O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. Mehmonxona - turizm industriyasining eng muhim 
bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona xo‘jaligi mexmondo‘stlik tizimining 
mohiyati bo‘lib, u insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos 
bo‘lgan, mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish kabi
qadimgi an’analaridan kelib chiqadi.
Mehmonxona xo‘jaligida asosiy xizmatlarni kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar amalga oshiradi. Shu tufayli 
mehmonxona xo‘jaligidagi mulkning shaklida davlat mulkining ulushi yildan 
yilga kamayib, aksincha xususiy mulk shaklidagi mehmonxonalar soni ortib 
bormoqda. Bugungi kunda xususiy mulk shaklidagi mehmonxonalar soni jami 
mehmonxonalar tarkibida 89% ni tashkil qiladi va salmoqli o‘rin egallaydi.
Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak 2012 yilda Samarqand 
viloyatida 85 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ulardagi xonalar soni 1826 
tani, o‘rinlar soni 3640 tani, joylashtirilgan shaxslar soni 129271 tani tashkil 
qilgan. Bunda xususiy mulk shaklidagi mehmonxonalar egasi bo‘lgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlarning xizmatini alohida takidlash lozim. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida mehmonxonalarning qurilishda joylashuv va ekologik ekspertiza 
xizmatlari bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Belgilangan maqsadga erishish uchun 
quyidagi vazifalar belgilandi va amalga oshirildi: 
- mehmonxonalar faoliyati turizm sohasidagi ahamiyatining nazariy jihatlarini 
o‘rganish; 
- mehmonxonalarning qurilishda joylashuv ekspertizasi xizmatlarining 
taxlilini amalga oshirish;
- mehmonxonalarning qurilishda ekologik ekspertizasi xizmatlarining taxlilini 
amalga oshirish; 



- mehmonxonada joylashish ekspertizasini amalga oshirish. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling