O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
ZAMONAVIY YoShLARNING JAMIYaTGA IJTIMOIY MOSLAShUVI OMILLARI.Yoshlar – jamiyatning faol ijtimoiy guruhi
Download 0.59 Mb.
|
ZAMONAVIY YoShLARNING JAMIYaTGA IJTIMOIY MOSLAShUVI OMILLARI.Yoshlar – jamiyatning faol ijtimoiy guruhi. Yoshlar har qanday jamiyatning muhim ijtimoiy kuchi, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’g’indir. Shu bois O’zbekistonda mustaqillik yillarida yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida berilayotgan e’tibor mazkur ijtimoiy guruhning mamlakat hayotidagi salmog’i naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ularning orzu intilishlari, yutuqlari va muammolari bugungi kunda barchaga birdek daxldor masala desak zinhor yanglishmagan bo’lamiz.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “O’z o’zidan ayonki, aholining aksariyat qismini tashkil etuvchi yoshlarimizning hali beri yechilmagan muammolariga e’tiborimizni jalb etish ularni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turmog’i shart”2. Yoshlar muammolarini tadqiq etish, ular bilan bog’liq bo’lgan masalalarga yechim topish barcha zamonlarda ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv davri yoshlar oldiga yangidan-yangi maqsad va vazifalarni qo’ymoqdaki, buning natijasi o’laroq yoshlarimiz zamon ruhiga mos, barcha sohalarda ilg’or zamonaviy bilimlarni egallashga harakat qilmoqdalar.Shu boisdan ham hozirgi yoshlarga nisbatan “zamonaviy yoshlar” atamasini qo’llasak aslo mubolag’i bo’lmasa kerak. Bundan tashqari bugungi kunda yoshlarning kundalik turmush-tarzini o’rganish, mazkur jarayonlarga ta’sir qiladigan turli omillarni tadqiq va tahlil qilish muhim masalalardan sanaladi. Umuman olganda, avvalo yoshlar kundalik turmush tarzi masalasini ilmiy jihatdan o’rganish va tahlil qilish ancha ilgari boshlangan bo’lsada, bugunga kelib mazkur jarayon o’zining yangi bosqichiga ko’tarildi. Chunki, texnika va texnologiyaning rivojlanishi va barcha sohalardagi transformasion jarayonlar bu holatni tabiiy ko’rinishga olib keldi. Shu boisdan yoshlar kundalik turmush tarzi, madaniyati, tarmush tarz tarkibi, turmush tarz vositalari kabi masalarni o’rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Avvalo, “yoshlar”, “zamonaviy yoshlar” atamasi aslida kimlarga nisbatan ishlatiladi? – degan savolga javob topish kerak. So’ngra turmush tarzi, kundalik turmush tarzi so’zlariga ta’rif berish lozim bo’ladi. Shu bilan birga bugungi globallashayotgan zamonda yoshlar kundalik hayotida nimalar o’zgardi va o’zgarmoqda? Bunga qanday omillar ta’sir qilmoqda? Bu boradagi transformasion jarayonlar nimalarda ko’zga tashlanmoqda? – kabi savollarga ham javob topish ham hayotimizning muhim muammolarini hal etishimizda ko’maklashadi. Demak, birinchi navbatda “yoshlar” atamasiga alohida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy adabiyotlar tahlili yoshlarga alohida ijtimoiy guruh sifatida qarab, ular bilan bog’liq ijtimoiy muammolarini ilmiy tadqiq qilishning asosiy metodologik tamoyili hisoblanishini ko’rsatdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling