O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti
Tadqiqotning ob’yekti va manbalari
Download 469.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4609 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodologiyasi va metodi.
- Bitiruv ishining amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ob’yekti va manbalari. Tadqiqotning asosiy obyekti Sayyid
Qosimiyning “Masnaviylar majmuasi” ga kiritilgan birinchi dostoni “Majma’ ul axbor” [5] 7 masnaviysi matni hisoblanadi. Bitiruv ishini bajarishda Sayyid Qosimiy masnaviylari kiritilgan “Muborak maktublar”[8], “Navoiyning nigohi tushgan”[11], Yo.Is’hoqovning “Naqshbandiya va oʻzbek adabiyoti”[17] kitoblaridan asosiy manba sifatida foydalanildi. Shu maqsadda B.Qosimxonovning “Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari” monografiyasiga ham murojaat etildi. Shuningdek, Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul – abror” va “Lison ut tayr” va 7 Katta qavs ichidagi raqam havola etilgan manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqamini ifodalaydi. 7 boshqa badiiy adabiyotlardan qiyosiy tahlil uchun material sifatida foydalanildi. Tadqiqotda, shuningdek, B.Valixoʻjayev, N.Komilov, R.Vohidov, M.Muhiddinov, D.Salohiy, N.Rahmonov kabi olimlarning ishlaridan ilmiy manba sifatida oʻrni bilan foydalanildi. Tadqiqotning metodologiyasi va metodi. Milliy istiqlol mafkurasi hamda yurtboshimizning milliy mafkura va madaniyatga doir dasturiy koʻrsatmalari, gumanitar sohalar umuman, ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yoʻnalishlariga oid qarashlari ushbu bitiruv malakaviy ishining metodologik asosini tashkil etadi. Mavzuni yoritishda qiyosiy-tarixiy, ilmiy tavsif metodlaridan foydalanildi.Adabiyotshunoslik sohasida fundamental tadqiqotlar yaratgan A.Qayumov, A.Hayitmetov, B.Valixoʻjayev, A.Qayumov, N.Komilov, I.Haqqulov, M.Muhiddinov, D.Salohiy kabi olimlarning ilmiy ishlaridagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida tadqiq va tahlil etilgan Sayyid Qosimiy masnaviylari mamlakatimiz ta’lim tizimining deyarli barcha oliy oʻquv dasturlariga kiritilgan. Ammo, shoirning hayoti va ijodi hali keng miqyosida oʻrganilmagan boʻlib, darsliklardagi ma’lumotlar keng emas. Bitiruv ishining amaliy ahamiyati ham ana shundan iborat, modomiki, shoir xamsanavislik an’anasidan xabardor va unga javobiya yozishi shoir ijodini keng koʻlamda oʻrganishni talab qiladi. Binobarin, bitiruv malakaviy ishi materiallari, unda bildirilgan fikr-mulohaza va xulosalar Akademik litsey va KH kollejlari hamda oily taʻlim bakalavriat bosqichining “Filologiya va tillarni oʻqitish” yoʻnalishi oʻquv dasturlariga kiritilgan “Adabiyot”, “Oʻzbek mumtoz va milliy uygʻonish adabiyoti” fanlari yuzasidan yaratiladigan oʻquv adabiyotlarining XV asrga oid bob va fasllarini toʻldirish, takomillashtirish imkonini beriadi. Download 469.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling