O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti " axborot texnologiyalari"


Download 482.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana14.05.2023
Hajmi482.7 Kb.
#1462382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Labaratoriya

Ishchi varaqni chop qilish 
Excel da ishchi varaqni chop qilishdan oldin ko‘rib chiqish lozim, ko‘rib 
chiqish Просмотр piktogrammasi bilan yoki Файл menyusidagi Просмотр 
buyrug‘I bilan amalga oshiriladi. Odatda ishchi varag‘i jadvaldagi eng chetki 
yozuvlar va sonlar chegarasi bilan avtomatik tarzda ramkaga olinadi va u ishchi 
varag‘ini tashkil qiladi. Uni chop qilishdan oldin ko‘rib chiqish mumkin. Ishchi 
varag‘iga eng chetki bo‘sh ustun va bo‘sh satr kirmaydi. 
Funksiyalar 
Jadval hisoblarini amalga oshirish uchun formulalarni hisoblash kerak 
bo‘ladi. Bu hisoblashlarda ba’zi formulalar va ularning kombinatsiyalari juda tez-
tez uchraydi. Excelda bunday hisoblash jarayonlari funksiyalar shaklida 
programmalash-tirilgan bo‘lib, bu funksiyalar soni 200 dan ortiqdir. Excelda bu 
funksiyalar alfavit bo‘yicha joylashtirilgan. Bu funksiyalarni kategoriyalar 
bo‘yicha izlash oson bo‘ladi. Funksiya argumenti bitta yacheykani yoki butun bir 
yacheykalar guruhidan iborat bo‘lishi mumkin. Funksiya konstruktori argumentni 
qanday berishligini ko‘rsatib beradi.
Funksiya konstruktorini ishga tushurish uchun natija joylashadigan 
yacheykani ajratish lozim va so‘ngra, funksiya konstruktori piktogrammasiga bosib 
quyidagi muloqotni ochish mumkin: 
O‘rtacha arifmetik qiymatni hisoblash funksiyasi jadvaldagi qiymatlarning 
o‘rtacha qiymatini hisoblaydi. O‘rtacha arifmetik qiymat joylashgan yacheyka 
avvalo ajratilishi lozim va funksiyalar konstruktoriga qirsillatish lozim. Shunda 
konstruktorning muloqot oynasi ochiladi. Undan Statistical kategoriyasi tanlanadi, 
so‘ngra Average (o‘rtacha qiymat) qirsilatiladi. Shundan keyin Next konstruktor 


bilan ishlashning ikkinchi qadamiga o‘tamiz. Ikkinchi qadamda funksiya 
argumenti ko‘rsatiladi. Bu yerda ajratish uchun sichqonchani Ctrl bilan birga 
ishlatish mumkin yoki klaviatura ishlatiladi. So‘ngra Finish bosiladi va jadvalda 
o‘rtacha qiymat chiqadi. Masalan = Average (B4:B9) formula qatoriga yozilsa
kursor turgan joyda o‘rtacha arifmetik qiymat Enter bosilishi bilan hosil bo‘ladi. 
Yuqoridagi rasmda АПЛ funksiyasining muloqot oynasi keltirilgan. Bu 
funksiya vositalar qiymatining ekspluatatsiya natijasidagi yillik amortizatsiya 
narxini hisoblashni ta’minlaydi. Masalan Siz 300000 so‘mlik yuk avtomashinasini 
sotib oldingiz deylik, bu avtomobil 10 yil ishlatilgandan keyin uning narxi 170000 
so‘m aniqlansa u hoda funksiyaga quyidagicha murojaat qilinadi 
AMP(300000,170000,10) va funksiya yillik amortizatsiya narxini 13000 so‘m
ekanligini hisoblab chiqaradi.
Formulalar qatorida ham funksiyani tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. 
Yig‘indilarni hisoblash uchun 

- bu piktogrammaga qirsillatsak formulalar 
qatorida = СУММ yoziladi, so‘ngra argumentlar keltiriladi, argumentlar 
quyidagicha avtomatik tarzda yoziladi, masalan = СУММ(A1:A10). Agar 
piktogrammasiz formulalar qatoridan = СУММ (A1:A10) (qavs ichidagi ifoda 
lotin alifbosida kiritiladi) terilsa va Enter bosilsa, kursor turgan joyda yig‘indi hosil 
bo‘ladi. 

Download 482.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling