O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Idoraviy mehmonxonalar umumiy tipdagi mehmonxonalarning bir turi 
hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa yoki 
korxonaga ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun mo‘ljallanadi. 
Idoraviy mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki jamoat transporti yaxshi 
qatnaydigan joyda quriladi.
Chet elda anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus mehmonxonalar 
qurish keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda «kongress-otel» yoki 
«konferens-otel» deb nomlanadi. Chet elda shuningdek ishbilarmonlar uchun ham 
maxsus 
mehmonxonalar 
– 
«biznes-otellar» 
quriladi. 
Odatda 
bu 
mehmonxonalarning shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar 


24 
o‘tkazish uchun zallar, majlislar, konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida 
joylar, har xil turdagi restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, 
basseynlar, saunalar, kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi. 
Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. 
Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan guruhli tur – 
ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular shaharda, shahar 
tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda
ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi. 
Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda 
turistik xizmatlar ko‘rsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar 
xonalari mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va 
mazkur marshrut bo‘ylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq. 
Turistik bazalar, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga solingan 
kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan turistik 
muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab chiqilgan va 
jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, avtobus trassalari yoki 
aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali 
(qisman – mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga qabul qilish va xizmat 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. 
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, turistik-
sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling