O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


nogironlarni reabilitasiya qilish


Download 0.59 Mb.
bet29/123
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1555269
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
nogironlarni reabilitasiya qilish — nogironlarga organizmining izdan chiqqan yoki yo’qolgan funksiyalarini tiklashiga va ularni kompensasiya qilishiga, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir chora-tadbirlar tizimi;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog’lig’ini yo’qotganlik darajasini, organizmi funksiyalari turg’un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog’lig’ining holatiga ko’ra amalga oshirishi mumkin bo’lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o’zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo’lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash;
shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi — shaxsning o’ziga o’zi xizmat qilish, harakatlanish, yo’lni topa olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek o’qish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to’la yoxud qisman yo’qotganligi.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Ijtimoiy ish – buyordamgamuhtoj (og’irhayotiyvaziyatlardaturgan), o’zininghayotiymuammolarini, ko’phollardaesaturmushkechirishinibegonalarko’magisizhalqilishgaqodirbo’lmaganodamlargayordamko’rsatishgayo’naltirilgan, kasbiyfaoliyatdir. Ijtimoiyishningamaliyfaoliyatsifatidagimaqsadi, birtomondan, mijozningqiziqishlariniqondirish, boshqa tomondanesa – jamiyatdabarqarorliknitutibturishdaniborat. Mazkurmuammoyechiminingmaqbulvarianti – shuikkimaqsado’rtasidagimurosanitopishdir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling