O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 0.78 Mb.
|
Хатамова мафтуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEK TILSHUNOSLIGI FAKULTETI 5120101-“Filologiya va tillar o’qitish”(o’zbek tili)2-mutaxassislik 4-kurs 403-guruh talabasi Xatamova Maftunaning "
- Ilmiy rahbar: ____________ A. G`afforov
- 3.Xulosa va takliflar 4.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 5. Ilovalar KIRISH. Mavzuning dolzarbligi.
- ASOSIY QISM: 2.1. Bog`langan qo`shma gap haqida umumiy tushuncha
- 2.2. Biriktiruv munosabatni ifodalovchi bog`langan qo`shma gap turlari. a
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI FAKULTETI 5120101-“Filologiya va tillar o’qitish”(o’zbek tili)2-mutaxassislik 4-kurs 403-guruh talabasi Xatamova Maftunaning " O‘zbek tilida biriktiruv va ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar” mavzusida yozgan Bajardi: 403-guruh talabasi _________ M.Xatamova Ilmiy rahbar: ____________ A. G`afforov SAMARQAND – 2020 Mavzu: O‘zbek tilida biriktiruv va ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar REJA: 1. KIRISH. 2. ASOSIY QISM: 2.1. Bog`langan qo`shma gap haqida umumiy tushuncha 2.2. Biriktiruv munosabatni ifodalovchi bog`langan qo`shma gap turlari. a. harakat-holat yoki biror belgining bir gapda ro`y berishini ko`rsatuvchi bog`langan qo`shma gaplar. b. Harakat-holat yoki biror bir belgining ketma-ket ro‘y berishini ko‘rsatuvchi bog‘langan qo‘shma gaplar. 2.3. Ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplarning turlari. 2.4. Ayiruv va biriktiruv munosabatlarini bildiruvchi bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanishi, ularda tinish belgilarining qo‘llanilishi.
«Tilshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar, avvalombor, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning qo‘llanish sohasinig ancha kengaytirilgani, xalqaro munosabatlarda ishlatiladigan tillar qatoriga kiritilishi keyingi yillarning bu boradagi ulkan yutug‘idir»1. Bu biz yoshlarga berilayotgan eng katta e’tibordir. Shu bois, biz yoshlar ham mana shu imkoniyatlardan foydalanib, xorijiy tillarni puxta o‘rganib, xususan, o‘zimiz o‘rganayotgan sharq tilini mukammal egallab, ularni yurtimiz madaniyati, uning o‘lmas qadriyatlari, o‘ziga xos an’analari bilan tanishtirib, yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashib, uning taraqqiy etishiga o‘z hissamizni qo‘shish biz yoshlarning vatan oldidagi, xalqimiz oldidagi muqaddas burchimizdir!
Qo‘shma gap va sodda gap bir-biridan tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. Sodda gap birgina predikativ birlikdan iborat bo‘lsa, qo‘shma gap bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir nechta predikativ birlikdan tashkil topadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sodda gapda ba’zan birdan ortiq uyushiq kesimlar bir egaga tobelanib keladi. Bunday kesimlar bir xil shakllangan bo‘ladi. Har xil yoki bir xil shakllangan bir necha kesim bir egaga tobelanib kelsa, birgina predikativ birlikni tashkil qiladi, shuning uchun ham sodda gap hisoblanadi. Qo‘shma gapni tashkil qiluvchi predikativ birliklar formal jihatdan sodda gaplarga o‘xshaydi. Sodda gap birgina situatsiyani ifodalalasa, qo‘shma gap ikki yoki undan ortiq jarayon va ular orasidagi turlicha munosabatni ifodalaydi. Sodda gapda ham qo‘shma gapda ham sintaktik aloqaning ikki turi – tenglanish va tobelanish munosabati mavjud. Lekin bu sintaktik aloqalar sodda va qo‘shma gapda bir-biridan farqlanadi. Sodda gapda tenglanish uyushiq bo‘laklar orasida mavjud bo‘ladi, tobelanish esa so‘z birikmasining qismlari orasida yuzaga keladi. Qo‘shma gapda esa tenglanish ham, tobelanish ham ikki predikativ qism orasidagi munosabatni ko‘rsatishda ishlatiladi. Qo‘shma gaplar tarkibida tenglanish munosabati predikativ qismlari teng bog‘lovchilar orqali birikkan turida, tobelanish munosabti esa ergashtiruvchi vositalalar orqali birikkan turida ko‘rinadi. 4. Sodda gapning qurilish materiali so‘z va so‘z birikmalari bo‘lsa, qo‘shma gapning qurilish materiali esa gapga teng birliklardir. Qo‘shma gap ikki, uch, ba’zan undan ortiq predikativ birliklarning birikuvidan tuziladi. Bunday qismlarning o‘zaro birikish harakteri ularning miqdoriga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Qo‘shma gapning turlari ikki qismli qo‘shma gaplar asosida belgilanadi. Ikki qismli qo‘shma gaplar ikki predikativ birlikning mazmun va ohangiga ko‘ra birikuvidan tuziladi. Sintaksisning asosi gap haqidagi ta’limotdir. Sintaksisda so‘zlarni biriktirib gap qurish (shu jumladan, bir so‘zdan gap hosil qilish) qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo‘llanilishi, gaplarning o‘zaro munosabati kabi masalalar tekshiriladi, bunda hodisaning mundarijasi – mazmuni ham (nimaning ifodalanishi), formasi ham (qanday yo‘l bilan ifodalanishi) ko‘zda tutiladi2. Nutqning grammatik forma, intonatsiya va mazmun jihatidan tugallikka ega bo‘lgan mustaqil parchasi gapdir3. ASOSIY QISM: 2.1. Bog`langan qo`shma gap haqida umumiy tushuncha An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.20 Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz. Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi. Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi. Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati. M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi: a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gap qismlari o‘z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog‘lovchilari, bu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan zid bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning bir-biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmaganligi ifodalanadi. Masalan: Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum bo‘lgani rost, lekin bundan bolaning xabari yo‘q-ku! (O‘.U.)
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to‘siqsizlik munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning ko‘zlari ba’zi-ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi. (I.R.) Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma -navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea -hodisa yoki harakatni ifodalab, semantik jihatdan ayiruv va ichki zidlik, izoh, qiyos, gumon, shart kabi ma’no munosabatlarni ifodalaydi. 1. Bir.., dam.., ba’zan.., goh.. bog‘lovchilari bilan shakllangan qo‘shma gaplar ketma-ket sodir bo‘lgan voqealarni ifodalab, semantik jihatdan zidlik va izoh ma’no munosabatlarini anglatadi. Masalan: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (O.) 2. Yo, yoki, bo‘lmasa ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisalardan faqat birining sodir bo‘lishi aks etadi hamda qiyos, gumon, shart ma’no munasabatlari ifodalanadi. Masalan: Mayli siz keting bu shahardan, yoki biz ko‘chib ketamiz. (A.Q.) Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda inkor munosabati ifodalanadi. Qo‘shma gap qismlari na... inkor yuklama-bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap qismlarining boshida takrorlanib kelib, yuzaga chiqmagan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o‘zaro biriktirib, bog‘langan qo‘shma gapni hosil qiladi. Masalan: ... Na adresi bor, familiyasi bor, na pochta muhri. (As.M.) Inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarning kesimlari, odatda, tasdiq shaklida bo‘ladi. Ba’zi hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo‘llanadi. Masalan: ...Bu haqda na Kimsanoy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola. (A.Q.) Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarning kesimlari bir xil so‘z bilan ifodalanib, bir zamonda shakllanganda, ko‘pincha oxirgi kesim qo‘llanmaydi: Bular orasida bo‘lib o‘tgan mojarodan na Umidaning xabari bor, na Isroilning. (A.Q.) Matn talabi bilan inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ba’zan hamma kesimlar qo‘llanmasligi mumkin: Cho‘chima jigarim, o‘z uyingdasan bu yerda , na g‘urbat, na ofat, na g‘am. (G‘.G‘.) Xullas, an’anaviy sintaktik ta’limotda bog‘langan qo‘shma gaplar: biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Har bir tur nafaqat bog‘lovchi vositalariga ko‘ra, balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar asosida ham o‘zaro farqli belgilarini namoyon qiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil topgan butunlikdir. Bog‘langan qo‘shma gaplarda semantik birliklarning har bir o‘z moddiy shakliga ega bo‘lganda, shakl va mazmun birligi buzilmaydi. Masalan, «Bahor keldi va hamma yoq yashil libosga burkandi» gapida shakl va mazmun bir-biriga muvofiq. Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo‘lib, bu ziddiyat ularning bir-biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ko‘pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, gapda hamma fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi. Fikrni implitsit ifodalash asosida sintaktik shakl va uning mazmuni o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Masalan, «Gapirmoqchi edi, ammo tili og‘ziga tiqilib qoldi» gapida inkor xaraktyerda gi «U gapirmadi» axboroti ham ifodalanadi. Bu axborot ayni bog‘langan qo‘shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi. Zidlov bog‘lovchili o‘ramning (-moqchi edi, ammo) presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bog‘langan qo‘shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda yuzaga kelgan shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto‘g‘ri yoki chalkash tushunilishiga olib kelmaydi. So‘zlovchi va tinglovchilarning borliq haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari har qanday asimmetrik gapni, jumladan, bog‘langan qo‘shma gaplarni ham to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Bog‘langan qo‘shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va asimmetrik gaplarga ajratish mumkin. Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini aks ettirsa, asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi. Xullas, bog‘langan qo‘shma gaplar qurilish qolipi, sintaktik tarkibi, qismlarini bog‘lovchi vositalari, ohangi jihatidan gapning boshqa turlaridan farqlanadi. Bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar shakl va mazmunning munosabatiga ko‘ra: simmetrik va asimmetrik gaplarga bo‘linadi.
Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadi. Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang: 1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.) 2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.) -da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap tarkibida qo‘llanishida quyidagi holat kuzatiladi: 1. -da yuklamasi qo‘shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq bajarilishini ifodalaydi: Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi. (O.) 2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea-hodisaning to‘satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko‘rsatadi: Shu payt to‘satdan ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.) Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqealar ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi.24 Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi bo‘lsa juda baland edi. (S.A.) An’anaviy sintaktik ta’limotda hokim-tobe munosabatidagi sodda gaplarning o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar ergashgan qo‘shma gaplar atamasi ostida tekshirildi. Bunday turdagi qo‘shma gaplarga sintaktik qurilishi jihatidan qo‘shma gaplarning maxsus turi sifatida qaraldi. Quyida ergashgan qo‘shma gaplar, ularning turlari, bog‘lanishi usuli va vositalari bo‘yicha ana’anaviy sintaktik nazariyalarda qayd etilgan ilmiy xulosalarni umumlashtiramiz. Ma’lumki, ergashgan qo‘shma gaplar boshqa turdagi qo‘shma gaplar bilan kamida ikki predikativ birlikdan tashkil topishi jihatidan umumiylik belgisiga ega bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gaplar bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga qaraganda birmuncha murakkab semantik-sintaktik tuzilishga bo‘lib, bu murakkablik har ikki gap turida shakllangan mazmuniy-tarkibiy munosabat, bu munosabatni yuzaga keltiruvchi sintaktik qurilishda ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ham ergash gapli qo‘shma gaplarning mohiyatini belgilashda ko‘pincha jiddiy muammolarga duch kelinadi. Bu, ayniqsa, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’lili o‘ramlar mavjud bo‘lgan sintaktik birliklarni baholashda ko‘zga tashlanadi. Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida turli o‘ramlarni o‘z ichiga oluvchi o‘ziga xos gap tiplari mavjudki, ularni ba’zan qo‘shma gap, ba’zan murakkablashgan sodda gaplar tarzida talqin etish kuzatiladi. Bu holat ergashgan qo‘shma gaplarni o‘rganishda birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. O‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni ilmiy o‘rganishda G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Berdialiyev, N.Mahmudov, R.Sayfullayevalarning tadqiqotlari diqqatga sazovor.25 Bu ishlarda ergashgan qo‘shma gaplar formal, formal-semantik, formal-funksional jihatdan tadqiq etildi, ergashgan qo‘shma gaplarning turlari ajratilib, har bir turning o‘ziga xos lisoniy tabiati tahlil qilindi. Ilmiy manbalarda ko‘rsatilishicha, ergashgan qo‘shma gaplar biri hokim, ikkinchisi tobe munosabatdagi sodda gaplardan, ya’ni bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Bosh gap mazmuni va tuzilishiga ko‘ra nisbatan mustaqil bo‘lib, ergash gap tomonidan izohlanadi, mazmunan to‘ldiriladi. Ergash gap esa bosh gapdagi biror bir bo‘lakning ma’nosiga oydinlik kiritadi, uni izohlab, to‘ldirib keladi. Bosh va ergash gap grammatik jihatdan hamda mazmunan bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi. Masalan, «Qozonga nima tushsa, cho‘michga o‘sha chiqadi» (Maqol.) gapida «Cho‘michga o‘sha chiqadi» bosh gap, «Qozonga nima tushsa» gapi ergash gap vazifasida qo‘llangan. Bu ikki gap -sa shart mayli ko‘rsatkichi orqali o‘zaro bog‘langan. Ergash gap bosh gapga tobelansa-da, ba’zan unga nisbatan mustaqillik xarakteriga ega bo‘ladi. Ergash gapdagi mustaqillik, ayniqsa, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Masalan, «Shuni bilginki, seni Vatan kutadi» gapida «Seni Vatan kutadi» ergash gapi bosh gapga nisbatan shaklan mustaqil bo‘lib, u asosiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, gapning shaklan mustaqillik kasb etishi bosh va ergash gapni farqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ergash va bosh gaplar sintaktik tuzilishi, mazmuni jihatidan o‘zaro farqlanadi. Ergash gaplarning kesimi aniqlik, shart, buyruq-istak maylidagi fe’llar, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomili shakllar bilan ifodalanadi. Bosh gapning kesimi esa barcha so‘z turkumlari bilan ifodalana oladi. G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, ergash gaplar mazmuni va turiga ko‘ra darak yoki istak-shart bildiruvchi buyruq gaplar shaklida bo‘ladi. Ergash gaplarning so‘roq gap yoki boshqa xil shaklda bo‘lishi kam uchraydi.26 Ergash gaplar ayrim hollarda shaxsi umumlashgan va shaxssiz gap shaklida uchraydi. Masalan: Hozir qayoqqa qarasang, menga o‘xshashlar... (O.) Bosh gaplar esa, asosan, ikki tarkibli, ba’zan bir tarkibli gap shaklida qo‘llanadi. Bosh gapning to‘liqsiz gap shaklida qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Masalan: Trubkani olsam, Munira! (O‘.U.) Ayrim hollarda bosh gaplar ko‘chirma gap shaklida ham qo‘llanadi. Masalan: Bir chol dediki, bu tomonlarda fritslar juda oz, katta yo‘llar yo‘q. (O.) Ergash va bosh gapning o‘zaro birikuvida ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, fe’l shakllarini hosil qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. An’anaviy sintaktik nazariyalarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning quyidagi turlari ko‘rsatiladi: 1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: shu sabali, chunki, shuning uchun, negaki, go‘yo, -ki.. Masalan: Qalandarov shunday baqirdiki, Saida o‘ng‘aysizlanib ketdi. (A.Q.) A’lamning qiyofasi, go‘yo bulut bosganday, o‘zgarib ketdi. (O.) Uyda mehmonlar ko‘p bo‘ldi, shu sababli qizlar yon qo‘shninikida bir xonani egalladilar. (O.) 2. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: -ku, -chi, -mi. Masalan: Intizom buzildimi, ishda unum bo‘lmaydi. (U.) Bilasiz-ku, men Arslonbek Qalandarovman! (A.Q.) 3. Ravishdoshning morfologik ko‘rsatkichlari: -b (-ib), -may, -gach, -guncha. Masalan: Yigit kishining boshi egilguncha, ho‘kizning boshi sinsin. (Maqol.) Er ko‘karmay, mol to‘ymas. (Maqol.) Bahor kelib, soylarda suvlar shildirab qoldi. (U.) 4. Sifatdosh + kelishikli (ko‘makchi) morfologik ko‘rsatkich: a) sifatdoshning morfologik ko‘rsatkichi + kelishik: -gan+da //-dan//-ga, -ganda+da. Masalan: Jahl kelganda, aql qochadi. (Maqol.) b) sifatdoshning morfologik shakli+ ko‘makchi: -gan sari // sayin: Qiz yaqinlashgan sari, yurak urushi yanada tezlashdi. («Yoshlik».) -gani+ uchun//sababli//tufayli: Nurining fikri boshqa narsalar bilan band bo‘lgani uchun, savol-javoblari sira bir-biriga qovushmas edi. (O.) -gan //-gani+bilan: U kelagani bilan, qizning e’tiborini qozonmadi. (So‘zl.) v) sifatdosh + kelishik + ko‘makchi:- gan+dan+ so‘ng // keyin // oldin // ilgari//beri // buyon. Masalan: Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar. (H.O.) -gan + ga (-gunga)+qadar // dovur. Masalan:... Vodakachka bitgunga qadar, ariqlar tayyor bo‘ldi. (A.Q.) -gan + -dan ko‘ra: Masalan: Senga zarra ozor bergandan ko‘ra, Yaxshiroq ko‘zimga tuproq to‘lgani. (U.) 5. Sifatdosh + -dek //-day qo‘shimchasi: -gani + -dek // -day. Masalan: Onaxon, issiq elkasiga birov muzdek qo‘lini bosgandek, seskanib tushdi. (As.M.) 6. Sifatdosh + to‘liqsiz fe’llar: -gan ekan//edi, -r (-ar) + ekan. Masalan: Chol-kampir oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi. (S.Ahm.) 7. Sifatdosh + paytda // vaqtda//chog‘da//onda: -gan+zamon// paytda//vaqtda //chog‘da. Masalan: Usta Samarqandda ishlagan vaqtda, Sultonmurod uch yashar bola edi. (O.) 8. Harakat nomili shakl + ko‘makchi: -sh(-ish) + bilan // bilanoq. Masalan: Qish kirib kelishi bilanoq, qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. -sh(-ish) + -ga qaramay // qaramasdan. Masalan: Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, eng yaqin do‘stday g‘amxo‘rlik qilgan. (A.Q.) 9. Fe’lning shart mayli shakli: -sa. Masalan: Qalandarov biroz sabr qilsa, ortiqcha so‘zga o‘rin ham qolmas edi. (A.Q.) 10. Fe’lning shart mayli shakli + kelishik (yuklama): -sa+ -da, -sa +ham (yam). Masalan: Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham. (E.V.) 11. Fe’lning buyruq mayli morfologik ko‘rsatkichi: -ng//-ngiz, -sin//-masin. Masalan: Bu gaplar naqadar shirin, naqadar yoqimli bo‘lmasin, Qalandarov bularga harnechuk bolta deb qaradi. (A.Q.) 12. Bog‘lovchi vazifasidagi deb // deya // deyishib // deguncha yordamchilari. Masalan: Bir ishni qo‘liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi. (As.M.) ... Tog‘day og‘ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb. (H.O.) Ko‘rinadiki, formal yo‘nalishdagi sintaktik tadqiqotlarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning xilma-xil ko‘rinishlari qayd etiladi. M.Asqarova bu vositalarga qo‘shimcha tarzda nisbiy so‘zlarni ham bog‘lovchi vositalar sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, nisbiy so‘zlar ko‘pincha ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash vazifasini bajaradi. Olima nisbiy so‘zlarning shaxs, predmet, o‘lchov-miqdor, belgi-daraja, o‘rin bildiruvchi turlarini farqlaydi.27 Masalan: kim-u, qancha-shuncha, qanday-shunday, qayer -shu er kabilar qo‘shma gapda nisbiy so‘z vazifasida qo‘llanadi. Ergashgan qo‘shma gaplarning qurilishida alohida o‘rin tutuvchi bu vositalar ko‘p vazifali hisoblanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarib keladi: a) komponentlarni o‘zaro biriktiradi; b) qo‘shma gap struktur modelining tipik ma’nolarini belgilaydi. SHaxs bo‘lmagan predmetning harakat-holati, belgixususiyati shaxsning harakat-holatiga qiyoslanadi yoki zid qo‘yiladi: Nay ham durustgina chalindi, lekin Rafiq darrov sindirib tashladi. (O.) Yo‘lchi shu choq qancha aqchasi bo‘lsa ham berishga tayyor edi, lekin yonida bir tiyini ham yo‘q edi. (O.) Brigada o‘n ettinchi kun deganda ham tosh-shag‘al aralash balchiq qazib chiqarar eda, ammo hali ham mehnatning samarasini bildiradigan biror belgi ko‘rinmasdi. (SH . R.) Ahmadjon bir sidra o‘q yog‘dirgandayoq, dushman pulemyoti jim bo‘lib qoldi, biroq A h - madjon g‘azab bilan tepkini yana bosdi. (A. Q.) Men hech narsa demadam, kulib turdim, ammo yuragim yonar edi. (M . G.) SHunisi borki, uning raisi partiyasiz kishi. Sening esa cho‘ntagingda partiya bileti bor. (G. Nik.) Lyutikov Volodyaga qarab sal jilmaydi, biroq chehrasi yana jiddiy tus oldi. (F a d.) g) shaxs bo‘lmagan predmetning harakat, holati yoki belgi xususiyatlari qiyoslanadi yohud zid qo‘yiladi: Emg‘ir tingan, ammo ko‘cha juda shamol va sovuq edi. (Fad.) U oldingi oyoqlarini biroz oldinga surdi, lekin suyaklari chiqqan biqinini do‘ppaytirib, darrov taqqa to‘xtadi. (B. P.) d) birinchi gapning kesimi izohlanadi: Albatta, men ko‘rsatgan dalillarga ham qo‘shiladi, biroq uning bu qo‘shilishi faqat gapda. edi. (Medvedev). Hamma uni aqlning xazinasi deydi,—javob berdi To‘g‘on35 www.ziyouz.com kutubxonasi bek ayyorcha kulib.—Ajab husni bor. Lekin men hali unda aql nishonasini ko‘rmadim. (O.) Siz bir vazifada edingiz,—dedi u istehzoli kulib,— ammo uning na eka- nini bizdan pinxon tutardingiz. (O .) Saodatni 'qara, ilmi oshib-toshib yotibdi, ammo bilimdonlik qilmay, oz so‘zlab, ko‘p tinglab turibdi. (I. R.) 2. Qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapiing egasini izohlaydi. Boylarning qo‘lidan erlari olinsa, shunda ham ularni birov ko‘tarib ketmaydi, balki yarim och, yarim to‘q ishlab yurgan mardikorlarga, chorakorlarga bo‘lib serila-, di. (A. Q.) CHinni tovoq yaxshi, lekin qazisi bilan bo‘lsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. (A. Q.) Daraxtlar pakana, mevasi mo‘l va yirik, lekin hali deyarli hammasi ko‘mko‘k. (0 .> Bir oyog‘i yo‘q, pachoq oddiy mis shamdon ham ko‘rinardi, biroq buni yog‘ bosib ketganini uy egasi ham, xizmatkorlari ham payqamas edi. (S. A .) J o‘ra—ikkimiz hozir razvedka qilib kelmoqchimiz, ammo ikki kishiga og‘irlik qiladi, albatta. (Fad.) Endilikda ^tozalash“ o‘tkazilmoqda,biroq bu „tozalashdan* hozircha ko‘rinarli natija chiqqani io‘q. (Furm.) Uning ko‘nglidagi shubha dahshatli kuch bilan yana zo‘raydi, biroq u bunday narsani xayoliga keltirishni sira istamas edi. (P. P o p o v ) Anash u xat quruq so‘zlar bilan do‘stona maslahat berib yozilgan, ammo ishq-muhabbatga hyqorat bo‘lib tuyuladigan xat mayorni g‘azabga keltirgan edi. (B. P.) Misollardan ko‘rinadikiu birinchi gap tarkibidagi mazmuni izohlanayotgan ega ikkinchi gapda ega vazisrasida ham, to‘ldiruvchi vazifasida ham kelishi mumkin. 3. Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil eggan sodda gaplarning tarkibidagi ikkinchi darajali bo‘laklar qiyoslanadi yoki ikkinchi gapning ikkinchi darajali bo‘lagi birinchi gapning ikkinchi darajali bo‘lagini izohlaydi: —Alish er Navoiyni kaminangiz ko‘rgan emasman,— dedi hayajonlanib Sultonmurod,—ammo Hirotga kelgan soatdan buyon, jahonning u nodir siymosi to‘g‘risida yaxshi ta’riflar eshitdim. (O.) Umrimda uch marta shu ishga qo‘l urdim: birinchi she’rni o‘n besh-o‘n olti yoshda yozgan edim, lekin nima to‘g‘risida yozganim esamda yo‘q. (A . Q.) Aytganda ko‘p gaplarni aytadilar, ammo so‘z bilan ish orasida katta farq bor. (S . A.) U xayolot idan qutilish uchun yo‘lga qaray boshladi, biroq xayoloti kuchli va tarqalmaydigan edi. (P a v l e n k o). Opasingil yalt etib esh ikka qarashdi, ammo esh ik berk edi. (A . T.) Kostya hammadan burun burchakdagi bir necha juft chang‘ini ko‘rdi, lekin bu chang‘ilar Mitriyning Kostyaga 36 www.ziyouz.com kutubxonasi tortiq qilib bergan chang‘isiga o‘xshamas edi. („K i ch k i nt o y“). Mustahkam O‘ g‘r uq qal’asini har ehtimolga qarshi o‘z qo‘lida saqlashni mo‘ljalladi. Lekin sal o‘tmas dan, bu qal’aga ham e’timodi qolmadi. (0 .) Kurd Ahmad bularning hammasini eshitar, lekin hech qanday gap uning osoyishtaligini buzolnas edi. (M . Ibr.) Misollardan ko‘rinadiki, qo‘shma gapning birinchi gapidagi mazmuni izoqlanayotgan to‘ldiruvchi ikkinchi gapda to‘ldiruvchi vazifasida qam, ega vazifasida ham bo‘lishi mumkin. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling