O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti " axborot texnologiyalari"


Download 482.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.05.2023
Hajmi482.7 Kb.
#1462382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Labaratoriya

IV-Labaratoriya mashg’uloti 
Mavzu: Exselda formulalar ustida amallar bajarish. 
Kirish 
Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir. 
Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. 
Uning yordamida turli ro‘yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi
moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‘rash natijalari va savdo 
korxonasi holati haqida ma’lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar 
natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi. 
Excel jadval ustunlari va satrlari bo‘yicha yig‘indini hisoblaydi, foizlarni, 
o‘rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, 
matematik, mantikiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. 
Jadvallarni shakllantirish turlicha bo‘lishi mumkin, ma’lumotlarni 
formatlash imkoniyatlari eng yaxshi matn muharrirlaridagi kabidir. Shriftlarni 
o‘zgartirish, alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval 
ma’lumotlari bo‘yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo‘shish 
mumkin. 
Dasturning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval 
ma’lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik 
funksiyalarning o‘zi ikki yuzdan ortiq.
Elektron jadvallar hisobot va schyotlarni bosmadan chiqarish imkoniyatiga 
ega. Shuningdek, grafik va diagrammalar tuzish tizimlari bilan ta’minlangan. 
Umumiy tushunchalar 
Excel – zamonaviy jadval prorsessori 
Yacheyka – Excel dasturining asosiy ish sohasi bo‘lib, ustun va satr 
kesishmasidan hosil bo‘ladi 
Funksiya – Excel dasturining asosiy hisob – kitob ob’yekti 
Diagramma – ma’lumotlarni grafik shaklda tasvirlash 
MS Excel dasturining imkoniyatlari 
MS Excel ni har bir ishga tushurishda avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat 
yaratiladi va u Book1 (kitob 1) nomga ega bo‘ladi.
Excel ning uch o‘lchovli elektron jadvalining har bir varag‘i 256 ta ustunga 
va 65536 ta qatorga ega. Ustunlar harflar va harflar kombinatsiyalari bilan 
nomlangan, bu nomlar ustunlarning sarlavhalari deyiladi. 
EXCEL - ning ishchi ekrani quyidagi rasmda keltirilgan 


Jadval elementlarini nusxalash uchun albatta markirovka qilinishi kerak. 
Jadvallarni markirovka qilish qator bo‘yicha chap yon tomonidan ustunlar bo‘yicha 
esa bevosita harflar qatoridan o‘rnatiladi. Yacheykalar bloki esa sichqoncha 
ko‘rsatgichini bosgan holda surish bilan amalga oshiriladi. 
Nusxa olish. 
Ajratilgan ustun yoki satrdan nusxa olish uchun avvalo nusxalash 
piktogrammasi bosiladi, shunda ajratilgan satr yoki ustun atrofida bilinar-bilinmas 
harakat paydo bo‘ladi. Shundan keyin nusxa olinishi lozim bo‘lgan satr yoki 
ustunga sichqoncha ko‘rsatgichi olib borilib kirsillatiladi va Enter bosiladi.
Agar tasodifan kerakli ma’lumot o‘chirilgan bo‘lsa uni Ctrl+Z bilan qayta 
tiklash mumkin. Alohida olingan katakdagi qiymatlarni sichqoncha bilan kirsillatib 
so’ngra Del buyrug‘i bilan ham o‘chirish mumkin.

Download 482.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling