25. Ijtimoiy xizmatchi qaysi mutaxasislar bilan muloqatda ishlashi kerak?
A) mahalla, xuquq organlari
B) mexnat birjalari, ijtimoiy ta’minot
V) o’qituvchi, xamshira
G) *“ijtimoiy pedagog” “ijtimoiy ish bo’yicha mutaxasis”
26. To’liqsiz oilalar, nogironlar yetim bolalar, qochqinlar va boshqalar bular:
A) “Yaxshi odamlar” qatoriga kiradi
B) * “Xatar ” guruxlariga kiritiladi.
V) “O’g’ri oilalarga” kiradi
G) To’g’ri javob yo’q
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
“BOLALAR VA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYASI VA TA’MINOTI”
fanidan
G L O S S A R I Y
Tuzuvchi: G.G.Tagiyeva
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig‘ilishining
2019 yil __ avgust __ -son bayonnomasi
bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri ____ dots. I.Negmatov
SAMARQAND – 2019
nogiron — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs;
nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslar;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish — nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensasiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |