O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Mehribonlik uylarida bolalarga nisbatan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabat muammolarini hal qilishda ijtimoiy ish xodimlarining roli
Download 0.59 Mb.
|
Mehribonlik uylarida bolalarga nisbatan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabat muammolarini hal qilishda ijtimoiy ish xodimlarining roli. Andijon shahridagi ota-ona qarovisiz qolgan va to’liq davlat ta’minotida “Bolalar shaharchasi” 2008-yil 16-dekabrda qurib foydalanishga topshirildi. Dastlab 10 ta oilaga 61 nafar bolalar qabul qilindi 2009-yilda kelib faoliyat ko’rsatayotgan oilalar soni 12 taga etib tarbiyalanuvchi farzandlarimiz esa 89 nafarni tashkil etdi. Hozirgi kunda esa faoliyat ko’rsatayotgan oilalar soni 14 taga yetib, farzandlarimiz 106 nafarni tashkil etadi.
Tarbiyalanuvchi-farzandlarimiz uchun “Bolalar shaxarchasi”da barcha qulayliklar va sharoitlar mavjud. Muassasada 2 ta ma’muriy bino, amfiteatr, 14 ta turar joy kottedjlari, sport majmuasi, sport maydonchasi, bolalar o’yingoxi va mevali bog’ mavjud. Ma’muriy binolarda direktor, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, bosh xisobchi, psixolog, ijtimoiy xodim xonalari, kutubxona, majlislar zali, ma’muriy xodimlar uchun oshxona,to’garaklar uchun xonalar mavjud bo’lib, har bir xonadon va ma’muriy xonalar zamon va sanitariya talablari asosida jihozlangan. “Bolalar shaxarchasi” ning har bir honadoni va ma’muriy xonalar eng so’nggi rusumdagi kamp’yuter texnikalari bilan ta’minlangan. Har bir ona, xola va tarbiyalanuvchi-farzandlarimiz kamp’yuter savodxonligini oshirib boradilar. Tarbiyalanuvchi – farzandlarimiz turli fanlardan mustaqil ishlar tayyorlab maktablarda o’tkazilayotgan “Fan oyliklari” da faol ishtirok etishadi. Shuningdek, muassasamiz Internet tarmog’iga ulangan bo’lib, xabarlaridan, shu bilan birga elektron darsliklar orqali o’z bilim, ko’nikma va salohiyatini oshirishda unumli foydalanadilar. Farzandlarimiz o’zlari ta’lim oladigan umumta’lim maktablarida tashkil etilgan turli fan to’garaklari, sport seksillariga qatnashadilar. Bundan tashqari Andijon shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida ham o’z musiqiy bilimlarini oshirib kelmoqdalar. Muassasamizda raqs, musiqa, rasm, fortepiano, tikuvchilik, pazandachilik, zardo’zlik, aviamodel, aktyorlik, rubob, doira, futbol, suzish, tennis, gimnastika, shahmat-shashka, kurash, badiiy gimnastika va boks to’garaklari muntazam faoliyat to’rsatadi rasm to’garaklarimizda tarbiyalanuvchi-farzandlarimiz o’rtasida turli mavzularda rasmlar tanlovi, xonadonlar o’rtasida devoriy gazetalar konkurslari, sport yo’nalishi bo’yicha shaxmat-shashka, tennis musobaqalari quvnoq startlar, futbol musobaqalari har yili o’tkazilib kelinadi. Musobaqa g’oliblari “Bolalar shaxarchasi” va homiylar tomonidan sovg’a hamda fahriy yorliklar bilan taqdirlanib, tarbiyalanuvchi farzandlarimizni to’garaklarga qatnashishlari yanada ortyapti. Raqs to’garagida faol qatnashishayotgan 12 nafar tarbiyalanuvchi – farzandlarimiz “Yangi avlod 2009” ko’rik tanlovining respublika bosqichida laureat bo’ldilar 2010 yilda ham 12 nafar tarbiyalanuvchi – farzandlarimiz “Yangi avlod 2010” ko’rik tanlovining respublika bosqichida laureat bo’ldilar. Muassasamizda qizlarimizni oilaga tayyoorlash maqsadida 2008-yil aprel oyida tashkil etilgan “Qizlar klubi”, o’g’il olalar uchun “Yosh vatanparvar” guruhlari ish rejalari asosida ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, ijtimoiy pedagog, kutubxona mudirasi hamda mas’ul shahslar bilan birgalikda davomiy yig’ilishlar, davra suhbatlari va munozaralar o’tkazib kelinadi. Farzandlarimizni ijtimoiy qo’llab – quvvatlash borasida ijtimoiy xodim sifatida men Gulruxsor Otaboyeva aniq chora – tadbirlarni belgilab, shu asosda qancha ishlarni oshiryapman. Har bir tarbiyalanuvchi – farzandlarimizni shahsiy xujjatlar yig’ma jildini o’rganish va uningijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash ishlari, muassasaga tarbiyalanishi uchun qabul qilingan 10 yoshga to’lgan tarbiyalanuvchini xonadonlarga farzandlikka berish vaqtida ularning roziligini e’tiborga olib, muassasadagi oilalarga joylashtirish ishlari, tarbiyalanuvchilarni farzandlikka olgan oilada yashab ketishiga tayyorlash, farzandlarimizni aka-ukalarini va opa-singillarini, yaqin qarindoshlarini qidirib topish va ularnng munosabatlarini qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, farzandlarning yaqinlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, farzandlarimizning yaqinlari bilan uchrashuvlar tashkl qilish, farzandlarimizning sog’lom turmush tarzi asosida tarbiya(lash) topishlarida to’skinlik qilayotgan omillarni aniqlash, nafaqa oluvchi farzandlarimizni har oylik pul tugimini nazorat qilish kabi davomiy ishlarni olib boryapman. Muassasada ijtimoiy himoya yuzasidan muassasaning nafaqa olmaydi haqida barcha ma’lumotlar yig’ib, ular to’g’risida ma’lumotlar to’plami uchun yani qilingan tarbiyalanuvchi – farzandlarning hujjatlari o’rganib chiqib, shahar budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’lishiga nafaqa olishlarini ta’minlash maqsadida ularning ro’yxatlarini tayyorlab hisob raqamlari ochirdim. Tarbiyachi-onalar va tarbiyalanuvchi – farzandlar bilan Bolaga isbotan zulm va ehtiyotsiz munosabatxavfini keltirib chiqaruvchi omillar, “Bola huquqi kafolatlari”, vashu kabi bir qancha mavzularda ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, psixalog bilan birgalikda davra suxbatlari o’tkazdim.Tarbiyalanuvchi – farzandlarimizning yashashida va oilalarda tarbiyalanishlarda bo’lgan huquqini ro’yobga chiqarish, shuningdek ijtimoiy moslamani hamda jamiyatga integrasiyalash uchun ularni ma’naviy – aqloqiy, mehnat tarbiyasi va ta’lim olishini har tamonlama ta’minlash ishlarini olib bordim. Tarbiyalanuvchi – farzandlarimizni mulkiyva nomulkiy huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash maqsadida prokuratura, F XDYo bo’limi, 2-ichki ishlar bo’limi, shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’limi, “Halq banki”, “Ipoteka banki” bilan hamkorlikda ishlar olib bordim. Uy-joyga muhtoj deb topilgan tarbiyalanuvchi – farzandlarimizni uy-joy bilan ta’minlangan yoki ta’milanmaganliklari haqidagi ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqib, ular haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo’yish tlo’g’risida taqdimnomalar tayyorladim. Voyaga yetmagan farzandlarimizni huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog’lik bir qancha shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqdim. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-xuquqiy yordam ko’rsatish maqsadida tarbiyachi-onalar bilan davra suhbatlari o’tkazdim. Ijtimoiy – huquqiy yordamga muhtoj tarbiyalanuvchi-farzandlarimizga yordam ko’rsatish rejasini ishlab chiqdim. Voyaga yetmaganlarning nazoratsizlgi, qarovsizligi, huquqbuzarlklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy hatti-harakatlari dalillari, shuninngdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar to’g’risida bitiruvchi-farzandlarimiz tahsil olayotgan kollejlarni xabardor qildim. Kollej rahbariyati va o’qituvchilar bilan suhbatlashdim. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling