Bolalar(go’daklar) uyi: 0-4 yoshgacha bo’lgan bolalarni parvarishlovchi bunday muassasa uy sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda parvarishlovchi muassasa hisoblanadi. Bunday muassasada tibbiy bilimga ega bo’lgan sog’liqni saqlash xodimlari hamda pedagog xodimlar bola parvarishi bilan shug’ullanadilar.
Oila tipidagi mehribonlik uylari: 4-16 yoshgacha bo’lgan bolalarni parvarishlovchi bunday muassasa uy sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda parvarishlovchi muassasa hisoblanadi. Bu muassasa bir necha xodimlar tomonidan boshqariladi va oila muhiti yaratiladi.
Maxsus maktab internatlar:
Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun ta’lim-tarbiya muassasalari: iqtisodiy yetishmovchilik tufayli ijtimoiy muammosi bor oilalar farzandlari tarbiyalanadi. Bu yerda bolalar ham o’qiydi, ham
istiqomat qiladi.
Psixojismoniy rivojlanishida muammolari mavjud bo’lgan bolalar uchun maxsus ta’lim-tarbiya muassasalari:
Aqli zaif bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Bu muassasada murakkab fan dasturlarini o’zlashtira olmaydigan past o’zlashtiruvchi (orqada qoladigan) bolalar o’qib tarbiyalanadilar.Fan dasturlari ham o’zlashtirilishiga qarab osonlashtiriladi.
Bolalarga nisbatan zo’ravonlik bo’yicha butun jahon hisoboti
Kar-soqov bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Eshitishda jiddiy nuqsoni bor bolalar bu muassasada ta’lim oladilar. Bunday bolalar garchi tovushlarni eshitmasalarda, hatti-harakat orqali bir-birlarini tushunish,bir-birlariga tushuntirishni o’rganadilar va shu orqali jamiyatga qo’shiladilar. Shuning uchun yeshitishda jiddiy nuqsoni borligi jamiyatdan ajrab qolishiga sabab bo’lolmaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab internatlar:Eshitishda nuqsoni bor,lekin apparat yordamida eshita oladigan bolalar ta’lim-tarbiya oladigan muassasa. Bunday bolalar ham eshitib bir-birlarini tushunish yoki bir-birlariga tushuntirishni,ham hatti-harakat orqali bir-birlarini tushunish,bir-birlariga tushuntirishni o’rganadilar va shu orqali jamiyatga qo’shiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |