O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun maxsus maktab internatlar
Download 0.59 Mb.
|
Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Bu muassasada ko’rishda jiddiy nuqsoni bor umuman ko’ra olmaydigan yoki zaif ko’radigan bolalar brayl yozuvi asosida ta’lim oladilar va shu orqali jamiyatga qo’shiladilar.
Dastlabki vaqtlardan boshlab bolalarni qabul qilishga mo’ljallangan muassasalar o’z oilalari istamagan bolalar yashaydigan joylar sifatida tashkil etilgan edi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, qarovsiz qoldirilgan bolalarni qabul qiluvchi muassasalar III asrda Konstantinopol shahrida tashkil etilgan. Bunday muassasalarning tashkil etilishidan maqsad chaqaloqlarni qatl etish holatlarini kamaytirishdan iborat bo’lgan. Keyinchalik, O’rta asrlarda, tashlab ketilgan bolalarni qabul qiluvchi uylar Italiyadagi cherkov tomonidan tashkil etilgan bo’lib, asta-sekin bu tajriba butun Yevropaga tarqalgan. Bunday uylar hayriya ishi bo’lishi bilan birga, ko’chalarni tashlab ketilgan va qarovsiz qoldirilgan bolalardan tozalash va ushbu muammoni jamiyat uchun ko’rinmas holga keltirish maqsadida amalga oshirilgan. Bu esa muhim ahamiyat kasb etib borayotgan vazifa edi, chunki keyingi asrlarda Yevropaning ba’zi yirik shaharlarida tashlab ketilgan bolalarning soni barcha bolalar sonining to’rtdan birini tashkil eta boshlagan edi.XX asrga qadar bunday muassasalarda joylashtirilgan bolalar orasida o’lim ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan. Buning sabablari omma sog’lig’ini saqlash tizimi ishga tushmasidan turib, ko’pchilik yig’ilib yashaydigan joylarda infeksiyalarning tarqalishi bilan bog’liq bo’libgina qolmasdan, bolalarni parvarish qilish bo’yicha samarali yondashuvlarning mavjud bo’lmaganligi bilan ham izohlanadi. Bola rivojlanishi masalasini tushunish rivojlanib borgan sari, ba’zi mamlakatlarda boshpanali parvarish fikridan qayta boshladilar va uning o’rniga qonun bilan nizoda bo’lgan bolalarni maxsus muassasalarga joylashtirish emas, balki boshqa yo’llarni topishga harakat qila boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat hajmi katta bo’lib, yopiq tarzda ish olib boruvchi muassasalar bolaning jismoniy, ijtimoiy, ruhiy va aqliy rivojlanishi bo’yicha oila sharoiti bilan hyech bellasha olmasligini anglay boshladilar. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatning o’zida BHK va inson huquqlari bo’yicha boshqa majburiyatlarni aks ettiruvchi “eng yaxshi amaliyoti”ga ko’ra, imkon qadar ko’p bolalarni oila sharoitida ulg’aytirish, ularni oddiy maktabda o’qishlari va hamjamiyat hayotida qatnashishlarini ta’minlash yo’lida jiddiy say’i-harakatlar qilinyapti. Afsuski, o’z oilasi himoyasidan mahrum bo’lgan va muqobil parvarish ko’rinishlariga muhtoj bo’lgan bolalarning soni qator sabablarga ko’ra tobora ko’payib bormoqda. Bunday sabablarga tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan urbanizasiya jarayoni, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar, aholini boshqa joyga ko’chirish bo’yicha keng qamrovda borayotgan aholini ko’chirish jarayonlari va OIV\OITS vabosi tufayli ijtimoiy muhitlarning o’zgarib borishi kabilar kiradi. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda, butun dunyo bo’ylab jami 8 million o’g’il va qiz bolalar institutsional parvarish ostida yashar ekanlar. Ba’zi tadqiqotlarda aniqlanishicha boshpanali muassasalardagi zo’ravonlik darajasi tutingan oilalarga qaraganda olti barobar yuqori ekan va guruh tarzida parvarishlanuvchi bolalarning shahvoniy zo’ravonlikni boshidan kechirishlari ehtimoli oila asosida tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan salkam to’rt barobar yuqori ekan. Ko’plab tadqiqotlarda davomiy ravishda institusiolizasiyaning salbiy ta’siri va katta hajmdagi boshpanali parvarish o’rinlarida zo’ravonlik ko’rsatkichlari yuqori bo’lishi aniqlangan. Bolalar quyidagi sabablarga ko’ra parvarish muassasalariga joylashtiriladilar. Aksariyat hollarda bolalarning bunday muassasalarga joylashtirilishiga ularning jismoniy imkoniyatlari cheklanganligi, oilaning tarqab ketishi, xonadondagi zo’ravonlik, ijtimoiy ko’mak tizimlarining mavjud emasligi, zaif ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar, jumladan qashshoqlik kabilar sabab bo’ladi. Ba’zi mamlakatlarda tabiiy ofatlar, qurolli nizolar yoki OIV/OITS vabosi ota-onalarni o’z farzandlarini parvarishlash imkoniyatidan mahrum qilib qo’yishi mumkin. Kasallik, fojialar ozodlikdan mahrum etilish kabilar ham bolalarni o’z ota-onalaridan ayirib qo’yishi mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling