O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti " axborot texnologiyalari"


Download 482.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.05.2023
Hajmi482.7 Kb.
#1462382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Labaratoriya

Kataklarni markirovka kilish. 
Katak kursorini istalgan katakga 




tugmachalari bilan yoki 
sichqoncha ko‘rsatgichi bilan siljitish mumkin. Bir nechta kataklarni markirovka 
qilish uchun, markirovka qilinmoqchi bo‘lgan sohaning chap yuqorgi qismi 
sichqoncha bilan bosiladi va ushlab turilib siljitiladi. Katakni markirovka qilish 
uchun istalgan katakga sichqoncha bilan qirsillatish yetarli.


Klaviaturada markirovka qilish uchun katak kursori katakga olib kelinadi va 
Shift bosilib katak kursri siljitiladi. 
Formulalarni tahrirlash. 
Formulalarni yozishda xatolarga yo‘l ko‘yilishi mumkin. Shu sababli uni 
tahrirlashga to‘g‘ri keladi. Biron bir yacheykadagi formulani tahrirlash uchun bu 
yacheyka avvalo markirovka qilinishi lozim. So‘ngra F2 tugmasi bilan yoki 
sichqoncha bilan ikki marta qirsillatib tahrirlash holatiga o‘tish lozim. Natijada 
formulalar qatorida (piktogrammalar tagidagi qator) aktivlashadi. Masalan, E19 
yacheyka markirovka qilinib, so‘ngra tahrirlash holatiga o‘tilsa bo‘ladi. 
Formula qatoridagi formula miltillay boshlaydi, demak tahrirlash mumkin, 
tahrirlash Enter bosilib tugatiladi.
Simvollarni formulaning istalgan qismiga kiritish yoki o‘chirish mumkin. 
Buning uchun simvol yoki simvollar markirovka qilinadi, so‘ngra DEL 
tugmachasidan foydalanish ham mumkin.
Jadvalning ustunini markirovka qilish uchun uning sarlavhasiga kirsilltiladi, 
qatorlarni markirovka qilish uchun esa chap chetki yo‘lakchasiga, satr nomerlariga, 
nomiga qirsillatiladi. Bir nechta ustun yoki qator markirovka qilinishi uchun 
ularning birinchisi markirovka qilinish holatida sichqoncha bilan bosilgan holda 
siljitiladi. 
Jadvalda hisoblashlar. Kataklarga sonlar bevosita katakninig o‘ziga yoki 
formulalar qatoridan (kiritish qatoridan) kiritilishi mumkin. Buning uchun sonlar 
klaviaturadan terilib, so‘ngra Enter bosilsa, kursor turgan yacheykaga bu son 
yoziladi. Sonlar yacheykaning o‘ng chetidan boshlab joylashadi. Kataklarda 
formulalar ishlatilishi mumkin. Kiritilayotgan formula “=” belgisi bilan 
boshlanadi, bu belgidan keyin arifmetik ifoda yozilishi mumkin. Unda arifmetik 
amal belgilari “+”, “–“, “*”, “/” ishlatilishi mumkin. Formulada boshqa varaqlarda 
joylashgan, hatto boshqa fayllarda joylashgan kataklar adreslari ishlatilishi 
mumkin. Ko‘rinarli bo‘lishi uchun Excel ning matn rejimi ishlatiladi. Bu holda 
ifoda qiymati emas balki formulaning o‘zi katakga chikadi.
Formulalarni kiritish. A1 katak 100 va B1 katak 20 qiymatga ega bo‘lsin, va 
C1 da A1 /V1 formula kiritamiz. Buning uchun katak kursori C1 ga olib kelinadi 
va kiritish qatorida = A1/V1 kiritiladi. C1 da esa formula kiymati chiqadi. Yoki = 
belgisi kiritilgandan keyin A1 - katakga bosib so‘ngra / kiritilib V1 ga bosish 
kerak.
Murakkab 
formulalar. 
Foydalanuvchi ko‘p argumentli va ko‘p 
hisoblanuvchi o‘zining murakkab formulalarini tuzishi mumkin.
Misol. C - ustunda (soatlarda) biron ishni bajarish uchun ketgan vaqt 
yozilgan. D ustunda esa bir soat ish vaqtining narxi yozilgan, E ustunda esa shu 


ishni bajarish uchun to‘lanadigan so‘m yozilgan. E16 yacheykaga hamma ishlar 
summasi yozish talab qilinadi: 
= E12+E13+E14. 
Hosil bo‘lgan summadan qo‘shimcha qiymat solig‘ini undirish uchun uni 
(0.15) - ga ko‘paytiring: 
= E16*0.15 
Endi E19 yacheykada qo‘lga beriladigan so‘mni hisoblash kerak. Buning 
uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: 
= (E12+E13+E14)*1.15 
Ammo = YE16+YE17 bajarish lozim edi. Bundan tashqari СУММ 
funksiyasidan ham foydalanish lozim edi: 
= СУММ (E12:E14)*1.15 

Download 482.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling