O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Kurort mehmonxonalari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun 
mo‘ljallanadi. Ayrim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish 
yoki shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin. Buning uchun kurort 
mehmonxonalarida kurortning asosiy sohasiga ko‘ra davolash-sog‘lomlashtirish 
binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin. 
Odatda kurort komplekslarida umumiy, maishiy, tibbiy va sport 
xizmatlarining katta qismi umumiy kurort muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. 


25 
Buning uchun umumiy kurort restoranlari, barlari, qahvaxonalari, kattalar va 
bolalar uchun oshxonalar, ko‘p funksiyali zallar, kinoteatrlar, savdo korxonalari
stadionlar, sport zallari, tennis kortlari, sport va o‘yin maydonchalari, berk va 
ochiq basseynlar, ot sporti markazlari va h.k. quriladi.
Taymsher – mehmonxona xizmatlarining nisbatan yangi turi. Uning 
nomerlar fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Alohida qurilmalarga ega 
bo‘lishi ham mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga ega, xizmatlar ko‘rsatish 
shart-sharoitlari kurort mehmonxonalaridagi o‘xshash. Alohida kvartiralar xususiy 
mulkdorlarga sotiladi, ammo taymsher to‘liq boshqaruvchi kompaniya tomonidan 
nazorat qilinadi. 
Apartamentli mehmonxonalar. Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan 
apartamentli mehmonxonalar, oddiy mehmonxonalarga qaraganda, foydali 
maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi. 
Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qo‘yilgan 
mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida 
bo‘ladi.
Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli – pansionlar ham jahon 
amaliyotida ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagi mehmonxonalarda 
yashashga qaraganda, ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy 
farqi shundaki, u toifalarga ajratilmaydi. Ammo bu pansionda yashash sharoiti 
mehmonxonadagi yashash sharoitidan yomon degan ma’noni anglatmaydi. 
Pansion joylashtirish ob’ektlarining erkin shakli bo‘lib, u odatda qurilish 
paytida mehmonxona sifatida tasavvur qilinmagan binolarda tashkil etiladi. 
Pansionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nisbatan kichkina, odatda 10-20 
kishiga mo‘ljallangan nomerlar fondiga ega bo‘ladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling