O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
- Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig‘ilishining
- Ijtimoiy himoya
- O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash.
Интернет манбалари:
Ўзбекистонда ижтимоий иш расмий сайти: http://socialwork.uz/ http://www.opsi.gov.uk/acts/acts2004/20040033.htm http://www.justitie.nl/english/publications/factsheets/same-sex_marriages.asp http://en.wikipedia.org/ http://www.kleo.ru/items/family/unisex_families.shtml O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI “BOLALAR VA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYASI VA TA’MINOTI” fanidan MA’RUZA MATNI Tuzuvchi: G.G.Tagiyeva “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig‘ilishining 2019 yil __ avgust __ -son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri ____ dots. I.Negmatov SAMARQAND – 2019 1-mavzu. Bolalarvayoshlarniijtimoiyhimoyalashvafarovonliginitaminlashamaliyoti (4 soat) REJA: Bolalarvayoshlarniijtimoiyhimoyalashmamlakatimizijtimoiyhimoyatiziminingasosiyomilisifatida. Bolalarvayoshlargaoiddavlatsiyosatiningustuvorvazifalari. O’zbekistonRespublikasidabolalarvayoshlarniijtimoiyhimoyalashsohasidagidavlatijtimoiysiyosatiningmaqsadlari, asosiyyo’nalishlarivatamoyillari. Bolalarvayoshlarhimoyaqilishtiziminingmohiyativatarkibi, obyektlarivasubyektlari, shaklvauslublari. Oilavabolalarniijtimoiyhimoyaqilishbilanbog’liqnormativ-huquqiyhujjatlartizimihaqidatushuncha. Bolalarvayoshlarishtirokuchuntengimkoniyatlargaegamadaniydamolishvajismoniyfaoliyat. Ijtimoiy himoya - keng ma`noda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta`minlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma`noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta`minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta`minlash, aholi qat-lamlarining ta`lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta`minlashga yordam berishdan ibo-rat. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo’nalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta`minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi; is-te`molchilar himoyasi, iste`molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste`mol kafolatini ta`minlash; aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta`minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta`minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish. Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. "Ijtimoiy himoya" tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun" ida qo’llanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoya ning ko’pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko’p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir. Turli mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta`minot tizimi kabi omillarga bog’liq holda amal qiladi. O’zbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga o’tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o’zlikni anglash, e`tiqod va an`analarning tiklanishi Ijtimoiy himoya tizimiga muhim yangilik bo’lib qo’shildi. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga, ya`ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istikdol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o’z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan ta`minlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik ko’rsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va o’rta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qo’l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar iste`molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta`minlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, so’mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini o’rnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish ijtimoiy himoya ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bog’liq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy o’rinda turadi. 1999 y.da ushbu tizim orqali kam ta`minlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada Ijtimoiy himoya, asosan, kam ta`minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba`zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg’iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi. Respublika Prezidentining "Kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg .) ko’ra, voyaga yetmagan farzandlari bo’lgan ko’p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo’qotganlarning oilalari, yolg’iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo’lgan kam ta`minlangan oilalar davlatning alohida otalig’iga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko’rsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumta`lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o’qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo’lgan oilalar hisobiga kengaytirildi. Bulardan tashqari O’zbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o’zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta`minlangan ko’p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatiladi. Ijtimoiy himoya doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sog’lom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb e`lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM o’sishi aholi o’sishi sur`atidan ustun bo’lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o’sishining va ijtimoiy himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi. "O’zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta`mino-ti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz kek-salarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta`minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo’la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan. O’zbekistonda 2000 y.da Respublika davlat byudjetidan 72,4 mlrd, so’m (YAIMning 2,3%) ijtimoiy himoyaga ajratildi (yana q. Ijtimoiy ta`minot). 2. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash.Aholini ijtimoiy himoya qilish – bu davlatning bevosita aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlar tizimidir. Aholini ijtimoiy himoya qilish keksalikni, mehnatga layoqatliligini yoki boquvchisini yo’qotishni sug’urtalash (pensiya ta’minoti), kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalar uchun nafaqalar), vaqtinchalik ishsizlarni ijtimoiy qo'llabquvvatlash (ishsizlik nafaqalari), moddiy ta’minlanganligi va xizmatlarini hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va qulayliklar (patronaj xizmatlari ko'rsatish, mahsulot, dori-darmonlarni etkazib berish va h.) berish, onalikni himoya qilish(tug’ruqgacha va tug’ruqdan keyingi mehnat ta’tillari), salomatlikni sug'urtalash (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari), ta’lim olayotgan yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopedik markazlar) tizimi orqali ta'minlanadi. Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat. Aholining ijtimoiy himoyasi quyidagi ijtimoiy yordam turlari orqali ta'minlanadi: - pensiyalar; - ijtimoiy nafaqalar; - imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar; - bir martalik (tizimli bo'lmagan) moliyaviy yordamlar. Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyili – har bir shaxs yoki oilaga faqat ularning daromadlari, turmush darajasi, jamoaviy foydali mehnat davomiyligi va sifatini baholashdan kelib chiqqan holda yordam berishdan iborat. Tizim kam ta’minlangan oilalarga yordam berish va qo'llab-quvvatlash, shu bilan bir vaqtda fuqarolarning keksalik va mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo’qotganda o’zining ijtimoiy himoyasini ta'minlashga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirishi zarur. O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga olinganlar asosan mehnatga layoqatsiz fuqarolar, ya’ni ikki asosiy guruh: jamoaviy foydali mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo'qotganlar va mehnatga layoqatli yoshga etmaganlardan iborat. Shundan kelib chiqadigan ikkita asosiy ijtimoiy yordam turi mavjud: - pensiyalar shaklida yordam ko'rsatish; - ijtimoiy nafaqalar shaklida yordam. Pensiya ta’minoti bu keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar yoki boquvchisini yo’qotgan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy elementidir. U bir nechta funktsiyalarni bajaradi, shundan eng muhimi, mehnat qobiliyatini yuqotganlik bo’yicha kompensatsiyadir. Pensiya oluvchilar – bu pensiya yoshiga yetgan yoki nogironlik sababli mehnatga layoqatini yo'qotgan shaxslar, shuningdek, boquvchisini yo’qotgan oilalar farzandlari (etim bolalar). Ushbu shaxslarning ijtimoiy himoyasi pensiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Oliy kengashning 1993 yil 3 sentyabrdagi 938-XII-sonli qarori bilan qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagi davlat pensiyalari turlari belgilanadi: yoshi bo’yicha; nogironlik bo’yicha; boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiyalar. 1991 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrda pensiya oluvchilarning nisbatan ko’proq qismini ya’ni 60-70 foizi, ayrim hollarda undan ko’prog’ini yoshi bo’yicha va ko’p yillik xizmatlari uchun (harbiy xizmatchilar uchun) pensiya oluvchilar, keyingi 10-18 foiz va undan ko’proq qismini nogironlik bo’yicha pensiya oluvchilar, 17,1 foizdan (1991 yilda) 7,1 foizgacha (2017 yilda) qismini doimiy pasayish tendentsiyasidagi boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiya oluvchi oilalar tashkil etadi. Ko’rib chiqilgan vaqt oralig’ida Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1995 yildagi 6,9 foizdan 2017 yilda 8,7 foizgacha tebranib turadi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o’rtacha miqdorlari bo’yicha tahlil qilinganda pensiya va ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 345,7 ming kishidan iborat bo’lgan Toshkent shahrida eng ko’p, ya’ni 709,2 ming so'mni, oluvchilar soni 267,6 ming kishidan iborat bo’lgan Namangan viloyatida esa eng past ko’rsatkich, ya’ni 465,5 ming so'mni tashkil etadi. Bu esa pensiyalar miqdori, nafaqalar miqdori va ushbu turdagi pensiya va nafaqa oluvchilar soni kabi ko'plab omillarga bog'langan. Buni Navoiy viloyati misolida yaqqol ko’rish mumkin bo’ladi. Viloyat bo’yicha pensiya va nafaqalar miqdori o'rta hisobda 690,0 ming so'mni, oluvchilar soni esa 115,2 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 70 foizi ish bilan band bo’lib, 1 nafar pensionerga o'rtacha 4 ta ishlovchi to’g’ri keladi. Shu bilan birga, pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar umumiy sonining 3,2 foizini ishlovchi pensionerlar tashkil etadi. Toshkent shahrida ushbu ko'rsatkich 9,9 foizni, Toshkent viloyatida 4,6 foizni, Navoiy viloyatida 3,7 foizni, Sirdaryo viloyatida - 3,4 foizni, Farg'ona viloyatida eng kichik - 1,8 foizni tashkil etadi. Qolgan hududlarda bu ko'rsatkich 2,0 dan 2,6 foizgacha oralig’ida ifodalanadi. O'zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy nafaqalar tizimi quyidagi tartibda faoliyat yuritadi. Bola tug’ilganligi munosabati bilan ota-onalarga bir martalik eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida moliyaviy yordam belgilanadi, bu inflyatsiyaning oshishi bilan ushbu turdagi imtiyozlarni indeksatsiyalashni sezilarli darajada ta'minlaydi. 1994 yilda aholini asoslantirilmagan holda tenglashtirilgan ijtimoiy himoya tizimidan muayyan toifalarni qamrab oladigan tizimga o'tildi. Mahallalar orqali ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar, keksalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish tizimi yo’lga qo’yildi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish, yosh bolali oilalarga farzandi 2 yoshga yetguncha nafaqalar berish, shu bilan birga 14 yoshga to'lmagan bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar belgilandi. Mahallalarda Respublika va mahalliy byudjetlar mablag'lari hisobiga, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mablag'lar hisobiga maxsus fondlar tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining ayollardagi "homiladorlik va tug’ish (asoratsiz) bo’yicha ta’tillar" bilan bog’liq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hodisalari soni to’g’risidagi idoraviy ma’lumotlaridan ko’rinadiki 2013 yilda 131096 nafar ishlovchi ayolga kasallik varaqalari rasmiylashtirilgan bo'lib, ulardan 67080 nafari (51,2%) qishloq joylarda yashovchi ayollarga to’g’ri keladi. 2017 yilda ushbu ko’rsatkich 117320 nafargacha, ulardan qishloq joylarda yashovchilar 58569 nafargacha (49,9%) qisqardi. Har bir ayolga bunday ta'til davomiyligi o'rtacha 125-126 kalendar kunini tashkil etdi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila a’zosiga taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan oilalardagi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O’zbekistonda parvarishga muhtoj bo’lgan yolg’iz va keksa fuqarolar mavjud. Sog'liqni saqlash vazirligining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida nogironligi bo’lgan shaxslar, keksalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'limlari mavjud bo'lib, ular 2017 yilda 15302 kishiga xizmat ko'rsatgan. Bir ijtimoiy xodimga to’g’ri keladigan yolg’iz nogironligi bo’lgan shaxslar va keksalar sonining viloyatlar bo’yicha taqsimotidan ko’rinadiki, hududlar bo’yicha ijtimoiy xodimlar yuklamalari turlicha taqsimlangan. Masalan, 2016 yilda 1 nafar ijtimoiy xizmatchiga Toshkent shahrida 8,9 kishi, Jizzax viloyatida esa 2,7 kishi to’g’ri kelgan 2017 yilda nisbatan ko’proq yuklama Toshkent viloyatiga 10,9 kishi, eng kam Surxondaryo viloyatiga 4,8 kishi to’g’ri keladi. Yuklamalarning turlichaligi ijtimoiy xodimlar tarkibiy soni nisbatan o’zgarmas bo’lib, xizmat ko’rsatilayotgan shaxslar soni o’zgarishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasida etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun muassasalar tarmog'i mavjud bo'lib, bular - bolalar uylari, "Mehribonlik" uylari, "Bolalar shaharchalari", "Oila turidagi bolalar uylari" "SOS - O'zbekiston bolalar mahallalari". "Saxovat" va "Muruvvat" uylari asosan qariyalar uchun mo’ljallangan bo’lib, "Muruvvat" uylarining bir qismida muayyan muammosi mavjud bo’lgan bolalar tarbiyalanadi. Turli sabablarga ko'ra, O'zbekistonda 2017 yilda 9223 nafar bola ota-ona qaramog'isiz qolgan, biroq davlat bu faktni e'tiborsiz qoldirmaydi va hodisaning sabablaridan qat'iy nazar, barcha bolalar majburiy ravishda yuqorida ko'rsatilgan muassasalarga tarqatiladi yoki farzandlikka qabul qilinadi 2017 yilda aniqlangan ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning nisbatan ko'proq soni, ya’ni 1172 kishi Samarqand viloyatiga va 979 kishi Toshkent viloyatiga to’g’ri keladi. Aniqlangan ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning nisbatan kamroq soni esa, ya’ni 187 kishi Jizzax viloyatiga va 247 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Bolalarning ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lish sabablarini tahlil qilish natijalarida quyidagi holatlarni ko’rishimiz mumkin. 31,9 foiz "bolani tarbiyalash uchun vaqtinchalik yoki umuman imkoniyatga ega bo’lmagan ota-onalar " va 26,4 foiz "boshqa sabablar" nisbatan ko’p qismini, qolganlari ya’ni 15,8 foiz "tashlab ketish yoki ota-onaning farzandidan voz kechishi", 15,5 foiz etim bolalar va 10,4 foiz "Ota-onalik huquqidan mahrum etish" tashkil qiladi. Umumiy o'rta ta'lim tizimidagi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda 19858 nafar bolalar ta’lim oladilar. 8259 nafar bolalar uyda alohida ta’lim oladi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va etim bolalar soni 3626 nafarni, kam ta'minlangan oilalar farzandlari soni 328651 nafarni tashkil etadi. 2017/2018 o'quv yili boshida akademik litseylarda 101 nafarni, kasb-hunar kollejlarida esa 2016 nafarni yetim bolalar tashkil etgan. Bundan tashqari, akademik litseylarda 65 nafar, kasb-hunar kollejlarida 2261 nafar va oliy o'quv yurtlarida 611 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar tahsil oladi. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda tahsil oladigan o’quvchilarning nisbatan ko'p soni, ya’ni 3787 kishi Toshkent shahrida va 2316 kishi Toshkent viloyatida kuzatiladi. Eng kam o’quvchilar, ya’ni 234 kishi Sirdaryo viloyatiga va 583 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Ushbu ko’rsatkich jinsi bo’yicha (qizlar) taqsimlanishida 33,3 foizdan (Sirdaryo viloyatida) 42,7 foizgacha (Toshkent viloyatida) oraliqda o’zgaradi Umumiy o'rta ta'lim tizimidagi yakka tartibda uy sharoitida ta’lim beriladigan o’quvchilarning soni va ularning respublika hududlari bo'yicha taqsimlanishida eng sezilarli ko’rsatkichlar Farg'ona (956 kishi) va Samarqand (893 kishi) viloyatlarida, eng kam soni Toshkent shahrida 252 kishi va Sirdaryo viloyatida 317 kishini tashkil etadi. Umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan o’quvchilardan ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va yetim bolalar soni Xorazm viloyatida 504 kishini va Toshkent shahrida 436 kishini tashkil etgan bo’lsa, Navoiy va Buxoro viloyatlarida esa mos ravishda 38 va 69 kishini tashkil etadi. 01.01.2018 yilga kelib mamlakatda 670866 kishi nogironligi bo’lgan shaxslar sifatida ro'yxatdan o'tgan bo’lib, shundan 100827 nafari (15,0%) 18 yoshgacha bo'lgan bolalardir. Nogironligi bo’lgan shaxslarning nogironlikkka olib keluvchi kasalliklar bo’yicha taqsimlanishida "ruhiyat va xulq-atvor buzilishlari" - 19,3 foiz, "asab tizimi kasalliklari" - 14,0 foiz va "qon aylanish tizimi kasalliklari" - 11,2 foizni, nisbatan kam foizni (1 foizdan kam) "terining va teri osti to'qimalarining kasalliklari" hamda "kasbiy kasalliklar va zaharlanish" 0,3 foiz, "yuqumli va parazitar kasalliklar" 0,4 foiz, OIV- 0,8 foizni tashkil etadi. Ayollarda shunga o'xshash holatlar kuzatiladi. Turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan (jami 831 nafar) ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va etim bolalar (shu toifaga kiruvchi shaxslar)dan 2017 yil davomida faqat 342 kishi order olgan bo’lib, yil oxirida ularning soni respublika bo’yicha 489 nafarni tashkil etdi. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida garchi mos ravishda 73, 7, 22, 21 va 44 kishi turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olingan bo'lsada, yil davomida hech kimga uy-joylar uchun order berilmagan. Navoiy viloyatida esa yil davomida 102 nafar turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olinganlardan faqat bittasiga order berilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling