O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro forum


Download 0.99 Mb.
bet64/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro forum (IAF), korporatsiya sifatida ro’yxatga olingan bo’lib, muvofiqlikni baholash sohasida, shuningdek, sifat menejmenti, mahsulot, xizmatlar, xodimlar va boshqalar sifatida bunday sohalarni muvofiqligini baholashda boshqa qiziquvchi idoralarni akkreditlashtirish bo’yicha butun jahon assotsiatsiya idorasi hisoblanadi.
Uning asosiy vazifalari biznes uchun xavf-xatarlarni qisqartirish, muvofiqlikni baholashga yagona yondashuvni ishlab chiqishdir.
IAF a’zolari standartlarda o’rnatilganlarga muvofiq, xodimlarga yoki mahsulot, tashkilot muvofiqligi to’g’risida guvohlik beruvchi sertifikatlar beruvchi, ro’yxatga oluvchi va sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlaydi.
IAFning bosh vazifalari:

  • uning a’zosi amaldagi idora, ishlarni o’tkazishda layoqatli (ya’ni qiziquvchilar murosalarini tasdiqlamaydi) bo’lib hisoblanishini ta’minlash;

  • Tan olish to’g’risidagi ko’p tomonlama kelishuv (Multilateral Agreement- MLA) a’zolari o’rtasidagi o’zaro tan olish to’g’risida Kelishuvni tuzish.Chunki biznesda xavf-xatarlarni qisqartirish va sertifikatga va MLAga yozilayotgan hamda sertifikat berayotgan tashkilotga buyurtmachilar o’rtasida ishonch muhiti yaratishdan iborat.

MLA savdoda texnik to’siqlarni qisqartirish va xalqaro savdoga erkinlik kiritadi.
IAFning rasmiy hujjatlari kelishuvni imzolagan idoralar bilan kelishilgan qoidalardan tarkib topgan, kelishuvni imzolaganlar quyidagilarga majbur:

  • ISOG’IEC 17011 qo’llanmalari va IAF qo’llanmalari hamda sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralari ISOG’IEC 62 (2007 yil bilan ISOG’IEC 17021:2006) Qo’llanmalaridan, shuningdek, IAF talablaridan foydalanilsin;

  • kelishuvda imzolangan boshqa idoralar akkreditlashtirish tizimini hamda kelishuvda imzolagan boshqa akkreditlangan idoralar, boshqa sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar bergan sertifikatlarni o’zining idorasi uchun ekvivalent sifatida tan oladi;

  • shikoyatlarga fikr berish, o’zining tizimidagi o’zgarishlar haqida ma’lumot berish, maxfiylikka rioya qilish va MLA ishlarida qatnashish.

IAFning quyidagi yo’nalishlar bo’yicha dasturi mavjud:

  • o’zaro tan olish bo’yicha va sertifikatlashtirish yoki ro’yxatga olish, akkreditlashtirishni o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish;

  • IAFga a’zo idoralarining ishlarini layoqatligini va haqqoniyligini hamda beg’arazligini eng yuqori me’yorlarga muvofiq ta’minlash;

  • xalqaro standartlar va qo’llanmalar, IAF uslubiy qo’llanmalari bo’yicha ularni qo’llash asosida uyg’unlashgan akkreditlashtirish jarayoni va uni ishlatish;

  • muayyan tarmoq ehtiyojini qondirish maqsadida muayyan sektorlarga xos muvofiqlikni baholash sxemasi ishlari bo’yicha jarayon, qoidalar va uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish;

  • hukumat va reglament talablarini bajarish maqsadida sohaga muvofiq dastur ishlari uchun jarayon, qoidalar va uslubiy qo’lanmalar ishlab chiqish;

  • akkreditlashtirish bo’yicha idoralar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashinish;

  • baholash bo’yicha ekspertlar va boshqa xodimlarni o’qitish bo’yicha hamkorlik;

  • ISO va boshqa xalqaro tashkilotlari ishlariga hissa qo’shish;

  • akkreditlashtirish bo’yicha hududiy guruh idoralari bilan aloqa qilish;

  • boshqa muvofiq idoralar bilan, ya’ni ILAC, ISOG’CASCO va sanoat guruhlari bilan aloqa qilish;

  • iqtisodiyotda kam va o’rta foyda olayotgan davlatlar akkreditlashtirish idorasiga yordam ko’rsatishi.

MFAning yuqori vakolatli idorasi mavjud bo’lib, uning a’zolarini Umumiy yig’ilishi (forum) hisoblanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling