O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Flaytellar, qoida tariqasida, aholi gavjum joylardan ancha chetda joylashgan 
bo‘ladi. Ularga faqat havo transportida borish mumkin. Flaytel yaqinida aerodrom, 


27 
angarlar, ellinglar, ustaxonalar joylashadi. Tabiiyki, restoranlar, barlar, konsert 
zallari, dansing va sh.k. ham bo‘ladi. 
Ayrim flaytellarda reklama har xil kalibrli (hajmli) havo sharlarida va har xil 
dirijabllarda sayr qilishni va’da qiladi. Flaytel qoshida havo va quyosh vannalari 
qabul qilish uchun mo‘ljallangan bog‘lanma aerostatlar ham bo‘ladi. Tabiiyki, 
bularning barchasi juda katta pul turadi va ulardan faqat juda boy odamlar 
foydalanishi mumkin. 
Birinchi flaytel AQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida 
tashkil etilgan. Bu mehmonxona korxonasining reklama bukleti vertolyotlar 
qo‘nishi uchun maydoncha, samolyotlar uchun kichik aerodrom, uchuvchilar 
uchun radiostansiya va meteorologiya stansiyasi bilan bevosita aloqa qilish 
imkoniyatini taklif qiladi.
Suv bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan suzuvchi mehmonxonalar va mehmonxona komplekslari juda 
ko‘p mamlakatlarda, chunonchi: Fransiya, Gresiya, Shveysariya, Daniya, 
Niderlandiya, Shvesiya, Ispaniya va boshqalarda loyihalashtirilmoqda va 
qurilmoqda. Suzish vositalarining aksariyati prichallar, pirslar, suvga tushirish va 
suvdan ko‘tarish moslamalari, shuningdek qayiqlarni saqlash, ularni ta’mirlash va 
ularga yonilg‘i quyish inshootlari bilan jihozlangan.
«Botel» atamasi – mehmonxona biznesidagi yangi tushuncha (boat - qayiq, 
kema, hotel – mehmonxona). Odatda, botel deganda ekskuriya barjalari tipidagi 
suzuvchi mehmonxona tushuniladi. Botellar mavsumiy yoki yil bo‘yi ishlaydigan 
muassasalardir. Bu guruhga «suv turizmi markazlari» (Polsha), «dam olish 
bazalari-shaharchalari» (Germaniya), flotellar (Ispaniya va Yugoslaviya) kiradi. 
Botokempinglar suv bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlarga safarda xizmat 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Turistik muassasalarning bu tipiga Polshada keng 
tarqalgan «suv stansiyalari» hamda Germaniyadagi «yozgi turistik shaharchalar» 
kiradi.


28 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling