O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Yunisefyoshbolalaruchunengxavflimamlakatlarhaqidahisobotberdi


Download 0.59 Mb.
bet42/123
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1555269
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
Yunisefyoshbolalaruchunengxavflimamlakatlarhaqidahisobotberdi.BMTningYuNISEFjamg’armasio’zbayonotidama’lumqilishicha, urushbo’lganmamlakatlardayashaydiganmillionlabyoshbolalarkelajagixavfostidaqolgan.
BirlashganmillatlartashkilotiqoshidagiYuNISEFjamg’armasio’zbayonotidama’lumqilishicha, urushbo’lganmamlakatlardayashaydiganmillionlabyoshbolalarkelajagixavfostidaqolgan. 
Isnaaxborotagentligitarqatganxabargako’ra, BirlashganmillatlartashkilotiqoshidagiYuNISEFjamg’armasitomonidantarqatilganxabargabinoan, urushbo’lganmamlakatlardaaynipaytdaurushlarningdavometishiyoshbolalarhuquqlariningpoymoletilishivadunyoyetakchilariningushbujinoyatlarnisodiretgansababchilardantalabqilishdahyechqandaynatijagaerishmasligiortidanmillionlabko’daklarninghayotivakelajagixatargaduchkeladi. 
Ushbuxabargako’ra, so’ngioylardaAfg’oniston, Iroq, Yaman, Suriya, Myanma, Ukraina, Kameron, JanubiySudan, MarkaziyAfrikarespublikasi, Chad, Somali, Nigeriyakabimamlakatlardagiyoshbolalarbevositahujumlargauchraydi. 
Urushbo’layotganmamlakatlardagiyoshbolalaro’ldiriladivayokiularningtanaa’zolarinimajruhvanogironbo’ladi. 
YuNISEF: 8 million yamanlik bolalar ochlikdan azob chekmoqda
4 iyun – Xalqaro begunoh bolalar - tajovuz qurbonlari kuni.Urush - katta yoshdagi ayrimlar uchun o’yin, siyosatchilar uchun hisob- kitob, ayollar uchun ko’z yosh, bolalar uchun o’lim. Bolalar urushlar, terror hodisalari, qasd olish maqsadidagi o’zaro janjallarda o’ldirilmoqda.
Kuni kecha Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonladik. Bugun esa bolalar yana eslanmoqda. Agressiyaning begunoh qurbonlari bo’lgan bolalar kunini nishonlash haqida BMT tomonidan qaror qabul qilingan. To’g’rirog’i, 1982 yilning 19 avgust kuni BMT Bosh Assambleyasi Falastin masalasiga bag’ishlagan favqulodda maxsus sessiyasida “Isroil tomonidan bo’lgan tajovuz oqibatida Falastin va Livan bolalarining halok bo’lishidan tashvishga tushib” har yili 4 iyun – Xalqaro Begunoh bolalar - tajovuz qurbonlari kuni (International Day of Innocent Children Victims of Aggression)ni nishonlash haqida rezolyusiya qabul qildi. Bu kun balog’atga yetmay bevaqt halok bo’lgan bolalar xotirasi uchun joriy qilingan. Shuni ta’kidlash kerakki, 1982 yilning 4 iyun kuni Isroil aviasiyasi Livanning bir qator aholi punktlariga havodan zarba berdi, buning oqibatida ko’plab tinch aholi vakillari, jumladan begunoh bolalar halok bo’ldi. Havo hujumlariga Abu Nidal terror tashkiloti tomonidan Isroilning Buyuk Britaniyadagi elchisi Shlomo Argova hayotiga 3 iyundan 4 iyunga o’tar kechasi suiqasd uyushtirilishi sabab bo’ldi. Shu tariqa Livan urushi boshlandi. Bu tashkilot Yosir Arofat bilan kelisha olmagan falastinlik millatchi Abu Nidal tomonidan 1973 yilda tashkil etilgan edi. Unga Yosir Arofatning diplomatik usullardan foydalanish borasidagi g’oyasi yoqmasdi. 1973 yilda FATH sudi tomonidan Abu Nidal o’limga hukm qilinadi, ammo u iroqliklarning yordami bilan yashirinishga muvaffaq bo’ladi va o’zining – “FATH inqilobiy kengashi” deb atalmish terror tashkilotini tuzadi.
Tashkilot 1980 yilda Suriyaga ko’chib o’tadi va Abu Nidal Falastin ozodlik tashkiloti va Iordaniyaga qarshi teraktlar uyushtirish bilan shug’ullana boshladi. Milliy ozodlik uchun kurashda Abu Nidal Isroilni qurolli kuch bilan yo’q qilish kerak, degan g’oyani ilgari surdi. 1973 yildan 1999 yilgacha “Abu Nidal tashkiloti” dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida, jumladan, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda 120 dan ko’proq terakt uyushtirdi. Buning oqibatida mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va jarohat oldi. Eng dahshatlisi Londonda Isroil elchisi Shlomo Argovaga uyushtirilgan suiqasd bo’ldi. Bu suiqasd Livan urushiga sabab bo’ldi. Saflarida 400 ga yaqin a’zo bo’lgan tashkilot jangarilari Livan, Liviya, Sudan va boshqa mamlakatlardagi lagerlarda tayyorgarlikdan o’tgan edi.
Ming afsuski tinch zamonda ham bolalarning hayoti xavfsiz deb bo’lmaydi. Tan olish kerak kelajagi xavf ostida qolgan bolalar dunyoda hamon bor. Bu bolalar turli mojarolar, nizolar hududlarida istiqomat qiladi. Bugungi kunda jahonning turli nizoli hududlarida halok bo’layotgan bolalar haqida statistik ma’lumotlar borligiga ishonish qiyin. Ammo bir narsa aniq bu urushlarda, qurolli to’qnashuvlarda nafaqat askarlar, balki balog’at yoshiga yetmagan bolalar ham halok bo’lmoqda. Shu sababli ham jismoniy ta’qibga uchrayotgan, ma’naviy-ruhiy bosim ostida bo’lgan bolalarning azob-uqubatlari, tashvishlarini his qilish maqsadida BMT “Xalqaro begunoh bolalar – tajovuz qurbonlari kuni”ni ta’sis etishga qaror qildi. Bolalar nafaqat harbiy harakatlar hududlarida, balki jahonning ayrim mamlakatlarida yuz berib turadigan terror hujumlari vaqtida ham halok bo’lmoqda.
Bolalar yer shari aholisining eng muhim va shu bilan birga himoyasiz qatlamidir. Ular ko’pincha turli siyosiy va harbiy harakatlarning markazida bo’lib qoladi, terror hujumlari, qotillar qo’lida halok bo’ladi. Har yili manyaklar tomonidan minglab yosh qalblar o’ldirilmoqda. Bugungi kunda mojarolar qamrab olgan mamlakatlarda 250 million bola istiqomat qilayotgani aytiladi.
Yaqingacha ham bolalar o’z huquqlariga ega to’laqonli fuqaro sifatida ko’rilmas edi. Bolalarni bir buyum sifatida sotish yoki ayirboshlash mumkin edi. Bugungi kunda bolalarni himoya qilish maqsadida Bola huquqlari deklarasiyasi qabul qilingan. Unda ta’kidlanganidek, bola fuqaro sifatida alohida huquqlarga ega. Ammo davlatlar darajasida bola huquqlarini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan siyosiy faoliyatga qaramay bu yo’nalishda hali qilinmagan masalalar ham bor.
Masalan, qurolli mojarolar yuzaga kelgudek bo’lsa birinchi navbatda aholining zaif qismi - asosan bolalar aziyat chekadi. Bolalarga nisbatan sodir etiladigan qonunbuzilishlari orasida harbiy harakatlarga bolalarni yollash, ulardan foydalanish, qotillik, jinsiy zo’rlash, o’g’irlash, maktab va shifoxonalarga hujum uyushtirish va bolalarga insonparvarlik yordam ko’rsatishni inkor qilishlar bor.
Bolalarning halok bo’lishi yoki bedarak yo’qolib qolishi borasidagi xabarlarni eshitish nihoyatda og’ir va ayanchlidir. Terakt va harbiy harakatlar vaqtida halok bo’lgan bolalar hayotni yo’qotdi. Harbiy mojarolar hududlarida yashayotgan bolalar esa bolalikdan mahrum bo’ladi. Bolalar baxtli hayot kechirish uchun dunyoga keladi, ularga qarshi har qanday tajovuzlarga barham berish kerak. Bolalar huquqlarini faqat kattalargina ta’minlashi va ularga yorug’ kelajak sovg’a qilishi mumkin.
Insoniyat paydo bo’libdiki, mojarolar mavjud. Sivilizasiya rivojlangan sari mojarolar barham topish o’rniga, ko’payib bormoqda va keng qamrovli tus olmoqda. Bahslar qurol yordamida hal qilinmoqda. Bu borada o’zaro nizolashayotgan tomonlar hyech kimni ayab o’tirmayapti, jabrdiydalar orasida bolalarning ham borligi ayanchlidir. Zamonaviy dunyoda bolalar dahshatli hodisalarning ishtirokchisiga aylanib qolayotganidan ham ko’z yumib bo’lmaydi. Bombalar tushayotgan, o’q ovozlari eshitilib turgan va qon to’kilayotgan joylarda bolalarning nafaqat kelajagi, balki buguni haqida ham tasavvur qilish qiyin.
Xalqaro begunoh bolalar – tajovuz qurbonlari kuni zo’ravonlik oqibatida halok bo’lgan bolalar xotirasi yodga olinadi. Biz ularni eslashimiz va mozorlarda kichik qabrlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Chunki bolalar bilan bog’liq fojialarning oldini olish mumkin. Buning uchun jamoatchilikni Xalqaro begunoh bolalar – tajovuz qurbonlari kuni borligidan, hozirgi kunda jahonda qanday urushlar ketayotganidan va ularning oqibatlaridan xabardor etib borish kerak. Bolalar o’sib kelayotgan avlod sifatida insoniyatning qadriyati hisoblanadi. Shu sababli ham biz, kattalar ularning azoblanishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak.
So’nggi so’z o’rnida Xalqaro begunoh bolalar – tajovuz qurbonlari kunidan tashqari 1 iyunda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, 25 mayda Xalqaro yo’qolgan bolalar kuni nishonlanishini eslatib o’tamiz.
Yopiq turdagi maxsus internatlar qayta tashkil etiladi. Yopiq turdagi to’rtta maxsus internet o’rniga bolalar va qizlar uchun ikkita respublika o’quv-tarbiya muassasasi tashkil etiladi. Ushbu internatlar faoliyati bir necha marta tanqid ostida qolgan edi. O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni ««Ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risida"gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Baxt shahridagi o’g’il bolalar maxsus kolleji, Qo’qon shahridagi qizlar maxsus yengil sanoat kolleji, Samarqand shahridagi 64-sonli o’g’il bolalar maktab-internati va Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internatining negizida O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi huzurida Respublika o’g’il bolalar o’quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o’quv-tarbiya muassasasi tashkil etildi.
Ushbu muassasalar faoliyati bir necha marta tanqid ostiga olingan edi. O’qitishning ta’lim standartlariga mos kelmasligi, bolalarga nisbatan o’ta qo’pol munosabat, zo’ravonlik, o’g’irlik va boshqa qonunbuzarliklar to’g’risida xabarlar tarqaldi. Qarorda qayd etilishicha, voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalariga joylashtirishda ularning ijtimoiy holati, shaxsiy xislatlari, sodir etgan qilmishining xavflilik darajasini to’liq va to’g’ri baholash dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
«O’zbekiston 24» telekanaliging xabar qilishicha, 2016−2018 yillarda ushbu muassasalarga yuborilgan 1420 nafar bolaning faqat 1,3 foizigina jinoyat sodir etgan, 4,4 foizi ma’muriy huquqbuzarliklarga qo’l urgan. 68,9 foiz bolalar va qizlar nazoratsiz qolgani uchun bu yerga yuborilgan. 25,4 foizi jamiyatga katta xavf tug’dirmaydigan harakatlarni sodir etgan.
To’rtta muassasada jami bo’lib 506 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda. Ulardan 110 nafar o’g’il bola — Samarqandda, 122 bola — Baxtdagi kollejda, 40 nafar qiz — Chinozdagi maktabda va 234 nafar qiz — Qo’qondagi kollejda.
2016−2018 yillarda ushbu muassasalarning 65,8 foiz bitiruvchilari ichki ishlar organlarida profilaktika ro’yxatiga kiritilgan, 3,6 foizi jinoyat sodir etgan.
Prezident qarori bilan Baxtdagi Respublika o’g’il bolalar o’quv-tarbiya muassasasi Milliy gvardiyaga, Chinozdagi Respublika qiz bolalar o’quv-tarbiya muassasasi esa Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi.
Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi tegishincha Respublika o’g’il bolalar o’quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o’quv-tarbiya muassasasining o’z vaqtida to’liq ta’minoti va maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga ko’maklashish, ushbu muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda sog’lom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga mas’ul etib belgilandi. Xalq ta’limi vazirligi Respublika o’quv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta’lim jarayonini yo’lga qo’yish, tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.
Qaror bilan Respublika o’quv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga to’lgan va 18 yoshdan oshmagan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling