O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Joylashuv ekspertizaning mohiyati, shaharsozlik hujjatlarini o‘rganishdan 
iborat, shuningdek, mehmonxona qurilishiga taalluqli bo‘lgan joylashgan joyining 
funksional vazifasini qarab chiqishdan iboratdir. 
Iqtisodiy ekspertizaning mohiyati shundan iboratki, mehmonxona 
qurilishidan aniq va taxminiy (kutilayotgan) ko‘rsatkichlarni xarakterlab, 
retrospektiv va perspektiv hisob-kitob ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qiladi va 
ular asosida ko‘chmas mulkdan taxminiy iqtisodiy samaradorligidan foydalanishni 
professional xulosa chiqaradi, shuningdek, vositalar qaytimi, ushbu ob’ektning 
egalik qilishga ketgan xarajatlarini hisobga oladi. 
Ekologik ekspertiza mehmonxona qurilishi bo‘yicha loyihaviy hujjatlarni 
o‘rganishdan iborat bo‘lib, real jarayon tadqiqoti, uning funksional faoliyati va bu 
asosda real va potensial xavf to‘g‘risida professional xulosalarning rasmiylashuvi 
hisoblanadi. 
Boshqaruv 
ekspertizasining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu 
loyihalanayotgan yoki mehmonxona qurilishining boshqaruv sistemasi faoliyatini 
tahlil qilishdan iborat bo‘lib va shu asosda to‘g‘ri xulosalarning berilishi, shu
tizimning va uni alohida tashkil etuvchi, shuningdek, uni rivojlantirish uchun 
takliflarni ishlab chiqilishidir. 


30 
2.2. Mehmonxonalarning qurilishda joylashuv ekspertizasi 
xizmatlarining taxlili 
Joylashuv ekspertizaning mohiyati, shaharsozlik hujjatlarini o‘rganishdan 
iborat, shuningdek, mehmonxona qurilishiga taalluqli bo‘lgan ob’ektning 
joylashgan joyining funksional vazifasi, materiallarning marketing tadqiqoti va 
boshqa tadqiqotlar va xulosalarni rasmiylashtiruvidan iborat. Mehmonxonaning 
joylashgan joyi xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga to‘g‘ri kelishi, joylashgan o‘rnining 
xislatlaridan to‘laligicha foydalanishi etiborga olinadi. Ehtimol, masalan, 
shaharning markazidagi bir qavatli mehmonxonaning emirilish darajasi 70% 
tashkil qilgan bo‘lsa, undan foydalanish maqsadga muvofiq. Etiborga olish 
kerakki, er uchastkasining egasi uyni buzsa va o‘rniga daromadli mehmonxona 
binosi qursa katta daromad olishi mumkin 
Joylashuv ekspertizaning asosiy jihatlari 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling