O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 0.59 Mb.
bet38/123
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1555269
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123

Yoshlar tarbiyasida Konstitusiyaning ahamiyati. Ma’lumki, har qandan huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri bu fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksakligidir. Shunday ekan, mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarni huquqiy tartibga solish yuzasidan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, istiqlol yillarida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risidagi qonun ishlab chiqilib, farzandlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg’ularini qaror toptirishga alohida e’tibor qaritila boshlandi.

Mamlakatimizda yoshlarni yetuk, keng mushohadali, har jihatdan komil inson qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Jumladan, bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va bu boradagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Bundan yoshlarga huquqiy bilimlar berishning muntazam tizimini yaratish, ularning huquqiy savodxonligiga erishish, yuksak huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish vazifasi ham kelib chiqadi. Mustahkam huquqiy bilim esa, o’z navbatida, yoshlarning siyosiy-huquqiy faolligi hamda huquqiy ijtimoiylashuvi garovidir.

Darhaqiqat, har bir inson Konstitusiya va qonunlarimiz bergan haq-huquqlarini yaxshi bilishi, ularni himoya qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim. Shu bois, 2001 yil 4 yanvarda Prezidentimizning "O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida"gi farmoyishi qabul qilingan. Shundan so’ng, mamlaktimizda barcha maktab, kollej va liseylarda hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham Konstitusiya yanada puxta o’rgatila boshlandi. Bunda umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Konstitusiya alifbosi”, “Konstitusiya sabog’i”, yuqori sinflar uchun “Konstitusiyaviy huquq asoslari” kabi darsliklar va o’quv qo’llanmalari ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etildi. Bundan tashqari, “Konstitusiya haqida suhbat”, “Konstitusiya rangtasvir, izoh va chizgilarda” kabi risolalar, bolalarga mos fotoalbomlar tayyorlanib yurtdoshlarimizga yetkazib berildi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling