi: jizzaki, _jirttaki, pistoqi -yi: havoyi. -chan: ishchan bola. -simon: odamsimon maymun (oʻxshashlik ma’nosini bildiradi). -kor,-gar: isyonkor, zulmkor, _ javobgar, ig‘vogar. -i: qishloqi, qozoqi, jannati -cha: farg’ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin) -namo: avliyonamo, darveshnamo -parvar: xalqparvar, adolatparvar - on: charog‘on, za ‘faron -aki: dahanaki, og ‘zaki bad-: badbaxt, badnafs -shumul olamshumul, jahonshumul -don: gapdon, bilimdon -kash: dilkash, hazilkash -bop: palovbop, qishbop xush-: xushfe’l, xushhavo -in: er kin, otashin -vor: devonavor, afsonavor -parast: mansabparast, maishatparast bar-: barhayot, barvaqt -chil: xalqchil, izchil. be-: -lik(-liq): ko ylaklik(chit), bolalik(cho‘lar) -i: jannati_ (kampir) -loq: baqaloq, qo‘shaloq (g‘oʻza) -kor: devkor(ish), fusunkor(husn) -kash: zahmatkash (odam), noskash (kampir) -chi: gapchi(odam), vahimachi(ayol) -von: zo ‘ravon(odam) -qa: loyqa(suv) -omuz: hazilomuz(gap), zaharomuz(hazil) -xoʻr: g ‘amxo ‘r(odam), (hayvon) -so‘z: soatsoz(usta) -dek(-day): muzdek(suv), jo‘jabirday(jon) 2) Fe’ldan sifat yasovchi qoʻshimchalar: -choq,-chak,-chiq: maqtanchoq, kuyunchak, qizg’anchiq -gir,-g’ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o ‘tkir, olg’ir, uchqur -ma: qaynatma sho ‘rva, burma ko ‘ylak -k (-uk, -ik,-ak) chirik, teshik, tuzuk, g ‘alvirak -q(-uq,-iq,-oq): iliq siniq, buzuq, qoloq. -oq: qochoq, qo ‘rqoq, baqiroq -qi: sayrogi qush, -qoq, -g’ oq: tirishqoq, uyushqoq, toyg’ oq -ag’ on: bilag’ on, chopag’ on -mon: bilarmon, qirarmon -kun, -qin, -g ‘in, tushkun, ozg’in, jo ‘shqin, -g ‘un, -qun: turg ‘un, tutqun -(a)rli: -ch: etarli, zerikarli tinch, jirkanch -g’ich: -ong’ich: yulg’ich (odam) tepong’ich, suzong’ich -ovuch: hurkovuch, iskovuch -mas: o ‘tmas(pichoq),indamas(odam) -(i)ndi: asrandi (bola) -a: ko ‘tara (savdo) -msiq: qarimsiq, achimsiq 3) Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qoʻshimchalar : Ravishdan: -gi: kechagi, dastlabki Sifatdan: no-: noma ‘lum, noto ‘g ‘ ri. -lom: sog ‘lom Taqlid soʻzdan: -ildoq: bijildoq, likildoq 7 Soʻzlarni qoʻshish, bog’lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi: 1) qoʻshma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:8
a) ot va otdan. Bular qoʻshib yoziladi: bodomqovoq, sheryurak;
b) sifat va otdan. Bular qoʻshib yoziladi: qimmatbaho;
d) ot yoki ravishga -ar qoʻshimchali fe’lni qoʻshish bilan yasaladi. Bular qoʻshib yoziladi: tezoqar daryo, ertapishar (oʻrik) g) otga aro, umum, yarim, g’ayri, nim, rang soʻzlarini qoʻshish bilan. Bular qoʻshib yoziladi: xalqaro, umumkomanda, yarimavtomat, g’ayridin, nimpushti.
Qoʻshma sifatlar a) ikki tub soʻzdan tashkil topadi: sovuqqon, xom semiz, kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama soʻzdan iborat boʻladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas, oʻzbilarmon. 2) birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq soʻzdan iborat boʻladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan boʻladi, bunday sifatlar aralash, yoʻq, koʻp, oliy, och, toʻq, toʻla, chala, yarim, bir, ikki kabi soʻzlar ishtirokida hosil qilinadi: qum aralash (loy), tengi yoʻq, koʻp tarmoqli, oliy -ovuch: hurkovuch, iskovuch ma’lumotli, och qizil, qorni toʻq, toʻq qizil, toʻla huquqli, chala mulla, bir tomonlama, ikki qavatli, yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug’ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit) 3) juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli soʻzlardan: katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinarbilinmas, kirdi- chiqdi; 2) sinonim koʻrinishdagi soʻzlardan: erkaarzanda, boy-badavlat, sog’ - salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soyasalqin, moʻmin-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli soʻzlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, oʻydim-chuqur, och-nochor, nozik- nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi. Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog’lansa, chiziqcha qoʻyilmaydi: yakkayu yagona farzand. 3. Soʻzlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yoʻl-yoʻl (koʻylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam), Sifatlar tuzilishiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Sodda sifatlar bir oʻzakdan iborat boʻladi: aqlli, yaxshi. Qoʻshma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) ikki tub soʻzdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), ot sifat, sifatQot (sovuqqon), ravishQot koʻrinishlarida boʻladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama soʻzdan iborat boʻladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas. 3. Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug’ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit). 4. Juft sifatlar - oʻydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq. 5. Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yoʻl-yoʻl (koʻylak).II Sifatni oʻrganish mavzusi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni koʻzda tutadi.

Download 109.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling