O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatningijtimoiytuzilishi, sosialstratifikasiyavasosialmobillik.
Konstitusiya istiqlolimiz bergan buyuk ne’mati, xalqimizning eng ishonchli himoyachisi, suyanchi va tayanchidir. Zero, har bir fuqaro qomusimizni yaxshi bilsa, uning mazmuni va talablarini mukammal anglasa, nafaqat o’z hayotining farvonligiga, balki yurtimizda qonun ustuvorligini yanada rivojlanishga hissa qo’shgan bo’ladi.Jamiyatningijtimoiytuzilishi, sosialstratifikasiyavasosialmobillik. Jamiyatningijtimoiytuzilishibuijtimoiytizimlarvaularningelementlario’rtasidagiijtimoiyaloqalarturinitashkilqiladi. Ijtimoiymunosabatlarmafkurasiniifodalaydihamdaturliijtimoiyguruhlar, mehnattaqsimoti, ijtimoiyinstitutlarxarakteriniaksettiradi. Jamiyat, uningtizimlario’zigaxostarkibiytuzilishgaegabo’lib, ularningasosiykomponentiinsonhisoblanadi. Kishilarijtimoiyhayotiningturlisohalarida – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, oilaturmushdafaoliyatko’rsatadilar. Ularningasosidaesaijtimoiytarkiblartuziladi. Ijtimoiytizimlarningmurakkabligi, tarkibidagielementlarningsoniko’pligibilanemas, balki, asosan, buelementlaro’rtasidagio’zaroaloqavamunosabatlarxarakteribilanbelgilanadi. Harqandayijtimoiyjarayonlarinsonfaoliyatibilanbog’liqmuayyanijtimoiybirliksifatidauyushgankishilarningkatta-kattaguruhlari: (sinflar, millatlar, milliy-etnik, ijtimoiy-demografik; nisbatankichiktizimlar: o’quv-tarbiyaviy, oila-turmushvaboshqaguruhlar; ijtimoiytashkilotlar, birlashmalar, ittifoqlar) – jamiyatningijtimoiytarkibinitashkilqiladi. Ulartarixiyrivojlanishbosqichlaridaturliijtimoiyasoslardashakllanadilar. Yashashsharoitiga, rivojlanishxususiyatlariga, ijtimoiyehtiyojga, manfaatlargavamuayyanmaqsadgaegabo’ladi. Ijtimoiytizimlarzanjiridaturlio’zigaxoshalqagaegabo’ladilar. Ichkitashkiliytuzilishi, xarakteri, funksionalvarivojlanishdarajasi, turmushtarzi, faoliyatshaklivausullaribilanqadriyatlartizimi, norma, g’oyalari, qarashlarivaboshqajihatlaribilanfarqqiladilar. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini konkret – tarixiy davr kesimida olib qarash talab qilinadi. Chunki, turli tarixiy davrlar ijtimoiy tarkibi o’zaro sifat va xususiyatlari bilan farq qiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini sosiologik jihatdan o’rganishda uni uch ma’noda: eng umumiy, maxsus keng va xususiy tor ma’noda olib qarash zarur. Umumiy ma’nodagi ijtimoiy tarkib – jamiyatning bir butun tarkibini tashkil qiladi. Ikkinchi maxsus keng ma’nodagi ijtimoiy tarkibga ijtimoiy-tarixiy birlik majmuasi va ular o’rtasidagi aloqa, munosabatlar kiradi. Bu tarkib milliy-etnik, ijtimoiy-demografik, mutaxassislik va boshqa shu kabi kishilar guruhlarini o’z ichiga oladi. Tor, xususiy ma’nodagi ijtimoiy tarkib tushunchasiga mehnat jamoalari, hududiy birlik, nisbatan tez o’zgaruvchan guruhlar kiradi. «Sosiologiyaning umunazariy muammolari» asarida amerikalik sosiolog T.Parsons jamiyat tarkibiy tuzilishining funksional modelini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, har qanday ijtimoiy tizim quyidagi to’rtta tarkibiy iyerarxik darajadan iborat: «Birlamchi» yoki «texnik» daraja ijtimoiy tizim elementlarining bevosita aloqadorligini ifodalaydi. Boshqaruv yoki «menedjerial» daraja, birlamchi darajadagi ijtimoiy tizimlar elementlarining o’zaro aloqadorligini tartibga solib turadi. Bu daraja tashqi tarkibiy aloqalar bo’g’inlari bilan munosabatlar o’rtasida vositachilik rolini bajaradi. Ijtimoiy tartibni nazorat qiladi, kuzatadi, kishilarning moddiy jihatdan ta’minotini boshqaradi. «Institutli», daraja yanada umumiyroq, masalalar bilan shug’ullanadi. Bunga turli boshqaruv institutlari va rahbariyat, ma’muriy idora organlari, ularning vakillari kiradi. Oliy darajadagi, umudavlat darajasidagi jamiyat tashkilotlari. Bunga davlat, hokimiyat, huquqiy va boshqa tashkilotlar kiradi. Ular quyi darajalar ustidan nazorat qiladi va ularni tartibga keltiradi. Parsons sosiologik maktabi qarashicha, jamiyat hayotidagi funksional tizimlardan iborat. Bu maktab vakillari dinning jamiyat hayotidagi funksional ahamiyatiga ham baho berganlar. Din – jamiyatning «bir butun» holda bo’lishiga xizmat qiladi- deb ateizmga jamiyatning bir butunligini buzuvchi, nomutanosibligini keltirib chiqaruvchi omil sifatida qarashgan. Sosiologiyada ijtimoiy birlik tushunchasi ostida jamiyat ijtimoiy tarkibidagi barcha tizim va elementlarni tushunish mumkin. Ular o’zaro xarakteri, ijtimoiy ko’lami va jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan farq qiladi. Sosiologiyada jamiyat hayotini o’rganishda ijtimoiy tashkilotlar, institutlar kabi tushunchalardan ham foydalaniladi. Sosial institut /lotincha – institutum, ruscha lug’aviy ma’nosi - ustanovleniya/ o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan nizom, qoidalar yoki ularning to’plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sosial institut tushunchasi sosiologiyaga huquqshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sosial institutlar deyilganda,- ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar /merosxo’rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari/ tushuniladi. Sosial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko’rinishda, sosial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko’ra esa, sosial institut shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o’rnashmalarini bildiradi. Sosial institut, qisqacha ta’rifda, odamlar sosial tashkillashgan va regulyasiya qilinadigan faoliyatlarini anglatadi. Sosial strukturaga kiruvchi har bir sosial institut muayyan ijtimoiy ahamiyatdagi vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sosial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo’lgan sosial pozisiya va rollar, shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli hatti-harakatlarni rag’batlantiruvchi deviant /og’ma/ hatti-harakatlarga qarshi qaratilgan taziyiqlar /sankasiyalar/ tizimi tavsiflanadi. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, hukukiy va halqaro sohalariga xos bo’lgan sosial institutlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishining taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri – oila hisoblanadi. Uning faoliyati /ota-onalar, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi tarbiya usullari/ huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar /maorif, sog’liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan, din institutlari/ amal qiladi. Sosial institutlar sosial muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo’lish tabiiydir. Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sosial institutlarning quyidagi ko’rinishlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Relyasion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi; Integrativ /uyg’unlashtiruvchi/ sosial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas’ul bo’lgan sosial rollarni ifodalaydi; An’anaviy sosial institutlar.bu institutlar odat, marosimlar va qarindosh-urug’chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog’liqdir. Madaniy sosial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog’liq; Sosial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a/ jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash; b/ sosializasiya /individga ijtimoiy ahamiyatli bo’ladigan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakllar/; v/ tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish; Jamiyat taraqqiyotning har bir bosqichi unga mos bo’lgan muayyan sosial institutlar amal qilishini taqazo etadi. Hozirgi zamon sivilizasiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo’lgan sosial institutlar shakllanishi jarayoni ro’y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada – bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sosial institutlar, siyosiy sohada – demokratik hokimiyat turli bo’g’inlari faoliyatini ta’minlovchi sosial institutlar, jamiyat barcha jabhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sosial institutlardir. Prezident I.A.Karimov izchil tadbiq qilayotgan konsepsiyaga muvofiq, yangi sosial institutlar an’anaviy sosial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo’yilmasdan, balki jamiyatimizning o’tmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sosial institutlar faoliyatiga yo’l ochib berilmoqda. Sosial institutlari singari sosial tizim amal qilishini ta’minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy «hujayra» laridan biri sosial tashkilotlardir. Sosial institutlardan farqli ravishda, sosial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi. Sosial tashkilotning boshqa sosial guruhlashuvlardan farqi uni tashkil etuvchi individlar qat’iy ravishda muayyan sosial rol va pozisiyalarni ijro etishlaridadir. Sosial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarining ma’lum bir qat’iy me’yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Sosiologiyada maxsus yo’nalish sosial tashkilotlar ikki bo’ladi: rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi. Rasmiy tashkilot maxsus ma’muriy apparatga ega bo’ladi. Bu ma’muriy apparatning asosiy vazifasi – tashkilot mavjudligini ta’minlash. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sosial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo’lagidir. Tashkilot nechog’lik katta va murakkab bo’lsa, ma’muriy apparat ham shu darajada murkkab vazifalarni bajaradi. Tashkilotning byurakratlashuv darajasi ma’muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bog’liqdir. Ayrim hollarda ma’muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday hol tashkilotda jamiyatga emas, balki o’z-o’ziga xizmat qlishga «beparvolik»ka olib keladi. Sosial tashkilotlarda qat’iy byurokratik tamoyillarga asoslangan tashkiliy iyerarxik /tashkilot a’zolarining bir-biriga nisbatan bosqichma-bosqich rasman tobelikda/ munosabatlardan tashqari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu munosabatlar qat’iy ma’muriy qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi va quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga ko’ra bo’ysinuvchi individlar va mansabdor shaxslar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarni yumshatadi, tashkilot a’zolarining birdamligini mustahkamlaydi, shaxsiy qadr-qimmat hissini saqlab qoladi. Sosiologiyada tashkilotlarni tahlil qilishda uch asosiy yondoshouvni ajratib ko’rsatish mumkin: rasional, tabiiy v nerasional yondashuvlar. Rasional yondashuv nuqtai nazaridan tashkilot «asbob» aniq qo’yilgan maqsadlarga erishish vositasi deb qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bo’lgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligiga, yaxlitligiga daxl etmaydigan alohida mustaqil bo’laklar yig’indisi, majmui deb qaraladi. Rasional yondashuv ko’p hollarda tashkilotda mavjud bo’lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi. Rasional yondashuv farqli o’laroq, tabiiy yondashuv tarafdorlari tashkilotni «tabiiy butunlik», o’ziga xos organizm sifatida o’rganadilar. Bu organizm uchun tabiiy o’sish, o’z mavjudligini davom ettirish va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilish xosdir. Bu nuqtai-nazarga ko’ra, tashkilot qo’yilgan maqsadlariga erishgandan keyin ham o’z mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta’minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko’proq e’tibor beriladi. Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarini qo’shishga intilish natijasida yangi yondashuv – tashkilotning nerasional modeli vujudga keldi. G’arb sosiologiyasida Blau, Gouldner va boshqalar rasional va tabiiy yondashuvni qo’shishni, tashkilodagi rasionallik va norasmiy munosabatlarni uyg’unlashtirishni yoqlab chiqishdi. Ingliz sosiologlardan biri A.R.Radkliff-Braun jamiyatni faoliyatdagi tirik organizm sifatida qarab, uning tarkibiy tadqiqi ijtimoiy birliklar funksiyasi tadqiqidan ajralmas, deb hisoblaydi. U jamiyatning quyidagi asosiy tarkibiy tuzilishini boshlang’ich asos sifatida olib qaraydi: Jamiyat mavjud bo’lishi va yashashi uchun uning a’zolari o’rtasida minimal birdamlik bo’lishi zarur; ijtimoiy hodisalarning funksiyasi ijtimoiy guruhlar o’rtasida birdamlikni, hamjihatlikni yaratish, tutib turish va shunga xizmat qlishdan iborat. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy tizimlarning qismlari, elementlari o’rtasida o’zaro munosabatlarning minimal darajagacha birligi va muvofiqligi saqlanishi zarur. Jamiyatning har qanday tipi inson faoliyatining turli ko’rinishlari va tarkibiy jihatlarini namoyon qiladi, hamda ularning muvofiqligini saqlab turadi.1 Radkliff-Braunning yuqorida ko’rsatilgan konsepsiyasini har qanday ko’rinishdagi ijtimoiy tarkib va ijtimoiy voqyelikdagi tartibli tizimga tadbiq qilish imkoniyati bor. Jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishini o’rganishga tarkibiy-funksional yondashish ijtimoiy tizimlarining nafaqat oshkora funksiyalarini, balki oddiy munosabatlarda ko’zga tashlanvermaydigan yashirin, salbiy xarakterdagi funksiyalarini o’rganishni, ularni bartaraf etish yo’llarini, neytrallashtirish imkoniyatlarini izlab topish vazifasini ham ichiga oladi. Ijtimoiy rivojlanishning tarkibiy funksional ziddiyatlagini aniqlash, tadqiq qilish masalasi ham ijtimoiy munosabatlar sosiologiyasida muhim o’rin tutadi. Sosiologik tadqiqotlar orqali bunday ziddiyatlarini hal etib borish jarayonida olingan har qanday sosial obyektning ichki tuzilishiga putur yetkazmaslik, ijobiy funksiyalarini saqlab qolish juda ham muhimdir. Har bir ijtimoiy guruh, ayrim olingan shaxs, ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o’z o’rniga ega bo’ladi. Shaxs o’zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibiga kiradi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi – ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o’z mavqyei bilan farq qiluvchi tomonlari majmuasidan iboratdir. Juda qadim zamonlarda jamiyat turli guruhlardan iborat bo’lgan. Masalan, qadimgi Hindistonda jamiyat yuqori tabaqa – braxmanlar, o’rta tabaqa – kshatriylar/jangi toifasi/ va shudralar /qora xalq/dan iborat guruhlarga ajratilgan. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun eramizdan avvalgi IV asrda jamiyat a’zolarini 3 guruhga ajratib ko’rsatgan: faylasuflar /yuqori tabaqa bo’lib, davlatni boshqaruvchilar sifatida/, harbiy jangchilar va quyi tabaqa – qullar. G’arb sosiologiyasida jamiyat ijtimoiy takribi sosial stratifikasiya tushunchasi asosida o’rganiladi. Stratifikasiya / lotincha strato – qatlam va fasio – bajarish ma’nosini anglatadi/ g’arb sosiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri va maxsus sohasi bo’lib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifodalaydi. Sosial stratifikasiya nazariyasi marksizm sosiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bo’lib, jamiyatning sinflarga bo’linishi sababi mulkiy munosabatlarda ekanligiga tabiiy-tarixiy qonuniyat sifatida qaraydi. Bu sinflarni ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning ma’lumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandlik, daromadi va shu kabi xususiyatlari bilan farqlaydi. Sosial stratifikasiya nazariyasida bir xil, bitta alomati bilan o’zaro farq qiluvchi guruhlarni o’rganishda «bir o’lchovli stratifikasiya» bilan, ko’plab xususiyatlari orqali farq qiluvchi guruhlarni «ko’p o’lchovli stratifikasiya» dan ajratib ko’rsatiladi. Sosial stratifikasiya nazariyasi dastlab E.Dyurkgeym, G.Spenser, F.Giddings, P.Sorokinlarning ilmiy faoliyati natijasida shakllandi va rivojlandi. E.Dyurkgeym o’zining «ijtimoiy mehnat taqsimoti» (1893) asarida shunday yozadi: «O’z-o’zidan, tabiiy kuch asosida kishilar layoqatiga ko’ra farq qilinadilar. Boshqacha bo’lishi mumkin emas. Shunday qilib, har bir individning layoqati va ularning holati o’rtasida uyg’unlik tarkib topadi».1 P.Sorokin ham «Sosiologiya tizimi» asarida sosial stratifikasiya xususida shunga o’xshash fikr bildirgan. Sosial stratifikasiya nazariyasi amerikalik sosiolog T.Parsons tomonidan yanada rivojlantirildi. «Stratifikasiya, - deb yozadi T.Parsons, - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga keltiruvchisi».2 Hozirda B.Barber, D.Bell, V.Vilchek, R.Darendorf, G.Mireal, O.Toffler, A.Turen, L.Uorner kabi yirik Amerika va G’arbiy Ovrupo sosiologlari sosial stratifikasiya nazariyasining rivojlanishi o’z hissalarini qo’shganlar. Sosial stratifikasiya nazariyasining namoyondalari hozirda g’arb mamlakatlarida jamiyatni burjuaziya va proletariatdan iborat antoganistik sinflarga bo’linganligini rad etadilar. Uning o’rniga jamiyat «yuqori», «o’rta» va «quyi» sinflar va ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligi to’g’risidagi konsepsiyani ilgari suradilar. Masalan, G’arbiy Germaniyalik sosialog R.Darendorf jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilar toifasiga ajratib ko’rsatadi. O’z navbatida boshqaruvchilar toifasi ikki guruxdan: mulkdor boshqaruvchilar va mulkdor bo’lmagan boshqaruvchilar – ma’muriy byurokrat menedjerlardan iborat, hisoblaydilar. Boshqariluvchilar toifasi ham ikki guruhdan: yuqori – «ishchi aristokratiyasi» va quyi – malakasi past darajadagi ishchilardan iborat. Bu ikki ijtimoiy toifa o’rtasida «yangi o’rta sinf» mavjud bo’lib, u boshqaruvchilar va ishchi aristokratiyasining qo’shilishidan shakllanmoqda, deb fikr bildiradi. Sosial stratifikasiya nazariyasi hozirgi zamon sosiologiyasida differensiasiyaning murakkab tarkibi va tizimlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi turli ijtimoiy birliklar o’rtasida o’zaro muonsabatlarni ham ifodalaydi. Masalan, ijtimoiy-sinfiy, guruhlararo /sinflar, ijtimoiy guruhlar tabaqalar, qatlamlar/, ijtimoiy-demografik /yoshlar, o’rta yoshlilar, keksalar, ayollar, erkaklar/, ijtimoiy-etnik /millatlar, halqlar/, ijtimoiy-professoinal /kasbga qarab: o’qituvchilar, injenerlar, tibbiyot xodimlari, temirchilar, kosiblar va shu kabi/ va ijtimoiy-hududiy /mintaqa, shahar, qishloq, tuman, mahalla aholisi/ shular jumlasidandir. Jamiyat ijtimoiy tarkibidagi ijtimoiy guruhlar o’zaro moddiy ne’matlarning taqsimoti va iste’mol qilish darajasi bilan farq qiladi. Bu darajalarni sosiologiya doirasida o’rganish davlatning ijtimoiy siyosat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Demak, sosiologiyada ijtimoiy guruhlar hududiy, tarmoqli /soha/ va ijtimoiy mavqye kabi yo’nalishlarda tadqiq qilinadi. Masalan, markaziy shaharlarda, poytaxtda yashovchi aholi turmush sharoiti tuman markazlari va qishloq sharoitida yashovchi aholi turmush sharoitidan keskin farq qiladi. Shu jihatdan, ayrim markaziy shaharlar aholisining turmush darajasi, iste’mol darajasi, madaniy va maishiy imkoniyatlari ayrim viloyat shahar va qishloqlarining aholisining turmush darajasi yuqori. O’z navbatida, har bir hududiy birlikda yashovchi aholi tarkibi ham o’zaro soha va mavqyei darajasi, iste’mol darajasi, madaniy va maishiy imkoniyatlari bilan farq qiladi. Yuqori qatlamdagilarning turmush darajasi quyi qatlamdagilardan baland bo’ladi. Bu esa kishilarning, ijtimoiy guruhlarning quyidan yuqori darajaga tabiiy ongli intilishiga olib keladi. Shu o’rinda g’arb sosiologiyasida keng o’rganiladigan sosial mobillik tushunchasi xusuida to’xtalib o’tish talab etiladi. Sosial stratifikasiya nazariyasiga asos solgan va uni yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shgan, yuqorida nomlari keltirilgan g’arb sosiologlari sosial mobillik to’g’risida ham o’z fikrlarini bildirganlar. P.Sorokin o’zining “Inson. Sivilizasiya. Jamiyat” asarida alohida bobni sosial stratifikasiya va sosial mobillikka bag’ishlagan. “Sosial mobillik” tushunchasi sosiologiyaga birinchi bor 1927 yilda P.A.Sorokin tomonidan kiritilgan. Uning qarashicha, sosial mobillik kishilarning ijtimoiy pog’onalardan ikki yo’nalish bo’yicha harakat qilishidir. Birinchisi, vertikal yo’nalishda bo’lib, unda yuqori va past darajalarga qarab, ikkinchisi esa gorizontal yo’nalishda bo’lib, unda bir ijtimoiy darajadagi o’zgarishni anglatadi. Fransuz sosiologlari P.Bertu va R.Burdonlar ham sosial mobillikning jamiyat hayotining rivojlanishidagi muhim ahamiyatini ko’rsatib berganlar. Keyingi yillarda rus sosiologlaridan akademik T.I.Zaslavskaya va professor R.V.Rivkinalar ham sosial mobillikning Rossiya ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini tadqiq qilmoqdalar. Sosial mobillik deb ayrim shaxs yoki guruhlarning jamiyat tarkibidagi o’z o’rnini, mavqyeini o’zgartirishiga aytiladi. Sosial mobillik ijtimoiy rivojlanish qonunlarining amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, ayrim shaxs va guruhlarning ijtimoiy mavqyeining quyiga yoki yuqoriga o’zgarib borishini ifodalaydi. Sosial mobillik vertikal va gorizontal tartibda bo’lishi mumkin. Vertikal sosial mobillik – ijtimoiy mavqye tizimida yuqori yoki pastga qarab o’zgarib borishidir. Gorizontal sosial mobillik – individ yoki guruhning ijtimoiy daraja bo’ylab o’zgarishini ifodalaydi. Sosial mobillikda asosiy va asosiy bo’lmagan, ikkinchi darajali zaruriy va tasodifiy, ommaviy va xususiy kabi ko’rinishlar va yo’nalishlar mavjud. Bir avlod bo’yicha, ikki /ota va bolalar/, uch /bobo, ota va bolalar/, avloddagi ijtimoiy pozisiyaning o’zgarishini ifodalaydigan sosial mobillik ham amal qiladi. To’laqonli demokratiya sharoitdagina soisal mobillik uchun imkoniyat yaratiladi. Siyosiy istibdodga asoslangan g’arb mamlakatlarida esa sosial mobillik uchun sharoit bo’lmaydi. AQSh va demokratik tuzumga asoslangan g’arb mamlakatlarida jamiyatning tabaqalashtirilgan to’siqlari olib tashlanib, ijtimoiy erkinlik uchun keng imkoniyatlar yaratilib borishi bilan ijtimoiy guruh va ayrim shaxslarning sosial mobillik darajasi ham ortmoqda. Sosial mobillikda ma’lumotning, o’z kasbini puxta egallash va tadbirkorlikning ahamiyati katta. Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida, eski ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan tuzumning yemirilib, yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanib kelayotganligi natijasida sosial mobillik jamiyatimiz a’zolarining faolligining, ijtimoiy munosabatlarning kuchayuvida stimul bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shahar bilan qishloq, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasidagi aloqadorlikni kuchaytiradi. Sosial mobillik konsepsiyasiga ko’ra, demokratik tuzum sharoitida kishilar o’zlarining shaxsiy qiziqishlari, tirishqoqliklari bilan jamiyat ijtimoiy tarkibidagi mavqyelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Jamiyat taraqqiyotida uning tarkibiy tuzilishi, funksional aloqadorlik o’zining «tabiiy qonunlari», evolyusion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarining bir maromdagi mutanosibligi asosidagina rivojlanib borishi zarurligini hayot ko’rsatadi. Endilikda sosial revolyusiyalar davri o’tdi. Insoniyat yuqori intelektual taraqqiyot bosqichiga qadam qo’ymoqda. Ijtimoiy taraqqiyotning bu bosqichi yangi, o’ziga xos qonuniyatlar asosida borishi turgan gap. Jamiyat ijtimoiy tarkibi sosiologiyasining yana bir yo’nalishi – mamlakat xalq xo’jaligida band bo’lgan ijtimoiy guruhlar tarkibini o’ganish hisoblanadi. Aholini uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, ish haqi darajasi, maishiy xizmat turlari va ularning xizmat turlari va ularning xizmat ko’satish darajasi kabilar ijtimoiy bandlik tarkibiga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Soha /tarmoq/ yo’nalishdagi ijtimoiy tarkibga mutaxassislik, ta’lim darajasi kabilarni aniqlash nazarda tutiladi. Unda ijtimoiy mavqye nomenklatura prinsipiga asoslaniladi. Bu ijtimoiy tarkib izchil iyerarxik tuzilishga ega. Unda pastdan yuqoriga qarab faollik ko’rsatish amal qiladi. Uning har bir darajasi o’zining moddiy mazmuniga ega. Shuning uchun ham kishilarda faol intilish xususiyati bo’ladi. Mansab lavozimidan foydalanib, o’z vazifasini suiste’mol qilish hollarini ham o’rganish muhimdir. Chunki, uning o’sish yoki kamayish darajasi ijtimoiy tarkibning boshqa sohalariga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Korrupsiya, poraxo’rlik, subyektivizm, xizmat lavozimlarini sotib olish va sotish hollari ijtimoiy tarkibning sog’lom rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, uni ichidan yemiradi va jamiyatni chirishga, yemirilishga olib boradi. Ijtimoiy tarkibda hududiy yo’nalish ham mavjud bo’lib, u mintaqaviy, viloyat, shahar, qishloq, mahalla kabi hududiy birliklarni o’z ichiga oladi. Bu tarkibiy birliklarda ayrim olingan hudud doirasida sosiologik tadqiqot olib borish talab qilinadi. So’nggi yillarda bu masalaga jiddiy qaralmoqda. Ayniqsa, shahar, qishloq, mahallaga oid muammolarni o’rganish zarurati ortmoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling