O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 469.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4609 uzsmart.uz
Mavzuning oʻrganilishi.Sayyid Qosimiy XV asr turkiy adabiyoti va
xamsanavislik an’anasiga oʻz hissasini qoʻshgan shoirlardan biridir. Uning “Majma’ ul – axbor” asari va bizgacha yetib kelgan dostonlarining oʻrganilishi muhim deb hisobladik. Bitiruv malakaviy ishning mavzusi birinchi dostonga bagʻishlangan.Sayyid Qosimiyning hayoti va ijodi adabiyot tarixida nisbatan kam oʻrganilgan mavzu boʻlib, B.Qosimxonovning ilmiy ishlaridan soʻng bu mavzuning oʻrganilishi toʻxtab qoldi. 1979-yilda Oʻzbekiston FA Qoʻlyozmalar instituti tomonidan tashkil etilgan navbatdagi arxeografik ekspeditsiya natijasida shoir asarlarining, aniqrogʻi, “Gulshani roz” dostonining XIX asrda koʻchirilgan yana bir qoʻlyozmasi aniqlandi.Shoir adabiy merosidan namunalar ilk marotaba 1987-yilda “Oʻzbek adabiyoti boʻstoni” seriyasi ostida nashr ettirilgan “Muborak maktublar” majmuasida muallif haqidagi muxtasar ma’lumot bilan birga nashr ettirildi. 1 Sayyid Qosimiy adabiy merosini matnshunoslik va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etgan olim B.Qosimxonov shoir adabiy merosi haqida “Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari” nomli monografiya e’lon qildi. 2 Ushbu monografiyada olim “Majma’ ul – axbor” dostonidagi hikoyatlarni tahlil qilar ekan, hikoyatlarni mavzu koʻlamiga koʻra ikki guruhga ajratib oʻrganishni tavsiya qiladi.Olim bu monografiyasida “ Shoh Qubod”, “Rishta kasaliga mubtalo boʻlgan shoh”, “Xoja va gado” – hikoyatlarini ijtimoiy – siyosiy hikoyalarga kiritsa; “Zohid va fosiq”, “Sulton Muhammad Gʻoziy”, “Shoh Jamshid”, “Fariduni Farrux”, “Sher va tulki” va boshqa hikoyatlarni axloqiy – ta’limiy hikoyatlarga kiritgan. Sayyid Qosimiy adabiy merosi toʻgʻrisida olim oʻz fikrlarini toʻliq asoslay oldi va mavzuning dolzarbligini isbotladi. Biroq dostonlarni oʻrganish olim 1 Sayyid Qosimiy.Haqiqatnoma. Sadoqatnoma // Muborak maktublar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot vaSan’at nashriyoti, 1987. 144-182 hamda 183-209-betlar. 2 Qosimxonov B. Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari. –Toshkent: Fan, 1987. – 147 b. 5 tadqiqotidan soʻng, afsuski, toʻxtab qoldi.Olim oʻn yillik tadqiqotlari natijasini nomzodlik dissertatsiyasi shaklida himoya qildi 3 hamda 1992-yilda “Masnaviylar majmuasi” nomi bilan “Fan” nashriyotida shoirning toʻrtala masnaviysini ham chop ettirdi. 4 N.Rahmonov tomonidan nashrga tayyorlangan “Oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalari” majmuasida, 5 R.Vohidov va H.Eshonqulovning “Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi” kitobida 6 Qosimiy haqidagi ma’lumotlar hamda asarlaridan namunalarni uchratish mumkin. Sayyid Qosimiy shaxsiyatini oʻrganish hali adabiyotda ommalashmagan, bir qancha olimlar oʻz tadqiqotlarini olib borgan boʻlsalarda, hali hanuz shoir asarlari toʻliq oʻrganilib boʻlinmadi. Quyida Sayyid Qosimiyning “ Majma’ – ul axbor” asari tahlili olib borildi. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifasi, asardagi hikoyatlarning boshqa hikoyatlardan farqli vaoʻxshash tomonlarini aniqlashdan iboratdir. Download 469.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling