11
ehtiyojlari –
ovqatlanish, dam olish va uxlashga bo‘lgan ehtiyojlarini
qanoatlantirmasdan, mehmondo‘stlik haqida so‘z yuritish mumkin emas. Bu
ma’noda mehmonxonaning quyidagi ta’rifi asosli va mantiqiy bo‘lib ko‘rinadi.
Mehmonxona – uyidan tashqaridagi odamlarga
kompleks xizmatlar
ko‘rsatuvchi korxona bo‘lib, ular orasida joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari
teng darajada muhim (kompleks hosil qiluvchi) xizmatlardir.
Ushbu ta’rifda mehmonxonada ikki asosiy xizmat – joylashtirish va
ovqatlantirishning bo‘lishi shartligi ko‘rsatiladi. Bunda ularning o‘zaro
nisbati
jiddiy farq qilishi mumkin.
Joylashtirish xizmatining mazmuni shundan iboratki, birinchidan,
mijozlarga maxsus xonalar (mehmonxona nomerlari)
foydalanishga beriladi,
ikkinchidan, ularga muayyan xizmatlar ko‘rsatiladi, bu vazifa mehmonxona
xodimlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Mehmonxona nomerlari joylashtirish xizmatining muhim tarkibiy qismidir.
Mehmonxona nomeri deganda unda yashaydigan mehmonning dam olishi, uxlashi
va ishlashi uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali xonalar tushuniladi.
Mehmonxonalarda har xil toifali nomerlar mavjud bo‘lib,
ular maydoni,
jihozlanishi, shinamligi va h.k.ga ko‘ra farq qiladi. Biroq, qaysi toifaga
mansubligidan qat’iy nazar, har bir mehmonxona
nomerida quyidagi mebel va
jihozlar bo‘lishi shart:
karavot;
har bir o‘rin hisobidan bittadan stul yoki kreslo;
har bir karavot hisobidan bittadan tumbochka yoki tungi stol;
kiyim-kechak uchun shkaf;
umumiy yoritish moslamalari;
axlat uchun savatcha.
Bundan
tashqari, har bir nomerda mehmonxona to‘g‘risida ma’lumot va
yong‘in chiqqan holda evakuatsiya qilish rejasi bo‘lishi lozim.